PF-203-son Farmon · 03.11.2025

Amerika Qoʻshma Shtatlari fuqarolari uchun Oʻzbekiston Respublikasiga kirishda vizasiz rejimni belgilash toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Farmon
  • Raqami:PF-203
  • Qabul qilingan sana:03.11.2025
  • Kuchga kirgan sana:03.11.2025
  • Holati:Amalda
  • Rasmiy nashr:QMMB 06/25/203/1003

Oʻzbekiston Respublikasi va Amerika Qoʻshma Shtatlari oʻrtasida savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar va turizm sohalarida davlatlararo munosabatlarni yanada rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida qaror qilaman:

1. 2026-yil 1-yanvardan boshlab Amerika Qoʻshma Shtatlari fuqarolari uchun Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kirgan kundan boshlab 30 kungacha muddatga vizasiz rejim belgilansin.

2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 2-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining turizm sohasini jadal rivojlantirishni taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-4861-son Farmoni 5-bandining ikkinchi xatboshisidan “XXR (turistik guruhlar tarkibida), AQSH va” soʻzlari chiqarib tashlansin.

3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 4-iyuldagi “Oʻzbekiston Respublikasiga xorijiy fuqarolarning kirishi tartibini optimallashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-3836-son qaroriga 2-ilovaning 79-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.

4. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi V.V. Maxmudov zimmasiga yuklatilsin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV

Toshkent sh.,

2025-yil 3-noyabr,

PF-203-son

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.