PQ-86-son Qaror · 06.03.2026

Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalar va xalqaro tashkilotlarga aʼzolik boʻyicha majburiyatlarni bajarishga masʼul davlat organlari va boshqa tashkilotlar roʻyxatiga qoʻshimchalar kiritish haqida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Qaror
  • Raqami:PQ-86
  • Qabul qilingan sana:06.03.2026
  • Kuchga kirgan sana:11.03.2026
  • Holati:Amalda
  • Rasmiy nashr:QMMB 07/26/86/0220

Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq hamda Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalar va xalqaro tashkilotlarga aʼzolik boʻyicha majburiyatlarini bajarishga vakolatli organlarga qoʻshimcha majburiyatlar yuklash, shuningdek, qonunchilik hujjatlarini oʻzaro muvofiqlashtirish maqsadida qaror qilaman:

1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 22-iyundagi PQ-4756-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalar va xalqaro tashkilotlarga aʼzolik boʻyicha majburiyatlarni bajarishga masʼul davlat organlari va boshqa tashkilotlar roʻyxatiga ilovaga muvofiq qoʻshimchalar kiritilsin.

2. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV

Toshkent sh.,

2026-yil 6-mart,

PQ-86-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 6-martdagi PQ-86-son qarorigaILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 22-iyundagi PQ-4756-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalar va xalqaro tashkilotlarga aʼzolik boʻyicha majburiyatlarni bajarishga masʼul davlat organlari va boshqa tashkilotlar roʻyxatiga kiritilayotgan qoʻshimchalar

1. 14-pozitsiyaning “Xalqaro shartnoma, xalqaro tashkilotning nomi” ustuni “Markaziy Osiyo — Xitoy” formati kotibiyati” bloki bilan toʻldirilsin.

2. Quyidagi mazmundagi 66-pozitsiya bilan toʻldirilsin:

“66.Transport vazirligiMustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi Muvofiqlashtiruvchi Transport Kengashi”.

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.