Jumhuriyat hududida joylashgan energetika va elektrlashtirish tarmoqlari korxonalari va tashkilotlarini boshqarishning samarali sistemasini barpo etish, ular strukturalarini takomillashtirish, bozor munosabatlariga oʻtish sharoitida xalq xoʻjaligining elektr va issiqlik energiyasiga talabini qondirish maqsadida “Uzbekenergo”ishlab chiqarish birlashmasi va “Uzbekgidroenergostroy” davlat qurilish-montaj tresti hamda ularning mavjud struktura boʻlinmalari negizida Oʻzbekiston SSJ Energetika va elektrlashtirish vazirligi tashkil etilsin.
Oʻzbekiston SSJ Vazirlar Kengashi ushbu masala yuzasidan tegishli qaror qabul qilsin.
Oʻzbekiston Sovet Sotsialistik Jumhuriyatining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1990-yil 28-sentabr,
PF-57-son