PF-173-son Farmon · 19.09.2025

Oʻzbekiston Respublikasida aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olish tadbirini oʻtkazish toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Farmon
  • Raqami:PF-173
  • Qabul qilingan sana:19.09.2025
  • Kuchga kirgan sana:20.09.2025
  • Holati:Amalda
  • Rasmiy nashr:QMMB 06/25/173/0852

Oʻzbekiston Respublikasining “Aholini roʻyxatga olish toʻgʻrisida”gi va “Rasmiy statistika toʻgʻrisida”gi qonunlariga muvofiq, shuningdek, aholining demografik va ijtimoiy-iqtisodiy xususiyatlari, yashash darajasi va farovonligi, qishloq xoʻjaligi holati, tarkibi hamda aholini ijtimoiy ahamiyatga molik asosiy turdagi qishloq xoʻjaligi mahsulotlari bilan taʼminlash istiqbollarini baholash tizimini yaratish uchun zarur maʼlumotlar bazalarini shakllantirish maqsadida qaror qilaman:

I. Maqsadlar

1. Quyidagilar aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olishning asosiy maqsadlari etib belgilansin:

(a) mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishlarini belgilash uchun 38 million aholining tarkibi va migratsiyasi, oilaviy holati, faoliyat turi, daromad manbalari toʻgʻrisida Yevropa statistiklari konferensiyasining 2020-yildagi tavsiyalari asosida yagona maʼlumotlar bazasini shakllantirish;

(b) 26 million gektar qishloq xoʻjaligi yerlarining foydalanish holatini oʻrganish, chorva mollari va parrandalar sonini aniqlash orqali qishloq xoʻjaligiga yoʻnaltirilayotgan yillik 25,6 trillion soʻm, jumladan, 2,2 trillion soʻm budjet mablagʻlari samarali sarflanishini, sohadagi xizmatlar hajmini aniqlash va oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash uchun zarur maʼlumotlar toʻplamini yaratish;

(v) aholi va qishloq xoʻjaligining oʻsish tendensiyalarini hududlar kesimida aniq hisob-kitob qilgan holda ijtimoiy soha obyektlarini kengaytirishga yoʻnaltirilayotgan yillik 25,2 trillion soʻm mablagʻning manzilli sarflanishini taʼminlash;

(g) respublikaning har bir maʼmuriy-hududiy birligi va mahallalar kesimida aholining turli tavsiflari toʻgʻrisida yagona statistik uslubiyot asosida xalqaro darajada taqqoslash mumkin boʻlgan maʼlumotlarni shakllantirish orqali mamlakatning investitsiyaviy jozibadorligini va xalqaro reytinglardagi oʻrnini yaxshilash.

II. Roʻyxatga olish tadbirini tashkil etish

2. Oʻzbekiston Respublikasida aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olish (keyingi oʻrinlarda — roʻyxatga olish tadbiri) 2026-yil 15-yanvar holatiga koʻra 2026-yil 15-yanvardan 28-fevralga qadar oʻtkazilsin.

3. Oʻzbekiston Respublikasida 2026-yilda aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olish tadbirini oʻtkazishni tashkil etish boʻyicha respublika komissiyasi (keyingi oʻrinlarda — Respublika komissiyasi) tuzilsin va uning tarkibi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. Bunda Milliy statistika qoʻmitasi Respublika komissiyasining ishchi organi etib belgilansin.

4. Respublika komissiyasi zimmasiga quyidagi vazifalar yuklatilsin:

(a) roʻyxatga olish tadbiriga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish bilan bogʻliq chora-tadbirlarning oʻz vaqtida hamda sifatli amalga oshirilishini taʼminlash;

(b) roʻyxatga olish tadbiriga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazishni moliyalashtirish, roʻyxatga olish materiallariga ishlov berishni tashkil etish hamda uning yakuniy natijalarini eʼlon qilish masalalariga doir takliflarni koʻrib chiqish;

(v) roʻyxatga olish tadbirida ishtirok etish uchun jismoniy va yuridik shaxslarni ularning mehnatiga haq toʻlash masalalarini hal qilgan holda jalb etish ishlarini tashkil etish;

(g) roʻyxatga olish tadbiri doirasida xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik qilish.

5. Oʻzbekiston Respublikasida 2026-yilda aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olish tadbirini oʻtkazishni tashkil etish boʻyicha hududiy komissiyalarning (keyingi oʻrinlarda — hududiy komissiyalar) namunaviy tarkibi 1a- va 1b-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.

6. Belgilansinki:

(a) roʻyxatga olish tadbiri “mahalla yettiligi” tizimida ishlovchi xodimlarni 2025-yil 15-dekabrdan 2026-yil 1-martgacha boʻlgan davrda jalb etish orqali oʻtkaziladi. Bunda Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi Milliy statistika qoʻmitasi hamda masʼul vazirlik va idoralar bilan birgalikda “mahalla yettiligi” tizimida ishlovchi xodimlar planshet qurilmalaridan foydalangan holda roʻyxatga olish tadbiri oʻtkazilishini taʼminlaydi;

(b) roʻyxatga olish tadbirida roʻyxatga oluvchi sifatida ishtirok etadigan “mahalla yettiligi” tizimida ishlovchi xodimlar va boshqa jalb etiladigan xodimlar Jahon banki ishtirokida amalga oshirilayotgan “Oʻzbekistonda statistika tizimi salohiyatini mustahkamlash” loyihasi doirasida mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining bir yarim baravari miqdorida (soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni inobatga olgan holda) bir martalik ragʻbatlantiriladi. Ragʻbatlantirish toʻlovlari tegishli vazirlik, idora va fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining soʻrovnomasiga asosan Milliy statistika qoʻmitasi tomonidan moliyalashtiriladi;

(v) roʻyxatga olish tadbiriga jalb etiladigan xodimlar uchun ularning asosiy ish joyi, lavozimi va oʻrtacha oylik ish haqi saqlanadi.

7. Quyidagi tashkilotlar 2025-yil 10-oktabrga qadar Milliy statistika qoʻmitasiga:

(a) Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi har bir mahalla kesimida koʻchalar boʻyicha xonadonlar va aholi soni toʻgʻrisidagi elektron maʼlumotlarni;

(b) Kadastr agentligi qishloq xoʻjaligi yerlaridan foydalanayotgan tashkilotlar roʻyxatini elektron shaklda taqdim etsin.

8. Roʻyxatga olish tadbiri doirasida quyidagilar:

(a) davlat organlari va tashkilotlari 2026-yil 15-yanvardan 31-yanvarga qadar oʻz tizimida faoliyat yuritayotgan barcha xodimlarning census.stat.uz portalida roʻyxatdan oʻtishini;

(b) Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi respublikadagi barcha oʻrta maxsus va kasbiy taʼlim tashkilotlari, shuningdek, davlat, nodavlat va xorijiy oliy taʼlim tashkilotlari va ularning filiallarida tahsil olayotgan talabalarning census.stat.uz portalida roʻyxatdan oʻtishini;

(v) Qishloq xoʻjaligi vazirligi Oʻzbekiston fermerlari kengashi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hamda tuman (shahar)lar hokimliklari bilan birgalikda fermer xoʻjaliklari, yuridik shaxs tashkil etgan dehqon xoʻjaliklari, qishloq xoʻjaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlar va asosiy faoliyati qishloq xoʻjaligi boʻlmagan qishloq xoʻjaligi yerlaridan foydalanayotgan korxona va tashkilotlarning Internet tarmogʻi orqali roʻyxatdan oʻtishini;

(g) Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Mudofaa vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Milliy gvardiya, Ichki ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Tashqi ishlar vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi va Din ishlari boʻyicha qoʻmita 2025-yil 1-noyabrdan boshlab aholining ayrim toifalarini roʻyxatga olish ishlari 2-ilovaga muvofiq tashkil etilishini taʼminlasin.

9. Vazirlik, idora va tashkilotlar tomonidan taqdim etiladigan shaxsga va qishloq xoʻjaligi faoliyatiga doir maʼlumotlar roʻyxati 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. Bunda tegishli maʼlumotlar 2026-yil 15-fevralga qadar “Elektron hukumat” tizimining idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali Milliy statistika qoʻmitasiga taqdim etiladi.

10. Roʻyxatga olish tadbiri doirasida vazirlik, idora va tijorat banklari rahbarlari va ularning oʻrinbosarlari hudud, tuman va shaharlarga 4-ilovaga muvofiq biriktirilsin, ular zimmasiga tuman (shahar) hokimliklari bilan birgalikda quyidagi vazifalar yuklatilsin:

(a) tuman (shahar)larda roʻyxatga olish shtablarini tashkil etish va ularning faoliyatini nazorat qilish;

(b) har bir mahallada “mahalla yettiligi” tizimida ishlovchi xodimlar tomonidan roʻyxatga olish tadbiriga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish ishlarini tashkil etish;

(v) tuman (shahar)larni roʻyxatga olish va hisob uchastkalariga boʻlish boʻyicha ishlab chiqilgan tashkiliy reja asosida roʻyxatga olish tadbirini tashkil etish va nazorat qilish;

(g) roʻyxatga olish tadbirini oʻtkazish uchun zarur boʻladigan binolar yoki xonalar ajratish, shuningdek, ularni tegishli moddiy-texnika bazasi va transport vositalari bilan taʼminlash;

(d) aholining ayrim toifalarini roʻyxatga olish ishlarini tegishli vazirlik, idora va tashkilotlar bilan hamkorlikda amalga oshirish.

11. Roʻyxatga olish tadbiriga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish boʻyicha uslubiy, tashkiliy hamda maʼlumotlarni qayta ishlash va eʼlon qilish ishlarini amalga oshirish maqsadida:

(a) vazirlik va idoralarda maqbullashtirilgan shtat birliklari hisobidan Milliy statistika qoʻmitasi markaziy apparati boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni 14 ta shtat birligiga oshirilsin;

(b) 2025-yil 1-oktabrdan 2026-yil 1-mayga qadar hududiy statistika boshqarmalarining har birida fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnoma asosida Milliy statistika qoʻmitasiga 2026-yilda roʻyxatga olish tadbiriga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish uchun ajratiladigan Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjeti mablagʻlari hisobidan 5 nafardan mutaxassis jalb etilsin.

12. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hamda tuman (shahar)lar hokimliklari:

(a) 2025-yil 10-oktabrga qadar hududiy komissiyalar tarkibini tasdiqlasin;

(b) 2025-yil 20-oktabrga qadar hududiy komissiyalarning chora-tadbirlar rejasini tasdiqlasin;

(v) 2025-yil 1-noyabrga qadar:

(i) tuman (shahar)larda roʻyxatga olish shtabi faoliyatini tashkil etsin hamda roʻyxatga olish tadbirida ishtirok etadigan asosiy va zaxira xodimlar roʻyxatini shakllantirsin va tasdiqlasin;

(ii) roʻyxatga olish tadbirini oʻtkazishga jalb etiladigan xodimlarni oʻqitish uchun mebellar va aloqa vositalari bilan jihozlangan vaqtincha bino yoki xonalarni ajratsin;

(g) 2025-yil 15-noyabrga qadar hudud, tuman (shahar)larni roʻyxatga olish va hisob uchastkalariga boʻlgan holda tashkiliy rejalarni tasdiqlasin;

(d) doimiy ravishda roʻyxatga olish tadbirining aholi oʻrtasida keng yoritilishini tashkil etsin;

(j) roʻyxatga olish tadbirining oʻz vaqtida va sifatli oʻtkazilishini taʼminlasin hamda buning uchun amalga oshirilayotgan ishlar boʻyicha kunlik nazoratni oʻrnatsin.

III. Roʻyxatga olish tadbiri davomida targʻibot-tashviqot ishlarini tashkil etish

13. Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniya, Raqamli texnologiyalar vazirligi roʻyxatga olish tadbirining maqsad va vazifalari ommaviy axborot vositalari, Internet va ijtimoiy tarmoqlarda quyidagilarni inobatga olgan holda keng yoritilishini taʼminlasin:

(a) respublika va mahalliy ommaviy axborot vositalarida maxsus koʻrsatuv va eshittirishlar tashkil etish;

(b) videoroliklar va ijtimoiy reklamalarni televideniyeda namoyish etish va ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirish;

(v) SMS-xabarnoma yuborishni tashkil etish.

IV. Farmon ijrosini tashkil etish, taʼminlash va nazorat

14. Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasida 2026-yilda aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olishni oʻtkazish boʻyicha tashkiliy chora-tadbirlar rejasini tasdiqlasin.

15. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 25-dekabrdagi PQ-455-son qarori bilan tasdiqlangan Birinchi darajali budjet mablagʻlarini taqsimlovchilarning 2025 — 2027-yillar uchun budjet mablagʻlaridan foydalanish bilan bogʻliq maqsadli indikatorlariga 5-ilovaga muvofiq oʻzgartirish kiritilsin.

16. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim farmonlari 6-ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.

17. Roʻyxatga olish tadbirining toʻgʻri tashkil etilishi va samarali oʻtkazilishiga masʼul va shaxsiy javobgar etib Milliy statistika qoʻmitasi raisi B.S. Hamrayev va qishloq xoʻjaligi vaziri I.Yu. Abduraxmonov belgilansin.

18. Ushbu Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV

Toshkent sh.,

2025-yil 19-sentabr,

PF-173-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-sentabrdagi PF-173-son Farmoniga 1-ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasida 2026-yilda aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olish tadbirini oʻtkazishni tashkil etish boʻyicha respublika komissiyasi

1.A.N. Aripov—Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, Respublika komissiyasi raisi2.J.A. Qoʻchqorov—Bosh vazir oʻrinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri, Respublika komissiyasi raisi oʻrinbosari3.B.S. Hamrayev—Milliy statistika qoʻmitasi raisi, Respublika komissiyasi raisi oʻrinbosari4.I.Yu. Abdurahmonov—qishloq xoʻjaligi vaziri, Respublika komissiyasi raisi oʻrinbosari5.Z.B. Maxkamova—Bosh vazir oʻrinbosari — Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi raisi 6.K.K. Kuranbayev—Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi raisi7.B.N. Kurbanov—Davlat xavfsizlik xizmati raisi8.N.T. Yoʻldoshev—Bosh prokuror9.R.M. Djurayev—Milliy gvardiya qoʻmondoni10.Sh.G. Xalmuxamedov—mudofaa vaziri11.A.A. Tashpulatov —ichki ishlar vaziri12.B.B. Kudratxodjayev—favqulodda vaziyatlar vaziri 13.B.O. Saidov —tashqi ishlar vaziri14.A.J. Tashkulov —adliya vaziri15.Sh.X. Shermatov—raqamli texnologiyalar vaziri16.A.A. Xudayarov—sogʻliqni saqlash vaziri 17.B.E. Zaxidov—kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vaziri18.O.A. Nazarbekov—madaniyat vaziri19.K.A. Sharipov—oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri20.E.G. Karimova—maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri21.I.R. Maxkamov—transport vaziri22.Sh.S. Xidoyatov—qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri 23.B.T. Norqobilov—Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi raisi24.A.Yu. Mavlonov—Bojxona qoʻmitasi raisi25.F.J. Pulatov—Kadastr agentligi direktori26.U.M. Yusupov —“Oʻzarxiv” agentligi direktori27.A.A. Xaitov—Oʻzbekiston fermerlari kengashi raisi28.A.K. Koʻchimov —Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi bosh direktori29.A.A. Djurabayev—Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi raisi 30.Z.Gʻ. Narzullayev—“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ boshqaruvi raisi31.Sh.Sh. Xudaykulov —“Uzbekistan Airways” AJ boshqaruvi raisi32.J.O. Umarxodjayev—“Uzbekistan Airports” AJ boshqaruvi raisi33.O.N. Mirzayev—“Kiberxavfsizlik markazi” davlat unitar korxonasi direktori34.Z.M. Ziyayev—Milliy statistika qoʻmitasi raisi oʻrinbosari, Respublika komissiyasi kotibi

Izoh: Komissiya aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangidan tayinlangan shaxslar yoki zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-sentabrdagi PF-173-son Farmoniga1a-ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasida 2026-yilda aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olish tadbirini oʻtkazishni tashkil etish boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hududiy komissiyalarining

(lavozimi boʻyicha)—Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari, Komissiya raisi(lavozimi boʻyicha)—Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining birinchi oʻrinbosari, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlarining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosarlari, Komissiya raisi oʻrinbosari(lavozimi boʻyicha)—Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri prokurori, Komissiya raisi oʻrinbosari(lavozimi boʻyicha)—Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar statistika boshqarmalari boshliqlari, Komissiya raisi oʻrinbosari(lavozimi boʻyicha)—Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining qishloq va suv masalalari boʻyicha oʻrinbosari va viloyatlar hokimlarining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosarlari(lavozimi boʻyicha)—Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi raisi, viloyatlar va Toshkent shahri oila va xotin-qizlar boshqarmalari boshliqlari(lavozimi boʻyicha)—Oʻzbekiston mahallari uyushmasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri boshqarmalari boshliqlari(lavozimi boʻyicha)—Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri Davlat xavfsizlik xizmati boshqarmalari boshliqlari(lavozimi boʻyicha)—Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri boʻyicha Milliy gvardiya boshqarmalari boshliqlari(lavozimi boʻyicha)—Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri mudofaa ishlari boshqarmalari boshliqlari(lavozimi boʻyicha)—Qoraqalpogʻiston Respublikasi ichki ishlar vaziri, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari boshliqlari hamda Toshkent viloyati va Toshkent shahri ichki ishlar bosh boshqarmalari boshliqlari (lavozimi boʻyicha)—Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri favqulodda vaziyatlar boshqarmalari boshliqlari(lavozimi boʻyicha)—Qoraqalpogʻiston Respublikasi adliya vaziri, viloyatlar va Toshkent shahri adliya boshqarmalari boshliqlari(lavozimi boʻyicha)—Raqamli texnologiyalar vazirligining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri hududiy boshqarmalari boshliqlari(lavozimi boʻyicha)—Qoraqalpogʻiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vaziri, viloyatlar sogʻliqni saqlash boshqarmalari boshliqlari va Toshkent shahri sogʻliqni saqlash bosh boshqarmasi boshligʻi (lavozimi boʻyicha)—Qoraqalpogʻiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vaziri, viloyatlar va Toshkent shahri kambagʻallikni qisqartirish va bandlik boshqarmalari boshliqlari (lavozimi boʻyicha)—Qoraqalpogʻiston Respublikasi madaniyat vaziri, viloyatlar va Toshkent shahri madaniyat boshqarmalari boshliqlari(lavozimi boʻyicha)—Qoraqalpogʻiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri, viloyatlar va Toshkent shahri oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar boshqarmalari boshliqlari(lavozimi boʻyicha)—Qoraqalpogʻiston Respublikasi maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri, viloyatlar va Toshkent shahri maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmalari boshliqlari(lavozimi boʻyicha)—Qoraqalpogʻiston Respublikasi transport vaziri, viloyatlar transport boshqarmalari va Toshkent shahri transport va yoʻl-transport infratuzilmasini rivojlantirish bosh boshqarmasi boshliqlari(lavozimi boʻyicha)—Mintaqaviy temir yoʻl uzellari boshliqlari (lavozimi boʻyicha)—Qoraqalpogʻiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri, viloyatlar va Toshkent shahri qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi bosh boshqarmalari boshliqlari(lavozimi boʻyicha)—Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar hamda Toshkent shahri boshqarmalari boshliqlari(lavozimi boʻyicha)—Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri arxiv ishi hududiy boshqarmalari boshliqlari(lavozimi boʻyicha)—Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi tizimidagi hududiy teleradiokompaniyalar direktorlari

Izoh: Komissiya aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangi tayinlangan yoki zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-sentabrdagi PF-173-son Farmoniga1b-ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasida 2026-yilda aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olish tadbirini oʻtkazishni tashkil etish boʻyicha tuman (shahar) hududiy komissiyalarining

(lavozimi boʻyicha)—tuman (shahar) hokimi, Komissiya raisi(lavozimi boʻyicha)—tuman (shahar) hokimining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari, Komissiya raisi oʻrinbosari(lavozimi boʻyicha)—tuman (shahar) prokurori, Komissiya raisi oʻrinbosari(lavozimi boʻyicha)—tuman (shahar) statistika boʻlimlari boshliqlari, Komissiya raisi oʻrinbosari(lavozimi boʻyicha)—tuman (Quvasoy shahar) hokimlarining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosarlari(lavozimi boʻyicha)—tuman (shahar) oila va xotin-qizlar boʻlimlari boshliqlari(lavozimi boʻyicha)—Oʻzbekiston mahallari uyushmasining tuman (shahar) boʻlimlari boshliqlari(lavozimi boʻyicha)—Davlat xavfsizlik xizmati tuman (shahar) boʻyicha boʻlimlari boshliqlari(lavozimi boʻyicha)—tuman (shahar) mudofaa ishlari boʻlimlari boshliqlari(lavozimi boʻyicha)—tuman (shahar) ichki ishlar boʻlimlari boshliqlari(lavozimi boʻyicha)—tuman (shahar) favqulodda vaziyatlar boʻlimlari boshliqlari(lavozimi boʻyicha)—tuman (shahar) adliya boʻlimlari boshliqlari(lavozimi boʻyicha)—tuman (shahar) sogʻliqni saqlash boʻlimlari boshliqlari(lavozimi boʻyicha)—tuman (shahar) kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimlari boshliqlari(lavozimi boʻyicha)—tuman (shahar) madaniyat boʻlimlari boshliqlari(lavozimi boʻyicha)—tuman (shahar) maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimlari boshliqlari(lavozimi boʻyicha)—tuman (shahar) qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi boʻlimlari boshliqlari(lavozimi boʻyicha)—Kadastr agentligi tuman (shahar) boʻlimlari boshliqlari

Izoh: Komissiya aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangi tayinlangan yoki zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-sentabrdagi PF-173-son Farmoniga2-ILOVA

Ayrim vazirlik va davlat idoralari tomonidan roʻyxatga olish ishlari tashkil etiladigan aholining ayrim toifalari

T/rVazirlik, idora va tashkilot nomiShaxsga doir maʼlumotlar tavsifi1.Ijtimoiy himoya milliy agentligi“Saxovat” va “Muruvvat” uylarida yashovchi nogironlar va boquvchisi yoʻq qariyalar, Toshkent, Samarqand va Urganch shaharlaridagi bolalar mahallalarida yashaydigan yetim bolalar va ota-onasining qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar.2.Mudofaa vazirligi,Favqulodda vaziyatlar vazirligi,Milliy gvardiyaChaqiruv asosida muddatli harbiy xizmatni oʻtayotgan harbiy xizmatchilar, kontrakt boʻyicha harbiy xizmatga jalb etilgan harbiy xizmatchilar boʻlgan va ularning yopiq hududlarda yashayotgan oila aʼzosi boʻlgan respondentlar, harbiy taʼlim muassasalari kursantlari.3.Ichki ishlar vazirligiQamoqxonalar, qamoqda saqlash joylari, tergov hibsxonasi (izolyatorlar), axloq tuzatish muassasalarida saqlanayotgan shaxslar va harbiy taʼlim muassasalari kursantlari.4.Davlat xavfsizlik xizmatiTergov hibsxonasi (izolyatorlar), axloq tuzatish muassasalarida saqlanayotgan shaxslar va harbiy taʼlim muassasalari kursantlari.5.Tashqi ishlar vazirligiOʻzbekiston Respublikasining diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro tashkilotlar huzuridagi vakolatxonalari xodimlari boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari hamda ularning oʻzi bilan birga boʻlgan oila aʼzolari, shu jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan xalqaro hukumatlararo tashkilotlardagi kvotalangan lavozimlarga yuborilgan fuqarolar.6.Sogʻliqni saqlash vazirligiRuhiy-asab kasalliklari shifoxonalari, boshqa kasalliklar boʻyicha davolash muassasalarida doimiy yashovchi fuqarolar.7.Din ishlari boʻyicha qoʻmitaDiniy muassasalarda (cherkovlar, masjidlar) yashaydigan yoki tahsil oladigan respondentlar.

Izoh: maʼlumotlar jismoniy va yuridik shaxslar yoki obyektlar kesimida ularning identifikator kodlari bilan taqdim etiladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-sentabrdagi PF-173-son Farmoniga 3-ILOVA

Vazirlik, idora va tashkilotlar tomonidan taqdim etiladigan shaxsga va qishloq xoʻjaligi faoliyatiga doir maʼlumotlar

T/rVazirlik va idora nomiShaxsga va qishloq xoʻjaligi faoliyatiga doir maʼlumotlar tasnifiMaʼlumot davriyligi1.Adliya vazirligiOila tarkibi toʻgʻrisidagi toʻliq maʼlumotlar bazasini elektron shaklda2025-yil 1-oktabr holatiga,2026-yil 15-yanvar holatiga2.Ichki ishlar vazirligiAholining tarkibi, oilaviy holati va migratsiyasi, yashash joyi va turgan joyi toʻgʻrisida maʼlumotlar3.Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligiAholining mehnat faoliyati va chet el fuqarolarining mehnat faoliyati2026-yil 15-yanvar holatiga4.Qishloq xoʻjaligi vazirligiQishloq xoʻjaligi faoliyatiga doir koʻrsatkichlar2026-yil 15-yanvar holatiga5.Soliq qoʻmitasiRasmiy ish bilan band boʻlgan fuqarolarga oid maʼlumotlar2026-yil 15-yanvar holatiga6.Kadastr agentligiTurarjoy maʼlumotlari2026-yil 15-yanvar holatiga7.Oʻzbekiston mahallalari uyushmasiOilalar soni, aholining tarkibi, oilaviy holati va mehnat faoliyatiga oid maʼlumotlar2026-yil 15-yanvar holatiga8.Oʻzbekiston fermerlari kengashiFermer xoʻjaliklarida qishloq xoʻjaligi faoliyatiga doir koʻrsatkichlar2026-yil 15-yanvar holatiga9.Tuman va shahar hokimliklariHokimlik zaxirasidagi yer maydonlariga oid maʼlumotlar2026-yil 15-yanvar holatiga

Izoh: maʼlumotlar jismoniy va yuridik shaxslar yoki obyektlar kesimida ularning identifikator kodlari bilan taqdim etiladi.

(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 9-iyundagi PF-109-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.06.2026-y., 06/26/109/0580-son)

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-sentabrdagi PF-173-son Farmoniga4-ILOVA

Roʻyxatga olish tadbiri doirasida vazirlik, idora va tijorat banklari rahbarlari va ularning oʻrinbosarlarini hudud, tuman va shaharlarga biriktirish

T/rBiriktirilgan masʼulHudud nomiQORAQALPOGʻISTON RESPUBLIKASISh.R. Xamrayev — suv xoʻjaligi vaziri1.M. Omarov — transport vazirining birinchi oʻrinbosariNukus shahri2.Sh. Safarov — “Oʻztransgaz” AJ boshqaruvi raisi oʻrinbosari v.v.b.Amudaryo tumani3.D. Kutliyev — AT “Xalq banki” boshqaruvi raisining birinchi oʻrinbosariBeruniy tuman4.M. Yunusov — “Oʻzeltexsanoat” uyushmasi raisiKegeyli tumani5.F. Abduraxmanov — “Oʻzsanoatqurilishbank” ATB boshqaruvi raisi oʻrinbosariMoʻynoq tumani6.U. Mamadaminov — energetika vaziri oʻrinbosariNukus tumani7.K. Sobirov — Oʻzbekiston fermerlari kengashi raisining birinchi oʻrinbosariTaxtakoʻpir tumani8.A. Kamildjanov — “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ boshqaruvi raisi oʻrinbosariToʻrtkoʻl tumani9.I. Ergashev — Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi direktoriXoʻjayli tumani10.Sh. Yakubov — “Oʻzsanoatqurilishbank” ATB boshqaruvi raisi oʻrinbosariChimboy tumani11.D. Isaqulov — “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ boshqaruvi raisiShumanay tumani12.M. Kuranov — Migratsiya agentligi direktori oʻrinbosariEllikqalʼa tumani13.M. Mirzayev — Soliq qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosariQonlikoʻl tumani14.A. Yuldashev — “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ boshqaruvi raisi oʻrinbosariQoraoʻzak tumani15.D. Umarov — “Oʻzsanoatqurilishbank” ATB boshqaruvi raisi oʻrinbosariQoʻngʻirot tumani16.S. Mamayusupov — Milliy gvardiya qoʻmondonining oʻrinbosariTaxiatosh tumani17.I. Abdugafarov — transport vaziri oʻrinbosariBoʻzatov tumaniANDIJON VILOYATI B.E. Zaxidov — kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vaziri18.F. Tashpulatov — sogʻliqni saqlash vaziri oʻrinbosariAndijon shahri19.Sh. Karimov — maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining birinchi oʻrinbosariXonobod shahri20.F. Toʻrayev — “Oʻzavtosanoat” AJ boshqaruvi raisi oʻrinbosariAndijon tumani21.A. Kamalov — Markaziy bank raisi oʻrinbosariAsaka tumani22.S. Radjabov — oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi oʻrinbosariBaliqchi tumani23.A. Xusanov — Migratsiya agentligi direktori oʻrinbosariBuloqboshi tumani24.O. Adilov — Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi raisi oʻrinbosariBoʻston tumani25.I. Kasimov — investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri oʻrinbosariJalaquduq tumani26.B. Musayev — Migratsiya agentligi direktoriIzboskan tumani27.M. Yunusov — Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti boshligʻining birinchi oʻrinbosariQoʻrgʻontepa tumani 28.A. Fayzibayev — Soliq qoʻmitasi raisi oʻrinbosariMarhamat tumani29.M. Jurayev — kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining birinchi oʻrinbosariOltinkoʻl tumani 30.B. Sharipov — “Biznesni rivojlantirish banki” ATB boshqaruvi raisi oʻrinbosariPaxtaobod tumani31.B. Siddikov — “Oʻzbekneftgaz” AJ boshqaruvi raisiUlugʻnor tumani32.S. Annaklichev — “Biznesni rivojlantirish banki” ATB boshqaruvi raisiXoʻjaobod tumani33.S. Turdiyev — “Nuroniy” jamgʻarmasi boshqaruvi raisiShahrixon tumaniBUXORO VILOYATID.A. Vahobov — Savdo-sanoat palatasi raisi34.O. Butayev — “Mikrokreditbank” ATB boshqaruvi raisiBuxoro shahri35.A. Boboyev — sogʻliqni saqlash vazirining birinchi oʻrinbosariKogon shahri36.S. Sadullayev — iqtisodiyot va moliya vaziri oʻrinbosariBuxoro tumani 37.B. Allaniyazov — “Mikrokreditbank” ATB boshqaruvi raisi oʻrinbosariVobkent tumani38.U. Shadiyev — Turizm qoʻmitasi raisiJondor tumani39.D. Adilov — qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri oʻrinbosariKogon tumani40.A. Olimov — Markaziy bank raisi oʻrinbosariOlot tumani41.I. Mamajonov — “Mikrokreditbank” ATB boshqaruvi raisi oʻrinbosariPeshku tumani42.J. Kazbekov — ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vaziri oʻrinbosariRomitan tumani43.J. Umarxodjayev — “Uzbekistan airports” AJ boshqaruvi raisiShofirkon tumani44.J. Tursunov — Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi raisiQorakoʻl tumani45.R. Yusupov — togʻ-kon sanoati va geologiya vaziri oʻrinbosariQorovulbozor tumani46.Sh. Ibragimova — “Mikrokreditbank” ATB boshqaruvi raisi oʻrinbosariGʻijduvon tumaniJIZZAX VILOYATI I.K. Djumaniyazov — “Mikrokreditbank” ATB boshqaruvi raisi oʻrinbosari47.Sh. Maxmudov — sport vaziri oʻrinbosariJizzax shahri48.U. Abidxadjayev — iqtisodiyot va moliya vaziri oʻrinbosariArnasoy tumani49.N. Saydullayev — Markaziy bank raisining birinchi oʻrinbosariBaxmal tumani50.Q. Sariyev — Millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar masalalari boʻyicha qoʻmitasi raisiDoʻstlik tumani51.A. Raximov — Oʻzbekiston fermerlari kengashi raisi oʻrinbosariSharof Rashidov tumani52.J. Turdiyev — “Agrobank” ATB boshqaruvi raisining birinchi oʻrinbosariZarbdor tumani53.Yu. Usmonov — madaniyat vaziri oʻrinbosariZafarobod tumani54.A. Asqarov — “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ boshqaruvi raisiZomin tumani 55.E. Kaxorov — “Agrobank” ATB boshqaruvi raisiMirzachoʻl tumani56.V. Ochilov — “Agrobank” ATB boshqaruvi raisi oʻrinbosariPaxtakor tumani57.B. Amirsaidov — “Oʻzbekgidroenergo” AJ boshqaruvi raisining birinchi oʻrinbosariForish tumani58.U. Rozukulov — “Oʻzavtosanoat” boshqaruvi raisiYangiobod tumani59.A. Jumanazarov — Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktoriGʻallaorol tumaniQASHQADARYO VILOYATISh.S. Xidoyatov — qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri60.N. Muxammadiyev — adliya vaziri oʻrinbosariQarshi shahri61.A. Xaitov — Oʻzbekiston fermerlari kengashi raisiShahrisabz shahri62.O. Temirov — “Oʻzkimyosanoat” AJ boshqaruvi raisiDehqonobod tumani63.J. Oʻroqov — AT “Aloqabank” boshqaruvi raisi oʻrinbosariKasbi tumani 64M. Raxmonov — “Oʻztransgaz” AJ boshqaruvi raisining birinchi oʻrinbosariKitob tumani65.F. Boqiyev — maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri oʻrinbosariKoson tumani66.O. Qudratov — ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirining birinchi oʻrinbosariMirishkor tumani67.B. Yoʻldashev — Taʼlim sifatini taʼminlash milliy agentligi direktoriMuborak tumani68.I. Norqulov — iqtisodiyot va moliya vazirining birinchi oʻrinbosariNishon tumani69.R. Qarshiyev — suv xoʻjaligi vaziri oʻrinbosariChiroqchi tumani70.A. Qayumov — “Oʻzbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi” AJ boshqaruvi raisiShahrisabz tumani71.B. Yusupaliyev — Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi raisiYakkabogʻ tumani72.A. Nazirov — “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ boshqaruvi raisining birinchi oʻrinbosariQamashi tumani73.Sh. Xudaykulov — “Uzbekistan airways” AJ boshqaruvi raisiQarshi tumani 74.J. Abdusalamov — Turizm qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosariGʻuzor tumani75.3. Kamolov — “Oʻzbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi” AJ boshqaruvi raisining oʻrinbosariKoʻkdala tumaniNAVOIY VILOYATI I.R. Maxkamov — transport vaziri76.A. Ortiqov — Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktoriNavoiy shahri77.A. Miraliyev — Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori oʻrinbosariZarafshon shahri78.E. Antonov — “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ bosh direktorining birinchi oʻrinbosariGʻozgʻon shahri79.T. Axmedov — “Turonbank” ATB boshqaruvi raisi oʻrinbosariKarmana tumani80.J. Fayzullayev — “Navoiyuran” DK bosh direktoriKonimex tumani81.T. Komilov — maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri oʻrinbosariNavbahor tumani82.Q. Sanaqulov — “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ boshqaruvi raisi — bosh direktoriNurota tumani83.J. Xasanov — “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ bosh direktori oʻrinbosariTomdi tumani84.Q. Taparov — “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ bosh direktori oʻrinbosariUchquduq tumani 85.Ch. Mirzayev — “Turonbank” ATB boshqaruvi raisiXatirchi tumani86.D. Rustamov — “Turonbank” ATB boshqaruvi raisi oʻrinbosariQiziltepa tumani NAMANGAN VILOYATI K.A. Toʻlaganov — “Asaka bank” AJ boshqaruvi raisi87.Gʻ. Karshiboyev — Oʻrmon va yashil hududlarni koʻpaytirish, choʻllanishga qarshi kurashish agentligi direktorining birinchi oʻrinbosariNamangan shahri88.O. Joʻrayeva — qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri oʻrinbosariDavlatobod tumani89.O. Omonov — sogʻliqni saqlash vaziri oʻrinbosariYangi Namangan tumani90.D. Kurbanov — Savdo-sanoat palatasi raisining birinchi oʻrinbosariKosonsoy tumani91.O. Umarov — raqamli texnologiyalar vazirining birinchi oʻrinbosariMingbuloq tumani92.F. Qurbonov — “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ boshqaruvi raisi oʻrinbosariNamangan tumani93.A. Qobilov — energetika vaziri oʻrinbosariNorin tumani94.D. Rasulov — Savdo-sanoat palatasi raisi oʻrinbosariPop tumani95.B. Anarkulov — “Oʻzbekneftgaz” AJ boshqaruvi raisi oʻrinbosariToʻraqoʻrgʻon tumani96.Sh. Alirizayev — “Oʻzbekneftgaz” AJ boshqaruvi raisining birinchi oʻrinbosariUychi tumani97.X. Teshabayev — investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri oʻrinbosariUchqoʻrgʻon tumani98.O. Fazilkarimov — iqtisodiyot va moliya vaziri oʻrinbosariChortoq tumani99.3. Mustafaqulov — Oʻzbekiston fermerlari kengashi raisi oʻrinbosariChust tumani100.Sh. Xayrullayev — “Asakabank” AJ boshqaruvi raisi oʻrinbosariYangiqoʻrgʻon tumaniSAMARQAND VILOYATI A.J. Vaxabov — Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi boshligʻi101.Sh. Xabibullayev — Gidrometeorologiya xizmati agentligi direktoriSamarqand shahri102.A. Muratov — kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vaziri oʻrinbosariKattaqoʻrgʻon shahri103.A. Xodjayev — “Oʻzmilliybank” AJ boshqaruvi raisi oʻrinbosariBulungʻur tumani104.A. Xaydarov — Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasi raisiJomboy tumani105.A. Saʼdullayev — Yoshlar ishlari agentligi direktoriIshtixon tumani 106.J. Abdiyev — Soliq qoʻmitasi raisi oʻrinbosariKattaqoʻrgʻon tumani107.E. Basitxonova — sogʻliqni saqlash vaziri oʻrinbosariNarpay tumani108.M. Djumaniyazov — “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi birinchi oʻrinbosariNurobod tumani109.X. Axmedov — AT “Xalq banki” boshqaruvi raisi oʻrinbosariOqdaryo tumani110.A. Toshpulatov — “Oʻztransgaz” AJ boshqaruvi raisi oʻrinbosariPayariq tumani111.3. Kurbanov — ichki ishlar vaziri oʻrinbosariPastdargʻom tumani112.M. Istamov — adliya vaziri oʻrinbosariPaxtachi tumani113.F. Xamidova — togʻ-kon sanoati va geologiya vazirining birinchi oʻrinbosariSamarqand tumani114.E. Muxitdinov — Oʻrmon va yashil hududlarni koʻpaytirish, choʻllanishga qarshi kurashish agentligi direktoriToyloq tumani115.B. Jalilov — “Oʻzmilliybank” AJ boshqaruvi raisi oʻrinbosariUrgut tumani116.Sh. Tuychibayev — “Oʻzbekzargarsanoati” uyushmasi raisiQoʻshrabot tumaniSIRDARYO VILOYATI J.O. Urunov — Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil oʻrinbosari117.J. Karshibayev — iqtisodiyot va moliya vazirining maslahatchisiGuliston shahri118.X. Raxmetov — “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ boshqaruvi raisining birinchi oʻrinbosariShirin shahri119.B. Mamatkarimov — energetika vazirining birinchi oʻrinbosariYangiyer shahri120.O. Pekos — raqamli texnologiyalar vazirining birinchi oʻrinbosariBoyovut tumani121.Gʻ. Nasirov — Bojxona qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosariGuliston tumani122.M. Kurbanov — Davlat zaxiralarini boshqarish qoʻmitasi raisiMirzaobod tumani123.F. Nasriyev — “Agrobank” ATB boshqaruvi raisi oʻrinbosariOqoltin tumani124.J. Choriyev — transport vaziri oʻrinbosariSayxunobod tumani125.M. Xodjayev — “Hududgaztaʼminot” AJ boshqaruvi raisiSardoba tumani126.A. Xaydarov — iqtisodiyot va moliya vaziri oʻrinbosariSirdaryo tumani127.M. Yakubov — “Hududgaztaʼminot” AJ boshqaruvi raisining birinchi oʻrinbosariXovos tumaniSURXONDARYO VILOYATI B.B. Kudratxodjayev — favqulodda vaziyatlar vaziri128.N. Kadirov — favqulodda vaziyatlar vaziri oʻrinbosariTermiz shahri129.A. Sanginov — “Oʻzbekgidroenergo” AJ boshqaruvi raisiAngor tumani130.B. Umarov — “Oʻztransgaz” AJ boshqaruvi raisining birinchi oʻrinbosari Boysun tumani131.S. Abduvaliyev — “Oʻzsanoatqurilishbank” ATB boshqaruvi raisi oʻrinbosariDenov tumani132.Oʻ. Sheraliyev — suv xoʻjaligi vaziri oʻrinbosariJarqoʻrgʻon tumani133.A. Turdaliyev — Markaziy bank raisi oʻrinbosariMuzrabot tumani134.E. Rizayev — “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ boshqaruvi raisi oʻrinbosariOltinsoy tumani 135.Sh. Nazarov — Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosariSariosiyo tumani136.Q. Hakimov — “Oʻzbekneftgaz” AJ boshqaruvi raisi oʻrinbosariTermiz tumani137.A. Akbarjonov — “Oʻzsanoatqurilishbank” ATB boshqaruvi raisiUzun tumani138.T. Sattarov — Oʻzbekiston fermerlari kengashi raisi oʻrinbosariSherobod tumani139.Sh. Gulamov — investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri oʻrinbosari v.b.Shoʻrchi tumani140.A. Abdullayev — Kadastr agentligi direktori oʻrinbosariQiziriq tumani141.X. Sotiyev — favqulodda vaziyatlar vaziri oʻrinbosariQumqoʻrgʻon tumani142.F. Maxmudov — “Oʻzbekgidroenergo” AJ boshqaruvi raisining birinchi oʻrinbosariBandixon tumaniTOSHKENT VILOYATI N.T. Yoʻldoshev — Bosh prokuror143.B. Axmedov — madaniyat vazirining birinchi oʻrinbosariAngren shahri144.Sh. Rabiyev — adliya vaziri oʻrinbosariBekobod shahri145.U. Sadullayev — Soliq qoʻmitasi raisi oʻrinbosariOlmaliq shahri146.Sh. Atabayev — AT “Xalq banki” boshqaruvi raisiChirchiq shahri147.B. Usmonov — Davlat mulki obyektlaridan samarali foydalanish markazi direktoriOhangaron shahri148.S. Larionov — “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ boshqaruvi raisi oʻrinbosari v.b.Nurafshon shahri149.B. Qurbonov — Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi raisi oʻrinbosariYangiyoʻl shahri150.M. Madjidov — madaniyat vaziri oʻrinbosariBekobod tumani151.S. Murodov — “Elektron onlayn auksionlarni tashkil etish” AJ direktoriBoʻka tumani152.D. Nazarmuxamedov — ichki ishlar vaziri oʻrinbosariBoʻstonliq tumani153.M. Atadjanov — Budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi ijro etuvchi direktoriZangiota tumani154.Z. Ishpulatov — suv xoʻjaligi vaziri oʻrinbosariOqqoʻrgʻon tumani155.A. Xolmurodov — AT “Aloqabank” boshqaruvi raisi oʻrinbosariOhangaron tumani156.A. Suvankulov — “Oʻzsuvtaʼminot” AJ boshqaruvi raisi v.b.Parkent tumani157.M. Ismailov — sport vaziri oʻrinbosariPiskent tumani158.B. Mamatov — “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ boshqaruvi raisining birinchi oʻrinbosariChinoz tumani 159.S. Boboqulov — kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vaziri oʻrinbosariYuqori Chirchiq tumani160.Sh. Toʻxtaboyev — Bosh prokuror oʻrinbosariYangiyoʻl tumani161.A. Xursanov — “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ boshqaruvi raisiOʻrta Chirchiq tumani162.A. Maxamatov — “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ direktoriQibray tumani163.M. Valiyev — Davlat kadastrlari palatasi raisiQuyi Chirchiq tumani164.A. Azizov — Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi direktoriToshkent tumaniFARGʻONA VILOYATI A.Yu. Mavlonov — Bojxona qoʻmitasi raisi165.O. Voxidov — “Biznesni rivojlantirish banki” ATB boshqaruvi raisi oʻrinbosariFargʻona shahri166.F. Pulatov — Kadastr agentligi direktoriMargʻilon shahri167.I. Raximov — “Oʻzsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi boshqaruvi raisi v.v.b.Quvasoy shahri168.M. Ikramov — adliya vaziri oʻrinbosariQoʻqon shahri169.O. Xasanov — Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi rahbariBagʻdod tumani170.E. Yakubov — “Oʻzbekkoʻmir” AJ bosh direktori oʻrinbosariBeshariq tumani 171.J. Maxsudov — raqamli texnologiyalar vaziri oʻrinbosariBuvayda tumani 172.T. Alimatov — qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri oʻrinbosariDangʻara tumani 173.J. Mustafayev — “Oʻzkimyosanoat” AJ boshqaruvi raisining birinchi oʻrinbosari Yozyovon tumani174.S. Shermatov — “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ boshqaruvi raisi oʻrinbosari v.b.Oltiariq tumani175.N. Abdullayev — Agrosanoatni rivojlantirish agentligi direktoriRishton tumani176.O. Ibragimov — Bojxona qoʻmitasi raisi oʻrinbosariSoʻx tumani177.F. Karabayev — Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi raisi oʻrinbosariToshloq tumani178.S. Melibayev — Markaziy bank raisi oʻrinbosariUchkoʻprik tumani179.F. Ruziyev — AT “Xalq banki” boshqaruvi raisi oʻrinbosariFargʻona tumani180.S. Zuparov — favqulodda vaziyatlar vazirining birinchi oʻrinbosariFurqat tumani181.A. Tadjixanov — madaniyat vazirining birinchi oʻrinbosariOʻzbekiston tumani182.B. Bobojonov — “Biznesni rivojlantirish banki” ATB boshqaruvi raisi oʻrinbosariQuva tumani183.A. Sultanov — “Oʻzcharmsanoat” uyushmasi raisiQoʻshtepa tumaniXORAZM VILOYATI H.S. Turaxujayev — Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi raisi184.A. Isakov — “Oʻztransgaz” AJ boshqaruvi raisi v.b.Urganch shahri185.S. Abdullayev — Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktori oʻrinbosariXiva shahri186.3. Narzullayev — “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ boshqaruvi raisiBogʻot tumani187.S. Nishanboyev — ichki ishlar vaziri oʻrinbosariGurlan tumani188.J. Abruyev — Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktori oʻrinbosariUrganch tumani189.S. Zakirov — “Asakabank” AJ boshqaruvi raisining birinchi oʻrinbosariXiva tumani190.Sh. Saliyev — “Asakabank” AJ boshqaruvi raisi oʻrinbosariXonqa tumani191.A. Gaybullayev — “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ boshqaruvi raisining birinchi oʻrinbosariShovot tumani192.S. Talibjanov — “Asakabank” AJ boshqaruvi raisi oʻrinbosariYangiariq tumani193.N. Musamuxamedov — Bojxona qoʻmitasi raisi oʻrinbosariYangibozor tumani194.N. Shadixodjayev — Budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi ijro etuvchi direktori oʻrinbosariQoʻshkoʻpir tumani195.A. Abdukadirov — “Uzbekistan airports” AJ boshqaruvi raisining birinchi oʻrinbosariHazorasp tumani196.A. Turdibayev — “Hududgaztaʼminot” AJ boshqaruvi raisi oʻrinbosariTuproqqalʼa tumaniTOSHKENT SHAHRIS.A. Mirzayev — Hisob palatasi raisi oʻrinbosari197.S. Usmanbekov — “Oʻzmilliybank” AJ boshqaruvi raisining birinchi oʻrinbosariBektemir tumani198.B. Jurayev — “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ boshqaruvi raisiMirzo Ulugʻbek tumani199.A. Agzamov — “UzGasTrade” AJ boshqaruvi raisiMirobod tumani200.F. Shaismatov — “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ boshqaruvi raisi oʻrinbosariOlmazor tumani201.S. Artikov — “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ boshqaruvi raisining birinchi oʻrinbosariSergeli tumani202.A. Kurbanov — “Oʻzkimyosanoat” AJ boshqaruvi raisi oʻrinbosariUchtepa tumani203.T. Turdiyev — “Hududgaztaʼminot” AJ boshqaruvi raisi oʻrinbosariChilonzor tumani204.A. Djurayev — “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ boshqaruvi raisi oʻrinbosariShayxontohur tumani205.R. Sherov — “Oʻzbekneftgaz” AJ boshqaruvi raisi oʻrinbosariYunusobod tumani206.A. Karimov — sport vaziri oʻrinbosariYakkasaroy tumani207.T. Xaydarov — “Oʻzsuvtaʼminot” AJ boshqaruvi raisining birinchi oʻrinbosariYashnobod tumani208.A. Mirsoatov — “Oʻzmilliybank” AJ boshqaruvi raisiYangihayot tumani

Izoh: hudud, tuman va shaharlarga biriktirilgan vakillar boshqa ishga oʻtgan taqdirda, roʻyxatga olish tadbiri doirasida amalga oshiriladigan ishlar ushbu lavozimlarga yangidan tayinlangan shaxslar yoki zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklangan shaxslar tomonidan bajariladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-sentabrdagi PF-173-son Farmoniga5-ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 25-dekabrdagi PQ-455-son qarori bilan tasdiqlangan Birinchi darajali budjet mablagʻlarini taqsimlovchilarning 2025 — 2027-yillar uchun budjet mablagʻlaridan foydalanish bilan bogʻliq maqsadli indikatorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 25-dekabrdagi PQ-455-son qarori bilan tasdiqlangan Birinchi darajali budjet mablagʻlarini taqsimlovchilarning 2025 — 2027-yillar uchun budjet mablagʻlaridan foydalanish bilan bogʻliq maqsadli indikatorlarining 15.2-pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“15.2.Dastur nomi: Oʻzbekiston Respublikasida 2026-yilda aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olish tadbirini oʻtkazish.mlrd soʻm35,037,540,1Dastur maqsadi: mamlakatda aholining demografik va ijtimoiy-iqtisodiy xususiyatlari, yashash darajasi va farovonligi, qishloq xoʻjaligining holati va tarkibi toʻgʻrisida maʼlumotlar toʻplash, shuningdek, mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishlarini belgilash va amalga oshirish.Yakuniy natija koʻrsatkichiAholini roʻyxatga olish natijasida olinadigan koʻrsatkichlar sonidona150Qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olish natijasida olinadigan koʻrsatkichlar sonidona50Bevosita (toʻgʻridan-toʻgʻri) natija koʻrsatkichiQamrab olinadigan aholi sonimln nafar38 Uslubiy nizomlar ishlab chiqish, chop etish va ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilish, beyjik, bloknot va ruchka xarajatlarimlrd soʻm14, 6Asosiy vositalar va dastur uchun xarajatlar, SIM karta sotib olish, server qurilmalarini ijaraga olish xarajatlarimlrd soʻm4, 7Vaqtincha xodimlarni jalb qilish uchun toʻlanadigan ish haqi xarajatlari nafar100”.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-sentabrdagi PF-173-son Farmoniga6-ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblanayotgan ayrim farmonlari

1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 5-fevraldagi “Oʻzbekiston Respublikasida 2022-yilda aholini roʻyxatga olishni oʻtkazish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi PF-5655-son Farmoni.

2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 23-oktabrdagi PF-5853-son Farmoni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligini rivojlantirishning 2020 — 2030-yillarga moʻljallangan strategiyasida belgilangan vazifalarni amalga oshirish boʻyicha “Yoʻl xaritasi”ning 58-pozitsiyasi.

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.