PF-25-son Farmon · 16.02.2026

Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi islohotlarni ilgʻor xalqaro amaliyot asosida jadallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Farmon
  • Raqami:PF-25
  • Qabul qilingan sana:16.02.2026
  • Kuchga kirgan sana:18.02.2026
  • Holati:Amalda
  • Rasmiy nashr:QMMB 06/26/25/0150

Texnik jihatdan tartibga solish sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarni yanada jadallashtirish, texnik reglamentlarni xalqaro talab va standartlarga asoslangan holda qabul qilish, bozor nazorati tamoyillarini joriy qilish, shuningdek, sohada raqobat muhitini shakllantirish uchun shart-sharoit yaratish maqsadida qaror qilaman:

I. Ustuvor yoʻnalishlar va maqsadlar

1. Quyidagilar texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi islohotlarning ustuvor yoʻnalishlari etib belgilansin:

(a) texnik jihatdan tartibga solish, metrologiya va muvofiqlikni baholash sohasida amaldagi samarasiz nazorat tizimini bekor qilish, mahsulotning bozor nazorati amaliyotini joriy etish;

(b) sanoatda toʻliq xalqaro standartlarni qoʻllashga oʻtish;

(v) milliy sifat infratuzilmasi ishtirokchilari mustaqil faoliyatiga shart-sharoit yaratish va manfaatlari toʻqnashuvini bartaraf etish;

(g) sanoat metrologiyasi, oʻlchash vositalari verifikatsiyasi va kalibrlashni keng joriy qilish, qiyoslash amaliyotidan voz kechish;

(d) ishlab chiqarish va xizmat koʻrsatish korxonalari, tadbirkorlikning barcha yoʻnalishlari hamda oddiy isteʼmolchilarni qamrab oluvchi “sifat madaniyati”ni shakllantirish.

2. Quyidagilar Milliy sifat infratuzilmasini rivojlantirishning 2026-yil uchun asosiy maqsadli koʻrsatkichlari etib belgilansin:

(a) Barqaror rivojlanish uchun sifat infratuzilmasi indeksida Oʻzbekiston Respublikasi oʻrnini kamida 20 pogʻonaga koʻtarish;

(b) Xalqaro tarozi va oʻlchovlar byurosi tomonidan eʼtirof etilgan kalibrlash imkoniyatlari sonini 2,5 barobarga oshirish;

(v) xalqaro darajada tan olingan akkreditatsiya xizmatlari ulushini kamida 80 foizga yetkazish.

II. Sohani isloh qilishning tashkiliy asoslari

3. Milliy sifat infratuzilmasi ishtirokchilarining mustaqil faoliyatini yoʻlga qoʻyish hamda sohada raqobat muhitini shakllantirish maqsadida:

(a) Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi tizimidagi Oʻzbekiston akkreditatsiya markazi, amaldagi faoliyat yoʻnalishi, shtat birliklari, mol-mulki hamda moliyalashtirish tartibi va manbalari saqlab qolingan holda Vazirlar Mahkamasi boʻysunuviga oʻtkazilsin;

(b) Oʻzbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi faoliyati toʻxtatilsin hamda uning tarkibidagi mahsulotlarni sertifikatlashtirish idoralari tugatilsin;

(v) Oʻzbekiston standartlar instituti unga Oʻzbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazini qoʻshib olish orqali qayta tashkil etilsin.

4. Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) bilan birgalikda 2026-yil 1-avgustga qadar, Oʻzbekiston standartlar institutiga oʻtkaziladigan sinov laboratoriyalari imkoniyatlaridan foydalanish samaradorligini oshirish hamda mahalliy bozorda xalqaro muvofiqlikni baholash va inspeksiya tashkilotlarining ishtirokini oshirish yuzasidan taklif kiritsin.

III. Bozor nazorati tizimini joriy etish

5. Ichki bozorni xavfsiz mahsulotlar bilan taʼminlashga qaratilgan hamda quyidagilarni nazarda tutuvchi bozor nazorati tizimi yaratilsin:

(a) bozor nazoratini mahsulot turi va xususiyatidan kelib chiqib xavf-tahlil natijalariga asoslangan holda tashkil etish;

(b) bozor nazoratini amalga oshiruvchi davlat organlari va ularning faoliyat sohalarini Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilash;

(v) idoralararo Bozor nazorati milliy axborot tizimini joriy etish;

(g) bozor nazoratiga oid faoliyatni Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan moliyalashtirish.

6. Belgilansinki, bozor nazorati hamda muvofiqlikni baholash tizimlarini xalqaro amaliyotga muvofiq tashkil etish maqsadida:

(a) 2027-yil 1-yanvardan boshlab texnik reglamentlarning obyekti hisoblangan mahsulotlar uchun “milliy muvofiqlik belgisi” (Conformity Uzbekistan) joriy qilinadi hamda ularning muvofiqligi xavf-xatarga asoslangan yondashuv asosida baholanadi;

(b) mazkur Farmonga muvofiq yangi texnik reglamentlar qabul qilinishi yoki amaldagilari bekor boʻlishi natijasida, texnik reglamentlar obyekti hisoblangan mahsulotlar muvofiqligi majburiy baholanadigan mahsulotlar roʻyxatidan chiqariladi.

IV. Sohada biznes muhitini rivojlantirish

7. 2026-yil 1-apreldan boshlab muvofiqlikni baholash sohasida tadbirkorlik subyektlariga quyidagi yengilliklar joriy etilsin:

(a) muvofiqlikni baholash organlari tomonidan akkreditatsiya sohasida koʻrsatilgan pullik xizmatlar tushumidan ajratmalar 2,5 barobarga kamaytirilib, 2 foiz miqdorida belgilanadi hamda toʻliqligicha Oʻzbekiston akkreditatsiya markazi ixtiyorida qoldiriladi;

(b) tadbirkorlik subyektlari tomonidan ikki va undan ortiq akkreditatsiyadan oʻtgan holda muvofiqlikni baholash xizmatlari yoʻlga qoʻyilgan sohada davlat organlari va tashkilotlari tomonidan ushbu sohada sinov laboratoriyalari va sertifikatlash organlari tashkil etilishiga yoʻl qoʻyilmaydi;

(v) veterinariya, oʻsimliklar karantini, sanitariya va muvofiqlikni baholash sohasi mutaxassislarining malakasini oshirishda oʻquv dasturi va taʼlim tashkilotini mustaqil tanlash imkoni beriladi;

(g) muvofiqlikni baholash organlariga Milliy akkreditatsiya tizimida akkreditatsiya oʻtgan holda eksport bozorlarida talab etilayotgan xorijiy standartlar asosida muvofiqlikni baholash ishlarini oʻtkazishga ruxsat etiladi.

V. Sifat boʻyicha koʻmakchi

8. 2026-yil 1-apreldan boshlab shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:

(a) mazkur Farmonning 1-ilovasida keltirilgan davlat organlari va davlat ishtirokidagi korxonalarning amaldagi rahbar oʻrinbosarlaridan biriga texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish va metrologiya sohalaridagi ishlarni muvofiqlashtiruvchi — sifat menejeri (quality manager) vazifalari yuklatiladi;

(b) tuman (shahar) hokimlari yordamchilarining faoliyatini eng muhim samaradorlik koʻrsatkichlari (KPI) asosida baholashda, korxonalarda xalqaro standartlar va menejment tizimlarini joriy etish koʻrsatkichi kiritiladi;

(v) sifat menejeri hamda hokim yordamchilarining korxonalarda xalqaro standartlar va menejment tizimlarini joriy etish bilan bogʻliq faoliyatiga oid masalalar Agentlik tomonidan “Sifat boʻyicha koʻmakchi” elektron platformasi orqali muvofiqlashtiriladi.

VI. Texnik reglamentlar va standartlar

9. Quyidagilar:

(a) Xalqaro amaliyot hamda texnik jihatdan tartibga solish taʼsirini baholash natijalari asosida texnik reglamentlarni qayta koʻrib chiqish dasturi 2-ilovaga muvofiq;

(b) 2026 — 2028-yillarga moʻljallangan xalqaro standartlarni qabul qilish boʻyicha maqsadli koʻrsatkichlar 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

10. Belgilansinki, standart va texnik reglament ishlab chiqish va qabul qilish amaliyotini xalqaro talablar asosida tashkil etish maqsadida:

(a) 2026-yil 1-maydan boshlab har qanday darajadagi standartlardan foydalanishga ixtiyoriy tus beriladi, xalqaro (mintaqaviy, xorijiy) standartlarni respublika hududida qabul qilishning xalqaro amaliyoti joriy etiladi hamda standartlaring rasmiy roʻyxati milliy standartlar darajasida shakllantiriladi;

(b) 2027-yil 1-yanvardan boshlab texnik reglamentlarni sunʼiy intellektni qoʻllagan holda sanoat, tadbirkorlik va mahsulot xavfsizligini taʼminlashga taʼsirni va kutilayotgan samaradorlikni oldindan baholash “regulation impact assessment” (texnik jihatdan tartibga solish taʼsirini baholash) natijalariga asoslangan holda qabul qilish amaliyoti joriy etiladi.

11. Agentlik hamda Oʻzbekiston standartlar institutiga standartlashtirish boʻyicha texnik qoʻmitalar mavjud sohalar uchun standartlar ishlab chiqish majburiyatini yuklash taqiqlansin.

12. Quyidagi iqtisodiyot tarmoqlarida ishlab chiqarish va xizmat koʻrsatish toʻliq xalqaro standartlar asosida tashkil etilsin:

(a) 2026-yil 1-iyuldan toʻqimachilik, charm, mebel, elektrotexnika, avtomobilsozlik, axborot texnologiyalari;

(b) 2027-yil 1-yanvardan neft va gaz, metallurgiya, transport, qurilish mahsulotlari, tibbiy buyumlar;

(v) 2028-yil 1-yanvardan energetika, kimyo, ekologiya, xizmat koʻrsatish sohalari.

VII. Metrologiya

13. Metrologiya sohasini xalqaro talablar bilan muvofiqlashtirish maqsadida 2027-yil 1-yanvardan boshlab:

(a) oʻlchash vositalarini qiyoslash amaliyotidan voz kechgan holda, qonunlashtiruvchi metrologiya doirasida verifikatsiyalash tizimi joriy etiladi;

(b) sanoatda foydalanilayotgan va mahsulot sifatiga bevosita taʼsir qiladigan oʻlchash vositalari kalibrlashga oʻtkaziladi va standart namunalarni attestatsiyadan oʻtkazish tartibi bekor qilinadi;

(v) kalibrlash laboratoriyalarining Xalqaro tarozi va oʻlchashlar byurosi bazasida eʼtirof etilgan kalibrlash imkoniyatlari qayd etilgan yoʻnalishlari akkreditatsiyadan oʻtishdan ozod qilinadi.

14. 2026-yilda xarid qilinadigan etalonlar va yuqori aniqlikdagi oʻlchash vositalari roʻyxati 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

VIII. Akkreditatsiya

15. Akkreditatsiya tizimining xalqaro talablarga muvofiq mustaqil va betaraf faoliyat yuritishini taʼminlash maqsadida:

(a) Agentlikning akkreditatsiya sohasidagi vakolatlari bekor qilinadi;

(b) qonunchilik va ijro etilishi majburiy boʻlgan boshqa hujjatlarda akkreditatsiya organiga biror-bir tashkilotni akkreditatsiyadan oʻtkazish majburiyatini yuklovchi normalar kiritish taqiqlanadi;

(v) akkreditatsiya boʻyicha kengash nizomini va tarkibini tasdiqlash vakolatlari akkreditatsiya organiga oʻtkaziladi.

16. 2026-yil 1-sentabrdan boshlab akkreditatsiya qilingan laboratoriyalarning sinov bayonnomalari (ishlab chiqarishdagi laboratoriyalar ichki ehtiyojlari uchun oʻtkazgan sinovlari bundan mustasno) “e-akkreditatsiya” axborot tizimida roʻyxatga olingan holda rasmiylashtiriladi hamda akkreditatsiya organiga “Texnik jihatdan tartibga solish” milliy axborot tizimidan moneliksiz foydalanish imkoniyati yaratiladi.

IX. Kadrlar salohiyatini oshirish

17. Texnik jihatdan tartibga solish sohasida kadrlar tayyorlash tizimini rivojlantirishni yangi bosqichga olib chiqish maqsadida:

(a) Istiqbolli kadrlarni tayyorlash boʻyicha “El-yurt umidi” jamgʻarmasining magistratura va doktorantura dasturlari boʻyicha taʼlim olish uchun stipendiya kvotalarini ajratishda texnik jihatdan tartibga solish (shu jumladan, standartizatsiya, metrologiya va akkreditatsiya) sohasiga ham maqsadli asosda ustuvorlik beriladi;

(b) 2026/2027 oʻquv yilidan boshlab standartlashtirish, metrologiya va muvofiqlikni baholash yoʻnalishlarida tahsil olayotgan oliy taʼlim muassasalari talabalari uchun:

(i) Agentlik va uning tizim tashkilotlarining mablagʻlari hisobidan “Maxsus stipendiya” taʼsis etiladi;

(ii) rivojlangan davlatlar, xususan Yevropa Ittifoqining texnik jihatdan tartibga solish (Technical Regulation) tizimini oʻrganish modeli asosida dars soatlari joriy qilinadi;

(iii) soʻnggi 2 yilni xorijiy universitetda davom ettirishni nazarda tutuvchi “2+2” shaklidagi qoʻshma taʼlim dasturlari ishlab chiqiladi.

X. Farmon ijrosini tashkil etish, taʼminlash va nazorat

18. Texnik jihatdan tartibga solish sohasini ilgʻor xorijiy tajriba asosida takomillashtirishga qaratilgan chora-tadbirlar dasturi 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

19. Iqtisodiyot va moliya vazirligi Davlat budjeti hisobidan quyidagi vazifalarni bajarish uchun mablagʻlar ajratilishini taʼminlasin:

(a) mazkur Farmonga 3-ilovada keltirilgan xalqaro standartlar qabul qilish uchun 2026 — 2028-yillarda Oʻzbekiston standartlar institutiga 78,8 mlrd soʻm;

(b) mazkur Farmonga 4-ilovada koʻrsatilgan etalonlar va yuqori aniqlikdagi oʻlchash vositalarini xarid qilish uchun 2026-yilda Oʻzbekiston milliy metrologiya institutiga 250 mlrd soʻm.

20. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim hujjatlariga 6-ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilsin.

21. Agentlik manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda qonunchilik hujjatlariga mazkur Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.

22. Mazkur Farmonning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib Bosh vazir oʻrinbosarlari J.A. Qoʻchqorov hamda J.A. Xodjayev belgilansin.

23. Farmon ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV

Toshkent sh.,

2026-yil 16-fevral,

PF-25-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 16-fevraldagi PF-25-son Farmoniga1-ILOVA

Rahbarining oʻrinbosariga texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish va metrologiya sohalaridagi ishlarni muvofiqlashtirish vazifalari yuklatiladigan davlat organlari va davlat ishtirokidagi korxonalar

T/rDavlat organlari va davlat ishtirokidagi korxonalar nomi1.Raqamli texnologiyalar vazirligi 2.Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi3.Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi4.Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi5.Energetika vazirligi6.Favqulodda vaziyatlar vazirligi7.Qishloq xoʻjaligi vazirligi8.Transport vazirligi9.Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi10.Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi11.Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi12.Atom energiyasi agentligi13.Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi14.Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi15.“Oʻzavtosanoat” AJ16.“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ17.“Oʻzbekneftgaz” AJ18.“Oʻzkimyosanoat” AJ19.“Oʻzdonmahsulot” AK20.“Oʻzsuvtaʼminot” AJ21.“Oʻzbekgidroenergo” AJ22.“Oʻzikkilamchiranglimetall” AJ23.“Oʻzmetkombinat” AJ24.“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ25.“Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ26.“Issiqlik elektr stansiyalari” AJ27.“Hududgaztaʼminot” AJ28.“Oʻzbekkoʻmir” AJ29.“Navoiy KMK” AJ30.“Olmaliq KMK” AJ31.“Shargʻunkoʻmir” AJ32.“Oʻzbektelekom” AK33.“Navoiyuran” DK34.“Toshkent metropoliteni” DUK35.“Toshkent metallurgiya kombinati” AJ36.“Oʻzbekiston texnologik metallar kombinati” AJ

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 16-fevraldagi PF-25-son Farmoniga2-ILOVA

Xalqaro amaliyot hamda texnik jihatdan tartibga solish taʼsirini baholash natijalari asosida texnik reglamentlarni qayta koʻrib chiqish

T/rTartibga solinadigan mahsulot guruhi yoki maxsus talablarTexnik jihatdan tartibga solish taʼsirini baholash va Hukumatga taklif kiritish muddatiAmaldagi texnik reglamentlarning amal qilishi bekor qilinadigan sanalarFoydalaniladigan xorijiy davlatlar tajribasiMasʼul ijrochilar1.Shaxsiy himoya vositalari2026-yil oktabrYongʻin xavfsizligini taʼminlash va yongʻin oʻchirish vositalariga qoʻyiladigan talablar toʻgʻrisida,2027-yil 1-oktabrYevropa Ittifoqi,Singapur,YaponiyaBandlik vazirligi,Favqulodda vaziyatlar vazirligi2.Qishloq va oʻrmon xoʻjaligi transporti2026-yil oktabrMuomalaga chiqarilayotgan qishloq va oʻrmon xoʻjaligi transport vositalari va mashinalarining xavfsizligi toʻgʻrisida,2027-yil 1-oktabrAvstraliya,Yevropa Ittifoqi,Koreya Respublikasi,NorvegiyaQishloq xoʻjaligi vazirligi,Transport vazirligi3.Qadoqlar va qadoqlarni yopish vositalari2026-yil oktabrQadoqlar va qadoqlarni yopish vositalari xavfsizligi toʻgʻrisida,2027-yil 1-iyunSaudiya Arabistoni,Yevropa Ittifoqi,Xitoy Xalq RespublikasiTexnik tartibga solish agentligi,Sogʻliqni saqlash vazirligi4.Elektrotexnika va radioelektronika mahsulotlaridagi xavfli moddalar2026-yil oktabrElektrotexnika va radioelektronika mahsulotlarida xavfli moddalarni ishlatishni cheklash toʻgʻrisida,2027-yil 1-fevralYevropa Ittifoqi,Turkiya,Koreya RespublikasiTexnik tartibga solish agentligi,Sogʻliqni saqlash vazirligi5.Texnik vositalarning elektromagnit moslashuvchanligi2026-yil noyabrTexnik vositalarning elektromagnit mosligi toʻgʻrisida,2027-yil 1-iyunBuyuk Britaniya,Singapur,Yevropa Ittifoqi,YaponiyaRaqamli texnologiyalar vazirligi6.Bosim ostida ishlaydigan qurilmalar2026-yil noyabrBosim ostida ishlaydigan uskunalaring xavfsizligi toʻgʻrisida,2027-yil 1-noyabrTurkiya,Koreya Respublikasi,Yevropa IttifoqiSanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi7.Mashina va qurilmalar2026-yil dekabrShaxta koʻtarish qurilmalarining xavfsizligi toʻgʻrisida,2027-yil 1-sentabrGaz holatidagi yoqilgʻida ishlovchi apparatlarning xavfsizligi toʻgʻrisida,2027-yil 1-sentabrPortlash xavfi boʻlgan muhitlarda ishlatiladigan asbob-uskunalar xavfsizligi toʻgʻrisida,2027-yil 1-sentabrAttraksionlar xavfsizligi toʻgʻrisida,2027-yil 1-sentabrTurkiya,Koreya Respublikasi,Yevropa IttifoqiSanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi,Kon-geologiya vazirligi,Favqulodda vaziyatlar vazirligi8.Temir yoʻl transporti mahsulotlari2027-yil fevralTexnik jihatdan foydalanishda temir yoʻl transporti xavfsizligi toʻgʻrisida,2027-yil 1-oktabrFoydalanishga topshiriladigan harakatdagi temir yoʻl tarkibi xavfsizligi toʻgʻrisida,2027-yil 1-oktabrTemir yoʻl transporti infratuzilmasi xavfsizligi toʻgʻrisida,2027-yil 1-oktabrYuqori tezlikdagi temir yoʻl transporti xavfsizligi toʻgʻrisida,2027-yil 1-oktabrYevropa Ittifoqi,Koreya Respublikasi,YaponiyaTransport vazirligi9.Bolalar oʻyinchoqlari2027-yil fevralBolalar oʻyinchoqlarining xavfsizligi toʻgʻrisida,2027-yil 1-oktabrYevropa Ittifoqi,Koreya Respublikasi,Kanada,YaponiyaTexnik tartibga solish agentligi,Sogʻliqni saqlash vazirligi10.Past voltli uskunalar2027-yil fevralPast kuchlanishli uskunalar xavfsizligi toʻgʻrisida,2027-yil 1-oktabrAvstraliya,Yevropa Ittifoqi,Yaponiya,Koreya RespublikasiEnergetika vazirligi,Texnik tartibga solish agentligi11.Qurilmalarning energiya samaradorligi2027-yil fevralMavjud emasAQSH,Yevropa Ittifoqi,Singapur,Turkiya,YaponiyaEnergetika vazirligi,Texnik tartibga solish agentligi12.Tibbiyot buyumlari2027-yil fevralDori vositalarining xavfsizligi toʻgʻrisida,2027-yil 1-oktabrYevropa Ittifoqi,Turkiya,Koreya RespublikasiSogʻliqni saqlash vazirligi,Texnik tartibga solish agentligi13.Kimyoviy moddalar va mahsulotlar2027-yil martMoylash materiallari, texnik moylar va texnik suyuqliklarga talablar toʻgʻrisida,2027-yil 1-dekabrAvtomobil va aviatsiya benziniga, dizel va kema yonilgʻisiga, reaktiv dvigatellar uchun yonilgʻiga va mazutga qoʻyiladigan talablar toʻgʻrisida,2027-yil 1-dekabrYengil sanoat mahsulotlari xavfsizligi toʻgʻrisida,2027-yil 1-dekabrCharm-poyabzal mahsulotlarining xavfsizligi toʻgʻrisida,2027-yil 1-dekabrYevropa Ittifoqi,Saudiya Arabistoni,Koreya RespublikasiEnergetika vazirligi,Sogʻliqni saqlash vazirligi,Texnik tartibga solish agentligi14.Qurilish mahsulotlari2027-yil martMetallurgiya mahsulotlari xavfsizligi toʻgʻrisida,2027-yil 1-dekabrEshik va derazalarning xavfsizligi toʻgʻrisida,2027-yil 1-dekabrYevropa Ittifoqi,Koreya RespublikasiQurilish vazirligi15.Oʻgʻitlar2027-yil martOrganik va organik-mineral oʻgʻitlar xavfsizligi toʻgʻrisida,2027-yil 1-dekabrMineral oʻgʻitlar xavfsizligi toʻgʻrisida,2027-yil 1-dekabrBuyuk Britaniya,Yevropa Ittifoqi,KanadaQishloq xoʻjaligi vazirligi16.Gʻildirakli transport vositalari2027-yil aprelMuomalaga chiqarilayotgan gʻildirakli transport vositalarining xavfsizligi toʻgʻrisida,2028-yil 1-yanvarSiqilgan tabiiy gazda, suyultirilgan neft gazida yoki dizel va gazsimon yoqilgʻi aralashmasida ishlaydigan transport vositalarining xavfsizligi toʻgʻrisida,2028-yil 1-yanvarAvtotransport vositalari konstruksiyasining foydalanish shartlari boʻyicha xavfsizligi toʻgʻrisida,2028-yil 1-yanvarYevropa Ittifoqi,Koreya Respublikasi,YaponiyaTransport vazirligi,Texnik tartibga solish agentligi17.Radio jihozlar2027-yil aprelTelekommunikatsiya uskunalarining xavfsizligi toʻgʻrisida,2028-yil 1-yanvarYevropa Ittifoqi,Kanada,Koreya Respublikasi,YaponiyaRaqamli texnologiyalar vazirligi

Izohlar:

1) amaldagi texnik reglamentlar qabul qilinishi natijasida erishilgan samara, shu jumladan, inson hayoti, sogʻligʻi va atrof-muhitga yetkazilishi mumkin boʻlgan zararning oldi olinganligi holati, baxtsiz hodisalar soni kamayishi tendensiyasi, ularning sanoat va tadbirkorlikka taʼsiri (salbiy/ijobiy) oʻrganiladi. Xalqaro talablar asosida qabul qilinishi rejalashtirilayotgan texnik reglament texnik jihatdan tartibga solish taʼsirini baholashdan oʻtkaziladi. Tayyorlangan tahliliy maʼlumotlar asosida Hukumatga tasdiqlash uchun belgilangan tartibda texnik reglament loyihasi yoki texnik reglament qabul qilish ehtiyoji mavjud emasligi yuzasidan asoslangan taklif kiritiladi;

2) Hukumatga kiritilayotgan texnik reglament nomiga va texnik jihatdan tartibga solish obyektlariga oʻzgartirishlar kiritilishi, texnik reglamentlar xorijiy tajriba asosida oʻzaro birlashtirilishi yoki alohida texnik reglamentlarga ajratilishi mumkin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 16-fevraldagi PF-25-son Farmoniga3-ILOVA

2026 — 2028-yillarga moʻljallangan xalqaro standartlarni qabul qilish boʻyicha

SohalarXalqaro standartlar soni / talab etiladigan mablagʻ2026-yilToʻqimachilik sanoati250Charm-poyabzal, moʻynachilik va qorakoʻlchilik sanoati200Mebelsozlik90Elektrotexnika sanoati750Avtomobilsozlik650Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari300Neft va gaz mahsulotlari400Metallurgiya450Transport290Qurilish materiallari500Tabobat texnikasi sanoati490Isteʼmol va texnik etil spirti, alkogol va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarish90Jami standartlar soni:Talab etiladigan mablagʻ:4 46044,65 mlrd soʻm2027-yilElektroenergetika1360Kimyo sanoati450Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish210Qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat mahsulotlari250Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi225Turizm33Qadoqlash60Jami standartlar soni:Talab etiladigan mablagʻ:2 58825,90 mlrd soʻm2028-yilSport jihozlari va anjomlari154Ichimlik suvi taʼminoti va kanalizatsiya120Mudofaa va xavfsizlik100Mehnat munosabatlari124Aholiga ijtimoiy xizmatlar koʻrsatish102Nashriyot-matbaa va axborot-kutubxona faoliyati70Fazoviy maʼlumotlar95Sud-ekspertiza30Avtomatlashtirilgan identifikatsiyalash va maʼlumotlarni yigʻish22Jami standartlar soni:Talab etiladigan mablagʻ:8178,25 mlrd soʻm

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 16-fevraldagi PF-25-son Farmoniga4-ILOVA

2026-yilda xarid qilinadigan etalonlar va yuqori aniqlikdagi oʻlchash vositalari

T/rEtalonlar va yuqori aniqlikdagi oʻlchash vositalari nomiOʻlchash diapazoni1.Geometrik uzunliklarni oʻlchash kompleksi (uch koordinatali oʻlchash tizimi)1 ÷ 1025 mm, 0 ÷ 1000 mm,100 ÷ 50 mm, 900x1600x600 mm2.-50 °S dan 3000 °S gacha oraliqdagi birlamchi radiatsion oʻlchashlar sohasidagi harorat birligi etaloni-50 ÷ 3000 °S3.-50 °S dan 3000 °S gacha oraliqdagi ikkilamchi radiatsion oʻlchashlar sohasidagi harorat birligi etaloni-50 ÷ 3000 °S4.Oʻzgaruvchan tok kuchlanishi birligi etaloni tizimi0,001 ÷ 1000 V5.Vaqt va chastota etalon kompleksiChastota: DC dan 50 GNz gachaVaqt oraligʻi: 0,5 ns dan 1010 s gachaAmplituda: -50 dBm dan +30 dBm gachaModulyatsiya: AM (5 % dan 95 % gacha),FM (1 kNz dan 200 kNz gacha),PM (0,1 rad dan 10 rad gacha)6.Quyosh radiatsiyasi oqimi zichligi etaloni0 W/m-2 dan 2500 W/m-2 gacha7.Faol turdagi vodorod chastota etaloniStabillik:8•10⁻¹⁴ oʻrtacha 1 s, 4•10⁻¹⁵ 100 s, 2•10⁻¹⁵ 10 10 000 s davomidaFaza shovqini: -130 dBC 1 Nz uchun / Chastota boʻyicha yechim (rezolyutsiya):1,6•10⁻¹⁷ dan kichik, uzoq muddatli stabillik (1 kun): 2•10⁻¹⁶8.Birlamchi audimetriya etaloni20 Nz dan 20 kNz gacha9.Seysmik datchiklarini kalibrlash tizimiPikdan pikgacha boʻlgan amplituda tebranishlari 0 — 400 mmChastota 0 — 50 Nz10.Yoqilgʻi sath datchiklarini tekshirish uskunasi0 dan 4 m gacha11.Elektr maydon kuchlanish etaloniChastota diapazoni 0,5 dan 4•10-6 Nz gacha12.E2, F1, F2, M1 klass toshlar toʻplami1mg dan 500 kg gacha13.GPS qabul qiluvchi tizimlari0 dan 10 000 m gacha14.Suyuqlik omborlari (rezervuarlar)ni graduirovka qilish uchun statsionar skanerlik lazer tizimi (3D skaner)Oʻlchash masofasi 130 m15.Qabul qilgich/analizatorlarni kalibrlash tizimi (System for EMI receivers)8 GNz gacha16.Radiochastota signali quvvati datchiklarini kalibrlash tizimi18GNz gacha17.Ulanish davomiyligini oʻlchash tizimi10·103 bit/s dan 4·109 bit/s gacha18.Yassi burchak birligi etaloni0° dan 360° gacha19.Katta oʻlchamdagi uzunlik birligi etaloni tizimi2 000 mm gacha

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 16-fevraldagi PF-25-son Farmoniga5-ILOVA

Texnik jihatdan tartibga solish sohasini ilgʻor xorijiy tajriba asosida takomillashtirishga qaratilgan

T/rChora-tadbirlar nomiAmalga oshirish mexanizmiAmalga oshirish shakliIjro muddatiMasʼul ijrochilarI. Texnik reglamentlar va standartlarni qabul qilish va joriy etishni samarali yoʻlga qoʻyish1.Xalqaro talab va standartlarga asosan texnik reglamentlarni ishlab chiqishning yangilangan huquqiy asoslarini belgilash.1. Texnik reglamentlarni ishlab chiqish borasida xalqaro tajribani oʻrganish.Normativ-huquqiy hujjat loyihasi2026-yil mayTexnik tartibga solish agentligi(A. Jumanazarov),Adliya vazirligi(A. Tashkulov),manfaatdor vazirlik va idoralar2. Texnik reglamentlarning sanoat, tadbirkorlik va mahsulot xavfsizligini taʼminlashga taʼsirini va kutilayotgan samaradorlikni oldindan baholash “regulation impact assessment” (texnik jihatdan tartibga solish taʼsirini baholash) hamda texnik reglamentlarni ishlab chiqishning yangi tartibini yaratish.2026-yil iyul3. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini vazirlik va idoralar bilan kelishish va Hukumatga kiritish.2026-yil avgust2.Milliy standartlarni qabul qilishning yangi tartibini joriy etish, standartlar fondini qayta koʻrib chiqish, standartlarning yangilangan darajalarini joriy etish, ularni xalqaro talablarga moslashtirish.1. Standartlar fondini xatlovdan oʻtkazish.2. Standartlarni “milliy standart”, “dastlabki standart”, “tarmoq standarti”, “korxona standarti”, “texnik tavsiflar” darajalariga ajratish.Amaliy chora-tadbirlar 2026-yil aprelTexnik tartibga solish agentligi(A. Jumanazarov),manfaatdor vazirlik va idoralar3. Xalqaro standartlarni respublika hududida ISO/IEC Guide 21 talablariga muvofiq milliy standart sifatida qabul qilish tizimini yaratish.2026-yil may4. Barcha xalqaro, mintaqaviy va xorijiy davlatlar standartlarini yangi qabul qilingan tizim talablari asosida milliy standart sifatida qayta koʻrib chiqish.2026-yil avgust5. Standartlarning rasmiy roʻyxatini milliy standartlar asosida qayta tuzib chiqish.2026-yil avgust6. Xalqaro standartlarga asoslanmagan milliy standartlarni faqatgina xalqaro standart mavjud boʻlmaganda hamda istisno hollarda milliy xavfsizlik, inson salomatligi yoki xavfsizligini himoya qilish, atrof-muhitni muhofaza qilish, iqlimiy, geografik yoki texnologik xususiyatlardan kelib chiqib talab etilgandagina qabul qilish.Doimiy3.Toʻqimachilik, charm, mebel, elektrotexnika, avtomobilsozlik, axborot texnologiyalari sohalarida xalqaro standartlarga asosan mahsulot ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish choralarini koʻrish.1. Toʻqimachilik, charm, mebel, elektrotexnika, avtomobilsozlik, axborot texnologiyalari sohalaridagi standartlarni xatlovdan oʻtkazish.Amaliy chora-tadbirlar2026-yil martSavdo-sanoat palatasi(D. Vaxabov),Yengil sanoatnirivojlantirish agentligi(N. Xolmurodov),“Oʻzcharmsanoat” uyushmasi(A. Sultanov),“Mebel va yogʻochsozlik sanoati” uyushmasi(R. Akbarov),“Oʻzavtosanoat” AJ(U. Rozukulov),“Oʻzeltexsanoat” uyushmasi(M. Yunusov),Raqamli texnologiyalar vazirligi(Sh. Shermatov)2. Xalqaro standartlarni tahlil qilish hamda aniqlangan maʼnan eskirgan va oʻrnini bosuvchi xalqaro standart mavjud boʻlgan amaldagi standartlarni bekor qilish.2026-yil aprel3. Xalqaro standartlarni qabul qilish.2026-yil may4. Toʻqimachilik, charm, mebel, elektrotexnika, avtomobilsozlik, axborot texnologiyalari sohalarida ishlab chiqariladigan mahsulotlarni qabul qilingan xalqaro standartlarga moslashtirish choralarini koʻrish.Tasdiqlangan rejaga asosan4.Neft va gaz, metallurgiya, transport, qurilish mahsulotlari, tibbiyot sohalarida xalqaro standartlarga asosan mahsulot ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish choralarini koʻrish.1. Neft va gaz, metallurgiya, transport, qurilish mahsulotlari, tibbiy buyumlarga oid amaldagi standartlarni xatlovdan oʻtkazish.Amaliy chora-tadbirlar2026-yil mayEnergetika vazirligi(J. Mirzamahmudov),Qurilish vazirligi(Sh. Xidoyatov),Togʻ-kon sanoativa geologiya vazirligi(B. Islamov),Transport vazirligi(I. Maxkamov),“Oʻzsanoatqurilishma-teriallari” uyushmasi(I. Raximov),“Oʻzbekneftgaz” AJ(A. Sanginov),Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi(A. Azizov)2. Xalqaro standartlarni tahlil qilish hamda aniqlangan maʼnan eskirgan va oʻrnini bosuvchi xalqaro standart mavjud boʻlgan amaldagi standartlarni bekor qilish.2026-yil iyul3. Xalqaro standartlarni qabul qilish.2026-yil dekabr4. Neft va gaz, metallurgiya, transport, qurilish mahsulotlari, tibbiyot buyumlari sohalarida ishlab chiqariladigan mahsulotlarni qabul qilingan xalqaro standartlarga moslashtirish choralarini koʻrish.Tasdiqlangan rejaga asosan5.Energetika, kimyo, ekologiya sohalarida xalqaro standartlarga asosan mahsulot ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish choralarini koʻrish.1. Energetika, kimyo, ekologiya sohalarida standartlarni xatlovdan oʻtkazish.Amaliy chora-tadbirlar2027-yil mayEnergetika vazirligi(J. Mirzamahmudov),“Oʻzkimyosanoat” AJ(O. Temirov), Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi(A. Abduxakimov)2. Xalqaro standartlarni tahlil qilish hamda aniqlangan maʼnan eskirgan va oʻrnini bosuvchi xalqaro standart mavjud boʻlgan amaldagi standartlarni bekor qilish.2027-yil avgust3. Xalqaro standartlarni qabul qilish.2027-yil dekabr4. Energetika, kimyo, ekologiya sohalarida mahsulotlarni ishlab chiqarish, xizmat koʻrsatish va mahsulotlarni qabul qilingan xalqaro standartlarga moslashtirish choralarini koʻrish.Tasdiqlangan rejaga asosan6.Texnik jihatdan tartibga solish sohasida faoliyat yurituvchi mutaxassislar uchun qayta tayyorlash tizimini joriy etish.1. Texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish va metrologiya yoʻnalishi boʻyicha kasbiy qayta tayyorlashdan oʻtkazish tartibini nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish.Normativ-huquqiy hujjat loyihasi2026-yil aprelTexnik tartibga solish agentligi(A. Jumanazarov),manfaatdor vazirlik va idoralar2. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishish va Hukumatga kiritish.2026-yil may7.Hududlardagi sanoat korxonalarida 2026 — 2030-yillarda xalqaro standartlar va menejment tizimlarini joriy etishni tashkil etish.1. Xalqaro standartlar va menejment tizimlari joriy etiladigan 1 500 ta korxona roʻyxatini shakllantirish.Chora-tadbir rejasi2026-yil martQoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari,Savdo-sanoat palatasi(D. Vaxabov),Texnik tartibga solish agentligi(A. Jumanazarov),Boshqaruv samaradorligi agentligi(U. Xusainov)2. Korxonalarga xalqaro standartlar va menejment tizimlarini joriy etish tarmoq jadvalini tasdiqlash.3. Korxonalarga xalqaro standartlar va menejment tizimlarini joriy etishga koʻmaklashish.4. Tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha hokim yordamchilarining faoliyatini muhim samaradorlik koʻrsatkichlari (KPI) asosida baholash, korxonalarda xalqaro standartlar va menejment tizimlarini joriy etish koʻrsatkichini belgilash.2026 — 2030-yillar davomida, dekabr oyining 1-sanasigacha8.Davlat organlari va davlat ishtirokidagi korxonalarda amaldagi rahbar oʻrinbosarlaridan biriga sifat menejeri (quality manager) — mahsulot sifatini taʼminlash vazifalarini yuklash.Rahbar oʻrinbosarlari faoliyatining eng muhim samaradorlik koʻrsatkichlari (KPI)ga:kamida 1 ta xalqaro standartni ishlab chiqish va/yoki joriy qilish;kamida 2 turdagi mahsulotni xalqaro talablarga muvofiq ishlab chiqarishni taʼminlash va doimiy baholab borish.Tashkiliy va amaliy chora-tadbirlar2026 — 2030-yillar davomidaTexnik tartibga solish agentligi(A. Jumanazarov),Boshqaruvsamaradorligi agentligi(U. Xusainov)9.Sifat menejerlari va hokim yordamchilarini texnik tartibga solish, standartlashtirish va metrologiya yoʻnalishlarida oʻqitishni tashkil etish.1. Oʻquv dasturi va uslubiy qoʻllanma ishlab chiqish.Idoraviy hujjat2026-yil aprelTexnik tartibga solish agentligi(A. Jumanazarov),Savdo-sanoat palatasi(D. Vaxabov),manfaatdor vazirliklar, idoralar va tashkilotlar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari2. Oʻquv reja-jadvalini tasdiqlash.3. Sifat menejerlarini tashkilot mablagʻlari va hokim yordamchilarini mahalliy budjet mablagʻlari hisobidan oʻquv kurslarida oʻqitish.Reja-jadvalXizmat koʻrsatish shartnomasiReja-jadvalga muvofiq10.Amaldagi texnik reglamentlarni Jahon savdo tashkilotining Savdodagi texnik toʻsiqlar bitimi talablariga moslashtirish.1. Quyidagi texnik reglamentlarni bekor qilish boʻyicha tegishli hujjat loyihasini ishlab chiqish:Taʼlim muassasalari uchun matbaa mahsulotlari xavfsizligi toʻgʻrisida;Oʻrta maxsus, kasb-hunar va oliy taʼlim muassasalari oʻquv xonalarining xavfsizligi toʻgʻrisida;Oʻquv asbob-uskunalari va anjomlarining xavfsizligi toʻgʻrisida;Veterinariya dori vositalari va ozuqa qoʻshimchalarining xavfsizligi toʻgʻrisida;Tamaki mahsulotlari xavfsizligi toʻgʻrisida;Ekologik xavfsizlik toʻgʻrisida.Normativ-huquqiy hujjat loyihasi2026-yil martTexnik tartibga solish agentligi(A. Jumanazarov),Transport vazirligi(I. Maxkamov),Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi(K. Sharipov)2. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini vazirlik va idoralar bilan kelishish va Hukumatga kiritish.2026-yil aprel11.Xalqaro elektrotexnika komissiyasiga (IEC) toʻlaqonli aʼzo boʻlish choralarini koʻrish.1. Toʻlaqonli aʼzo boʻlish uchun muzokaralar oʻtkazish.Amaliy chora-tadbirlar2026-yil martTexnik tartibga solish agentligi(A. Jumanazarov),Tashqi ishlar vazirligi(B. Saidov)2. Muzokaralar natijalariga koʻra toʻlaqonli aʼzo boʻlish uchun ariza topshirish.2026-yil aprel12.Yevropa standartlashtirish qoʻmitasi (CEN) bilan kompanon shartnomasini imzolash.1. Kompanon shartnomasini imzolash boʻyicha muzokaralar oʻtkazish.Amaliy chora-tadbirlar2026-yil martTexnik tartibga solish agentligi(A. Jumanazarov),Tashqi ishlar vazirligi(B. Saidov)2. Muzokaralar natijalariga koʻra kompanon shartnomasini imzolash.2026-yil iyulII. Bozor nazorati tizimini joriy etish13.Bozor nazoratini muvofiqlashtirish Kengashi va bozor nazoratini amalga oshiruvchi vakolatli davlat organlari faoliyatini yoʻlga qoʻyish.1. Bozor nazoratini muvofiqlashtirish Kengashi toʻgʻrisidagi nizomni ishlab chiqish.2. Bozor nazoratini amalga oshiruvchi vakolatli davlat organlari faoliyatini yoʻlga qoʻyish maqsadida ularga shtat birliklarini ajratish va moliyalashtirishni tashkil etish.Normativ-huquqiy hujjat loyihasi2026-yil avgustTexnik tartibga solish agentligi(A. Jumanazarov),Raqobat qoʻmitasi(X. Turaxujayev),Iqtisodiyot va moliya vazirligi(I. Norqulov),Adliya vazirligi(A. Tashkulov),manfaatdor vazirlik va idoralar2. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishish.2026-yil sentabr3. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini Hukumatga kiritish.2026-yil noyabr14.Mahsulotlar ustidan samarali bozor nazoratini oʻtkazish imkonini beruvchi normativ-huquqiy bazasini shakllantirish.1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish:bozor nazorati tizimida mahsulotlarning xavf tahlilini amalga oshirish tartibi va mahsulotlarni jiddiy xavf-xatar tugʻdiruvchi deb baholash mezonlari;bozor nazorati tizimida rejali nazorat xaridlarini amalga oshirish grafigini shakllantirish tartibi va unga doir talablar;bozor nazorati faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan moliyalashtirish tartiboti;“Bozor nazorati milliy axborot tizimi” faoliyat koʻrsatishi tartibi;bozor nazorati organlarining Apellyatsiya kengashi nizomi va namunaviy tarkibi.Normativ-huquqiy hujjat loyihasi2026-yil iyulAdliya vazirligi(A. Tashkulov),Raqobat qoʻmitasi(X. Turaxujayev),Iqtisodiyot va moliya vazirligi(I. Norqulov),Texnik tartibga solish agentligi(A. Jumanazarov),Bojxona qoʻmitasi(A. Mavlonov),Raqamli texnologiyalar vazirligi(Sh. Shermatov),manfaatdor vazirlik va idoralar2. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishish.2026-yil sentabr3. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini Hukumatga kiritish.2026-yil oktabr15.Bozor nazorati organlari oʻrtasida axborot almashinuvi, tezkor xabar berish, va isteʼmolchilarni ogohlantirish imkoniyatini yaratish.1. Xalqaro tajriba va xorijiy bozor nazorati organlari ish jarayonini oʻrganish.Amaliy chora-tadbirlar2026-yil sentabrRaqamli texnologiyalar vazirligi(Sh. Shermatov),Raqobat qoʻmitasi(X. Turaxujayev),Bojxona qoʻmitasi(A. Mavlonov),Texnik tartibga solish agentligi(A. Jumanazarov),manfaatdor vazirlik va idoralar2. Oʻrganish natijasida axborot almashinuvi, tezkor xabar berish, mahsulotni chaqirib olish, mahsulotni muomaladan chiqarish va isteʼmolchilarni ogohlantirish imkoniyatini beruvchi “Bozor nazorati milliy axborot tizimi”ni yaratish.2027-yil yanvar3. “Bozor nazorati milliy axborot tizimi”ga vakolatli idoralarni ulash, davlat organlari axborot tizimlari bilan integratsiya qilish.2027-yil fevral16.Bozor nazorati sohasidagi xodimlar malakasini oshirish.1. Bozor nazorati sohasidagi xodimlar malakasini xorijiy ekspertlarni jalb qilgan holda oshirish ishlarini yoʻlga qoʻyish.Amaliy chora-tadbirlar2026-yil sentabrTexnik tartibga solish agentligi(A. Jumanazarov),Raqobat qoʻmitasi(X. Turaxujayev),manfaatdor vazirlik va idoralar2. Bozor nazorati sohasidagi xodimlar malakasini oshirish reja-grafigini tasdiqlash.2026-yil oktabr3. Tasdiqlangan reja-grafikka muvofiq xodimlar malakasini oshirishni taʼminlash.Reja-grafikka muvofiq17.Inson hayoti va sogʻligʻiga yetkazilgan moddiy va maʼnaviy zararni qoplash mexanizmini yaratish.1. Isteʼmolchilar hayoti va sogʻligʻiga moddiy va maʼnaviy zarar yetkazilgan hollarda kompensatsiya toʻlash jarayonining mavjud huquqiy va amaldagi holatini tahlil qilish, samaradorligini baholash.Normativ-huquqiy hujjat loyihasi2026-yil iyunAdliya vazirligi(A. Tashkulov),Raqobat qoʻmitasi(X. Turaxujayev),manfaatdor vazirlik va idoralar2. Inson hayoti va sogʻligʻiga moddiy va maʼnaviy zarar yetkazilgan hollarda kompensatsiya berish amaliyoti mavjud boʻlgan xorijiy mamlakatlar qonunchiligi va mexanizmlarini oʻrganish.2026-yil iyul3. Oʻrganish natijalari yuzasidan bozor nazorati sohasida inson hayoti va sogʻligʻiga yetkazilgan moddiy va maʼnaviy zararni qoplash tartibini joriy etish boʻyicha normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish.2026-yil noyabr4. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishish hamda belgilangan tartibda Hukumatga kiritish.2026-yil dekabrIII. Muvofiqlikni baholash va akkreditatsiya tizimini xalqaro talablar asosida isloh qilish18.Texnik reglamentlarning obyekti hisoblangan mahsulotlar muvofiqligini yangi yondashuv asosida baholash.1. Muvofiqlikni baholashning yangi tartibini nazarda tutuvchi Hukumat qarori loyihasini ishlab chiqish.Normativ-huquqiy hujjat loyihasi2026-yil martTexnik tartibga solish agentligi(A. Jumanazarov),Manfaatdor vazirlik va idoralar2. Qaror loyihasini tegishli vazirlik va idoralar bilan kelishish va Hukumatga kiritish.2026-yil may19.Texnik reglamentlarning obyekti hisoblangan mahsulotlarni muomalaga chiqarishga asos boʻluvchi “milliy muvofiqlik belgisi”ni qoʻllash va tamgʻalash tartibini ishlab chiqish.1. Milliy muvofiqlik belgisi (Conformity Uzbekistan) bilan mahsulotni tamgʻalash tartibini nazarda tutuvchi Hukumat qarori loyihasini ishlab chiqish.Normativ-huquqiy hujjat loyihasi2026-yil martTexnik tartibga solish agentligi(A. Jumanazarov),manfaatdor vazirlik va idoralar2. Qaror loyihasini tegishli vazirlik va idoralar bilan kelishish va Hukumatga kiritish.2026-yil may20.Muvofiqlikni baholash organlari faoliyat yuritishi uchun yanada qulaylik yaratish maqsadida akkreditatsiya sohasida koʻrsatilgan pullik xizmatlar tushumidan ajratma miqdorini kamaytirish.1. Akkreditatsiya sohasida koʻrsatilgan xizmatlar tushumining 2 foiz miqdorida ajratma toʻgʻrisida hisobotni muvofiqlikni baholash organlari tomonidan mustaqil shakllantirish va taqdim etish tizimini yaratish.Tashkiliy chora-tadbirlar2026-yil aprelOʻzbekiston akkreditatsiya markazi(B. Sharipov),Soliq qoʻmitasi(F. Pulatov)2. Akkreditatsiya sohasida koʻrsatilgan xizmatlar hajmi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar haqqoniyligini oʻrganish maqsadida soliq organlari tomonidan akkreditatsiya organiga zarur maʼlumotlarni taqdim etib borish.Har chorak yakuni bilanIV. Metrologiya sohasidagi normativ-huquqiy bazani takomillashtirish21.Mahsulot ishlab chiqarish va sifatini baholashda qiyoslashdan kalibrlash tizimiga oʻtish.1. Oʻlchash vositalarini kalibrlash sohasiga xususiy sektorni keng jalb qilish choralarini koʻrish.Tashkiliy chora-tadbirlar2026-yil aprelTexnik tartibga solish agentligi(A. Jumanazarov),manfaatdor vazirlik va idoralar2. Xalqaro standartlarga muvofiq menejment tizimini joriy etishda kalibrlash amaliyotini qoʻllash.2026-yil may3. Hududlarda oʻlchash vositalarining turiga koʻra kalibrlashga boʻlgan ehtiyojni shakllantirish.2026-yil iyun4. Ehtiyojdan kelib chiqqan holda hududlarda kalibrlash laboratoriyalari tashkil etishga talabgorlar uchun oʻquv seminarlarini tashkil etish.Reja-grafikka asosan22.Qiyoslashdan oʻtkazilishi lozim boʻlgan oʻlchash vositalari turkumlarining roʻyxatini bekor qilish. 1. Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligining tegishli buyrugʻini qabul qilish.2. Hujjatni belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazish.Idoraviy normativ-huquqiy hujjat loyihasi2026-yil sentabrTexnik tartibga solish agentligi(A. Jumanazarov),Adliya vazirligi(A. Tashkulov)23.Metrolog mutaxassislarning bilim va koʻnikmalarini xalqaro talablarga asosan oshirish.1. Metrolog mutaxassislarning bilim va koʻnikmalarini xalqaro talablarga asosan oshirish, 100 nafar mutaxassisning malakasini xorijning yetakchi metrologiya tashkilotlarida oshirish maqsadida kalendar-rejani tasdiqlash.Tashkiliy chora-tadbirlar 2026-yil yanvarTexnik tartibga solish agentligi(A. Jumanazarov)2. Kalendar-rejaga asosan oʻlchash yoʻnalishlari boʻyicha metrolog mutaxassislarni malaka oshirish kurslariga yuborish.Kalendar-rejaga asosanV. Sohani moliyalashtirish va raqamlashtirish, sunʼiy intellekt texnologiyalarini joriy qilish, kadrlar salohiyatini oshirish hamda targʻibot ishlarini olib borish24.Texnik tartibga solish agentligi huzurida rivojlangan mamlakatlar ilgʻor tajribasini oʻrganish, yetakchi muvofiqlikni baholash kompaniyalarining vakolatxonalarini ochish, xalqaro konsultantlarni jalb qilish hamda mahalliy mutaxassislarni tayyorlashni moliyalashtiruvchi yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan jamgʻarma tashkil etish.1. Jamgʻarmani tashkil etish, shu jumladan, uning mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlashni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish.Normativ-huquqiy hujjat loyihasi2026-yil mayTexnik tartibga solish agentligi(A. Jumanazarov),Iqtisodiyot va moliya vazirligi(I. Norqulov)2. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini vazirlik va idoralar bilan kelishish hamda Hukumatga kiritish.2026-yil iyul25.Sanoat korxonalarini qoʻllab-quvvatlash va ularga koʻmaklashish maqsadida “Sifat boʻyicha koʻmakchi” axborot resursini (shu jumladan, uning mobil ilovasini) interaktiv formatda ishlab chiqish.1. Axborot resursini ishlab chiqish va sinov tariqasida ishga tushirish.Tashkiliy va amaliy chora-tadbirlar2026-yil aprelTexnik tartibga solish agentligi(A. Jumanazarov),Raqamli texnologiyalar vazirligi(Sh. Shermatov)2. Axborot resursi, shu jumladan, mobil ilovani oʻrnatilgan tartibda ekspertizadan oʻtkazish va toʻliq ishga tushirish.2026-yil sentabr3. Axborot resursini manfaatdor vazirlik va idoralar axborot tizimlari bilan belgilangan tartibda integratsiya qilish.Zaruratga koʻra26.Sohaga oid maʼlumot toʻplash va ularni avtomatlashtirilgan holda tahlil qilish imkonini beruvchi intellektual tahlil (AI-based analytics) modulini ishlab chiqish va “Texnik jihatdan tartibga solish” milliy axborot tizimida ishga tushirish.1. Maʼlumotni intellektual tahlil qilish moduli uchun takliflarni ishlab chiqish.Tashkiliy va amaliy chora-tadbirlar2026-yil martTexnik tartibga solish agentligi(A. Jumanazarov),Raqamli texnologiyalar vazirligi(Sh. Shermatov),manfaatdor vazirlik va idoralar2. “Texnik jihatdan tartibga solish” milliy axborot tizimida toʻplanayotgan va qayta ishlanayotgan maʼlumotni intellektual tahlil qilish modulini ishlab chiqish va sinov tarzida ishga tushirish.2026-yil iyun3. Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf qilish, modulni takomillashtirib, toʻliq ishga tushirish.2026-yil noyabr27.Texnik jihatdan tartibga solish sohasida aholi va tadbirkorlarga “24/7” vaqt rejimida konsultativ yordam berishni yoʻlga qoʻyish maqsadida “Texnik jihatdan tartibga solish” milliy axborot tizimida sunʼiy intellektga asoslangan virtual yordamchini (AI-assistent) ishga tushirish.1. Loyihaoldi oʻrganish va maʼlumotlar tahlilini amalga oshirish. Tashkiliy va amaliy chora-tadbirlar2026-yil iyunTexnik tartibga solish agentligi(A. Jumanazarov),Raqamli texnologiyalar vazirligi(Sh. Shermatov)2. Loyiha-texnik hujjatlarni ishlab chiqish va ekspertizadan oʻtkazish.2026-yil dekabr3. Loyihani joriy etish va “Texnik jihatdan tartibga solish” milliy axborot tizimi bilan integratsiya qilish.2027-yil yanvar28.Standartlashtirish, metrologiya va muvofiqlikni baholash yoʻnalishlarida oliy taʼlim muassasalari uchun qoʻshma taʼlim dasturlarini yoʻlga qoʻyish.1. Talabalarga dastlabki 2 yilni milliy oliy taʼlim muassasasida, keyingi 2 yilni xorijiy oliy taʼlim muassasasida davom ettirish imkonini yaratish.2. Oliy taʼlim muassasalarining soha yoʻnalishlari 3 va 4-bosqich talabalari uchun oʻquv jarayonini dual taʼlim tizimida Texnik tartibga solish agentligi va uning tizim tashkilotlarida, soha mutaxassislarini oʻquv jarayonlariga jalb qilish orqali tashkil etish.Normativ-huquqiy hujjat loyihasi2026-yil mayTexnik tartibga solish agentligi(A. Jumanazarov),Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi(K. Sharipov)29.Texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, metrologiya, akkreditatsiya, mahsulotlarning umumiy xavfsizligi va bozor nazorati sohasidagi yangiliklarning mohiyati va ahamiyati tadbirkorlik subyektlari oʻrtasida tushuntirilishini taʼminlash.1. Mazkur sohalardagi yangiliklarni tadbirkorlik subyektlariga yetkazish, shu jumladan, tushuntirish ishlarini olib borish, ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritish boʻyicha media reja ishlab chiqib, tasdiqlash.Tashkiliy va amaliy chora-tadbirlar2026-yil fevralTexnik tartibga solish agentligi(A.Jumanazarov),Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi(A. Koʻchimov),Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi(A. Djurabayev),Savdo-sanoat palatasi(D. Vaxabov)2. Media rejaga asosan mazkur sohalardagi yangiliklarning mohiyati va ahamiyati tadbirkorlik subyektlari oʻrtasida tushuntirilishini tashkil etish.2026-yil davomida

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 16-fevraldagi PF-25-son Farmoniga6-ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar va qoʻshimcha

1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 2-iyundagi “Texnik jihatdan tartibga solish sohasida davlat boshqaruvini tubdan takomillashtirish toʻgʻrisida”gi PF-6240-son Farmonining 3 va 4-bandlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.

2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 27-fevraldagi “Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi davlat boshqaruvini yanada takomillashtirishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-41-son Farmonining 3-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.

3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 30-martdagi “Muvofiqlikni baholash organlarini akkreditatsiya qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3643-son qarorida:

(a) 2-bandning uchinchi xatboshisidagi “bajarishi ustidan inspeksiya nazoratini” soʻzlari “bajarishini davriy baholashni” soʻzlari bilan almashtirilsin;

(b) 4-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“4. Markaz direktori Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi bilan kelishilgan holda Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi”.

4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 12-dekabrdagi “Texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya tizimlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4059-son qarorining 1-bandida:

(a) ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin;

(b) uchinchi xatboshi ikkinchi xatboshi deb hisoblansin.

5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 15-avgustdagi “Oʻzbekiston Respublikasida muvofiqlikni baholash tizimini yanada takomillashtirish va sinov laboratoriyalari kompleksini rivojlantirish toʻgʻrisida”gi PQ-4419-son qarorining 11-bandida:

(a) beshinchi xatboshi chiqarib tashlansin;

(b) oltinchi va yettinchi xatboshilar tegishlicha beshinchi va oltinchi xatboshilar deb hisoblansin.

6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 22-iyundagi “Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalaridan va xalqaro tashkilotlarga aʼzolikdan kelib chiqadigan majburiyatlarini bajarish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4756-son qaroriga 1-ilovada:

(a) quyidagi mazmundagi 39-2-pozitsiya bilan toʻldirilsin:

“39-2.Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligiXalqaro tarozi va oʻlchovlar byurosi”;

(b) 52-pozitsiya quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“52.Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligiXalqaro standartlashtirish tashkilotiStandartlash, metrologiya va sertifikatlash boʻyicha davlatlararo kengashQonunchilik metrologiyasi xalqaro tashkilotiIslom mamlakatlarining standartlar va metrologiya institutiXalqaro elektrotexnika komissiyasi”.

7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 29-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining “2024-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʻgʻrisida”gi Qonuni ijrosini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-422-son qaroriga 6-ilovaning 25-pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“25.Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tizimidagi “Oʻzbekiston akkreditatsiya markazi” davlat muassasasi tomonidan har chorak yakuni boʻyicha akkreditatsiya belgisi qoʻllanganlik uchun tushadigan mablagʻlarOʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 24-apreldagi 348-son qaroria.100 foizi“Oʻzbekiston akkreditatsiya markazi” davlat muassasasi”.

8. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 28-fevraldagi “Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligining faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-91-son qarorida:

(a) 1-bandda:

(i) uchinchi xatboshi chiqarib tashlansin;

(ii) toʻrtinchi xatboshi uchinchi xatboshi deb hisoblansin;

(b) 5-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“akkreditatsiyadan oʻtkazilgan mahsulot, xizmat va menejment tizimlarini sertifikatlashtirish organlari, sinov laboratoriyalari va metrologiya xizmatlari tomonidan mos ravishda muvofiqlik sertifikatlari, sinov bayonnomalari va metrologiya tekshiruvi natijalari, shuningdek, muvofiqlik deklaratsiyalarini rasmiylashtirish faqat “Texnik jihatdan tartibga solish” milliy axborot tizimi orqali amalga oshiriladi”;

(v) 12-bandda “Oʻzbekiston ilmiy sinov va sifat nazorati markazi” soʻzlari “Oʻzbekiston standartlar instituti” soʻzlari bilan almashtirilsin;

(g) 2 va 2a-ilovalar oʻz kuchini yoʻqotdan deb hisoblansin;

(d) 3-ilovada 15, 20, 21, 26 va 32-pozitsiyalar chiqarib tashlansin;

(j) 5-ilova quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 28-fevraldagi PQ-91-son qaroriga5-ILOVA

Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligining

Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi “Oʻzbekiston standartlar instituti” davlat muassasasi “Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti” davlat muassasasi Texnik jihatdan tartibga solish sohasida nazorat inspeksiyasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va shaharlardagi filiallar* (yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan) Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va shaharlardagi filiallar* (yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan) Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi boʻlimlar (yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan)

* Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar (12 ta) hamda Qoʻqon, Olmaliq, Bekobod va Chirchiq shaharlari filiallari”.

9. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 24-apreldagi “Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligining faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 348-son qarorining 6-bandida:

(a) oltinchi xatboshi chiqarib tashlansin;

(b) yettinchi xatboshi oltinchi xatboshi deb hisoblansin.

10. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 24-apreldagi “Muvofiqlikni baholash organlarini akkreditatsiyadan oʻtkazish sohasidagi ishlarni takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 349-son qarorining 6-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.

11. Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 1-iyuldagi “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi va uning tizimidagi tashkilotlari faoliyatini samarali yoʻlga qoʻyish choralari toʻgʻrisida”gi 370-son qarorida:

(a) 1-ilovada:

(i) 9-bandning yettinchi xatboshisi chiqarib tashlansin;

(ii) 10-bandda:

ikkinchi xatboshidagi “, “Muvofiqlikni baholash organlarini akkreditatsiya qilish toʻgʻrisida” soʻzlari chiqarib tashlansin;

oʻn toʻqqizinchi xatboshidagi “, akkreditatsiya” soʻzi chiqarib tashlansin;

(iii) 11-bandda:

“a” kichik bandda:

birinchi xatboshidagi “, “Muvofiqlikni baholash organlarini akkreditatsiya qilish toʻgʻrisida” soʻzlari chiqarib tashlansin;

oʻninchi xatboshidagi “va akkreditatsiya” soʻzlari chiqarib tashlansin;

“z” kichik bandning ikkinchi xatboshisidagi “, akkreditatsiya (ARAS, ILAC, IAF)” soʻzlari chiqarib tashlansin;

“t” kichik bandda:

birinchi xatboshidagi “, akkreditatsiya” soʻzi chiqarib tashlansin;

oʻninchi xatboshidagi “akkreditatsiyadan oʻtgan muvofiqlikni baholash organlarining faoliyat sohasini bosqichma-bosqich kengaytirish yuzasidan” soʻzlari chiqarib tashlansin;

(iv) 41-bandda:

toʻrtinchi xatboshi chiqarib tashlansin;

beshinchi va oltinchi xatboshilar tegishincha toʻrtinchi va beshinchi xatboshilar deb hisoblansin;

(v) 42-bandda:

ikkinchi xatboshidagi “, akkreditatsiya” soʻzi chiqarib tashlansin;

toʻrtinchi xatboshidagi “hamda akkreditatsiya qilish” soʻzlari chiqarib tashlansin;

(b) 2-ilovada:

(i) 14-bandning “v” kichik bandi ikkinchi xatboshisidagi “Muvofiqlikni baholash organlarini akkreditatsiya qilish toʻgʻrisida” soʻzlari chiqarib tashlansin;

(ii) 16-bandning oʻninchi xatboshisidagi “, akkreditatsiyadan oʻtgan sertifikatlashtirish organlari va laboratoriyalarning (metrologiya xizmatlarining) inspeksiya nazoratida” soʻzlari chiqarib tashlansin.

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.