PQ-221-son Qaror · 08.07.2025

2028-yil Los-Anjeles shahrida (AQSH) boʻlib oʻtadigan XXXIV yozgi Olimpiya va XVIII Paralimpiya oʻyinlariga Oʻzbekiston sportchilarini kompleks tayyorlash toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Qaror
  • Raqami:PQ-221
  • Qabul qilingan sana:08.07.2025
  • Kuchga kirgan sana:09.07.2025
  • Holati:Amalda
  • Rasmiy nashr:QMMB 07/25/221/0593

Olimpiya va paralimpiya sport turlarini rivojlantirish orqali nufuzli xalqaro sport musobaqalari, shu jumladan, 2028-yil Los-Anjeles shahrida (AQSH) boʻlib oʻtadigan XXXIV yozgi Olimpiya va XVIII Paralimpiya oʻyinlarida (keyingi oʻrinlarda — Olimpiya va Paralimpiya oʻyinlari) sportchilarimizning har tomonlama muvaffaqiyatli ishtirok etishini taʼminlash maqsadida qaror qilaman:

I. Maqsadlar va ustuvor vazifalar

1. Quyidagilar Oʻzbekiston sportchilarini Olimpiya va Paralimpiya oʻyinlariga tayyorlashning asosiy maqsadlari va ustuvor vazifalari etib belgilansin:

(a) olimpiya va paralimpiya sport turlarini ularning amaldagi natijalaridan kelib chiqib, toifalarga ajratgan holda (ustuvor, istiqbolli va rivojlanayotgan) qisqa va uzoq muddatli strategiyalarni belgilash orqali differensial yondashuv asosida rivojlantirish;

(b) sportning ustuvor toifadagi boks, dzyudo, taekvondo, erkin kurash, ogʻir atletika turlari boʻyicha medallar sonini oshirish;

(v) sportning istiqbolli toifadagi yunon-rum, ayollar kurashi, kamondan otish, qilichbozlik, oʻq otish, yengil atletika, velosport, eshkak eshish, suzish va sinxron suzish kabi 18 ta turi boʻyicha litsenziyalarni koʻpaytirish hamda medallar uchun kurashish;

(g) sportning rivojlanayotgan toifadagi triatlon, voleybol, stol tennisi, basketbol, zamonaviy besh kurash kabi 21 ta turi boʻyicha litsenziyalarni qoʻlga kiritish;

(d) jamoaviy sport turlari, ot sporti, murakkab texnik sport turlarini rivojlantirish orqali natijador sport turlari geografiyasini kengaytirish;

(e) xalqaro sport tashkilotlari bilan hamkorlikni rivojlantirish va ular faoliyatida Oʻzbekiston sport hamjamiyati vakillari ishtirokini kengaytirish.

II. Tashkiliy chora-tadbirlar

2. Ushbu qaror bilan belgilangan maqsad va ustuvor vazifalarga erishish uchun quyidagilar tasdiqlansin:

(a) 2028-yil Los-Anjeles shahrida (AQSH) boʻlib oʻtadigan XXXIV yozgi Olimpiya va XVIII Paralimpiya oʻyinlariga Oʻzbekiston sportchilarini tayyorlash dasturi (keyingi oʻrinlarda — Dastur) 1-ilovaga muvofiq;

(b) 2028-yil Los-Anjeles shahrida (AQSH) boʻlib oʻtadigan XXXIV yozgi Olimpiya va XVIII Paralimpiya oʻyinlariga tayyorgarlik koʻrish hamda milliy terma jamoa aʼzolarining kontingenti boʻyicha maqsadli koʻrsatkichlar 2 va 2a-ilovalarga muvofiq;

(v) 2028-yil Los-Anjeles shahrida (AQSH) boʻlib oʻtadigan XXXIV yozgi Olimpiya va XVIII Paralimpiya oʻyinlariga Oʻzbekiston sportchilarini tayyorlash uchun Sport vazirligi, Milliy olimpiya va paralimpiya qoʻmitalari, sport federatsiyalari (uyushmalari)ga biriktiriladigan sport bazalari roʻyxati 3-ilovaga muvofiq;

(g) Olimpiya va Paralimpiya oʻyinlariga Oʻzbekiston sportchilarini tayyorlash boʻyicha respublika komissiyasi (keyingi oʻrinlarda — Respublika komissiyasi) tarkibi 4-ilovaga muvofiq;

(d) olimpiya harakatini rivojlantirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarning amalga oshirilishini tashkil qilish maqsadida Sport vazirligi va Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasining hududlarga biriktiriladigan masʼullari roʻyxati 5-ilovaga muvofiq.

3. Belgilansinki, mazkur qarorning 3-ilovasiga muvofiq biriktirilayotgan sport bazalaridan sport federatsiyalari (uyushmalari)ning belgilangan tartibda foydalanishi uchun zarur shart-sharoitlar (elektr energiyasi, gaz, suv, taʼmirlash ishlari) yaratiladi. Bunda ushbu sport bazalarida zarur shart-sharoitlarni yaratish bilan bogʻliq xarajatlar sport bazalarini balansda saqlovchilarning mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladi.

III. Nufuzli xalqaro sport musobaqalariga tayyorgarlik koʻrish

4. Nufuzli xalqaro sport musobaqalariga tayyorgarlik koʻrishda olimpiya va paralimpiya sport turlarini rivojlantirishning quyidagi tartibi joriy etilsin:

(a) Olimpiya va Paralimpiya oʻyinlarida erishgan natijalardan kelib chiqib, sport turlari ustuvor, istiqbolli va rivojlanayotgan toifalarga ajratiladi;

(b) ustuvor, istiqbolli va rivojlanayotgan toifalardagi sport turlari roʻyxati har toʻrt yilda Olimpiya va Paralimpiya oʻyinlari oʻtkazilgan kalendar yilning yakuniga qadar qayta koʻrib chiqiladi va tasdiqlanadi.

5. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:

(a) Oʻzbekiston Milliy olimpiya va paralimpiya qoʻmitalari tashabbusi bilan milliy terma jamoalar uchun ilgʻor xorijiy davlatlar terma jamoalari bilan tashkil etiladigan qoʻshma oʻquv-mashgʻulot yigʻinlarida chet ellik sportchi va trenerlarning ishtiroki bilan bogʻliq xarajatlar tashabbuskorlar hamda tegishli sport federatsiyalari (uyushmalari)ning mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladi;

(b) Respublika komissiyasiga milliy terma jamoalarni tayyorlash uchun jalb etiladigan Oʻzbekistonda tugʻilgan yoki Oʻzbekiston fuqaroligiga ega va ilgʻor xorij tajribasini oʻzlashtirgan yuqori malakali trenerlar, sport mutaxassislari va tibbiyot xodimlarining mehnatiga haq toʻlash miqdorlarini tegishliligiga koʻra Oʻzbekiston Milliy olimpiya va paralimpiya qoʻmitalariga ajratilgan mablagʻlar doirasida belgilash huquqi beriladi;

(v) zaruratga koʻra, milliy terma jamoalarning 2026-yilda Aichi va Nagoya shaharlarida (Yaponiya) boʻlib oʻtadigan XX yozgi Osiyo va V yozgi Paraosiyo oʻyinlariga tayyorgarligi va ishtiroki bilan bogʻliq xarajatlar Olimpiya va Paralimpiya oʻyinlariga tayyorgarlik maqsadlariga ajratiladigan Davlat budjeti va homiylik mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladi.

IV. Nodavlat jismoniy tarbiya-sport tashkilotlarini qoʻllab-quvvatlash

6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 18-dekabrdagi “Yoshlarning sport bilan muntazam shugʻullanishi uchun qoʻshimcha shart-sharoitlar yaratish toʻgʻrisida”gi PQ-443-son qaroriga muvofiq jismoniy tarbiya va sport sohasida faoliyat yurituvchi tashkilotlar reyestrini (keyingi oʻrinlarda — Reyestr) yuritish tartibi joriy etilgani maʼlumot uchun qabul qilinsin.

7. Belgilab qoʻyilsinki:

(a) Reyestrga kiritilgan nodavlat jismoniy tarbiya-sport tashkilotlarining sportchilariga barcha rasmiy sport musobaqalarida tegishli nodavlat jismoniy tarbiya-sport tashkiloti nomidan ishtirok etish huquqi beriladi hamda yaxshi natija koʻrsatgan sportchilar terma jamoalarga qabul qilinishi mumkin boʻladi;

(b) Reyestrga kiritilgan nodavlat jismoniy tarbiya-sport tashkilotlari olimpiya va paralimpiya sport turlari boʻyicha sportchilarni tayyorlashda:

(i) davlat sport-taʼlim tashkilotlarining sport inshootlaridan tadbirlardan boʻsh vaqtlarda reja-jadval asosida begʻaraz asosda foydalanadi;

(ii) yoshlarning qamrov darajasidan kelib chiqib, Sport vazirligiga rivojlantirish dasturlari uchun ajratilgan mablagʻlar, Sportni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi hamda Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan begʻaraz asosda sport jihozlari va inventarlari bilan taʼminlanadi;

(v) sportchilarni tayyorlash boʻyicha xizmat koʻrsatuvchi barcha darajadagi jismoniy tarbiya-sport tashkilotlari uchun sportchi tayyorlash boʻyicha minimal talab va shartlar bosqichma-bosqich belgilanadi;

(g) mazkur bandning “a” va “b” kichik bandlarida nazarda tutilgan chora-tadbirlar Davlat budjetidan moliyalashtiriladigan nodavlat jismoniy tarbiya-sport tashkilotlariga nisbatan tatbiq etilmaydi.

V. Olimpiya oʻyinlariga Oʻzbekiston sportchilari zaxirasini kengaytirish

8. Belgilansinki:

(a) 2025-yildan boshlab:

(i) Olimpiya oʻyinlariga Oʻzbekiston sportchilari zaxirasini kengaytirishga yoʻnaltirilgan iqtidorli sportchilarni eng quyi boʻgʻindan boshlab saralash va ularni professional tayyorlash uchun bosqichma-bosqich olimpiya sport turlari boʻyicha oʻsmirlar va yoshlar oʻrtasidagi Oʻzbekiston chempionatlarini uch bosqichli “Yangi Oʻzbekiston Olimpiya choʻqqilari” sport musobaqalari shaklida oʻtkazib borish tizimi yoʻlga qoʻyiladi;

(ii) “Yangi Oʻzbekiston Olimpiya choʻqqilari” sport musobaqalarida tashkiliy-huquqiy shaklidan qatʼi nazar, yoshlarni sport bilan doimiy shugʻullantirish xizmatini koʻrsatadigan jismoniy va yuridik shaxslarning sport tayyorgarligiga ega boʻlgan sportchilari ishtirok etishiga ruxsat beriladi;

(iii) “Yangi Oʻzbekiston Olimpiya choʻqqilari” sport musobaqalarining respublika final (uchinchi) bosqichi har yili Olimpiya shaharchasida “Prezident Olimpiadasi” sifatida oʻtkaziladi;

(iv) Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahri, tuman va shaharlar hokimlari mazkur musobaqalarning birinchi va ikkinchi bosqichlarini yuqori saviyada tashkil etish va oʻtkazish hamda gʻolib va sovrindorlarni ragʻbatlantirish uchun masʼul hisoblanadi;

(v) “Yangi Oʻzbekiston Olimpiya choʻqqilari” sport musobaqalarini, qoʻshma oʻquv-mashgʻulot yigʻinlarini tashkil etish va oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlar har yilgi sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining respublika va hududiy kalendar rejalari doirasida moliyalashtiriladi;

(b) “Yangi Oʻzbekiston Olimpiya choʻqqilari” sport musobaqalarining respublika final bosqichida saralangan sportchilar ularning xohishidan kelib chiqib, quyidagi sport-taʼlim tashkilotlariga milliy terma jamoalarga zaxira sifatida tayyorlash uchun yoʻnaltirib boriladi:

(i) birinchi va ikkinchi oʻrinlarni qoʻlga kiritgan sportchilar — Respublika olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi (keyingi oʻrinda — Markaz)ga;

(ii) uchinchi oʻrinni qoʻlga kiritgan sportchilar — hududiy olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlariga.

Bunda doimiy ravishda birinchi, ikkinchi va uchinchi oʻrinlarni qoʻlga kiritgan sportchilar oʻrtasida qoʻshma oʻquv-mashgʻulot yigʻinlari va nazorat bellashuvlari oʻtkazib boriladi;

(v) 2025/2026 oʻquv yilidan boshlab:

(i) Markazda oʻqish jarayoni 2 ta bosqichda amalga oshiriladi, yaʼni birinchi bosqichda 8 — 11-sinflar uchun Olimpiya va Paralimpiya maktabi, ikkinchi bosqichda 1-2-kurslar uchun Olimpiya va Paralimpiya kolleji faoliyat koʻrsatadi;

(ii) Olimpiya shaharchasi sport inshootlari Markazga mustaqil va Oʻzbekiston davlat sport akademiyasi bilan qoʻshma oʻquv-yigʻin mashgʻulotlarini oʻtkazib borish uchun tadbirlardan boʻsh vaqtlarda begʻaraz asosda biriktiriladi;

(iii) Markaz tomonidan oʻquvchi-sportchilarni tayyorlash uchun jalb etiladigan trenerlar, shuningdek, milliy terma jamoalar trenerlari bilan mehnat shartnomalari muayyan muddatga tuziladi va ular tayyorlagan oʻquvchi-sportchilar erishadigan natijalardan kelib chiqib, shartnoma muddatini uzaytirish yoki bekor qilish masalasi hal etiladi;

(g) 2026-yildan boshlab:

(i) Markaz faoliyatini moliyalashtirish respublika budjetiga oʻtkaziladi;

(ii) Markaz oʻquvchi-sportchilari kontingenti 800 nafarga yetkaziladi;

(iii) Markazning Olimpiya va Paralimpiya kolleji oʻquvchi-sportchilariga Sport vazirligining stipendiyasi uchun nazarda tutilgan mablagʻlar doirasida oylik stipendiya taʼsis etiladi;

(d) Olimpiya oʻyinlari va ushbu musobaqa dasturiga kiritilgan sport turlari boʻyicha jahon chempionatlari gʻolib va sovrindorlari oliy harbiy (ixtisoslashtirilgan) taʼlim muassasalariga toʻgʻridan-toʻgʻri qabul qilinadi;

(e) olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlariga terma jamoalar sportchilarini ilgʻor xorijiy mamlakatlar tajribasi asosida tayyorlash uchun, zaruratga koʻra, har yili Oʻzbekiston Milliy olimpiya va paralimpiya qoʻmitalariga Olimpiya va Paralimpiya oʻyinlariga tayyorgarlik koʻrish uchun ajratiladigan Davlat budjeti va homiylik mablagʻlari hisobidan chet ellik sport mutaxassislari jalb etib boriladi.

9. Trenerlarning yuqori mahoratli sportchilarni tayyorlashdagi xizmatlari uchun ragʻbatlantirish tizimini takomillashtirish maqsadida olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlari hamda oliy sport va sport turlari boʻyicha mahorat maktablariga qabul qilingan oʻquvchi-sportchi tomonidan qoʻlga kiritilgan sport natijalari uchun belgilanadigan ustamaning 10 foiz qismini uni sport maktabida tayyorlagan trenerga toʻlab borish tartibi joriy etilsin.

VI. Olimpiya sport turlariga tayyorlashning ixtisoslashtirilgan milliy vertikal-integratsiyalashgan tizimi

10. Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi, Sport vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklarining quyidagi takliflariga rozilik berilsin:

(a) Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri boʻlinmalarini tashkil etish;

(b) Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlarini Olimpiya harakatini rivojlantirish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining joylardagi maxsus vakili hamda Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasining hududiy boʻlinmalari rahbarlari etib belgilash.

11. Belgilansinki:

(a) Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi hududiy boʻlinmalari faoliyati uchun zarur boʻlgan 2,5 tadan shtat birliklari Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladi;

(b) Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi hamda Adaptiv sport turlari assotsiatsiyasi hududiy boʻlinmalari mos ravishda olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlariga begʻaraz asosda joylashtiriladi;

(v) Olimpiya va Paralimpiya harakatini rivojlantirish boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari rahbarlik qiladigan hududiy kengashlar tashkil etiladi.

VII. Imtiyozlar

12. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 5-noyabrdagi “2024-yil Parij shahrida (Fransiya) boʻlib oʻtadigan XXXIII yozgi Olimpiya va XVII Paralimpiya oʻyinlariga Oʻzbekiston sportchilarini kompleks tayyorlash toʻgʻrisida”gi PQ-5281-son qaroriga muvofiq milliy terma jamoalar sportchilari, trenerlari va boshqa mutaxassislari uchun har oylik stipendiyalar, bir martalik toʻlanadigan pul mukofotlari, qimmatbaho sovgʻalar va boshqa yordam koʻrinishida olinadigan toʻlovlar jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻiga tortilmasligi hamda ularga ijtimoiy soliq hisoblanmasligi belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.

Belgilab qoʻyilsinki, Olimpiya va Paralimpiya oʻyinlariga maqsadli tayyorgarlik koʻrish doirasida ushbu toʻlovlar boʻyicha yuzaga kelishi mumkin boʻlgan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi va ijtimoiy soliq summasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Sport vazirligi tomonidan belgilanadigan tartibda Davlat budjetidan qoplab beriladi.

(12-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 11-dekabrdagi PQ-373-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.12.2025-y., 07/25/373/1157-son)

13. Sport vazirligi, Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi, Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi, olimpiya sport turlari boʻyicha sport federatsiyalari (uyushmalari) tomonidan belgilangan tartibda shakllantiriladigan roʻyxatlar boʻyicha xorijdan olib kelinadigan, Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan sport anjomlari, jihozlari, uskunalari, sunʼiy sport maydonlari va ularning yordamchi uskunalari (shu jumladan, maxsus mashgʻulot trenajyorlari, zamonaviy ilmiy texnologiya vositalari), maxsus sport kiyimlari (ekipirovkalar), kompyuter texnikasi, multimedia mahsulotlari, sport tibbiyoti jihozlari, tibbiy biologik va farmakologik preparatlar 2029-yil 1-yanvarga qadar bojxona bojini toʻlashdan ozod etilsin.

VIII. Qaror ijrosini tashkil etish, taʼminlash va nazorat

14. Sport vazirligi va Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi:

(a) bir oy muddatda iqtidorli sportchilarni eng quyi boʻgʻindan boshlab saralash va ularni professional tayyorlash boʻyicha uch bosqichli “Yangi Oʻzbekiston Olimpiya choʻqqilari” sport musobaqalarini tashkil etish va oʻtkazish tartibini tasdiqlash boʻyicha qoʻshma qaror qabul qilsin;

(b) Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi bilan birgalikda uch oy muddatda hududiy kengashlarning faoliyat yuritishi tartibi toʻgʻrisidagi namunaviy nizomni tasdiqlasin.

15. Milliy antidoping agentligi Sport vazirligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi va Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi bilan birgalikda 2026-yildan boshlab milliy terma jamoalar sportchilarini dopingga qarshi kurashish masalalari yuzasidan uzluksiz qoʻllab-quvvatlash va maslahat berish xizmatini koʻrsatuvchi aloqa platformasi faoliyatini yoʻlga qoʻysin.

16. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari Sport vazirligi, Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi va Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi bilan birgalikda bir oy muddatda Olimpiya va Paralimpiya oʻyinlariga milliy terma jamoa sportchilarining sifatli tayyorgarlik koʻrishini taʼminlash boʻyicha quyidagilarni nazarda tutuvchi puxta ishlangan hududiy tayyorgarlik dasturlarini tasdiqlasin:

(a) milliy terma jamoa sportchilari, trenerlari va boshqa mutaxassislarini moddiy va ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash, ularning maishiy sharoitlarini yaxshilash;

b) musobaqalarga tayyorgarlik koʻrayotgan hududiy terma jamoa sportchilari, trenerlari va boshqa sport mutaxassislarining respublika va xalqaro sport tadbirlari hamda oʻquv-mashgʻulot yigʻinlarida uzluksiz ishtirokini taʼminlash;

v) olimpiya sport turlari boʻyicha sport federatsiyalari (uyushmalari)ning hududiy boʻlinmalari faoliyatini qoʻllab-quvvatlash, moliyaviy va moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, shuningdek, ularni hududdagi yirik tashkilotlarga biriktirish.

17. Belgilansinki, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari hududiy tayyorgarlik dasturlari toʻlaqonli amalga oshirilishi hamda Olimpiya va Paralimpiya harakatini rivojlantirish boʻyicha belgilangan koʻrsatkichlarga erishilishini taʼminlashga shaxsan masʼul va javobgar hisoblanadi.

18. Respublika komissiyasi:

(a) ikki oy muddatda:

(i) Olimpiya va Paralimpiya oʻyinlariga sport turlari boʻyicha litsenziyalarni qoʻlga kiritishning maqsadli koʻrsatkichlari (keyingi oʻrinlarda — maqsadli koʻrsatkichlar)ni tasdiqlasin;

(ii) sport federatsiyalari (uyushmalari) rahbarlariga tegishli sport turi boʻyicha maqsadli koʻrsatkichlarga erishishga masʼul ekanini koʻrsatib oʻtsin va litsenziyalarni qoʻlga kiritish boʻyicha majburiyatlarni belgilab bersin;

(iii) Olimpiya va Paralimpiya oʻyinlariga puxta tayyorgarlik koʻrish maqsadida sport federatsiyalari (uyushmalari)ga tegishli shart-sharoitlar yaratish hamda maqsadli koʻrsatkichlardagi dasturlarda qatnashish va litsenziyalarni qoʻlga kiritish boʻyicha sport federatsiyalari (uyushmalari)ga vazirlik va idoralar rahbarlarini biriktirsin;

(iv) Olimpiya va Paralimpiya oʻyinlariga puxta tayyorgarlik koʻrish uchun zarur boʻladigan budjet, budjetdan tashqari, shuningdek, homiylik mablagʻlari miqdorini tasdiqlasin;

(v) maqsadli koʻrsatkichlarga erishmagan va qoniqarsiz natijalarni koʻrsatgan, ajratilgan budjet mablagʻlaridan samarali foydalanmagan va boshqa salbiy holatlarga yoʻl qoʻygan sport federatsiyalari (uyushmalari) boshqaruvini tubdan qayta koʻrib chiqsin;

(vi) Respublika komissiyasining kengaytirilgan birinchi yigʻilishini oʻtkazsin. Bunda mazkur qarorning mazmun-mohiyati, sportga davlat tomonidan berilayotgan eʼtibor, vazifalarni soʻzsiz bajarish zarurligi, qoniqarsiz natija koʻrsatgan shaxslarga nisbatan tegishli choralar koʻrilishi koʻrsatib oʻtilsin;

(b) uch oy muddatda istiqbolli va rivojlanayotgan toifalardagi sport turlari boʻyicha milliy terma jamoalarni xalqaro nufuzli musobaqalarga samarali tayyorlashni tashkil qilish maqsadida Oʻzbekiston Milliy olimpiya hamda paralimpiya qoʻmitalari huzurida tegishli sport federatsiyalari (uyushmalari) va boshqa masʼul tashkilotlar vakillari hamda chet ellik mutaxassislardan iborat tarkibda doimiy faoliyat yurituvchi ishchi shtablar faoliyatini yoʻlga qoʻysin;

(v) Dasturda nazarda tutilgan hamda manfaatdor vazirlik va idoralarning zimmasiga yuklatilgan vazifa va topshiriqlar oʻz vaqtida, sifatli va toʻliq bajarilishi ustidan doimiy nazorat oʻrnatsin hamda Dasturga muvofiq amalga oshirilishi lozim boʻlgan ishlarning ijrosini tizimli ravishda muhokama qilish va kamchiliklarni oʻz vaqtida bartaraf etib borish choralarini koʻrsin.

19. Sport vazirligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligining Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmon va qarorlari, hududlarga tashriflar bayonlari, Hukumat qarorlari hamda boshqa hujjatlarda Sport vazirligiga berilgan topshiriqlarga muvofiq yangidan qurilishi, rekonstruksiya qilinishi va kapital taʼmirlanishi belgilangan, biroq bugunga qadar davlat dasturlariga kiritilmagan sport obyektlarini keyingi yillardagi Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi loyihasiga kiritib borish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.

20. Iqtisodiyot va moliya vazirligi Sport vazirligi, Oʻzbekiston Milliy olimpiya va paralimpiya qoʻmitalari, sport federatsiyalari (uyushmalari)ga zarur mablagʻlar oʻrnatilgan tartibda 2025-yildan boshlab Davlat budjetidan ajratib borilishini taʼminlasin. Bunda Davlat moliyaviy nazorat inspeksiyasi tomonidan Olimpiya va Paralimpiya oʻyinlariga tayyorgarlik koʻrish uchun ajratilgan mablagʻlardan maqsadli foydalanilishi hamda qonunchilik talablariga rioya qilinishi belgilangan tartibda nazorat qilib boriladi.

21. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga 6-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.

22. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib sport vaziri A.I. Ikramov, Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari O.M. Umarov, Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi raisi M.M. Tashxodjayev hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari belgilansin.

23. Qaror ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Ijtimoiy rivojlanish departamenti rahbari O.Q. Abduraxmanov zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV

Toshkent sh.,

2025-yil 8-iyul,

PQ-221-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 8-iyuldagi PQ-221-son qaroriga1-ILOVA

2028-yil Los-Anjeles shahrida (AQSH) boʻlib oʻtadigan XXXIV yozgi Olimpiya va XVIII Paralimpiya oʻyinlariga Oʻzbekiston sportchilarini tayyorlash

(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 11-dekabrdagi PQ-373-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.12.2025-y., 07/25/373/1157-son)

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 8-iyuldagi PQ-221-son qaroriga2-ILOVA

2028-yil Los-Anjeles shahrida (AQSH) boʻlib oʻtadigan XXXIV yozgi Olimpiya oʻyinlariga tayyorgarlik koʻrish hamda milliy terma jamoa aʼzolarining kontingenti boʻyicha

T/rSport turiSportchilarning maksimal cheklangan soni(nafar)Trenerlar va boshqa mutaxassislarning maksimal cheklangan soni(nafar) Umumiy soni(nafar) I. Ustuvor sport turlari1.Boks7522972.Dzyudo6417813.Taekvondo (WT)4815634.Erkin kurash357425.Ogʻir atletika30737Jami:25268320II. Istiqbolli sport turlari1.Sport gimnastikasi185232.Badiiy gimnastika124163.Yunon-rum kurashi357424.Ayollar kurashi255305.Yengil atletika7020906.Baydarka va kanoeda eshkak eshish4010507.Akademik eshkak eshish4814628.Kamondan otish165219.Velosport (shosse)2473110.Velosport (trek)3093911.Qilichbozlik36114712.Futbol922812013.Sinxron suzish1241614.Suvga sakrash63915.Suzish3093916.Slalomda eshkak eshish1241617.Oʻq otish3093918.Trampolin639Jami:542157699III. Rivojlanayotgan sport turlari1.Stol tennisi124162.Triatlon84123.Zamonaviy beshkurash82104.Suv polosi5216685.Marafon suzish4156.Tennis124167.Basketbol4814628.Basketbol 3x385139.Gandbol64198310.Regbi48146211.Voleybol48146212.Sohil voleyboli851313.Badminton1241614.Chim ustida xokkey72229415.Ot sporti 2473116.Velosport (BMX fristayl)62817.Velosport (BMX)62818.Velosport (MTB)62819.Skeytbord1031320.Qoyani zabt etish1031321.Skvosh10313Jami:476150626

Izohlar:

Olimpiya va Paralimpiya oʻyinlariga Oʻzbekiston sportchilarini tayyorlash boʻyicha respublika komissiyasiga ushbu maqsadli koʻrsatkichlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish huquqi beriladi.

2026-yilda Aichi va Nagoya shaharlarida (Yaponiya) boʻlib oʻtadigan XX yozgi Osiyo oʻyinlari dasturiga kiritilgan noolimpiya sport turlarining musobaqa dasturlaridan kelib chiqqan holda har bir dastur boʻyicha uchta jamoagacha kontingentga ruxsat beriladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 8-iyuldagi PQ-221-son qaroriga2a-ILOVA

2028-yil Los-Anjeles shahrida (AQSH) boʻlib oʻtadigan XVIII Paralimpiya oʻyinlariga tayyorgarlik koʻrish hamda milliy terma jamoa aʼzolarining kontingenti boʻyicha

T/rSport turiSportchilarning maksimal cheklangan soni(nafar)Trenerlar va boshqa mutaxassislarning maksimal cheklangan soni(nafar) Umumiy soni(nafar) I. Ustuvor sport turlari1.Para yengil atletika128641922.Paradzyudo6420843.Parataekvondo (WT)4014544.Parasuzish5218705.Parapauerlifting5017676.Paraoʻq otish20727Jami:354140494II. Istiqbolli sport turlari1.Parakanoeda eshkak eshish289372.Paraakademik eshkak eshish268343.Paravelosport4818664.Aravachada qilichbozlik3210425.Parakamondan otish186246.Parastol tennisi24832Jami:17659235III. Rivojlanayotgan sport turlari1.Bochcha185232.Paratriatlon185233.Paravoleybol247314.Parabadminton185235.Futbol 5x5 (koʻzi ojizlar futboli)247316.Golbol24731Jami:12636162

Izohlar:

Olimpiya va Paralimpiya oʻyinlariga Oʻzbekiston sportchilarini tayyorlash boʻyicha respublika komissiyasiga ushbu maqsadli koʻrsatkichlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish huquqi beriladi.

Paralimpiya oʻyinlariga belgilangan kontingent sonidan tashqari Xalqaro paralimpiya qoʻmitasi talablari asosida boshqa yosh toifalari kesimida qoʻshimcha ellik foizgacha zaxira tarkibning tayyorgarlik koʻrishiga ruxsat beriladi.

2026-yilda Aichi va Nagoya shaharlarida (Yaponiya) boʻlib oʻtadigan yozgi V Paraosiyo oʻyinlari dasturiga kiritilgan noolimpiya sport turlarining musobaqa dasturlaridan kelib chiqqan holda har bir dastur boʻyicha uchta jamoagacha kontingentga ruxsat beriladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 8-iyuldagi PQ-221-son qaroriga3-ILOVA

2028-yil Los-Anjeles shahrida (AQSH) boʻlib oʻtadigan XXXIV yozgi Olimpiya va XVIII Paralimpiya oʻyinlariga Oʻzbekiston sportchilarini tayyorlash uchun Sport vazirligi, Milliy olimpiya va paralimpiya qoʻmitalari, sport federatsiyalari (uyushmalari)ga biriktiriladigan sport bazalari

T/rSport federatsiyalari(uyushmalari)Biriktirilgan sport bazalariAsosiy sport bazalariHududiy sport bazalari1.Oʻzbekiston boks federatsiyasi1. Olimpiya shaharchasi sport inshootlari.2. Bahodir Jalolov nomidagi boksga ixtisoslashtirilgan sport maktabi.3. Toshkent shahridagi Oʻzbekiston boks federatsiyasi markazi.4. Angren shahridagi “Yangiobod” respublika oʻquv-mashgʻulot bazasi.1. Buxoro, Jizzax, Quvasoy va Qoʻqon shaharlaridagi sport maktablari.2. Jizzax shahridagi “Universal” sport kompleksi.3. Toshkent shahridagi sportning yakkakurash turlariga ixtisoslashtirilgan sport maktabi.4. Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlari.2.Oʻzbekiston dzyudo federatsiyasi1. Olimpiya shaharchasi sport inshootlari.2. “Azia Center” dzyudo markazi.3. Xumson sogʻlomlashtirish markazi.1. Chirchiq shahar sport maktabi.2. Chirchiq shahridagi “Kimyogar” sport majmuasi.3. Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlari.3.Oʻzbekiston taekvondo (WT) assotsiatsiyasi1. Olimpiya shaharchasi sport inshootlari.2. Toshkent shahridagi “Universal” sport saroyi.3. Angren shahridagi “Yangiobod” respublika oʻquv-mashgʻulot bazasi.1. Angren shahridagi “Yangiobod” respublika oʻquv-mashgʻulot bazasi.2. Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlari.4.Oʻzbekiston sport kurashlari assotsiatsiyasi1. Olimpiya shaharchasi sport inshootlari.2. Toshkent shahridagi “Dinamo” jismoniy tarbiya va sport jamiyati.3. Xumson sogʻlomlashtirish markazi.1. Angren shahridagi “Yangiobod” respublika oʻquv-mashgʻulot bazasi.2. Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlari.5.Oʻzbekiston ogʻir atletika federatsiyasi1. Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti.2. Toshkent shahridagi ogʻir atletika markazi.3. “Samo Olimpic” sport klubi.4. “Boʻlajak olimpiya chempionlari” sport klubi.1. Oʻzbekiston ogʻir atletika federatsiyasiga qarashli Toshkent viloyati Boʻstonliq tumanida joylashgan ogʻir atletika sport zali. 2. Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlari.6.Oʻzbekiston gimnastika federatsiyasi1. Gimnastika boʻyicha ixtisoslashtirilgan respublika bolalar-oʻsmirlar olimpiya zaxirasi sport maktabi.2. Oksana Chusovitina nomidagi gimnastikaga ixtisoslashtirilgan sport maktabi. 1. Gimnastika markazlari.2. Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlari.7.Oʻzbekiston suzish federatsiyasi1. Olimpiya shaharchasi sport inshootlari.2. Suv sporti turlari boʻyicha respublika oliy sport mahorati maktabi.3. Toshkent shahridagi “Saxovat sport service” MCHJ suzish havzasi.4. Oʻzbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasining suzish havzalari.1. Navoiy shahridagi “Soʻgʻdiyona” sport majmuasi.2. Angren shahridagi “Delfin” suzish havzasi.3. Suv sporti turlariga ixtisoslashtirilgan sport maktablari.4. Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlari.8.Oʻzbekiston yengil atletika federatsiyasi1. Olimpiya shaharchasi sport inshootlari.2. Oʻzbekiston yengil atletika federatsiyasiga qarashli yengil atletika markazi.1. Angren shahridagi “Yangiobod” respublika oʻquv-mashgʻulot bazasi.2. Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlari.3. Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti.4. Sportning oʻyin turlari va yengil atletika boʻyicha ixtisoslashtirilgan sport maktablari.9.Oʻzbekiston “Rowing&Sanoe” federatsiyasi1. Suv sporti turlari boʻyicha respublika oliy sport mahorati maktabi.2. “Water and Rowing” sport klubi.1. Namangan viloyatidagi Fargʻona kanali.2. Samarqand viloyatidagi eshkak eshish kanali.3. Toshkent viloyati Boʻstonliq tumanidagi “Qoronkoʻl” sport bazasi.4. Toshkent viloyati Oʻrta Chirchiq tumanidagi “Qaldirgʻoch” sport bazasi.5. Toshkent shahridagi Boʻzsuv kanali.6. Toshkent viloyatidagi Ugom daryosi.10.Oʻzbekiston qilichbozlik federatsiyasi1. “Paxtakor” markaziy qilichbozlik zali.2. Angren shahridagi “Yangiobod” respublika oʻquv-mashgʻulot bazasi.1. Ixtisoslashtirilgan sport maktablari.2. Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlari.11.Oʻzbekiston kamondan otish federatsiyasiRespublika olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi.Hududiy olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlari.12.Oʻzbekiston oʻq otish sporti federatsiyasi1. Mudofaa vazirligining “Qibray” sport majmuasi.2. Toshkent viloyati Oʻrta Chirchiq tumanidagi Oʻrtasaroy oʻq otish bazasi.3. Toshkent shahridagi Mudofaa vazirligi sport markazi.1. Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlari.2. “Vatanparvar” tashkilotining hududlardagi sport bazalari.13.Oʻzbekiston velosport federatsiyasi1. Olimpiya shaharchasi sport inshootlari.2. Respublika velosport mahorat maktab-internati.Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlari.14.Oʻzbekiston tennis federatsiyasiRespublika olimpiya zaxiralari tennis maktabi.1. Ixtisoslashtirilgan sport maktablari.2. Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlari.15.Oʻzbekiston zamonaviy beshkurash federatsiyasi1. Olimpiya shaharchasi sport inshootlari.2. Respublika olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi.1. Suv sporti turlari boʻyicha respublika oliy sport mahorati maktabi.2. Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti.16.Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi(Olympic Mobiuz futbol klubi)“JAR” sport-sogʻlomlashtirish majmuasi.Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi futbol akademiyalari va futbol maktablari.17.Oʻzbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi“Universal Jumping Agro” MCHJ.1. Respublika olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi.2. Ot sporti boʻyicha respublika oliy sport mahorati maktabi.18.Oʻzbekiston triatlon federatsiyasi1. Olimpiya shaharchasi sport inshootlari.2. “Paxtakor” markaziy stadioni.3. Toshkent shahridagi ekobogʻ.1. Namangan viloyatidagi “Olmazor obod sihatgohi” MCHJ.2. Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti.3. Toshkent viloyati yoʻllari.4. Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlari.19.Oʻzbekiston stol tennisi federatsiyasi1. Olimpiya shaharchasi sport inshootlari.2. Toshkent davlat transport universiteti.1. Angren shahridagi “Yangiobod” respublika oʻquv-mashgʻulot bazasi.2. Ixtisoslashtirilgan sport maktablari.3. Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlari.20.Oʻzbekiston basketbol federatsiyasi1. Olimpiya shaharchasi sport inshootlari.2. Toshkent shahridagi “Umid” sport majmuasi.3. Toshkent davlat transport universitetining sport majmuasi.4. Toshkent viloyati Boʻstonliq tumani “Xojikent” pansionati.5. Angren shahridagi “Yangiobod” respublika oʻquv-mashgʻulot bazasi.1. Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlari.2. Navoiy shahridagi “Soʻgʻdiyona” sport majmuasi.3. Namangan shahridagi “Barkamol avlod” sport majmuasi. 4. Guliston shahridagi “Alpomish” sport majmuasi.5. Margʻilon shahridagi 2-son sport maktabi.6. Samarqand shahridagi sport oʻyinlari va yengil atletika sporti turlariga ixtisoslashtirilgan sport maktabi.21.Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi1. Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi sport bazasi.2. Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti (“Naima Orzu” MCHJ).3. Toshkent viloyatidagi “Water and Rowing” sport klubi.4. Respublika olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi (“Fresh Foods” MCHJ va “Nice Foods One” MCHJ).5. Angren shahridagi “Yangiobod” respublika oʻquv-mashgʻulot bazasi.6. Toshkent viloyatidagi “Gʻazalkent” sogʻlomlashtirish markazi.1. Olimpiya shaharchasi sport inshootlari.2. Respublika oliy sport mahorati maktablari.3. Hududiy olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlari.4. Sport turlari boʻyicha mahorat maktablari.5. Sport maktablari va ixtisoslashtirilgan sport maktablari.6. Respublika olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi (“Xazrat Farm Savdo” MCHJ).7. Toshkent viloyatidagi qilichbozlik sport bazasi (“Foor Best Group” MCHJ).8. Oʻzbekiston yengil atletika federatsiyasi sport majmuasi (“Xush Taomlar” MCHJ va “Ask We Do” MCHJ).9. Oʻzbekiston qilichbozlik federatsiyasi “Paxtakor” markaziy qilichbozlik zali, “Umid” sport majmuasi.10. Toshkent viloyatidagi zamonaviy oʻq otish bazasi.11. Andijon viloyatidagi sportning yakkakurash sport turlariga ixtisoslashtirilgan sport maktabi qilichbozlik majmuasi (“Sport Max Pro-SR” MCHJ).12. Oʻzbekiston badminton federatsiyasi “Chorsu” sport bazasi.13. Toshkent shahridagi Mudofaa vazirligi sport markazi.14. Oʻzbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi suzish havzalari.15. Navoiy shahridagi “Soʻgʻdiyona” sport majmuasi.16. Namangan shahridagi “Okean” suzish havzasi.17. Qashqadaryo viloyati Qarshi shahridagi kamondan otish yopiq inshooti (“Terminal Logistic” MCHJ).18. Toshkent viloyatidagi “Tur Max” MCHJ.19. Toshkent viloyati Chirchiq shahridagi Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti sport maneji (“Chirchiq Best Building” va “Boʻston Sanatoriya” MCHJ).20. Toshkent viloyati, Boʻstonliq tumanidagi “Qoronkoʻl” suv sporti bazasi (“Nur Yogʻdu Fayz” MCHJ).21. Toshkent viloyati Boʻstonliq tumanidagi “Shirinbuloq” sport bazasi.22. Toshkent viloyati Boʻstonliq tumanidagi “Ugom” oromgohi sport bazasi (“Omega-Invest Plyus”MCHJ).23. Toshkent viloyatidagi “Amirsoy” majmuasi.24. Toshkent viloyatidagi “Kumushkon” dam olish oromgohi.25. Toshkent viloyati Angren shahridagi “Delfin” suzish havzasi.26. Toshkent viloyatidagi “Olympic White Nouse” MCHJ.27. Toshkent viloyatidagi “Chorvoq — Chimgan — Savdo” MCHJ.28. Toshkent shahridagi “Humo Arena” majmuasi.29. Toshkent shahridagi “Befit Pro” sport majmuasi.30. Toshkent shahridagi “Azia Center” dzyudo markazi.31. Toshkent shahridagi “Saxovat sport service” MCHJ suzish majmuasi.32. Toshkent shahridagi “Yakkasaroy sport sogʻlomlashtirish majmuasi” MCHJ.33. Chirchiq olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi (“Judo Chkor Sport Klub” MCHJ).34. Samarqand viloyatidagi “Zamin Travel” qoshidagi “Doʻstlik” bolalar sogʻlomlashtirish oromgohi.35. Fargʻona viloyatidagi “Chimyon” sanatoriyasi.36. Jizzax viloyatidagi “Zomin sanatoriyasi” MCHJ.37. Toshkent viloyatidagi “Chotqol Reabilitatsiya Markazi” DK.38. Toshkent viloyatidagi qilichbozlik sport bazasi (“Foor Best Group” MCHJ).

Izoh: Olimpiya va Paralimpiya oʻyinlariga Oʻzbekiston sportchilarini tayyorlash boʻyicha respublika komissiyasining qaroriga asosan ushbu roʻyxatga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilishi mumkin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 8-iyuldagi PQ-221-son qaroriga4-ILOVA

Olimpiya va Paralimpiya oʻyinlariga Oʻzbekiston sportchilarini tayyorlash boʻyicha respublika komissiyasi

1.A.N. Aripov —Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri, Respublika komissiyasi raisi2.A.I. Ikramov —sport vaziri, Respublika komissiyasi raisining oʻrinbosari3.O.M. Umarov—Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari, Respublika komissiyasi raisining oʻrinbosari4.M.P. Olloyorov—Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktori5.O.Q. Abduraxmanov—Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi departamenti rahbari6.A.J. Ramatov—Bosh vazir oʻrinbosari7.N.T. Yoʻldoshev—Bosh prokuror8.B.O. Saidov—tashqi ishlar vaziri9.Sh.G. Xalmuxamedov—mudofaa vaziri10.A.A. Tashpulatov—ichki ishlar vaziri11.I.R. Maxkamov—transport vaziri12.X.U. Umarova—maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri13.K.A. Sharipov —oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri14.Sh.S. Xidoyatov—qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri15.B.F. Islamov—togʻ-kon sanoati va geologiya vaziri16.A.A. Xudayarov—sogʻliqni saqlash vaziri17.I.I. Norqulov—iqtisodiyot va moliya vazirining birinchi oʻrinbosari18.Sh.D. Kudbiyev—Soliq qoʻmitasi raisi19.A.Yu. Mavlonov—Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasi raisi20.A.Z. Saʼdullayev—Yoshlar ishlari agentligi direktori21.A.A. Djurabayev —Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi raisi22.A.K. Koʻchimov —Oʻzbekiston milliy axborot agentligi bosh direktori23.K.M. Rafikov—Oʻzbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi raisi24.O.O. Kasimov—Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi bosh kotibi25.M.M. Tashxodjayev—Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi raisi26.B.M. Maxsitov—Oʻzbekiston sport faxriylari kengashi raisi27.Lavozimi boʻyicha—Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari28.Lavozimi boʻyicha—sport federatsiyalari (uyushmalari) rahbarlari29.R.A. Talipov —Vazirlar Mahkamasi bosh mutaxassisi, Respublika komissiyasi kotibi

Izohlar:

Respublika komissiyasi aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimga yangidan tayinlangan yoki tegishli funksiyalarni bajarish zimmasiga yuklangan shaxslar kiritiladi.

Respublika komissiyasi barcha Olimpiya va Paralimpiya oʻyinlariga Oʻzbekiston sportchilarini tayyorlashni tashkil qilish boʻyicha doimiy faoliyat yuritadi.

Mazkur qaror qabul qilingunga qadar boʻlgan davr uchun Olimpiya va Paralimpiya oʻyinlariga Oʻzbekiston sportchilarini tayyorlash boʻyicha Respublika komissiyasi funksiyalari 2024-yil Parij shahrida (Fransiya) boʻlib oʻtadigan XXXIII yozgi Olimpiya va XVII Paralimpiya oʻyinlariga Oʻzbekiston sportchilarini tayyorlash boʻyicha respublika komissiyasi tomonidan amalga oshiriladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 8-iyuldagi PQ-221-son qaroriga5-ILOVA

Olimpiya harakatini rivojlantirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarning amalga oshirilishini tashkil qilish maqsadida Sport vazirligi va Oʻzbekiston milliy olimpiya qoʻmitasining hududlarga biriktiriladigan masʼullari

T/rBiriktirilayotgan rahbarlar F.I.O. va lavozimiHudud nomiBiriktirilayotgan masʼullar F.I.O. va lavozimiSport vazirligiMilliy olimpiya qoʻmitasi1.Ikramov Adxam IlxamovichOʻzbekiston Respublikasi sport vaziriSirdaryo viloyatiHamrayev Bobur Yangiboyevichsport vaziri kotibiyati boshligʻiMuxriddinov Xasanjon SirojiddinovichMilliy olimpiya qoʻmitasi devoni rahbariJizzax viloyatiNazarov Sharofiddin OʻrazbayevichMilliy olimpiya qoʻmitasi boʻlim boshligʻi2.Umarov Otabek MuhammadaliyevichMilliy olimpiya qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosariToshkent viloyatiNizametdinov Akramjon AxmatovichSport vazirligi boshqarma boshligʻiYoʻldashev Jamol HazratqulovichMilliy olimpiya qoʻmitasi departament direktoriToshkent shahriAtakulov Nozim ZafarjonovichMilliy olimpiya qoʻmitasi boʻlim boshligʻi3.Tashmatov Sherzod RixsibayevichMilliy olimpiya qoʻmitasi raisining oʻrinbosariQoraqalpogʻiston RespublikasiYunusov Mirjamol MirdjalilovichSport vazirligi boʻlim boshligʻiSaydullayev Mirjalol Rustam oʻgʻliMilliy olimpiya qoʻmitasi departament direktoriXorazm viloyatiBerdiyev Abdulloh Kamol oʻgʻliMilliy olimpiya qoʻmitasi bosh mutaxassisi4.Maxmudov Shaxrillo Sharipovichsport vaziri oʻrinbosariNavoiy viloyatiArzikulov Mukum UralovichSport vazirligi boʻlim boshligʻiAbbosxoʻjayev Sarvarxoʻja Alisherxoʻja oʻgʻliMilliy olimpiya qoʻmitasi boʻlim boshligʻiBuxoro viloyatiNasirov Faxriddin Rameshbek oʻgʻliMilliy olimpiya qoʻmitasi yetakchi mutaxassisi5.Kasimov Oybek OmilovichMilliy olimpiya qoʻmitasi bosh kotibiFargʻona viloyatiTursunaliyev Ilxomjon AxmedovichOʻzbekiston davlat sport akademiyasi rektoriErgashev Kamoliddin ShavkatovichMilliy olimpiya qoʻmitasi departament direktoriXodjayev Dilmurod RaxmatullayevichSport vazirligi boshqarma boshligʻiGʻofurjonov Alisherjon Komiljon oʻgʻliMilliy olimpiya qoʻmitasi yetakchi mutaxassisi6.Ismailov Murad Valijonovichsport vaziri oʻrinbosariSurxondaryo viloyatiBaymuradov Farrux MaxmudovichSport vazirligi boʻlim boshligʻiXikmatullayev Jobur JaxangirovichMilliy olimpiya qoʻmitasi yetakchi mutaxassisi Muratov Sardorxon Avazxon oʻgʻliMilliy olimpiya qoʻmitasi yetakchi mutaxassisi7.Karimov Avazjon Qudratillayevichsport vaziri oʻrinbosariSamarqand viloyatiGʻulomnazarov Sanatilla Alinazar oʻgʻliSport vazirligi boʻlim boshligʻi Gaffarov Abdurashid AbdusamatovichMilliy olimpiya qoʻmitasi bosh mutaxassisiYoʻldoshev Nurali Erkinjon oʻgʻliMilliy olimpiya qoʻmitasi bosh mutaxassisi8.Kamilov Aziz YakubjanovichOʻzbekiston dzyudo federatsiyasi raisiAndijon viloyatiTurdiyev Farxod KarimovichSport vazirligi boʻlim boshligʻiXusanov Xusniddin MaxamedovichMilliy olimpiya qoʻmitasi departament direktoriToshtemirov Maxmudjon Baxtiyor oʻgʻliMilliy olimpiya qoʻmitasi bosh mutaxassisi9.Polatov Saken JetibayevichOʻzbekiston boks federatsiyasi raisining birinchi oʻrinbosariNamangan viloyatiRahmatxoʻjayev Muzaffarxoʻja YunusxonovichSport vazirligi boʻlim boshligʻiIbragimov Muxammad Xumoyun Dilmurod oʻgʻliMilliy olimpiya qoʻmitasi departament direktoriMajidov Xusen Abduvaxobovich Milliy olimpiya qoʻmitasi yetakchi mutaxassisi10.Momindjanov Sharifjon Fuzailovichsport vaziri maslahatchisiQashqadaryo viloyatiJoʻrayev Umid ZafarovichSport vazirligi boʻlim boshligʻiYoʻldoshev Raxmatjon Axadjon oʻgʻliMilliy olimpiya qoʻmitasi yuriskonsultiImomxoʻjayev Zafar AxborovichMilliy olimpiya qoʻmitasi matbuot kotibi

Izoh: hududlarga biriktirilgan masʼullar boshqa ishga oʻtgan taqdirda, tegishli hududlar ushbu lavozimlarga yangi tayinlangan yoki zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklangan shaxslarga biriktiriladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 8-iyuldagi PQ-221-son qaroriga6-ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar

1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 18-maydagi “Paralimpiya harakatini rivojlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-5114-son qarorida:

11 — 13-bandlar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;

14-1-bandning toʻrtinchi xatboshisi va 3-ilovaning 2-pozitsiyasi chiqarib tashlansin.

2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 16-iyundagi “Aholining jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash tizimini joriy etishning tashkiliy chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5148-son qarorining 9-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“9. Belgilansinki, mazkur qaror bilan belgilangan sport sinovlarini oʻtkazish, gʻoliblarni va sport sinovlarini oʻtkazishda faol ishtirok etgan hamkor tashkilotlar xodimlarini ragʻbatlantirish bilan bogʻliq har yilgi xarajatlar Davlat budjeti parametrlarida Sport vazirligi uchun koʻzda tutiladigan mablagʻlar hisobidan amalga oshiriladi”.

3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 6-iyundagi “Davlat sport-taʼlim muassasalari faoliyatini mutlaqo yangi tizim asosida tashkil qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-268-son qaroriga 4-ilovaning izoh qismi chiqarib tashlansin.

4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 16-noyabrdagi “Kibersport turlarini yanada rivojlantirish va keng ommalashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-423-son qarorining 14-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.

5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 7-apreldagi PQ-114-son qarori bilan tasdiqlangan Olimpiya va Paralimpiya, Osiyo va Paraosiyo oʻyinlari, olimpiya va paralimpiya sport turlari (yosh toifalari) boʻyicha jahon chempionatlarida gʻolib va sovrindor boʻlgan sportchilar, shuningdek, ularni tayyorlagan trenerlarni Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan ragʻbatlantirish miqdorlari quyidagi mazmundagi 12-1 — 12-4-bandlar bilan toʻldirilsin:

“12-1. Kurash milliy sport turi boʻyicha jahon chempionatlari gʻoliblari va sovrindorlari quyidagi miqdorda bir martalik pul mukofoti bilan ragʻbatlantiriladi:

oltin medal uchun — 5 000 AQSH dollari;

kumush medal uchun — 2 500 AQSH dollari;

bronza medal uchun — 1 250 AQSH dollari.

12-2. Kurash milliy sport turi boʻyicha jahon chempionatlarida gʻolib va sovrindor boʻlgan sportchilarni tayyorlagan trenerlar quyidagi miqdorda bir martalik pul mukofoti bilan ragʻbatlantiriladi:

oltin medal uchun — 2 500 AQSH dollari;

kumush medal uchun — 1 250 AQSH dollari;

bronza medal uchun — 625 AQSH dollari.

12-3. Kurash milliy sport turi boʻyicha yoshlar oʻrtasida oʻtkazilgan jahon chempionatlari gʻoliblari va sovrindorlari quyidagi miqdorda bir martalik pul mukofoti bilan ragʻbatlantiriladi:

oltin medal uchun — 1 000 AQSH dollari;

kumush medal uchun — 500 AQSH dollari;

bronza medal uchun — 250 AQSH dollari.

12-4. Kurash milliy sport turi boʻyicha yoshlar oʻrtasida oʻtkazilgan jahon chempionatlarida gʻolib va sovrindor boʻlgan sportchilarni tayyorlagan trenerlar quyidagi miqdorda bir martalik pul mukofoti bilan ragʻbatlantiriladi:

oltin medal uchun — 750 AQSH dollari;

kumush medal uchun — 375 AQSH dollari;

bronza medal uchun — 180 AQSH dollari”.

6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-iyuldagi “Jismoniy tarbiya va sport sohasi uchun tibbiyot kadrlarini tayyorlash hamda sportchilarga tibbiy xizmat koʻrsatish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-244-son qarorida:

a) 10-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“10. Sport vazirligi, Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi, Oʻzbekiston Milliy paralimpiya qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Andijon, Buxoro va Samarqand viloyati hokimliklarining:

Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazi (keyingi oʻrinlarda — Markaz) faoliyatini yangicha tartibda yoʻlga qoʻyish;

2027-yildan boshlab Nukus, Andijon, Buxoro va Samarqand shaharlarida Davlat sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazining mintaqaviy filiallari (keyingi oʻrinlarda — mintaqaviy filiallar) faoliyatini tashkil qilish toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullansin”;

b) 11-bandning birinchi xatboshisidagi “Markaz va uning mintaqaviy filiallari” soʻzlari “sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazlari va mintaqaviy filiallar” soʻzlari bilan almashtirilsin;

v) 12-bandda:

birinchi xatboshidagi “Markazning mintaqaviy filiallari” soʻzlari “Mintaqaviy filiallar” soʻzlari bilan almashtirilsin;

yettinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“Sport vaziri A.I. Ikramovga Olimpiya va Paralimpiya, Osiyo va Paraosiyo hamda boshqa nufuzli xalqaro sport musobaqalariga sportchilarni kompleks tayyorlashga ajratilgan budjet mablagʻlarining bir qismini sportchilarga chuqurlashtirilgan tibbiy xizmatlarni koʻrsatish uchun Davlat sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazi va uning mintaqaviy filiallariga hamda Markazga maqsadli yoʻnaltirish huquqi berilsin”;

g) 13-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“13. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Andijon, Buxoro va Samarqand viloyatlari hokimliklari 2026-yil yakuniga qadar:

Sport vazirligi bilan birgalikda Nukus, Andijon, Buxoro va Samarqand shaharlaridagi davlat mulki boʻlgan boʻsh turgan binolarni xatlovdan oʻtkazsin hamda ularga mintaqaviy filiallarni tekin foydalanish huquqi asosida joylashtirsin;

mintaqaviy filiallarning faoliyatini yoʻlga qoʻyish uchun ularni Sport vazirligi tomonidan taqdim etiladigan roʻyxat boʻyicha zarur jihozlar hamda tibbiy asbob-uskunalar bilan taʼminlash choralarini koʻrsin”.

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.