PQ-34-son Qaror · 30.01.2026

Jizzax viloyatida sanoat va qishloq xoʻjaligi boshqaruvini takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Qaror
  • Raqami:PQ-34
  • Qabul qilingan sana:30.01.2026
  • Kuchga kirgan sana:02.02.2026
  • Holati:Amalda
  • Rasmiy nashr:QMMB 07/26/34/0100

Jizzax viloyatida sanoat va qishloq xoʻjaligi sohalariga investitsiyalarni jalb qilish, ushbu yoʻnalishda keng koʻlamli islohotlarni yanada jadallashtirish, hududda sanoat va qishloq xoʻjaligi sohalarining iqtisodiy salohiyatini yanada yuksaltirish hamda belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlashda mahalliy ijro hokimiyati organlari rahbarlarining masʼuliyatini yanada oshirish maqsadida qaror qilaman:

1. Jizzax viloyati hokimining oʻrinbosari — viloyat investitsiyalar, sanoat va savdo boshqarmasi boshligʻi lavozimi tugatilsin. Bunda Jizzax viloyati investitsiyalar, sanoat va savdo boshqarmasida mavjud shtat birliklari doirasida boshqarma boshligʻi lavozimi saqlab qolinadi.

2. Jizzax viloyati hokimligi tuzilmasining umumiy shtat birliklari doirasida:

(a) hokimning togʻli hududlar va yaylovlarni rivojlantirish, investitsiya va savdo masalalari boʻyicha oʻrinbosari;

(b) hokimning dasht va choʻl hududlarida sanoatni rivojlantirish, investitsiya va savdo masalalari boʻyicha oʻrinbosari lavozimlari kiritilsin.

3. Quyidagilar Jizzax viloyati hokimligi tuzilmasiga kiritilayotgan hokim oʻrinbosarlarining asosiy vazifalari etib belgilansin:

(a) hokimning togʻli hududlar va yaylovlarni rivojlantirish, investitsiya va savdo masalalari boʻyicha oʻrinbosarining:

(i) togʻli hududlarda foydali qazilma zaxirasiga ega yer uchastkalarini aniqlash va zarur infratuzilmani yaratish, togʻ-kon sanoati yoʻnalishidagi investitsiya loyihalarini amalga oshirish;

(ii) togʻ va yaylov hududlarining sanoat, ishlab chiqarish, turizm, eksport boʻyicha salohiyatini oshirish, mahalliy va xorijiy investitsiyalarni jalb qilish;

(iii) yaylov hududlarida qishloq xoʻjaligiga mos keladigan “oʻsish nuqtalari”ni aniqlash, chorvachilik, bogʻdorchilik, asalarichilik sohalarini rivojlantirish hamda eksportbop oʻsimliklar yetishtirishni yoʻlga qoʻyish;

(iv) togʻli hududlar va yaylovlarni muhofaza qilish, degradatsiyaga uchragan yaylovlarni qayta tiklash va global iqlim oʻzgarishlariga moslashuvchan ekotizimni yaratish;

(b) hokimning dasht va choʻl hududlarida sanoatni rivojlantirish, investitsiya va savdo masalalari boʻyicha oʻrinbosarining:

(i) dasht hududlarida yangi imkoniyatlarni aniqlash, zarur infratuzilmani yaratish orqali viloyat sanoatidagi va yalpi ishlab chiqarishga qoʻshadigan ulushini oshirish;

(ii) choʻl hududlarda yerosti suv zaxiralarini aniqlash, ulardan samarali foydalanishni yoʻlga qoʻyish orqali qishloq xoʻjaligini rivojlantirish;

(iii) dasht va choʻl hududlarida ekologik infratuzilmani barpo etish, chang boʻronlarining oldini olishga qaratilgan “yashil belbogʻlar”ni tashkil etish hamda qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan keng foydalanish maqsadida quyosh panellari fermalari va shamol generatsiyasini ommalashtirish;

(iv) dasht va choʻl hududlaridan foydalanish samaradorligini oshirish orqali hududlarda chorvachilik, quyonchilik, tuyachilikni rivojlantirish boʻyicha istiqbolli loyihalarni amalga oshirish.

4. 2026-yildan boshlab yangi kiritilayotgan viloyat hokimi oʻrinbosarlarining faoliyati samaradorligini baholashda natijaga yoʻnaltirilgan boshqaruv tizimi tajriba-sinov tariqasida joriy etiladi. Bunda:

(a) ularga samaradorlikning eng muhim koʻrsatkichlarini (keyingi oʻrinlarda — KPI koʻrsatkichlari) belgilashda tegishli hududlarda sanoatni rivojlantirish va investitsiyalarni jalb qilish boʻyicha strategik koʻrsatkichlar va maqsadli indikatorlar koʻzda tutiladi;

(b) faoliyat samaradorligini baholash boʻyicha KPI koʻrsatkichlari tasniflanadi (strategik, hudud va tuman), ularning oʻzaro mutanosibligi taʼminlangan holda ishlab chiqiladi;

(v) ularning faoliyati samaradorligi KPI koʻrsatkichlari boʻyicha amalga oshirilgan chora-tadbirlar natijasida belgilangan maqsadlarga erishganlik darajasi va natijadorligi bilan baholanadi;

(g) KPI koʻrsatkichlariga erishish boʻyicha “yoʻl xaritalari” natijaga yoʻnaltirilgan boshqaruvga asoslangan chora-tadbirlardan iborat boʻladi;

(d) KPI koʻrsatkichlariga erishish natijasi har chorak va yil yakuni boʻyicha “samaradorlik.gov.uz” elektron platformasida baholanadi.

5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Boshqaruv samaradorligi agentligi Jizzax viloyati hokimligida joriy qilingan tajriba-sinovning ijobiy natijalarini boshqa hokimliklarda ham joriy qilish yuzasidan 2026-yil dekabr oyiga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga taklif kiritsin.

6. Quyidagilar:

(a) Jizzax viloyati hokimligi tuzilmasiga kiritilayotgan hokim oʻrinbosarlariga biriktirilgan hududlar roʻyxati 1-ilovaga muvofiq;

(b) Jizzax viloyatining togʻ, yaylov, dasht va choʻl hududlarini rivojlantirish boʻyicha strategik maqsadlar 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

7. Jizzax viloyati hokimligi bir hafta muddatda mazkur qaror talablaridan kelib chiqqan holda Jizzax viloyati hokimining tegishli oʻrinbosarlari funksional vazifalari va ularning kotibiyatlari toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlasin.

8. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Boshqaruv samaradorligi agentligi Jizzax viloyati hokimligi bilan birgalikda ikki oy muddatda Jizzax viloyati hokimligi tuzilmasiga kiritilayotgan hokim oʻrinbosarlarining mazkur qarorning 3-bandida nazarda tutilgan vazifalaridan hamda ushbu qarorga 2-ilovada belgilangan strategik maqsadlardan kelib chiqqan holda ularning KPI koʻrsatkichlarini ishlab chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritsin.

9. Mazkur qaror ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib Bosh vazir oʻrinbosari J.A. Xodjayev va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Boshqaruv samaradorligi agentligi direktori vazifasini bajaruvchi U.Sh. Xusainov belgilansin.

10. Qaror ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV

Toshkent sh.,

2026-yil 30-yanvar,

PQ-34-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 30-yanvardagi PQ-34-son qaroriga1-ILOVA

Jizzax viloyati hokimligi tuzilmasiga kiritilayotgan hokim oʻrinbosarlariga biriktirilgan hududlar

T/rViloyat hokimining oʻrinbosarlariBiriktirilgan hududlar1.Viloyat hokimining togʻli hududlar va yaylovlarni rivojlantirish, investitsiya va savdo masalalari boʻyicha oʻrinbosariBaxmal tumaniZomin tumaniForish tumaniGʻallaorol tumaniYangiobod tumani2.Viloyat hokimining dasht va choʻl hududlarida sanoatni rivojlantirish, investitsiya va savdo masalalari boʻyicha oʻrinbosariArnasoy tumaniDoʻstlik tumaniZafarobod tumaniZarbdor tumaniMirzachoʻl tumaniPaxtakor tumaniSharof Rashidov tumaniJizzax shahri

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 30-yanvardagi PQ-34-son qaroriga2-ILOVA

Jizzax viloyatining togʻ, yaylov, dasht va choʻl hududlarini rivojlantirish boʻyicha

T/rViloyat hokimi oʻrinbosariTuman hokimi oʻrinbosariMasʼul tuman (shahar) hokimi oʻrinbosariMasʼul davlat organlari hududiy boʻlinmalariStrategik maqsadlarOʻlchov birligi(foiz)IndikatorlarOʻlchov birligi(foiz)SubindikatorlarOʻlchov birligi(foiz)2026-yil rejasiHokimning togʻli hududlar va yaylovlarni rivojlantirish, investitsiya va savdo masalalari boʻyicha oʻrinbosari(Baxmal, Zomin, Forish, Gʻallaorol, Yangiobod tumanlari)1.Togʻli hududlar va yaylovlarda investitsion muhitni yaxshilash18Investitsiyalarni jalb qilish50Toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish (mln dollar)40594,2Tuman hokimining investitsiyalar va tashqi savdo masalalari boʻyicha oʻrinbosariTuman investitsiya boʻlimiAholi jon boshiga toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalar (ming soʻm)4010 653Hududiy loyihalarni amalga oshirish (soni)20146Maxsus iqtisodiy va sanoat zonalarini rivojlantirish50Maxsus iqtisodiy va sanoat zonalarida ishga tushirilgan loyihalar (soni)2510Tuman hokimining investitsiyalar va tashqi savdo masalalari boʻyicha oʻrinbosariTuman investitsiya boʻlimiMaxsus iqtisodiy va sanoat zonalarida ishlab chiqarish hajmi (mlrd soʻm)2511250Maxsus iqtisodiy va sanoat zonalarida boʻsh yer maydoni (ga, regressiv)2523Maxsus iqtisodiy va sanoat zonalarida ishchilar soni (nafar)251352.Togʻli hududlar va yaylovlarda tabiiy mineral resurslardan foydalanish samaradorligini oshirish20Foydali qazilmalar ishlab chiqarishni rivojlantirish100Foydalanilayotgan konlar soni (ta)508Tuman hokimining qurilish, toʻsiqlarsiz muhit yaratish, kommunikatsiyalarni rivojlantirish, ekologiya va koʻkalamzorlashtirish masalalari boʻyicha oʻrinbosariFoydalanilmayotgan konlar soni (ta, regressiv)50153.Togʻli hududlarning oʻziga xos sanoat va eksport salohiyatini oshirish20Qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarini (QTEMQ) oʻrnatish40Yangi oʻrnatilgan energiya manbalari qurilmalari (quyosh panellari, shamol generatorlari va mikroGES) quvvati (MVt)100438Tuman hokimining qurilish, toʻsiqlarsiz muhit yaratish, kommunikatsiyalarni rivojlantirish, ekologiya va koʻkalamzorlashtirish masalalari boʻyicha oʻrinbosariTuman qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi boʻlimiEksport hajmini oshirish60Eksport qilingan sanoat mahsulotlar hajmi (mln dollar)5087,4Tuman hokimining investitsiyalar va tashqi savdo masalalari boʻyicha oʻrinbosariTuman investitsiya boʻlimiEksport qilingan meva-sabzavot mahsulotlar hajmi (mln dollar)50109,54.Togʻli hududlar va yaylovlarda qishloq xoʻjaligini rivojlantirish18Bogʻdorchilik mahsulotlarini yetishtirish25Yangi bogʻlar tashkil etish (ga)402 162,6Tuman hokimining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosariTuman qishloq xoʻjaligi boʻlimiEskirgan va samarasiz bogʻlarni yangilash (ga)800650Bogʻdorchilik mahsulotlarining hajmi (mlrd soʻm)40662,8Chorvachilik mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini oshirish25Chorvachilik mahsulotlari hajmi (mlrd soʻm)251600Chorvachilikka ixtisoslashgan yangi xoʻjaliklar tashkil etish (soni)2512Yirik shoxli qoramollar bosh soni (ming bosh)25600,6Qoʻy va echkilar bosh soni (ming bosh)251 889,1Asalarichilikni rivojlantirish20Asal ishlab chiqarish hajmi (tonna)50810,5Asal ishlab chiqaruvchi xoʻjaliklar soni (ta)5031Suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish30Tomchilatib sugʻorish joriy qilingan yaylovlar (ga)1006705.Togʻli hududlar va yaylovlarda turizm infratuzilmasini tashkil qilish24Jamoaviy va individual joylashtirish vositalarini rivojlantirish60Mehmonxona va shunga oʻxshash joylashtirish vositalari (soni)109Tuman hokimining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosariViloyat turizm boshqarmasiMehmonxona va shunga oʻxshash joylashtirish vositalarida joylashtirilgan shaxslar (nafar)15602 100Sanatoriya-kurort muassasalari (soni)101Sanatoriya-kurort muassasalarida joylashtirilgan shaxslar (nafar)15212 650Dam olish tashkilotlari va turistik bazalar (soni)102Dam olish tashkilotlari va turistik bazalarda xizmat koʻrsatilgan shaxslar (nafar)159 170Individual joylashtirish vositalari (mehmon uylari, dala hovli, oʻtov lageri) soni1035Umumiy ovqatlanish va xizmat koʻrsatish shoxobchalari (soni)1553Tuman iqtisodiyot va moliya boʻlimiAsosiy turistik resurslarni rivojlantirish40Maxsus togʻ infratuzilmalarini tashkil qilish (dor yoʻllari, koʻprik, km)1002Tuman hokimining qurilish, toʻsiqlarsiz muhit yaratish, kommunikatsiyalarni rivojlantirish, ekologiya va koʻkalamzorlashtirish masalalari boʻyicha oʻrinbosariTuman qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi boʻlimiHokimning dasht va choʻl hududlarida sanoatni rivojlantirish, investitsiya va savdo masalalari boʻyicha oʻrinbosari(Arnasoy, Doʻstlik, Zarbdor, Zafarobod, Mirzachoʻl, Paxtakor, Sharof Rashidov tumanlari va Jizzax shahri)1.Dasht va choʻl hududlarida investitsion muhitni yaxshilash20Investitsiyalarni jalb qilish40Toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish (mln dollar)40766,5Tuman hokimining investitsiyalar va tashqi savdo masalalari boʻyicha oʻrinbosariTuman investitsiya boʻlimiAholi jon boshiga toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalar (ming soʻm)4012100Ishlab chiqilgan loyihalar (soni)20253Maxsus iqtisodiy va sanoat zonalarini rivojlantirish30Maxsus iqtisodiy va sanoat zonalarida ishga tushirilgan loyihalar (soni)2518Tuman hokimining investitsiyalar va tashqi savdo masalalari boʻyicha oʻrinbosariTuman investitsiya boʻlimiMaxsus iqtisodiy va sanoat zonalarida ishlab chiqarish hajmi (mlrd soʻm)255100Maxsus iqtisodiy va sanoat zonalarida boʻsh yer maydoni (ga, regressiv)2515Maxsus iqtisodiy va sanoat zonalarida ishchilar soni (nafar)256 9252.Dasht va choʻl hududlarida resurslardan samarali foydalanish15Suv taʼminotini yaxshilash100Sugʻorish tarmoqlarini oʻtkazish (km)50132Tuman hokimining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosariTuman qishloq xoʻjaligi boʻlimiTomchilatib sugʻorish joriy qilingan maydonlar (ga)5060003.Dasht va choʻl hududlarining sanoat va savdo salohiyatini oshirish20Qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarini (QTEMQ) oʻrnatish25Yangi oʻrnatilgan energiya manbalari qurilmalari (quyosh panellari, shamol generatorlari) quvvati (MVt)10014,5Tuman hokimining qurilish, toʻsiqlarsiz muhit yaratish, kommunikatsiyalarni rivojlantirish, ekologiya va koʻkalamzorlashtirish masalalari boʻyicha oʻrinbosariTuman qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi boʻlimiSanoat mahsulotlari ishlab chiqarish35Aholi jon boshiga sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi (ming soʻm)10019348Tuman hokimining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosariTuman iqtisodiyot va moliya boʻlimiEksport hajmini oshirish40Eksport qilingan mahsulotlar hajmi (mln dollar)100211,1Tuman hokimining investitsiyalar va tashqi savdo masalalari boʻyicha oʻrinbosariTuman investitsiya boʻlimi4.Dasht va choʻl hududlarida chorvachilikni rivojlantirish15Chorvachilik mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini oshirish100Chorvachilik mahsulotlari hajmi (mlrd soʻm)251200Tuman hokimining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosariTuman qishloq xoʻjaligi boʻlimiChorvachilikka ixtisoslashgan (quyon, tuya v.b.) xoʻjaliklar tashkil etish (soni)2523Yirik shoxli qoramollar bosh soni (ming bosh)25422,4Qoʻy va echkilar bosh soni (ming bosh)25680,95.Dasht va choʻl hududlarida turizm infratuzilmasini tashkil qilish10Jamoaviy va individual joylashtirish vositalarini rivojlantirish60Mehmonxona va shunga oʻxshash joylashtirish vositalari (soni)158Tuman hokimining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosariViloyat turizm boshqarmasiMehmonxona va shunga oʻxshash joylashtirish vositalarida joylashtirilgan shaxslar (nafar)20186 340Dam olish tashkilotlari va turistik bazalar (soni)152Dam olish tashkilotlari va turistik bazalarda xizmat koʻrsatilgan shaxslar (nafar)2014 550Individual joylashtirish vositalari (mehmon uylari, oʻtov lageri) soni1534Umumiy ovqatlanish va xizmat koʻrsatish shoxobchalari (soni)1577Tuman iqtisodiyot va moliya boʻlimiAsosiy turistik resurslarni rivojlantirish40Maxsus choʻl infratuzilmalarini (safari, ekoturizm obyektlari) tashkil qilish (soni)1001Tuman hokimining qurilish, toʻsiqlarsiz muhit yaratish, kommunikatsiyalarni rivojlantirish, ekologiya va koʻkalamzorlashtirish masalalari boʻyicha oʻrinbosariTuman qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi boʻlimi6.Dasht va choʻl hududlarida ekologik infratuzilmani barpo etish20Chang boʻronlarining oldini olish maqsadida “yashil belbogʻlar” tashkil etish50Qishloq xoʻjaligi yerlarida ihotazorlar barpo qilish (ga)50167Tuman hokimining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosariTuman qishloq xoʻjaligi boʻlimiYantoq, saksovul, izen va boshqa choʻl oʻtlari ekilgan maydon (ga)50188Tuproq eroziyasini kamaytirish50Tuproq shoʻrlanishini kamaytirish (ga)50242Tuproqlardagi gumus miqdorini oshirish (ga)503 195

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.