PF-53-son Farmon · 04.09.1990

Aspirantlar, oliy oʻquv yurtlari talabalari, oʻrta maxsus oʻquv yurtlari va hunar-texnika bilim yurtlari oʻquvchilarining stipendiyalarini oshirish toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Farmon
  • Raqami:PF-53
  • Qabul qilingan sana:04.09.1990
  • Kuchga kirgan sana:04.09.1990
  • Rasmiy nashr:Ведомости Верховного Совета 25—27

Oliy oʻquv yurtlari talabalari va oʻrta maxsus oʻquv yurtlari hamda hunar-texnika bilim yurtlari oʻquvchilarini ijtimoiy jihatdan himoya qilishni kuchaytirish va ularning moddiy ahvolini yaxshilash, mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirish maqsadida:

1. Barcha aspirantlar, oliy oʻquv yurtlarining talabalari va oʻrta maxsus oʻquv yurtlari, hunar-texnika bilim yurtlari oʻquvchilarining stipendiyalari 1990-yilning 1-sentabridan 30 foizga qadar koʻpaytirilsin.

2. Aspirantlar, talabalar va oʻquvchilarga zarur madaniy-maishiy sharoit yaratish hamda ularning ijtimoiy manfaatlari himoya qilinishini taʼminlash barcha darajalardagi oʻquv yurtlarining rektorlari va direktorlari zimmasiga shaxsiy javobgarlik yuklatilsin.

3. Oʻzbekiston SSJ Vazirlar Kengashi ushbu Farmondan kelib chiqadigan barcha masalalarni hal etsin va stipendiyalarga qoʻshimcha haq toʻlashni belgilashda tabaqalashtirilgan holda xolisona yondashuvni taʼminlasin.

Oʻzbekiston Sovet Sotsialistik Jumhuriyatining Prezidenti I. KARIMOV

Toshkent sh.,

1990-yil 4-sentabr,

53-son

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.