PQ-19-son Qaror · 20.01.2026

2026-2030-yillarda qon bilan ishlash xizmatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Qaror
  • Raqami:PQ-19
  • Qabul qilingan sana:20.01.2026
  • Kuchga kirgan sana:23.01.2026
  • Holati:Amalda
  • Rasmiy nashr:QMMB 07/26/19/0067

Respublikada qon mahsulotlariga boʻlgan talabning ortib borayotgani sababli qon bilan ishlash xizmati tashkilotlarining imkoniyatlarini yanada kengaytirish, davolash muassasalarining qon va qon mahsulotlariga boʻlgan ehtiyojini toʻliq taʼminlashni yoʻlga qoʻyish maqsadida qaror qilaman:

I. Maqsadlar

1. Quyidagilar 2026 — 2030-yillarda qon bilan ishlash xizmatini yanada takomillashtirishning asosiy maqsadlari etib belgilansin:

(a) Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotining tavsiyalari asosida har ming nafar aholiga donatsiyalar sonini 10 tadan 30 tagacha oshirish;

(b) qon mahsulotlariga ehtiyojni toʻliq qoplash uchun qon topshirishlar (donatsiyalar) sonini 1 milliontagacha oshirish orqali tayyorlanadigan qon zaxirasini amaldagi 150 ming litrdan 450 ming litrga yetkazish;

(v) begʻaraz qon donorlari sonini 300 ming nafardan 900 ming nafargacha yetkazish;

(g) “ehtiyoj — qayta ishlash — yetkazish” zanjirida biznes jarayonlarni boshqarish tizimini joriy etish;

(d) ilgʻor xalqaro tajribaga asoslangan standart operatsion jarayonlar, xavfsizlik bayonnomalari hamda skrining usullarini amaliyotga joriy etish orqali qon va uning tarkibiy qismlari xavfsizligini taʼminlash;

(j) qon bilan ishlash xizmati tashkilotlari xodimlarining bilimlarini oshirish va zamonaviy texnologiyalar bilan ishlash koʻnikmalarini rivojlantirish;

(z) begʻaraz donorlikni rivojlantirish, zarur qon zaxirasini shakllantirish uchun tizim tashkilotlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash.

II. Qon bilan ishlash xizmati tizimini takomillashtirish

2. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq qon bilan ishlash xizmati tashkilotlarida quyidagilarni nazarda tutuvchi yangi tizim yoʻlga qoʻyiladi:

(a) 2026-yil 1-oktabrdan boshlab:

(i) qon bilan ishlash xizmati tashkilotlarida qon mahsulotlari xavfsizligi va sifatini taʼminlash boʻyicha barcha texnik va tibbiy jarayonlarni tartibga soluvchi standart operatsion jarayonlar hamda xavfsizlik bayonnomalari amaliyotga joriy qilinadi;

(ii) “ehtiyoj — qayta ishlash — yetkazish” zanjiri doirasida biznes jarayonlarini boshqarish tizimi joriy etiladi. Bunda qon va uning tarkibiy qismlariga ehtiyojni shakllantirish, toʻplash, tayyorlash, qayta ishlash, saqlash, yetkazish va bemorga quyish, tahlil va hisobotlarni yuritish, sifat nazoratini taʼminlash va qon mahsuloti muomalasini monitoring qilish inobatga olinadi;

(b) 2027-yil 1-martdan boshlab “Qon mahsulotlari elektron hisobini yuritish” axborot tizimi joriy etiladi;

(v) qon bilan ishlash xizmati hamda davolash-profilaktika tashkilotlari oʻrtasida oʻzaro aloqalar yoʻlga qoʻyiladi.

3. Belgilansinki, 2026-yil yakuniga qadar:

(a) Raqamli sogʻliqni saqlash platformasi (keyingi oʻrinlarda — Platforma) doirasida quyidagilarni nazarda tutuvchi “Qon mahsulotlari elektron hisobini yuritish” axborot tizimi ishlab chiqiladi va sinovdan oʻtkaziladi:

(i) qon va uning tarkibiy qismlari toʻgʻrisida tizimlashtirilgan maʼlumotlarni yuritish;

(ii) qon bilan ishlash xizmati tashkilotlarida qon va uning tarkibiy qismlarini toʻplash, tayyorlash, qayta ishlash, saqlash va ishlatish bilan bogʻliq barcha jarayonlarni avtomatlashtirish;

(iii) ushbu axborot tizimini elektron tibbiy karta, laboratoriya axborot tizimlari va tibbiyot tashkilotlari bilan integratsiya qilish;

(b) Platformaga quyidagi imkoniyatlarni beruvchi yangi funksiyalar kiritiladi:

(i) Platforma orqali qon va uning tarkibiy qismlari harakatini nazorat qilish;

(ii) shoshilinch tibbiy yordam xizmatlari bilan integratsiya qilingan holda qon va uning tarkibiy qismlariga buyurtma berish;

(iii) tibbiyot muassasalaridagi qon va uning tarkibiy qismlari zaxirasini onlayn kuzatish;

(iv) tugʻruq muassasalarini qon va uning tarkibiy qismlari, plazma va eritrotsitar massa zaxirasi bilan taʼminlashni onlayn monitoring qilish. Bunda:

tugʻruq muassasalarining elektron axborot tizimlari va Platforma oʻrtasida axborot almashinuvi yoʻlga qoʻyiladi;

homiladorlik davrida qon va uning tarkibiy qismlariga shoshilinch zarurat tugʻilganda qon bilan ishlash xizmatini avtomatlashtirilgan xabardor qilish tizimi joriy etiladi.

4. Sogʻliqni saqlash vazirligi Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan birgalikda 2026-yil yakuniga qadar qon bilan ishlash xizmati tashkilotlaridagi barcha jarayonlarni, qon va uning tarkibiy qismlari zaxirasi reyestrini oʻz ichiga olgan “Qon mahsulotlari elektron hisobini yuritish” axborot tizimini yaratsin.

5. Belgilab qoʻyilsinki, 2026-yil 1-oktabrdan boshlab qon bilan ishlash xizmati tashkilotlarida qon mahsulotlarini majburiy tartibda ikki bosqichli skrining tekshiruvidan oʻtkazish tizimi yoʻlga qoʻyiladi.

III. Begʻaraz qon donorligi harakatini yanada rivojlantirish

6. 2026-yil 1-yanvardan boshlab begʻaraz qon donorligi harakatini rivojlantirish maqsadida quyidagi tizim joriy etilsin:

(a) har oyda “Birga hayotni saqlaymiz” milliy donorlik aksiyasi oʻtkaziladi. Bunda mazkur aksiya doirasida har oyning bir haftasi mobaynida — qon bilan ishlash xizmati tashkilotlarida, har oyning uch haftasi mobaynida — taʼlim, davolash va boshqa tashkilotlarda qon donorligi tashkil etiladi;

(b) Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tizimiga kiruvchi vazirlik va idoralar hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlar harbiy xizmatchilari va xodimlari oʻrtasida har yili bir marotaba donorlik kunlari oʻtkaziladi;

(v) mehnat jamoalarida donorlik kunlarini oʻtkazish yoʻlga qoʻyiladi;

(g) umumiy oʻrta va oʻrta maxsus, kasbiy hamda oliy taʼlim tashkilotlarida donorlik boʻyicha maʼnaviy-maʼrifiy tadbir va uchrashuvlar tashkil etiladi.

7. Sogʻliqni saqlash vazirligi:

(a) Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari bilan birgalikda jamoat joylarida, shu jumladan, savdo shoxobchalari (bozorlar, marketlar va boshqalar), taʼlim va davolash-sogʻlomlashtirish muassasalari, dam olish zonalari, madaniy, koʻngilochar muassasalar hamda oliy taʼlim tashkilotlarida koʻchma donorlik punktlarini tashkil qilsin;

(b) tugʻruqda tibbiy yordam koʻrsatuvchi har bir muassasada qon va uning tarkibiy qismlari shoshilinch zaxirasini tashkil etsin hamda uni qon va uning tarkibiy qismlari, jumladan, plazma va eritrotsitar massa zaxirasi bilan taʼminlasin.

8. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan birgalikda tegishli hududlarda begʻaraz qon donorligini targʻib qiluvchi ijtimoiy tashqi reklama va axborot obyektlarining joylashtirilishini taʼminlasin.

IV. Tadbirlarni moliyalashtirish

9. Belgilab qoʻyilsinki:

(a) 2026-yilda Davlat budjeti va boshqa manbalar hisobidan mazkur qarorda belgilangan tadbirlarni moliyalashtirish uchun 308 milliard soʻm mablagʻ yoʻnaltiriladi;

(b) ushbu qarorda belgilangan tadbirlarni amalga oshirish bilan bogʻliq xarajatlar 2026-yildan boshlab har yili Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutiladi va narxlar oʻzgarishiga qarab indeksatsiya qilib boriladi.

V. Qaror ijrosini tashkil etish, taʼminlash va nazorat

10. Quyidagilar:

(a) Qon bilan ishlash xizmati tashkilotlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va aholi orasida begʻaraz donorlik harakatini yanada rivojlantirish boʻyicha “yoʻl xaritasi” 1-ilovaga muvofiq;

(b) Respublika qon quyish markazi va hududiy qon bilan ishlash xizmati tashkilotlarini taʼminlash uchun tibbiy jihozlar roʻyxati 2-ilovaga muvofiq;

(v) 2026 — 2030-yillarda aholi orasida begʻaraz donorlik harakatini rivojlantirishning maqsadli koʻrsatkichlari 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

11. Sogʻliqni saqlash vazirligi Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan birgalikda xatlov natijasiga koʻra 2026 — 2028-yillarda Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan respublikadagi barcha tugʻruq muassasalarida qonni saqlash va tashish uchun sovitish qurilmalari, termokonteynerlar va uskunalar xarid qilinishini taʼminlasin.

12. Sogʻliqni saqlash vazirligi:

(a) 2026 — 2030-yillarda Tibbiyotni rivojlantirish davlat maqsadli jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan qon bilan ishlash xizmati tashkilotlarining 150 nafar mutaxassislarini nufuzli xorijiy tibbiyot tashkilotlari hamda markazlariga yangi texnologiyalar bilan ishlash boʻyicha malaka oshirish va stajirovka oʻtash uchun yuborish choralarini koʻrsin;

(b) davlat-xususiy sheriklik asosida yiliga 20 tonnagacha plazmani qayta ishlash hajmiga ega, “Zarur ishlab chiqarish amaliyoti — GMP” talablariga javob beradigan qon preparatlarini ishlab chiqarish korxonasini tashkil qilish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin. Bunda 10 million AQSH dollari miqdorida investitsiya mablagʻlari jalb etilishi inobatga olinsin;

(v) tibbiy jihoz hamda boshqa asbob-uskuna va tovarlar, shu jumladan, avtotransport vositalari xaridini qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshirsin. Bunda birinchi navbatda mahalliy ishlab chiqaruvchilardan xarid qilish imkoniyatini koʻrib chiqsin.

13. Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi va “Oʻzeltexsanoat” uyushmasi Sogʻliqni saqlash vazirligi hamda Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda qon bilan ishlash xizmati tashkilotlarida qoʻllaniladigan tibbiy jihoz va boshqa tovarlarni ishlab chiqarishni mahalliylashtirish imkoniyatini oʻrgansin va shu asosda dastur qabul qilsin.

14. Sogʻliqni saqlash vazirligi Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi va Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi bilan birgalikda qon donorligi hamda uning ahamiyati toʻgʻrisida aholi oʻrtasida keng targʻibot ishlarini oʻtkazsin.

15. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga 4-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.

16. Ushbu qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib sogʻliqni saqlash vaziri A.A. Xudayarov, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari belgilansin.

17. Qaror ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV

Toshkent sh.,

2026-yil 20-yanvar,

PQ-19-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 20-yanvardagi PQ-19-son qaroriga1-ILOVA

Qon bilan ishlash xizmati tashkilotlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va aholi orasida begʻaraz donorlik harakatini yanada rivojlantirish boʻyicha

T/rChora-tadbirlar nomiAmalga oshirish mexanizmiMuddatMoliyalashtirish manbalariMasʼul ijrochilar1.Qon bilan ishlash xizmati tashkilotlarining transformatsiyasini muvofiqlashtirish.Qon bilan ishlash xizmati tashkilotlarini isloh qilish, shu jumladan, mazkur “yoʻl xaritasi”da belgilangan vazifalarni sifatli va oʻz vaqtida amalga oshirilishini taʼminlash boʻyicha ishchi guruh faoliyatini yoʻlga qoʻyish.Bunda ishchi guruh tarkibiga respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlari va boshqa davolash-profilaktika tashkilotlari vakillari kiritilishini nazarda tutish.2026-yil yanvar-Sogʻliqni saqlash vazirligi,Iqtisodiyot va moliya vazirligi,Raqamli texnologiyalar vazirligi,“UZINFOCOM” MCHJ,Respublika qon quyish markazi2.Qon mahsulotlari xavfsizligini taʼminlash, qon bilan ishlash xizmati tashkilotlari faoliyatidagi jarayonlarni standartlashtirish.1. Qon bilan ishlash xizmatidagi barcha texnik va tibbiy jarayonlarni tartibga solish hamda qon xizmati uchun standart operatsion jarayonlar va xavfsizlik bayonnomalarini ishlab chiqish maqsadida soha mutaxassislaridan iborat ishchi guruh shakllantirish.2026-yil yanvar-Sogʻliqni saqlash vazirligi,Respublika qon quyish markazi2. Xalqaro tajriba asosida qon va uning tarkibiy qismlarini tayyorlash, qayta ishlash va laboratoriya tekshiruvlarini oʻtkazish boʻyicha qon bilan ishlash xizmatidagi barcha texnik va tibbiy jarayonlarni tartibga solish uchun qon xizmatining standart operatsion jarayonlar, xavfsizlik bayonnomalarini ishlab chiqish va tasdiqlash.2026-yil may3. Standart operatsion jarayonlar va xavfsizlik bayonnomalari boʻyicha xodimlarni oʻqitish reja-jadvali va dasturini tasdiqlash.2026-yil aprel4. Standart operatsion jarayonlar va xavfsizlik bayonnomalari boʻyicha 1 haftalik (72 soatlik) seminarlar tashkil qilish va barcha qon xizmati tashkilotlari xodimlarini oʻqitish.2026-yil may — avgust(reja-jadval asosida)Respublika qon quyish markazining budjetdan tashqari mablagʻlari5. Qon xizmati tashkilotlari uchun qoʻllaniladigan sarflov vositalarini xarid qilish, qon va qon preparatlarini qayta ishlash, laboratoriya sinovlarini oʻtkazish va boshqa ish jarayonlariga standart operatsion jarayonlar va xavfsizlik bayonnomalarini joriy etish.Bunda zarur moddiy-texnika baza shakllantirilishi, shu jumladan, oʻz vaqtida xarid qilinishi va oʻrnatilishini taʼminlash.2026-yil oktabrSogʻliqni saqlash vazirligi,Respublika qon quyish markazi3.Qon va uning tarkibiy qismlariga ehtiyojni shakllantirish, toʻplash, tayyorlash, qayta ishlash, saqlash, yetkazish va bemorga quyish, tahlil va hisobotlarni yuritish, sifat nazoratini taʼminlash va qon mahsuloti muomalasini monitoring qilish jarayonlarini boshqarish tizimini joriy etish.1. “Ehtiyoj — qayta ishlash — yetkazish” zanjiri doirasida biznes jarayonlarni takomillashtirish.2026-yil yanvar — iyul-Sogʻliqni saqlash vazirligi,Raqamli texnologiyalar vazirligi,Respublika qon quyish markazi2. Yangilangan biznes-jarayonlar boʻyicha xodimlarning bilimlarini oshirish.2026-yil avgust-sentabr3. “Ehtiyoj — qayta ishlash — yetkazish” zanjiri doirasida biznes jarayonlarni boshqarish tizimini amaliyotga joriy etish.2026-yil oktabr4.Qon bilan ishlash xizmati tashkilotlaridagi ish jarayonlarini raqamlashtirish hamda qon va uning tarkibiy qismlari zaxirasi reyestrini yaratish.1. Raqamli sogʻliqni saqlash platformasi doirasida qon bilan ishlash xizmati tashkilotlari faoliyatini raqamlashtirish, qon va uning tarkibiy qismlari zaxirasi reyestriga qoʻyiladigan texnik talablarni ishlab chiqish.2. “Qon mahsulotlarini elektron hisobga olish va yuritish” elektron axborot tizimini yaratish.Raqamli sogʻliqni saqlash platformasi orqali qon va uning tarkibiy qismlari harakatini nazorat qilish, ehtiyojni shakllantirish, buyurtma berish, zaxirani onlayn kuzatish, qon va uning tarkibiy qismlari reyestrini shakllantirish imkoniyatini yaratish.Bunda qon bilan ishlash xizmati boʻyicha barcha jarayonlarni Respublika qon quyish markazi tomonidan muvofiqlashtirish hamda ehtiyojlar asosida qon va uning tarkibiy qismlari bilan tibbiyot muassasalari uzluksiz taʼminlanishini nazorat qilish nazarda tutiladi.2026-yil yakuniga qadarDavlat budjetidan ajratilgan mablagʻlar doirasidaSogʻliqni saqlash vazirligi,Raqamli texnologiyalar vazirligi,“UZINFOCOM” MCHJ,Respublika qon quyish markazi3. “Qon mahsulotlarini elektron hisobga olish va yuritish” elektron axborot tizimida ishlash boʻyicha xodimlarni oʻqitish reja-jadvali va dasturini tasdiqlash.2026-yil dekabr4. Reja-jadval asosida xodimlarni oʻqitish.2027-yil yanvar-fevral5. “Qon mahsulotlarini elektron hisobga olish va yuritish” elektron axborot tizimini joriy etish.2027-yil mart5.Qon donorligi hamda uning ahamiyati toʻgʻrisida aholi oʻrtasida targʻibot-tashviqot ishlarini tashkil qilish.1. Qon bilan ishlash xizmati tashkilotlari bilan hamkorlikda begʻaraz donorlik aksiyalarini oʻtkazish.2. Jamoat joylarida, shu jumladan, savdo shoxobchalari (bozorlar, marketlar va boshqalar), taʼlim va davolash-sogʻlomlashtirish muassasalari, dam olish zonalari, madaniy, koʻngilochar muassasalar hamda oliy taʼlim tashkilotlarida koʻchma donorlik punktlarini tashkil qilish.2026 — 2030-yillar-Sogʻliqni saqlash vazirligi,Yoshlar ishlari agentligi,Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi,Viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari3. Qon donorligi boʻyicha targʻibot-tashviqot ishlarini olib borish yuzasidan media-reja ishlab chiqish.4. OAV va ijtimoiy tarmoqlarda keng koʻlamli axborot-targʻibot ishlarini amalga oshirish va yoritib borish.2026 — 2030-yillar(har yili)Sogʻliqni saqlash vazirligi,Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi,Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi6.Aholi orasida begʻaraz donorlik aksiyalarini tashkil etish.1. Aholi orasida begʻaraz donorlik madaniyatini shakllantirish, donorlik harakatini keng jamoatchilik ishtirokida rivojlantirish, donorlarga sifatli xizmatlar koʻrsatish va ular uchun qulay shart-sharoitlar yaratish.2026 — 2030-yillarIjrochilar mablagʻlari hisobidanQoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari,Sogʻliqni saqlash vazirligi2. Har chorakda “Qon donorligi haftaligi” milliy aksiyasini oʻtkazish reja-jadvalini tuman (shahar) kesimida ishlab chiqish va tasdiqlab borish.Har chorakda3. Davlat tashkilotlarida “Qon donorligi haftaligi”ni har oyda reja-jadvalga muvofiq oʻtkazib borish hamda mazkur yoʻnalishda nodavlat tashkilotlar bilan hamkorlik qilish.4. “Oʻzbekiston Respublikasi faxriy donori” koʻkrak nishoniga sazovor boʻlgan shaxslar va koʻp yillar begʻaraz qon topshirib kelayotgan donorlar bilan yoshlar va talabalar uchrashuvlarini tashkil etish.5. Joylarda va tashkilotlarda oʻtkaziladigan donorlik aksiyalarini ommaviy axborot vositalarida keng yoritib borish.2026 — 2030-yillar7.Aholi orasida begʻaraz donorlik hamda koʻchma donorlik punktlarini tashkil qilish orqali qon zaxirasini koʻpaytirishga hissa qoʻshish uchun motivatsion dasturlarni tashkil etish.1. Aholi orasida begʻaraz donorlik hamda koʻchma donorlik punktlarini tashkil qilishda ishtirok etgan davlat tashkilotlari va nodavlat tashkilotlarga “Qon xizmatining faxriy doʻsti” sertifikatini berish tartibini ishlab chiqish va tasdiqlash.2026-yil fevralDavlat budjetidan ajratilgan mablagʻlar doirasida,qon bilan ishlash xizmati tashkilotlarining budjetdan tashqari mablagʻlariSogʻliqni saqlash vazirligi,Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari2. “Qon xizmatining faxriy doʻsti” sertifikati berilgan davlat tashkilotlari va nodavlat tashkilotlari vakillarini Butunjahon donorlar kuni bayramida taqdirlash.2026 — 2030-yillar8.Qon yigʻuvchi mobil guruhlarning moddiy-texnika bazasini kuchaytirish. Qon yigʻuvchi mobil guruhlarga 14 ta maxsus jihozlangan avtotransport vositalarini xarid qilish.2026-yil dekabrMahalliy budjet mablagʻlari5 mlrd soʻmQoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari,Sogʻliqni saqlash vazirligi,Iqtisodiyot va moliya vazirligi9.Qon bilan ishlash xizmati tashkilotlarini zarur sarflov materiallari bilan taʼminlash.1. Qon va uning tarkibiy qismlariga boʻlgan yillik ehtiyojni inobatga olgan holda, qon bilan ishlash xizmati tashkilotlarini quyidagi sarflov materiallari bilan doimiy taʼminlash:2026-yildan boshlabIqtisodiyot va moliya vazirligi,Sogʻliqni saqlash vazirligia) leykofiltrli gemokonteynerlar:2026-yil — 600 ming dona;Davlat budjeti mablagʻlari64,8 mlrd soʻmb) PZR test-reagentlari:2026-yil — 6 000 ta toʻplam;v) IXLA test-reagentlari:2026-yil — 600 mingta tahlil uchun.Davlat budjeti mablagʻlari177,8 mlrd soʻm2. Qon va uning tarkibiy qismlariga boʻlgan yillik ehtiyojni inobatga olgan holda, qon bilan ishlash xizmati tashkilotlarini quyidagi sarflov materiallari bilan doimiy taʼminlash:a) leykofiltrli gemokonteynerlar:2027-yil — 700 ming dona;2028-yil — 800 ming dona;2029-yil — 900 ming dona;2030-yildan boshlab — 1 million dona;b) PZR test-reagentlari:2027-yil — 7 000 ta toʻplam;2028-yil — 8 000 ta toʻplam;2029-yil — 9 000 ta toʻplam;2030-yildan boshlab — 10 mingta toʻplam;v) IXLA test-reagentlari:2027-yil — 700 mingta tahlil uchun;2028-yil — 800 mingta tahlil uchun;2029-yil — 900 mingta tahlil uchun;2030-yildan boshlab — 1 millionta tahlil uchun.2027-yildan boshlabDavlat budjeti mablagʻlariIqtisodiyot va moliya vazirligi,Sogʻliqni saqlash vazirligi3. Gemokonteynerlarning xaridi bolalar va kattalar uchun moʻljallangan hajmlarda ehtiyojdan kelib chiqib amalga oshirilishini taʼminlash.2026-yildan boshlabAjratilgan mablagʻlar doirasidaSogʻliqni saqlash vazirligi10.Qon bilan ishlash xizmati tashkilotlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash.1. Qon bilan ishlash xizmati tashkilotlarini 7 turdagi (virus inaktivator, qon separatori, rentgen nurlatgich, 2 turdagi qon uchun refrijeratorli sentrifuga, past haroratli (-40°C) muzlatkich va sovitkichlar) 146 ta tibbiy asbob-uskunalar bilan jihozlash.2026-yilDavlat budjeti mablagʻlari 60 mlrd soʻmSogʻliqni saqlash vazirligi,Iqtisodiyot va moliya vazirligi2027-yilDavlat budjeti mablagʻlari 42 mlrd soʻm2026-yil“KfW” banki (Germaniya) grantlari 8 mln yevro2. Respublika qon quyish markazida davlat-xususiy sheriklik asosida yiliga 20 tonnagacha plazmani qayta ishlash hajmiga ega, “Zarur ishlab chiqarish amaliyoti — GMP” talablariga javob beradigan qon preparatlarini ishlab chiqarish korxonasini tashkil qilish.2026 — 2028-yillarInvestitsiya mablagʻlari 10 mln AQSH dollariSogʻliqni saqlash vazirligi11.Qon va uning tarkibiy qismlari logistikasini takomillashtirish.1. Amaldagi qon va uning tarkibiy qismlari logistikasi tizimini tanqidiy oʻrganish. Bunda chekka va olis hududlar, hududlarning oʻziga xos sharoitlari inobatga olinadi.2026-yil mart-Sogʻliqni saqlash vazirligi,Iqtisodiyot va moliya vazirligi2. Qon va uning tarkibiy qismlari logistikasi tizimini takomillashtirish boʻyicha sogʻliqni saqlash vaziri buyrugʻini qabul qilish.Bunda qon va uning tarkibiy qismlarini tashish uchun tibbiyot tashkilotlarining transport vositalari bilan taʼminoti, qon va uning tarkibiy qismlarini belgilangan talablarga muvofiq xavfsiz tashish sharoitlarini taʼminlash inobatga olinadi.2026-yil aprel12.Qon donorlaridan qon va uning tarkibiy qismlarining davlat zaxirasini koʻpaytirish.1. Qurolli Kuchlar hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda begʻaraz donorlikni tashkil etish boʻyicha qoʻshma qaror qabul qilish.2026-yil mart-Sogʻliqni saqlash vazirligi,Mudofaa vazirligi,Ichki ishlar vazirligi,Milliy gvardiya,Bojxona qoʻmitasi,Davlat xavfsizlik xizmati,Bosh prokuratura2. Qoʻshma qaror doirasida Qurolli Kuchlar tarkibiga kiruvchi vazirlik va idoralar hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga qon yigʻuvchi mobil guruhlarning tashrifi boʻyicha yillik reja-jadvalini tasdiqlash va tashriflarini tashkil etish.2026-yil martdan boshlab reja-jadval asosida13.Qon bilan ishlash xizmati tashkilotlarini moliyalashtirish usullarini takomillashtirish.1. Qon bilan ishlash xizmati tashkilotlarini ular tomonidan tayyorlanadigan (yigʻiladigan) qon va qon mahsulotlari hajmidan kelib chiqqan holda moliyalashtirish boʻyicha ilgʻor xorijiy tajribani oʻrganish.2026-yil iyul-Sogʻliqni saqlash vazirligi,Iqtisodiyot va moliya vazirligi2. Qon bilan ishlash xizmati tashkilotlarini moliyalashtirish usullarini takomillashtirish yuzasidan takliflarni ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.2026-yil oktabr14.Qon bilan ishlash xizmati xodimlariga moddiy ragʻbatlantirish choralarini qoʻllash tizimini takomillashtirish.2026 — 2030-yillarda aholi orasida begʻaraz donorlik harakatini rivojlantirishning maqsadli koʻrsatkichlari hamda standart operatsion jarayonlar va xavfsizlik bayonnomalaridan kelib chiqib, qon bilan ishlash xizmati xodimlari faoliyati samaradorligini baholash tizimini joriy qilish va ularga faoliyatining natijadorligiga qarab (KPI) moddiy ragʻbatlantirish choralarini qoʻllash.2027-yil mart-Sogʻliqni saqlash vazirligi15.Hududiy qon bilan ishlash xizmati tashkilotlari faoliyatini takomillashtirish.1. Sirdaryo va Toshkent viloyatlarida qon bilan ishlash xizmati tashkilotlari faoliyatini yangi qurib bitkazilgan bino va inshootlarda tashkil qilish.2026-yil yanvar-Sirdaryo va Toshkent viloyati hokimliklari,Sogʻliqni saqlash vazirligi2. Qoraqalpogʻiston Respublikasi qon quyish stansiyasi uchun qoʻshimcha bino qurish.Namangan viloyati qon quyish stansiyasi uchun binolarni qurish va rekonstruksiya qilish.2027-yil dekabr2027-yilda Davlat budjetidan obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish uchun ajratilgan mablagʻlar 24,5 mlrd soʻmQoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi,Namangan viloyati hokimligi16.Qon bilan ishlash xizmati mutaxassislarining kasbiy malakasini oshirish.1. Standart operatsion jarayonlar va xavfsizlik bayonnomalarini inobatga olgan holda yiliga 30 tadan mutaxassislarni rivojlangan davlatlarda malaka oshirishga yuborish (jami 150 nafar).2026 — 2030-yillarTibbiyotni rivojlantirish davlat maqsadli jamgʻarmasi mablagʻlariSogʻliqni saqlash vazirligi,Respublika qon quyish markazi2. Qon bilan ishlash xizmati tashkilotlarining xodimlarini 6 turdagi yangi tibbiy texnologiyalarda ishlashni oʻrgatish (har bir hududdan 6 ta shifokor va 6 ta hamshira-laborant, jami 90 ta shifokor va 90 ta hamshira-laborant).2026-yil(reja-jadval asosida)Qon bilan ishlash xizmati tashkilotlarining budjetdan tashqari mablagʻlari17.Xalqaro hamkorlikni rivojlantirish.Xorijiy yetakchi klinikalarning transfuziologiya yoʻnalishida faoliyat yuritayotgan mutaxassis va ekspertlar bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyish.2026 — 2030-yillar-Sogʻliqni saqlash vazirligi,Respublika qon quyish markazi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 20-yanvardagi PQ-19-son qaroriga2-ILOVA

Respublika qon quyish markazi va hududiy qon bilan ishlash xizmati tashkilotlarini taʼminlash uchun tibbiy jihozlar

T/rTashkilot nomiVirus inaktivatorQon avtomatik separatoriRentgen nurlatgichQonni qayta ishlash uchun refrejiratorli sentrifugaQonni qayta ishlash uchun refrejiratorli sentrifuga(yopiq tizimli)Oʻta past haroratli muzlatkich(-40°)Sovitkich1.Qoraqalpogʻiston Respublikasi qon quyish stansiyasi11-21222.Andijon viloyati qon quyish stansiyasi11121223.Buxoro viloyati qon quyish stansiyasi11121224.Jizzax viloyati qon quyish stansiyasi11121225.Qashqadaryo viloyati qon xizmati markazi11121226.Navoiy viloyati qon quyish stansiyasi11121227.Namangan viloyati qon quyish markazi11121228.Samarqand viloyati qon quyish stansiyasi11121229.Surxondaryo viloyati qon quyish stansiyasi111212210.Sirdaryo viloyati qon quyish stansiyasi111212211.Toshkent viloyati qon quyish stansiyasi--1--2212.Fargʻona viloyati qon quyish markazi111212213.Xorazm viloyati qon quyish markazi111212214.Toshkent shahar “Qon preparatlari” ilmiy ishlab chiqarish korxonasi111212215.Respublika qon quyish markazi-2-4222JAMI:13151330153030

Izoh. Sogʻliqni saqlash vazirligiga mazkur roʻyxatga oʻzgartirish kiritish hamda ehtiyojdan kelib chiqib, jihozlarni boshqa qon bilan ishlash xizmati tashkilotiga qayta taqsimlash vakolati beriladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 20-yanvardagi PQ-19-son qaroriga3-ILOVA

2026 — 2030-yillarda aholi orasida begʻaraz donorlik harakatini rivojlantirishning

T/rMaqsadli koʻrsatkichlar2026-yil2027-yil2028-yil2029-yil2030-yil1.Donatsiyalar, qon (plazma, trombotsitlar) topshirishlar soni600 000700 000800 000900 0001 000 0002.Har ming nafar aholiga donatsiyalar soni10152025303.Begʻaraz qon donorlari soni400 000500 000625 000750 000900 0004.Qon tayyorlashda mobil (sayyor) guruhlarning ulushi, foizda40424446505.Tayyorlangan qon miqdori, litrda250 000300 000350 000400 000450 0006.Albumin, litrda1 0002 0002 5005 00010 0007.Immunoglobulinlar, dozada2 0003 0004 0006 00012 0008.Gemotransmissiv infeksiyalar aniqlangan qon hajmining tayyorlangan qon hajmiga nisbati, foizda54,54,03,93,89.Standart operatsion jarayonlar va xavfsizlik bayonnomalari boʻyicha qon xizmati tashkilotlari xodimlarini oʻqitish, foizda100----10.Qon xizmati tashkilotlari xodimlarini rivojlangan davlatlarda malakasini oshirish, soni3030303030

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 20-yanvardagi PQ-19-son qaroriga4-ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar

1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 10-fevraldagi “Oʻzbekiston Respublikasida gematologiya va transfuziologiya xizmatlarini rivojlantirish hamda onkogematologik va davolash qiyin boʻlgan kasalliklarga chalingan shaxslarni yanada qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4592-son qaroriga 1-ilovaning 15 va 17-bandlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.

2. Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 23-iyuldagi “Oʻzbekiston Respublikasi faxriy donori” (“Pochetniy donor Respubliki Uzbekistan”) koʻkrak nishoni toʻgʻrisida”gi 202-son qarorida:

(a) nomidagi “(“Pochetniy donor Respubliki Uzbekistan”)” soʻzlari chiqarib tashlansin;

(b) 1, 2 va 3-bandlardagi “(“Pochetniy donor Respubliki Uzbekistan”)” soʻzlari chiqarib tashlansin;

(v) 1-ilovada:

nomidagi “(“Pochetniy donor Respubliki Uzbekistan”)” soʻzlari chiqarib tashlansin;

1-band, 2-bandning birinchi xatboshisi, 3-band, 3-1-bandning birinchi va ikkinchi xatboshilari, 4 va 5-bandlardagi “(“Pochetniy donor Respubliki Uzbekistan”)” soʻzlari chiqarib tashlansin;

(g) 2-ilovaning nomidagi “(“Pochetniy donor Respubliki Uzbekistan”)” soʻzlari chiqarib tashlansin.

3. Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 27-noyabrdagi 324-son qarori bilan tasdiqlangan Qon bilan ishlash xizmati faoliyatini muvofiqlashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 14-bandida:

(a) quyidagi mazmundagi beshinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:

“aholi orasida begʻaraz donorlik madaniyatini shakllantirish, donorlik harakatini keng jamoatchilik ishtirokida rivojlantirish, donorlarga sifatli xizmatlar koʻrsatish va ular uchun qulay shart-sharoitlar yaratish choralarini koʻradilar”;

(b) beshinchi xatboshi oltinchi xatboshi deb hisoblansin.

4. Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 2-oktabrdagi 619-son qarori bilan tasdiqlangan Kasalliklarni ambulator sharoitda davolashda dori vositalari xarajatlarini qoplash boʻyicha reimbursatsiya dasturi toʻgʻrisidagi nizomning 8-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“8. Reimbursatsiya dasturining budjeti Jamgʻarmadan birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalariga ajratilgan mablagʻlarning 10 foizigacha miqdorida belgilanadi”.

5. Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 4-noyabrdagi 694-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat va nodavlat tibbiyot tashkilotlarida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan tibbiy yordam koʻrsatish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 7-bandida:

(a) ikkinchi xatboshida:

(i) “va hududiy darajalarda” soʻzlari “darajasida” soʻzi bilan hamda “2026-yil 1-yanvardan” soʻzlari “2026-yil 1-iyuldan” soʻzlari bilan almashtirilsin;

(ii) “boshlab” soʻzidan keyin “davlat tibbiy sugʻurtasi mexanizmlari joriy etilgan hududlarda” soʻzlari bilan toʻldirilsin;

(b) uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“hududiy darajada — imtiyozli bemorlarga, 2026-yil 1-iyuldan boshlab davlat tibbiy sugʻurtasi mexanizmlari joriy etilgan hududlarda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-sentabrdagi “Davlat tibbiy sugʻurtasi mexanizmlarini joriy etishga oid chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-311-son qarorining 3-bandida nazarda tutilgan aholi toifalariga”;

(v) quyidagi mazmundagi toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:

“respublika darajasida — imtiyozli bemorlarga, 2027-yil 1-yanvardan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-sentabrdagi “Davlat tibbiy sugʻurtasi mexanizmlarini joriy etishga oid chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-311-son qarori 3-bandining beshinchi xatboshisida nazarda tutilgan aholi toifalariga”.

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.