Respublikada ipakchilikni yanada rivojlantirish, ipak qurtini parvarishlash, ozuqa bazasini mustahkamlash, pilla yetishtirish jarayonlarini takomillashtirish hamda ipakchilik korxonalari quvvatlarini oshirish hisobiga aholi bandligini taʼminlash maqsadida qaror qilaman:
I. Asosiy maqsadlar
1. Quyidagilar 2030-yilgacha ipakchilik sohasini rivojlantirish hamda ozuqa bazasini mustahkamlashning asosiy maqsadli koʻrsatkichlari etib belgilansin:
(a) respublikada tirik pilla yetishtirishni 2026-yilda 30 ming tonnadan 2030-yilda 36 ming tonnaga yetkazish;
(b) eksport hajmini 2026-yilda 120 million AQSH dollaridan 2030-yilda 300 million AQSH dollariga yetkazish;
(v) 200 million tup tut koʻchatlari ekish orqali ozuqa bazasini 45 foizga oshirish;
(g) pillani chuqur qayta ishlash darajasini 2026-yilda 30 foizga va 2030-yilda 75 foizga yetkazish;
(d) har yili aholini kamida 500 ming mavsumiy va 50 ming doimiy ish oʻrinlari bilan taʼminlash.
2. Ipakchilik sanoatini rivojlantirishning 2026 va 2030-yillarga moʻljallangan maqsadli koʻrsatkichlari 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
II. Pilla yetishtirishda aholi manfaatdorligini oshirish va xomashyoni chuqur qayta ishlashni ragʻbatlantirish
3. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq 2026-yil 1-apreldan boshlab Kambagʻallikni qisqartirish davlat maqsadli jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan:
(a) pilla yetishtiruvchilarga (ipak qurti boquvchi va kasanachilarga) “mahalla yettiligi”ning kollegial qarori asosida pillachilik klasteri haqiqatda pilla uchun toʻlab bergan mablagʻlarning 35 foizi miqdorida subsidiya ajratiladi;
(b) Oʻrmon va yashil hududlarni koʻpaytirish, choʻllanishga qarshi kurashish agentligi (keyingi oʻrinlarda — Oʻrmon agentligi) balansidagi yer maydonlarida tashkil etiladigan tutzorlarda pilla kooperativi tuzish maqsadlari uchun ushbu kooperativ aʼzosi hisoblanadigan kambagʻal oilalarga (bitta oilaning bir nafar aʼzosiga faqat bir marta) 4 million soʻmdan subsidiya ajratiladi;
(v) ipak qurtini parvarishlashda zarur boʻladigan asbob-uskuna va jihozlarni xarid qilish uchun kasanachilarga 3 yil muddatga bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravarigacha miqdorda foizsiz ssuda ajratiladi;
(g) urugʻchilik korxonalariga ipak qurti urugʻlarini tayyorlash faoliyatiga jalb etiladigan har bir mavsumiy ishchi oylik ish haqining 50 foizi, biroq mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining ikki baravaridan oshmagan qismi kompensatsiya qilib beriladi.
4. Belgilansinki:
(a) ipakchilik sanoati korxonalariga pillachilik klasteri maqomini berish va bekor qilish mazkur qarorning 2-ilovasiga muvofiq mezonlar asosida Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan tartibda amalga oshiriladi;
(b) “Oʻzbekipaksanoat” uyushmasi (keyingi oʻrinlarda — Uyushma) pillachilik klasterlari reyestrini yuritadi va ushbu reyestr Uyushmaning rasmiy veb-saytida doimiy ravishda eʼlon qilinib boriladi.
5. Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) Uyushma bilan birgalikda pillani sanoat usulida yetishtirish hajmini oshirish maqsadida 2026 — 2028-yillarda pillachilik klasterlari tomonidan 3-ilovaga muvofiq qurtxonalar qurilishini tashkil qilsin.
Bunda qurtxonalarni qurish uchun Yengil sanoatni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma)dan pillachilik klasterlariga tijorat banklari orqali milliy valyutada yillik 14 foiz stavkada (shundan 4 foiz bank marjasi) 5 yil muddatgacha kredit mablagʻlari ajratilishi belgilansin.
III. Imtiyozlar
6. Agentlik, Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Uyushmaning quyidagi takliflari maʼqullansin:
(a) 2026-yil 1-yanvardan 2029-yil 1-yanvarga qadar:
(i) pillachilik klasterlarining pilla yetishtirish va saqlash uchun foydalaniladigan bino va inshootlarini mol-mulk soligʻidan hamda ular egallagan yer uchastkalarini yer soligʻidan ozod qilish;
(ii) ipakchilik faoliyatidan (sertifikat asosida “4 A” va undan yuqori sifatdagi xom ipak, ipak momigʻi, ipak kalavasi, ipak mato, ipakdan tayyor mahsulotlar uchun) olgan daromadlari joriy hisobot (soliq) davri yakunlari boʻyicha jami daromadining kamida 70 foizini tashkil etgan ipakchilik korxonalariga foyda soligʻi stavkasini 2 foiz miqdorida belgilash;
(iii) ipak mato va ipakdan tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishni joriy qilgan korxonalar uchun ijtimoiy soliqni 1 foiz stavkada belgilash. Bunda ushbu imtiyoz har oyda oʻrtacha ish haqi miqdori mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining ikki baravaridan kam boʻlmagan miqdorda hisoblangan va ushbu mahsulotlarni ishlab chiqarish faoliyatidan olgan daromadlari joriy hisobot (soliq) davri yakunlari boʻyicha jami daromadining kamida 60 foizini tashkil etgan korxonalarga taqdim etiladi;
(b) ipak qurti urugʻlarini tayyorlash va qurtxonalarda pilla yetishtirish boʻyicha mavsumiy ishlarga jalb qilingan aholining mazkur faoliyatdan olgan daromadini jismoniy shaxslardan olinadigan daromad va ijtimoiy soliqlarning soliqqa solish obyekti sifatida hisoblamaslik.
Agentlik ikki oy muddatda Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Soliq qoʻmitasi va Uyushma bilan birgalikda mazkur bandda nazarda tutilgan imtiyozlarni qoʻllash boʻyicha Soliq kodeksiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi qonun loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
IV. Moliyaviy resurslar
7. Ipakchilik sohasi korxonalari uchun moliyaviy qoʻllab-quvvatlash choralari 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
8. Iqtisodiyot va moliya vazirligi mazkur qarorning:
(a) 5-bandi va 4-ilovasi 1-bandi “a” kichik bandining ikkinchi xatboshisida nazarda tutilgan moliyaviy resurslar uchun Agentlik soʻroviga asosan 2026-yilda Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetidan 5 yil muddatda toʻliq qaytarish sharti bilan Markaziy bank asosiy stavkasining 50 foizi miqdoridagi foiz stavkasida 60 milliard soʻm budjet ssudasi ajratilishini taʼminlasin va kelgusi yillarda ushbu shartlarda ssuda ajratilishini budjet parametrlarini shakllantirishda nazarda tutsin;
(b) 3-bandida nazarda tutilgan qoʻllab-quvvatlash choralari uchun Agentlik va Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligining hisob-kitoblariga asosan 2026-yilda Davlat budjetidan qoʻshimcha mablagʻlar ajratsin va kelgusi yillarda budjet parametrlarini shakllantirishda zarur mablagʻlarni nazarda tutsin.
9. Agentlik, Qishloq xoʻjaligi vazirligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligining sobiq Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qoʻmitasi tugatilishi munosabati bilan boʻshagan uning budjetdan tashqari shaxsiy gʻazna hisobvaragʻidagi 10 milliard soʻm qoldiq mablagʻlarini tirik pilla yetishtirishda foydalaniladigan sunʼiy qutilar va dastalarni xarid qilish hamda shartnoma asosida muddatli toʻlov sharti bilan pillachilik sohasidagi xoʻjalik yurituvchi subyektlarga yetkazib berishni tashkil qilish uchun Uyushmaning bank hisobvaragʻiga oʻtkazib berish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
10. Agentlik hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligining mazkur qaror bilan belgilangan ipakchilik sohasini rivojlantirishning asosiy maqsadli koʻrsatkichlariga erishishda Uyushma ishtirokini yanada kengaytirish boʻyicha quyidagi takliflari maʼqullansin:
(a) Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan 2026 — 2028-yillarda Uyushmaga har yili 5 milliard soʻm miqdorida grant mablagʻlarini ajratib borish;
(b) Jamgʻarma tomonidan ajratilgan grant mablagʻlari hisobidan Uyushma, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlardagi “Agropilla” MCHJning joriy xarajatlarini, shuningdek, yangi tutzorlarni barpo etish, tut qatorlarini kengaytirish, mavjud tutzorlarni va yakka qator tut daraxtlari saqlanishini monitoring qilish, pilla yetishtirish va tayyorlash jarayonlarini tashkil qilish hamda mazkur qaror bilan yuklatilgan vazifalar ijrosini taʼminlash bilan bogʻliq xarajatlarini moliyalashtirish.
V. Ipakchilik sohasida ozuqa bazasini mustahkamlash
11. Quyidagilar:
(a) Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarda 2026 — 2030-yillarda ipak qurti ozuqa bazasini mustahkamlash, yangi tutzorlar barpo qilish, yakka qator tut koʻchatlarini ekish va eskirgan tutzorlarni rekonstruksiya qilishning maqsadli koʻrsatkichlari 5, 5a, 5b va 5v-ilovalarga muvofiq;
(b) Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarda 2026 — 2030-yillarda ipak qurti parvarishlash va pilla xomashyosi (tirik pilla) yetishtirishning maqsadli koʻrsatkichlari 6 va 6a-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
12. Oʻrmon agentligi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi hamda Agentlik bilan birgalikda 2026 — 2030-yillarda Oʻrmon agentligi balansidagi 3 ming gektar yer maydonida tutzorlar tashkil etib, pilla yetishtirish uchun 6 ming kambagʻal oilaga, jumladan, 2026-yilda 2 ming gektari 4 ming oilaga 10 yil muddatga oilaviy pudrat shartnomasi asosida bepul ijaraga berilishini taʼminlasin.
13. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bir oy muddatda mazkur qarorning 7-ilovasiga muvofiq tumanlarning togʻ oldi hududlaridagi yaylov va oʻrmon fondi yerlarida ilgʻor xorijiy tajriba asosida tut plantatsiyalarini tashkil qilish maqsadida iqlim sharoiti ipak qurti ozuqasiga mos boʻlgan kamida 100 gektardan yer maydonlarini tanlab, ularning konturlarini aniq belgilagan holda takliflarini Agentlikka kiritsin.
14. Agentlik Qishloq xoʻjaligi vazirligi bilan birgalikda uch oy muddatda xorijiy konsultantlarni jalb qilib, mazkur qarorning 7-ilovasiga muvofiq tumanlarda tanlab olingan yer maydonlarida sanoatlashgan tutzorlarni tashkil etish va pillani chuqur qayta ishlash zanjirlarini toʻliq qamrab oladigan namunaviy pillachilik klasterlarini mahalliy tadbirkorlik subyektlari, hunarmandlar va xorijiy investorlar bilan birgalikda amalga oshirish boʻyicha takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
15. Belgilab qoʻyilsinki:
(a) tomchilatib sugʻorish tizimini joriy etish xarajatlari uchun yangidan tashkil etilgan tutzorlarning har bir gektariga Agrar sohada toʻlovlar agentligi tomonidan 8 million soʻmgacha subsidiya taqdim etiladi;
(b) maydoni 2 va undan ziyod gektardagi tutzorlarga vertikal sugʻorish quduqlarini burgʻilash va ishga tushirish, kanallar va boshqa suv havzalaridan suvni tortish uchun nasos stansiyasi va suv inshootlarini yangidan qurish va rekonstruksiya qilish bilan bogʻliq xarajatlarning 100 foiziga, biroq 150 million soʻmdan oshmaydigan miqdorda Dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari faoliyatini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasidan subsidiya taqdim etiladi;
(v) mavjud tutzorlarni Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, tuman hokimliklari tomonidan olib qoʻyish hamda ular joylashgan yer uchastkalarining yer fondi toifasini oʻzgartirish qatʼiy taqiqlanadi.
16. Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 12-yanvardagi “Respublikada ipakchilik tarmogʻini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3472-son qarori asosida “Toshkent agro-pilla” MCHJga Toshkent viloyati Oʻrta Chirchiq tumani “Xalqobod” MFY hududidan ajratilgan yer maydonlarining 446, 447 va 448-konturlaridan 5,7 gektar tutzor yer maydonlarini Ipakchilik ilmiy-tadqiqot institutiga tut daraxtlari jahon kolleksiyasini saqlash, koʻpaytirish va tutchilikda seleksiya ishlarini olib borish maqsadida ijara huquqi asosida ajratib berilishini taʼminlasin.
VI. Ipakchilik sohasida urugʻchilikni rivojlantirish
17. Uyushma Ipakchilik ilmiy-tadqiqot instituti bilan birgalikda Fargʻona va Xorazm viloyatlarida ipak qurti naslli urugʻchilik stansiyalarini 2026-yilning 1-dekabriga qadar toʻliq ishga tushirib, respublikaning ipak qurti elita urugʻlariga boʻlgan talabining 2028-yil pilla mavsumida 50 foizini, 2030-yilda toʻliq qoplanishini taʼminlasin.
18. Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi Agentlik bilan birgalikda 2030-yilga qadar har yili iyul oyida quyidagi yoʻnalishlarda fundamental, ilmiy-amaliy va innovatsion loyihalar tanlovlarini eʼlon qilib borsin va grantlar ajratsin:
(a) ipak qurtining ingichka tola beruvchi va kasallikka chidamli yangi zot va duragaylarini, super elita va elita birlamchi urugʻchiligini rivojlantirish, ipak qurti zararkunandalari va kasalliklariga qarshi kurashish;
(b) ipakchilikda molekulyar genetika va biotexnologiya, pillachilikka innovatsion texnologiyalarni joriy etish, ipakni chuqur qayta ishlash boʻyicha texnologik jarayonlarni takomillashtirish, sohadagi mavjud muammolarga ilmiy yechim topish.
19. Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi Agentlik, Fanlar akademiyasi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi hamda Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi bilan birgalikda 2026-2027-yillarda Ipakchilik ilmiy-tadqiqot institutida molekulyar genetika laboratoriyasini tashkil etish va uni moliyalashtirishga grantlar jalb qilish choralarini koʻrsin.
VII. Ipakchilik sohasini raqamlashtirish va innovatsion texnologiyalarni joriy qilish
20. Raqamli texnologiyalar vazirligi Uyushma bilan birgalikda 2026-yil 1-sentabrga qadar “pillachilik.uz” elektron platformasini (keyingi oʻrinlarda — Platforma) ishga tushirsin. Bunda:
(a) mavjud tutzorlar yer maydonlari, pilla yetishtiruvchi va qayta ishlovchi korxonalar roʻyxati, maqsadli koʻrsatkichlar va tuzilgan shartnomalar, ipak qurti urugʻining tarqatilishi hamda pilla hosilini qabul qilish jarayonlari (tarozi va kuzatuv kamerasini oʻrnatgan holda) Platformada aks ettirib boriladi;
(b) Platforma doirasida pilla yetishtirish agrotexnikasi qoidalari toʻgʻrisida oʻquv qoʻllanmalar va mediakontentlarni oʻz ichiga olgan mobil ilova ishlab chiqiladi;
(v) Platforma hamda mobil ilovani ishga tushirish bilan bogʻliq xarajatlar Agentlik mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladi.
VIII. Qaror ijrosini tashkil etish, taʼminlash va nazorat
21. Quyidagilar:
(a) mazkur qarorning 5, 5a, 5b va 5v-ilovalarga belgilangan maqsadli koʻrsatkichlar bajarilishini taʼminlash boʻyicha:
(i) qishloq xoʻjaligi ekinlari joylashtirilgan dala chetlarida tut koʻchatlari ekilishi va yangi tutzorlar barpo qilishga Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari;
(ii) mavjud tutzorlarni rekonstruksiya qilish va ularga yangi tut koʻchatlarini ekishga Uyushma va uning tarkibidagi pillachilik klasterlari;
(iii) “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida tut koʻchatlarini ekish boʻyicha Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi;
(iv) Oʻrmon fondi yerlarida yangi tutzorlar barpo qilishga Oʻrmon agentligi masʼul hisoblanadi;
(b) mazkur qarorning 6 va 6a-ilovalariga muvofiq pilla yetishtirishning maqsadli koʻrsatkichlarining bajarilishiga Uyushma va uning tarkibidagi pillachilik klasterlari hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimliklari masʼul hisoblanadi;
(v) pilla yetishtirishda “mahalla yettiligi” tegishli hududlarda pilla yetishtirish uchun qurt boquvchilarni aniqlaydi, qurtlarni yetkazib berishga koʻmaklashadi va haqiqatda topshirilgan pilla hajmidan kelib chiqqan holda mazkur qarorning 3-bandi “a” kichik bandida nazarda tutilgan subsidiyalar ajratilishini nazorat qiladi;
(g) xom ashyoni qayta ishlash va tayyor mahsulot ishlab chiqarish hajmlarini oshirish, shuningdek, korxonalarni belgilangan tartibda moliyaviy qoʻllab-quvvatlash choralarini koʻrib borish boʻyicha Agentlik masʼul hisoblanadi.
22. Ipakchilik sohasini yangi tizim asosida rivojlantirish hamda ozuqa bazasini mustahkamlash boʻyicha belgilangan vazifalarni amalga oshirishga doir chora-tadbirlar dasturi 8-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
23. Agentlik mazkur qaror bilan belgilangan vazifa va topshiriqlarni, shu jumladan, pilla xomashyosi ozuqa bazasini koʻpaytirish, pilla yetishtirish, xomashyoni qayta ishlash va tayyor mahsulot ishlab chiqarishgacha boʻlgan jarayonlarni muvofiqlashtirsin va amalga oshirilgan ishlar yuzasidan har chorak yakuni bilan Vazirlar Mahkamasiga axborot kiritib borsin.
24. Qaror ijrosini nazorat qilish, masʼul vazirlik va idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining agrar rivojlanish masalalari boʻyicha maslahatchisi Sh.M. Gʻaniyev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2026-yil 6-mart,
PQ-87-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 6-martdagi PQ-87-son qaroriga1-ILOVA
Ipakchilik sanoatini rivojlantirishning 2026 va 2030-yillarga moʻljallangan
T/rHudud nomi2026-yil2026-yilda sohadagi eksport hajmi(ming doll)2030 yil2030-yilda sohadagi eksport hajmi(ming doll)Tirik pilla xomashyosi(tn)Xom ipak(tn)Qayta ishlash darajasi(foiz)Ipak mato(ming p.m)Tirik pilla xomashyosi(tn)Xom ipak(tn)Qayta ishlash darajasi(foiz)Ipak mato(ming p.m)Jami30 1343 31430%9 941120 00036 1154 01375%30 012300 0001.Qoraqalpogʻiston Respublikasi1 01811212%1344 0541 21913571%96010 1222.Andijon viloyati3 88242736%1 55015 4594 64651675%3 89138 5953.Buxoro viloyati3 14334641%1 40012 5163 76241881%3 38531 2484.Jizzax viloyati1 00011032%3503 9841 19713373%9759 9465.Qashqadaryo viloyati2 90431919%60711 5623 47538677%2 98028 8676.Navoiy viloyati1 27214011%1505 0651 52216966%1 11112 6467.Namangan viloyati2 51527743%1 20010 0163 01033478%2 59225 0058.Samarqand viloyati3 87842628%1 20015 4434 64151672%3 73638 5559.Surxondaryo viloyati2 34425821%5509 3342 80531268%2 12223 30410.Sirdaryo viloyati8299116%1503 30199211075%8288 24211.Toshkent viloyati2 04222511%2508 1322 44427261%1 66720 30112.Fargʻona viloyati2 78630646%1 40011 0943 38237685%3 17728 09613.Xorazm viloyati2 52127736%1 00010 0393 01833577%2 58725 074
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 6-martdagi PQ-87-son qaroriga2-ILOVA
Ipakchilik sanoati korxonalariga pillachilik klasteri maqomini berish va bekor qilishning asosiy mezonlari
1. Pillachilik klasteri maqomini berish mezonlari:
(a) pillaga dastlabki ishlov berish quvvatlari (pilla xomashyosini quritish dastgohlari) va ipakchilik mahsulotlarini ishlab chiqarish (xom ipak, ipak momigʻi, ipak kalavasi, ipak mato, tayyor ipakli mahsulotlarni ishlab chiqarish) boʻyicha kamida bitta bosqichning mavjud boʻlishi;
(b) ishlab chiqariladigan mahsulot sifatini aniqlash boʻyicha sinov laboratoriyasi mavjud boʻlishi.
2. Pillachilik klasteri maqomini bekor qilish mezonlari:
(a) pilla yetishtirish boʻyicha tuzilgan shartnomalarga asosan urugʻ tarqatish davri va ipak qurtining boshlangʻich parvarishida pilla yetishtiruvchilarga boʻnak (avans) mablagʻlari hamda yakuniy hisob-kitoblarni belgilangan muddatlarda taʼminlamaslik;
(b) tuman “Agropilla” masʼuliyati cheklangan jamiyatlarida doimiy faoliyat yurituvchi kamida 4 nafardan agronom va 1 nafar raqamlashtirish mutaxassisining mavjud emasligi;
(v) qabul qilingan pilla xomashyosini 1 kalendar yilida toʻliq qayta ishlash taʼminlanmaganligi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 6-martdagi PQ-87-son qaroriga3-ILOVA
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarda pillachilik klasterlari tomonidan 2026 — 2028-yillarda yangi qurtxonalarni qurishning
T/rHududlar nomi 2026 — 2028-yillarda jamiShundan:2026-yil2027-yil2028-yilqurtxonalar(birlik)qiymati(mln soʻm)qurtxonalar(birlik)qiymati(mln soʻm)qurtxonalar(birlik)qiymati(mln soʻm)qurtxonalar(birlik)qiymati(mln soʻm)Respublika boʻyicha jami45090 00010020 00015030 00020040 000shundan:1.Qoraqalpogʻiston Respublikasi183 600480061 20081 6002.Andijon viloyati5310 600122 400183 600234 6003.Buxoro viloyati346 80081 600112 200153 0004.Jizzax viloyati326 40071 400112 200142 8005.Qashqadaryo viloyati8316 600183 600285 600377 4006.Navoiy viloyati102 0002400360051 0007.Namangan viloyati285 60061 20091 800132 6008.Samarqand viloyati5010 000112 200173 400224 4009.Surxondaryo viloyati367 20081 600122 400163 20010.Sirdaryo viloyati81 60024003600360011.Toshkent viloyati336 60071 400112 200153 00012.Fargʻona viloyati377 40081 600122 400173 40013.Xorazm viloyati285 60071 40091 800122 400
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 6-martdagi PQ-87-son qaroriga4-ILOVA
Ipakchilik sohasi korxonalari uchun moliyaviy qoʻllab-quvvatlash choralari
1. Yengil sanoatni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi resurslari hisobidan:
(a) Pillachilik klasterlariga quyidagi maqsadlarga:
(i) ipak qurti urugʻlarini xarid qilish uchun tijorat banklari orqali yillik 14 foiz stavkada (shundan 4 foiz bank marjasi) 6 oy imtiyozli davr bilan 12 oy muddatgacha milliy valyutada kreditlar ajratiladi;
(ii) pilla xomashyosi xaridi uchun aylanma mablagʻ bilan taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 12-yanvardagi “Mahalliy yengil sanoat korxonalarining xalqaro yetkazib berish zanjirlarida ishtirokini kengaytirish hamda tashqi bozorlarda oʻrnini mustahkamlashga qaratilgan chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-4-son Farmonining 15-bandi bilan ajratilgan mablagʻlar hisobidan tijorat banklari orqali 6 oylik imtiyozli davr bilan 24 oy muddatgacha yillik 7 foiz stavkada (shundan 2 foiz bank marjasi) kreditlar ajratiladi;
(b) korxonalarning 6 oydan oshmagan muddatga quyidagi xarajatlarining 100 foizi, biroq mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 25 barobaridan koʻp boʻlmagan qismi qoplab beriladi:
(i) naslli urugʻchilik stansiyalari va ipak qurti urugʻchilik korxonalariga xorijdan bir nafardan malakali urugʻchi, inkubist, ipak qurti seleksioneri mutaxassislari va sohaning yetuk olimlarini jalb qilish;
(ii) pillachilik klasterlariga mahsulot sifatini oshirishga, jumladan, “4 A” va undan yuqori sifatdagi xom ipak, tayyor ipak mahsulotlar ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyishga koʻmaklashadigan bir nafardan xorijiy malakali texnolog, dizayner, injener, marketolog va sifat nazoratchisini jalb qilish.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 3-maydagi “Pilla yetishtirish va ipakchilik sohasida bozor mexanizmlarini joriy qilishni jadallashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-72-son Farmoni bilan ajratilishi belgilangan 15 million AQSH dollari miqdoridagi mablagʻlarning qoldiq qismi Agentlik takliflariga asosan Farmonda belgilangan shartlarda ipakchilik sanoati korxonalariga investitsiya loyihalarini amalga oshirish maqsadlarida 2026 — 2028-yillarda ajratiladi.
3. Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarda 2026 — 2030-yillarda ipak qurti ozuqa bazasini mustahkamlash, yangi tutzorlar barpo qilish, yakka qator tut koʻchatlarini ekishning maqsadli koʻrsatkichlarini taʼminlash boʻyicha vazifalarni moliyalashtirish tegishliligi boʻyicha Oʻrmon va yashil hududlarni koʻpaytirish, choʻllanishga qarshi kurashish agentligi mablagʻlari hamda Umummilliy ekologik muammolarni bartaraf etish davlat maqsadli jamgʻarmasi orqali moliyalashtiriladigan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida amalga oshiriladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 6-martdagi PQ-87-son qaroriga5-ILOVA
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarda 2026 — 2030-yillarda ipak qurti ozuqa bazasini mustahkamlashning
T/rHudud nomi2026 — 2030-yillarda jamiShundan2026-yil2027-yil2028-yil2029-yil2030-yilYer maydoni(gektar)Ekiladigan tut koʻchatlari(ming dona)Yer maydoni(gektar)Ekiladigan tut koʻchatlari(ming dona)Yer maydoni(gektar)Ekiladigan tut koʻchatlari(ming dona)Yer maydoni(gektar)Ekiladigan tut koʻchatlari(ming dona)Yer maydoni(gektar)Ekiladigan tut koʻchatlari(ming dona)Yer maydoni(gektar)Ekiladigan tut koʻchatlari(ming dona)Respublika boʻyicha jami64 539198 89411 50831 86111 51636 39512 96041 24313 91444 29314 64045 1031.Qoraqalpogʻiston Respublikasi3 4099 7317291 7865861 7596561 9576992 0917392 1382.Andijon viloyati5 36315 0309112 3939702 7561 0803 0931 1703 3711 2313 4163.Buxoro viloyati3 99211 9508032 1076972 1747782 4198362 6078792 6434.Jizzax viloyati5 73916 4021 0452 6731 0192 9811 1393 3681 2293 6281 3073 7525.Qashqadaryo viloyati5 36714 6421 0532 6509492 6671 0372 8951 1353 2101 1933 2196.Navoiy viloyati2 6468 3944651 3664721 5455391 7505661 8346041 9007.Namangan viloyati4 73112 5878972 1448332 2749272 5471 0022 7581 0712 8658.Samarqand viloyati6 64922 4261 1243 4301 1994 1261 3554 7091 4615 0871 5105 0759.Surxondaryo viloyati6 62223 1371 1353 4491 1854 2451 3584 9271 4425 2151 5025 30010.Sirdaryo viloyati4 76317 1077342 5138693 1719963 6471 0543 8371 1093 93811.Toshkent viloyati5 23517 0858822 5729423 1381 0743 6181 1443 8541 1933 90312.Fargʻona viloyati5 71816 3621 0502 6821 0142 9721 1333 3541 2233 6191 2993 73513.Xorazm viloyati4 30414 0406792 0957822 5878892 9599543 1801 0003 218
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 6-martdagi PQ-87-son qaroriga5a-ILOVA
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarda 2026 — 2030-yillarda yangi tutzorlar barpo qilishning
Izoh: Oʻrmon fondi yerlarida yangi tutzorlar barpo etish uchun tut koʻchatlari yaxlit maydonlarda, dala chetlari, ariqlar va suv inshootlari, koʻchatxonalar va yoʻllar atrofida ekilishi mumkin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 6-martdagi PQ-87-son qaroriga5b-ILOVA
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarda 2026 — 2030-yillarda yakka qator tut koʻchatlarini ekishning
T/rHudud nomi2026 — 2030-yillarda jamiShundan“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasidaQishloq xoʻjaligi ekinlari joylashtirilgan dala chetlaridaEkiladigan maydon(gektar)Ekiladigan tut koʻchatlari(ming dona)2026 — 2030-yillarda jami2026-yil2027-yil2028-yil2029-yil2030-yil2026 — 2030-yillarda jami2026-yil2027-yil2028-yil2029-yil2030-yilEkiladigan maydon(gektar)Ekiladigan tut koʻchatlari(ming dona)Ekiladigan maydon(gektar)Ekiladigan tut koʻchatlari(ming dona)Ekiladigan maydon(gektar)Ekiladigan tut koʻchatlari(ming dona)Ekiladigan maydon(gektar)Ekiladigan tut koʻchatlari(ming dona)Ekiladigan maydon(gektar)Ekiladigan tut koʻchatlari(ming dona)Ekiladigan maydon(gektar)Ekiladigan tut koʻchatlari(ming dona)Ekiladigan maydon(gektar)Ekiladigan tut koʻchatlari(ming dona)Ekiladigan maydon(gektar)Ekiladigan tut koʻchatlari(ming dona)Ekiladigan maydon(gektar)Ekiladigan tut koʻchatlari(ming dona)Ekiladigan maydon(gektar)Ekiladigan tut koʻchatlari(ming dona)Ekiladigan maydon(gektar)Ekiladigan tut koʻchatlari(ming dona)Ekiladigan maydon(gektar)Ekiladigan tut koʻchatlari(ming dona)Respublika boʻyicha jami41 50091 9524 2008 4007561 6327981 6568401 6808821 7049241 72837 30083 5526 00013 4406 70015 0087 50016 8008 10018 1449 00120 1611.Qoraqalpogʻiston Respublikasi2 2365 02826561348120501215312356124581261 9714 4153086893527894029024299624791 0732.Andijon viloyati3 9768 2706578371181601251641311671381711451753 3187 4335391 2065971 3376641 4887201 6137991 7893.Buxoro viloyati2 6085 99018856934112361133811439115411162 4205 4213858624349724901 0975261 1795861 3124.Jizzax viloyati4 0939 08632564759126621286512968131721333 7678 4396151 3796781 5207511 6838171 8299052 0285.Qashqadaryo viloyati4 1029 09233465360127641296713170132741343 7678 4396151 3796781 5207511 6838171 8299052 0286.Navoiy viloyati1 7073 97618556733111351123711339114411161 5223 4092315172716073157063337453738357.Namangan viloyati3 6438 08032564758126621286512968131711333 3187 4335391 2065971 3376641 4887201 6137991 7898.Samarqand viloyati3 6918 10837367467131711337513578137821393 3187 4335391 2065971 3376641 4887201 6137991 7899.Surxondaryo viloyati3 2027 07933365260127631286713070132731342 8696 4274621 0345151 1545771 2926231 3966921 55110.Sirdaryo viloyati2 5295 94510852319103211042210523105241062 4205 4213858624349724901 0975261 1795861 31211.Toshkent viloyati2 9466 183526762951461001491051521101551161582 4205 4213858624349724901 0975261 1795861 31212.Fargʻona viloyati4 0689 07230163354123571256012763128661303 7678 4396151 3796781 5207511 6838171 8299052 02813.Xorazm viloyati2 7016 04228162251121531235612459126621282 4205 4203838594349724891 0965271 1805871 314
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 6-martdagi PQ-87-son qaroriga5v-ILOVA
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarda 2026 — 2030-yillarda eskirgan tutzorlarni rekonstruksiya qilishning
T/rHudud nomiMavjud tutzorlar(gektar)ShundanRekonstruksiya qilinadigan tutzorlar va ularga ekiladigan tut koʻchatlariFoydalanishga yaroqli(gektar)Rekonstruksiya qilinadigan tutzorlar(gektar)2026-yil2027-yil2028-yil2029-yil2030-yilyer maydoni(gektar)tut koʻchatlari(ming dona)yer maydoni(gektar)tut koʻchatlari(ming dona)yer maydoni(gektar)tut koʻchatlari(ming dona)yer maydoni(gektar)tut koʻchatlari(ming dona)yer maydoni(gektar)tut koʻchatlari(ming dona)Respublika boʻyicha jami54 00838 96915 0381 8729 3622 80814 0423 37016 8513 48317 4133 50517 5251.Qoraqalpogʻiston Respublikasi2 7922 40039149244733658843891453914562.Andijon viloyati5 7024 8518501065291597941919531979841989913.Buxoro viloyati4 1453 605540673361015041216051256251266294.Jizzax viloyati3 4212 3131 1081386902071 0352481 2422571 2832581 2915.Qashqadaryo viloyati7 7287 56516320101301523618238188381896.Navoiy viloyati1 149615534673331004991205991246191256237.Namangan viloyati3 0572 480577723591085381296461346681346728.Samarqand viloyati8 3416 2262 1162631 3173951 9754742 3714902 4504932 4659.Surxondaryo viloyati3 7469262 8203511 7565272 6346323 1606533 2666573 28710.Sirdaryo viloyati1 876371 8392291 1453431 7174122 0604262 1294292 14311.Toshkent viloyati4 0352 2371 7982241 1193361 6794032 0144162 0814192 09512.Fargʻona viloyati3 6922 6151 0771346702011 0052411 2062491 2472511 25513.Xorazm viloyati4 3253 0981 2271537642291 1452751 3752841 4202861 430
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 6-martdagi PQ-87-son qaroriga6-ILOVA
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarda 2026 — 2030-yillarda ipak qurti parvarishlash va pilla xomashyosi (tirik pilla) yetishtirishning
T/rHududlar nomi 2026-yil2027-yil2028-yil2029-yil2030-yilJamishundan:Jamishundan:Jamishundan:Jamishundan:Jamishundan:fermer xoʻjaliklari tomonidanfermer xoʻjaliklari tomonidanfermer xoʻjaliklari tomonidanfermer xoʻjaliklari tomonidanfermer xoʻjaliklari tomonidanqutitonnaqutitonnaqutitonnaqutitonnaqutitonnaqutitonnaqutitonnaqutitonnaqutitonnaqutitonna1.Qoraqalpogʻiston Respublikasi16 6691 01811 16267017 3361 04011 60969618 0291 08212 07372418 7501 12512 55675319 9501 21913 3608012.Andijon viloyati64 6993 88240 9922 46067 2874 03742 6322 55869 9784 19944 3372 66072 7784 36746 1102 76777 4354 64649 0612 9443.Buxoro viloyati52 3883 14336 0162 16154 4843 26937 4572 24756 6633 39938 9552 33758 9293 53540 5132 43062 7013 76243 1062 5864.Jizzax viloyati16 6691 00011 17267117 3361 04011 61969718 0291 08212 08372518 7501 12512 56775419 9501 19713 3718035.Qashqadaryo viloyati48 3912 90431 3231 88050 3273 02032 5761 95552 3403 14133 8792 03354 4333 26735 2342 11557 9173 47537 4892 2506.Navoiy viloyati21 1951 27214 08684522 0431 32314 64987922 9251 37615 23591423 8411 43115 84595125 3671 52216 8591 0127.Namangan viloyati41 9112 51528 6101 71743 5872 61629 7541 78645 3312 72030 9441 85747 1442 82932 1821 93250 1613 01034 2422 0558.Samarqand viloyati64 6343 87838 0342 28267 2194 03339 5552 37369 9084 19441 1382 46872 7044 36242 7832 56777 3584 64145 5212 7319.Surxondaryo viloyati39 0662 34425 8661 55240 6292 43826 9011 61442 2542 53527 9771 67943 9442 63729 0961 74646 7572 80530 9581 85710.Sirdaryo viloyati13 81782910 49162914 37086210 91165514 94489711 34768115 54293311 80170816 53799212 55675311.Toshkent viloyati34 0262 04222 9451 37735 3872 12423 8621 43236 8032 20924 8171 48938 2752 29725 8101 54940 7242 44427 4611 64812.Fargʻona viloyati46 4362 78631 6421 89848 9932 93932 9081 97450 9533 05734 2242 05352 9913 17935 5932 13556 3823 38237 8712 27213.Xorazm viloyati41 9112 52124 9131 50243 5852 62325 9101 56245 3282 72826 9461 62547 1412 83728 0241 69050 1583 01829 8171 798Respublika boʻyicha jami 501 81230 134327 25219 644522 58231 364340 34220 429543 48532 618353 95621 247565 22433 923368 11422 096601 39936 115391 67323 511
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 6-martdagi PQ-87-son qaroriga6a-ILOVA
Qoraqalpogʻiston Respublikasi hamda viloyatlar tuman va shaharlarida 2026 — 2030-yillarda ipak qurti parvarishlash va pilla xomashyosi (tirik pilla) yetishtirishning
T/rHududlar nomi 2026-yil2027-yil2028-yil2029-yil2030-yilqutitonnaqutitonnaqutitonnaqutitonnaqutitonnaRespublika boʻyicha jami501 81230 134522 58231 364543 48532 618565 22433 923601 39936 115Qoraqalpogʻiston Respublikasi1.Toʻrtkoʻl3 6442193 7902283 9412374 0992464 3612622.Ellikqalʼa3 3672023 5022103 6422183 7872274 0302423.Beruniy3 2121933 3402013 4742093 6132173 8442314.Amudaryo4 9362965 1333085 3393205 5523335 9083545.Xoʻjayli45627474284932951330546326.Taxiatosh36222376233922440725433267.Nukus33520349213632237723401248.Kegeyli32920342213562237022394249.Chimboy2491425915269152801629817Qoraqalpogʻiston Respublikasi boʻyicha jami16 6691 01817 3361 04018 0291 08218 7501 12519 9501 219Andijon viloyati10.Andijon5 0463035 2483155 4583285 6763416 03936311.Izboskan5 1403095 3463215 5593345 7823486 15237012.Marhamat5 1943125 4023245 6183375 8433516 21637313.Paxtaobod5 6233375 8483506 0823646 3253796 73040314.Baliqchi7 2844377 5754547 8784738 1944928 71852315.Boʻz2 4241452 5211512 6221572 7271632 90117416.Ulugʻnor1 559941 621981 6861021 7541061 86611317.Asaka5 9603586 1983726 4463876 7044037 13342818.Oltinkoʻl4 0352424 1962524 3642624 5392724 82929019.Xoʻjaobod2 1351282 2201332 3091382 4021442 55515320.Shahrixon6 9854197 2644367 5554537 8574718 36050121.Jalaquduq4 5852754 7682864 9592975 1583095 48832922.Qoʻrgʻontepa5 5143315 7353445 9643586 2033726 59939623.Buloqboshi3 2151923 3442003 4772083 6162163 848230Andijon viloyati boʻyicha jami64 6993 88267 2874 03769 9784 19972 7784 36777 4354 646Buxoro viloyati24.Jondor7 2604367 5504537 8524728 1674908 68952225.Romitan4 3682624 5432724 7242834 9132955 22831426.Olot4 1782514 3452614 5192714 7002825 00030027.Qorakoʻl5 7053425 9333566 1713706 4173856 82840928.Vobkyent5 9773596 2163736 4653886 7234047 15443029.Kogon3 2221933 3512013 4852093 6242173 85623130.Buxoro4 3172594 4902694 6692804 8562915 16731031.Peshku3 3141993 4472073 5842153 7282243 96623832.Shofirkon4 1782514 3452614 5192714 7002825 00030033.Gʻijduvon9 86959110 26461510 67463911 10166511 812707Buxoro viloyati boʻyicha jami52 3883 14354 4843 26956 6633 39958 9293 53562 7013 762Jizzax viloyati34.Doʻstlik1 6671001 7341041 8031081 8751121 99512035.Paxtakor1 609961 6731001 7401041 8101081 92611536.Forish93356970581 009611 049631 1176737.Baxmal1 500901 560941 622971 6871011 79510838.Sh.Rashidov2 7671662 8781732 9931803 1121873 31219939.Zomin9175595457992591 032621 0986640.Zarbdor1 517911 578951 641981 7061021 81610941.Yangiobod334203472136122376224002442.Arnasoy1 300781 352811 406841 462881 5569343.Mirzachoʻl1 367821 422851 479891 538921 6369844.Gʻallaorol1 550931 612971 6761011 7441051 85511145.Zafarobod1 208731 256761 307791 359831 44688Jizzax viloyati boʻyicha jami16 6691 00017 3361 04018 0291 08218 7501 12519 9501 197Qashqadaryo viloyati46.Gʻuzor2 2401342 3301392 4231452 5201512 68116047.Dehqonobod359223732238823404244302648.Qarshi4 6202774 8052884 9973005 1973125 52933249.Qamashi4 0002404 1602504 3262604 4992704 78728750.Mirishkor1 8331101 9061141 9831192 0621242 19413251.Muborak1 083651 126681 171701 218731 2967852.Nishon1 545931 607971 6711011 7381051 84911153.Koson4 7632864 9542975 1523095 3583225 70134254.Kasbi4 7832874 9742985 1733105 3803235 72534355.Chiroqchi5 0493035 2513155 4613285 6793416 04336356.Koʻkdala1 000601 040621 082651 125671 1977257.Kitob5 7003425 9283566 1653706 4123856 82240958.Shahrisabz5 6503395 8763536 1113676 3553816 76240659.Yakkabogʻ5 7663465 9973606 2373746 4863896 901414Qashqadaryo viloyati boʻyicha jami48 3912 90450 3273 02052 3403 14154 4333 26757 9173 475Navoiy viloyati60.Qiziltepa6 3803836 6353986 9014147 1774317 63645861.Navbahor5 2493155 4593285 6773415 9043546 28237762.Nurota467284862950530525315593463.Karmana2 2331342 3221392 4151452 5121512 67316064.Xatirchi6 7494057 0194217 3004387 5924568 078485Navoiy viloyati boʻyicha jami21 1951 27222 0431 32322 9251 37623 8411 43125 3671 522Namangan viloyati65.Mingbuloq3 4332063 5702143 7132233 8622324 10924766.Kosonsoy3 4802093 6192173 7642263 9152354 16525067.Chust3 9742404 1332504 2982604 4702704 75628768.Uychi3 9702384 1292484 2942574 4662684 75228569.Yangiqoʻrgʻon3 9202354 0772444 2402544 4092644 69228170.Norin3 9702384 1292484 2942574 4662684 75228571.Uchqoʻrgʻon3 9702384 1292484 2942574 4662684 75228572.Namangan3 9692384 1282484 2932584 4652684 75028573.Toʻraqoʻrgʻon3 8232293 9762384 1352484 3002584 57627474.Chortoq3 9702384 1292484 2942574 4662684 75228575.Pop3 4322063 5692143 7122233 8612324 108247Namangan viloyati boʻyicha jami41 9112 51543 5872 61645 3312 72047 1442 82950 1613 010Samarqand viloyati76.Pastdargʻom5 9183556 1553696 4013846 6573997 08342577.Samarqand1 467881 526921 587951 650991 75610578.Nurobod333203462136022375223992479.Ishtixon7 2334347 5224517 8234698 1364888 65751980.Jomboy6 2673766 5183916 7784077 0504237 50145081.Qoʻshrabot650396764170342731447784782.Oqdaryo6 1343686 3793836 6353986 9004147 34244083.Toyloq3 3001983 4322063 5692143 7122233 95023784.Kattaqoʻrgʻon7 2334347 5224517 8234698 1364888 65751985.Narpay6 0333626 2743766 5253926 7864077 22143386.Paxtachi5 3673225 5823355 8053486 0373626 42438587.Bulungʻur2 4331462 5301522 6321582 7371642 91217588.Urgut6 1333686 3783836 6333986 8994147 34044089.Payariq6 1333686 3783836 6333986 8994147 340440Samarqand viloyati boʻyicha jami64 6343 87867 2194 03369 9084 19472 7044 36277 3584 641Surxondaryo viloyati90.Angor3 0581843 1801913 3081993 4402073 66022091.Bandixon966581 005601 045631 087651 1576992.Boysun1 194721 242751 291781 343811 4298693.Qiziriq2 8531712 9671783 0861853 2091923 41520594.Muzrabot2 7541652 8641722 9791783 0981863 29619795.Sherobod3 4452073 5832153 7262243 8752334 12324896.Jarqoʻrgʻon5 0103015 2103135 4193265 6363395 99636097.Termiz2 5721542 6751602 7821672 8931733 07818498.Oltinsoy2 5211512 6221572 7271632 8361703 01718199.Shoʻrchi3 6682203 8152293 9672384 1262474 390263100.Qumqoʻrgʻon5 0103015 2103135 4193265 6363395 996360101.Denov3 4682083 6072163 7512253 9012344 151249102.Sariosiyo859518935392955966571 02861103.Uzun1 6881011 7561051 8261091 8991142 020121Surxondaryo viloyati boʻyicha jami39 0662 34440 6292 43842 2542 53543 9442 63746 7572 805Sirdaryo viloyati104.Boyovut2 0841252 1671302 2541352 3441412 494150105.Guliston2 0671242 1501292 2361342 3251392 474148106.Mirzaobod1 383831 438861 496901 556931 65599107.Oqoltin1 383831 438861 496901 556931 65599108.Sardoba1 383831 438861 496901 556931 65599109.Sayxunobod2 0671242 1501292 2361342 3251392 474148110.Sirdaryo2 0671242 1501292 2361342 3251392 474148111.Xovos1 383831 438861 496901 556931 65599Sirdaryo viloyati boʻyicha jami13 81782914 37086214 94489715 54293316 537992Toshkent viloyati112.Boʻka3 9002344 0562434 2182534 3872634 668280113.Oqqoʻrgʻon3 4102053 5462133 6882223 8362314 081245114.Ohangaron2 4801492 5791552 6821612 7901682 968178115.Piskent3 0411823 1631893 2891973 4212053 640218116.Yangiyoʻl2 3501412 4441472 5421532 6431592 813169117.Chinoz3 0251813 1461883 2721963 4032043 620217118.Quyi Chirchiq3 3902033 5262113 6672203 8132284 057243119.Bekobod4 1802514 3472614 5212714 7022825 003300120.Yuqori Chirchiq3 4102053 5462133 6882223 8362314 081245121.Oʻrta Chirchiq2 8301702 9431773 0611843 1831913 387203122.Boʻstonliq2 0101212 0901262 1741312 2611362 406145Toshkent viloyati boʻyicha jami34 0262 04235 3872 12436 8032 20938 2752 29740 7242 444Fargʻona viloyati123.Oʻzbekiston3 6522193 7982283 9502374 1082464 371262124.Furqat3 3362003 4692083 6082163 7532253 993239125.Quvasoy6814170843737447664681549126.Qoʻshtepa2 4231452 5201512 6211572 7261632 900174127.Rishton2 2921382 3841442 4791492 5781552 743165128.Yozyovon2 1451292 2311342 3201402 4131452 567154129.Bagʻdod3 2741963 4052043 5412123 6832203 919235130.Oltiariq2 8811732 9961803 1161873 2411953 448207131.Buvayda2 6191572 7241632 8331702 9461773 135188132.Soʻx6814170843737447664681549133.Beshariq4 1762514 3432614 5172714 6972824 998300134.Dangʻara3 7832273 9342364 0922464 2552554 528272135.Fargʻona t3 5362123 6772203 8252293 9782384 232254136.Quva 3 6022163 7462253 8962344 0522434 311259137.Fargʻona shahri394241 109671 154691 200721 27777138.Toshloq3 4052043 5412123 6832213 8302294 075244139.Uchkoʻprik3 5562133 6982223 8462304 0002404 256255Fargʻona viloyati boʻyicha jami46 4362 78648 9932 93950 9533 05752 9913 17956 3823 382Xorazm viloyati140.Bogʻot4 5912754 7722874 9632995 1613105 492330141.Gurlan 3 9892404 1492504 3152604 4872704 774287142.Qoʻshkoʻpir4 7912874 9832985 1823105 3893235 734343143.Xiva3 5922153 7362243 8852334 0412424 299257144.Yangibozor3 6922223 8402313 9932404 1532504 419266145.Shovot4 5912764 7752874 9662995 1643105 495330146.Urganch3 5922163 7362253 8852344 0412434 299259147.Hazorasp4 2242534 3932634 5692744 7512855 056303148.Xonqa4 7902874 9822985 1813105 3883235 733343149.Yangiariq3 6922223 8402313 9932404 1532504 419266150.Tuproqqalʼa3672838229397304133143934Xorazm viloyati boʻyicha jami41 9112 52143 5852 62345 3282 72847 1412 83750 1583 018
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 6-martdagi PQ-87-son qaroriga7-ILOVA
Pillachilik komplekslarini tashkil etish maqsadida yirik tut plantatsiyalarini barpo etish imkoniyati mavjud boʻlgan togʻ oldi hududlar roʻyxati
T/rHududlarTumanlar1.Qoraqalpogʻiston RespublikasiTaxiatosh tumani2.Andijon viloyatiBuloqboshi tumaniMarhamat tumaniJalaquduq tumaniQoʻrgʻontepa tumani3.Jizzax viloyatiForish tumaniBaxmal tumaniZomin tumani4.Qashqadaryo viloyatiKitob tumaniShahrisabz tumaniYakkabogʻ tumani5.Navoiy viloyatiNurota tumani6.Namangan viloyatiYangiqoʻrgʻon tumaniKosonsoy tumani7.Samarqand viloyatiUrgut tumani8.Surxondaryo viloyatiUzun tumaniDenov tumani9.Toshkent viloyatiBoʻstonliq tumaniOhangaron tumani10.Fargʻona viloyatiSoʻx tumaniFargʻona tumani
Izoh: Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari tomonidan ushbu roʻyxatga qoʻshimcha tumanlar kiritilishi mumkin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 6-martdagi PQ-87-son qaroriga8-ILOVA
Ipakchilik sohasini yangi tizim asosida rivojlantirish hamda ozuqa bazasini mustahkamlash boʻyicha belgilangan vazifalarni amalga oshirishga doir
T/rChora-tadbirlarAmalga oshirish mexanizmiIjro muddatiMasʼul ijrochilar1.Pillachilik klasteri maqomini berish va pillachilik klasterlari reyestrini yuritish tartibini ishlab chiqish.1. Qarorning 2-ilovasi bilan belgilangan mezonlar asosida pillachilik klasteri maqomini berish va pillachilik klasterlari reyestrini yuritish tartibini ishlab chiqish.2026-yil 1-mayYengil sanoatni rivojlantirish agentligi(N. Xolmurodov),“Oʻzbekipaksanoat” uyushmasi(R. Abdullayev)2. Tartibni tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritish.2026-yil 15-may2.Pillachilik tarmogʻida ilmiy tadqiqot ishlarini olib borish uchun Ipakchilik ilmiy-tadqiqot instituti va Oʻzbekiston tabiiy tolalar ilmiy-tadqiqot institutiga 5 million AQSH dollarigacha xorijiy grantlarni jalb qilish choralarini koʻrish.1. Grant loyiha takliflarini (konsepsiya) ishlab chiqish.2. Loyiha taklifini Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligiga kiritish.3. Xorijiy tomon (donor) bilan muzokaralar oʻtkazish.4. Grant bitimini imzolash.2026-2027-yillardaInvestitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi(L. Kudratov),Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi(N. Xolmurodov)3.“Pillachilik.uz” elektron platformasiga vazirlik va idoralarning tegishli axborot tizimlarini integratsiya qilish va maʼlumotlarning real vaqt rejimida aks ettirilishini taʼminlash.1. Vazirlik va idoralarning tegishli axborot tizimlarini Platforma bilan integratsiya qilish, jumladan, my.gov.uz, “UDOCS” AT va boshqa axborot tizimlari orqali maʼlumot almashuvini yoʻlga qoʻyish.2026-yil 1-sentabr“Oʻzbekipaksanoat” uyushmasi(R. Abdullayev),Qishloq xoʻjaligi vazirligi(I. Abdurahmonov),Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi(B. Zaxidov),Raqamli texnologiyalar vazirligi(Sh. Shermatov),Bojxona qoʻmitasi(A. Mavlonov),Soliq qoʻmitasi(F. Pulatov),Milliy statistika qoʻmitasi(B. Hamrayev)Kadastr agentligi(T. Abdullayev),Markaziy bank(T. Ishmetov),tijorat banklari,Oʻzbekiston tovar-xomashyo birjasi(A. Qayumov),“Oʻzdaverloyiha” DILI(R. Turayev)2. Tizim faoliyatini sinovdan oʻtkazish.2026-yil 10-sentabr3. Platformada barcha axborot tizimlarining maʼlumotlari real vaqt rejimida aks ettirilishini yoʻlga qoʻyish.2026-yil 1-oktabr4.Soha korxonalariga berilgan imtiyozlarni qoʻllash boʻyicha maʼlumotlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish.Uyushma tomonidan Soliq qoʻmitasiga pillachilik klasterlari reyestriga kiritilgan korxonalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni berib borish.Doimiy ravishda“Oʻzbekipaksanoat” uyushmasi(R. Abdullayev)5.Soha korxonalariga berilgan imtiyozlarni qoʻllash tartibini takomillashtirish.Imtiyozlardan foydalanish samaradorligini oshirish maqsadida xom ipak mahsulotini sifat darajalariga asosan (2A, 3A, 4A, 5A va boshqalar) tasniflash boʻyicha mahsulotlar va xizmatlar identifikatsiya kodi (MXIK)ni joriy qilish. 2026-yil 1-aprelSoliq qoʻmitasi(F. Pulatov),“Oʻzbekipaksanoat” uyushmasi(R. Abdullayev)6.Ipak chiqindilarini subpozitsiyalarga ajratish va ularga belgilangan eksport boji stavkalarini qayta koʻrib chiqish.1. Ipak chiqindilarini (TIF TN kodi — 5003 00 000 0) quyidagi kichik subpozitsiyalarga ajratish:(a) ipak momigʻi; (b) yaroqsiz pilla xomashyosi;(v) boshqa ipak chiqindilari (pilla ipi chiqindilari va titilgan xomashyo).2026-yil 15-martVazirlar Mahkamasi(J. Xodjayev),Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi(L. Kudratov),Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi(N. Xolmurodov),Bojxona qoʻmitasi(A. Mavlonov),“Oʻzbekekspertiza” AJ(U. Muradov)2. Har bir pozitsiya boʻyicha eksport boji stavkalarini qayta belgilash yuzasidan takliflarni Jahon savdo tashkiloti bilan ishlash boʻyicha idoralararo komissiyaga kiritish.2026-yil 1-aprel3. Jahon savdo tashkiloti bilan ishlash boʻyicha idoralararo komissiya tomonidan tegishli qarorni qabul qilish.2026-yil 15-aprel7.Tegishli hududlarda pilla yetishtirish maqsadli koʻrsatkichlariga erishishni hokimlar faoliyatining eng muhim samaradorlik koʻrsatkichi (KPI) sifatida belgilab, baholab borish.1. 2026-yildan boshlab pilla yetishtirish maqsadli koʻrsatkichlariga erishishni Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va tuman hokimlari faoliyatining samaradorlik koʻrsatkichi (KPI) sifatida belgilash.2026-yil 1-aprelBoshqaruv samaradorligi agentligi(U. Xusainov),Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi,viloyatlar va tuman hokimlari2. Samaradorlik koʻrsatkichlarini (KPI) baholab borish.Doimiy ravishda8.Ipak qurti urugʻi kasalliklarini mikroskopik tahlil asosida oldindan aniqlash hamda ipak qurti urugʻi va xom ipakka sifat sertifikati berish tizimini joriy etish choralarini koʻrish.1. Xorijdan keltiriladigan va mahalliy tayyorlanadigan ipak qurti urugʻi kasalliklarini mikroskopik tahlil asosida oldindan aniqlash hamda ipak qurti urugʻi va xom ipakka sifat sertifikatini berish tizimini yoʻlga qoʻyish boʻyicha tegishli normativ-huquqiy hujjat loyihalarini ishlab chiqish.2026-yil 1-mayYengil sanoatni rivojlantirish agentligi(N. Xolmurodov),Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi(Sh. Jabborov),Texnik jihatdan tartibga solish agentligi(A. Jumanazarov),Adliya vazirligi(A. Tashkulov)2. Normativ-huquqiy hujjatlarni belgilangan tartibda tasdiqlash.2026-yil 10-may9.“Oʻzbekipaksanoat” uyushmasini davlat mulki obyektida tekin foydalanish huquqi asosida joylashtirish choralarini koʻrish.1. Toshkent shahri hududida joylashgan davlat mulki obyektini aniqlash.2. Uyushmani toʻgʻridan-toʻgʻri tekin foydalanish huquqi asosida joylashtirish.2026-yil 1-aprelDavlat aktivlarini boshqarish agentligi(S. Murodov),Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi(N. Xolmurodov)10.Sanoat usulida pilla yetishtirish hajmini oshirish chora-tadbirlarini amalga oshirish.1. Xorijdan malakali mutaxassislarni jalb qilgan holda hududlarda sanoat usulida pilla yetishtirishni rivojlantirish, hosildorlikni oshirish hamda yuqori qoʻshilgan qiymatli mahsulot ishlab chiqarishni qoʻshimcha qoʻllab-quvvatlash dasturini ishlab chiqish.2026-yil 15-iyulYengil sanoatni rivojlantirish agentligi(N. Xolmurodov),Qishloq xoʻjaligi vazirligi(I. Abdurahmonov),Iqtisodiyot va moliya vazirligi(I. Norqulov),“Oʻzbekipaksanoat” uyushmasi(R. Abdullayev)2. Dasturni tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritish.2026-yil 1-avgust11.Pilla yetishtirishda bozor mexanizmlarini joriy etish boʻyicha takliflar kiritish.Sohada bozor mexanizmlarini joriy qilish boʻyicha quyidagi masalalarda takliflarni ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish:Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi(N. Xolmurodov),Iqtisodiyot va moliya vazirligi(I. Norqulov),Qishloq xoʻjaligi vazirligi(I. Abdurahmonov),Oʻzbekiston tovar-xomashyo birjasi(A. Qayumov),“Oʻzbekipaksanoat” uyushmasi(R. Abdullayev)a) ipakchilik rivojlangan tumanlarning ijobiy tajribasi asosida pilla yetishtirish va uni qayta ishlash, tutzorlarni boshqarishda yer munosabatlarini tartibga solish, ipakchilik sohasida ixtisoslashuvni chuqurlashtirish;2026-yil 1-iyulb) 2027-yil hosilidan boshlab tajriba-sinov tariqasida respublikaning uchta tumanida pilla yetishtirish va sotishni birjaning elektron savdo platformasi orqali joriy qilish.2026-yil 1-noyabr12.Qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritish.1. Qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida tegishli normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish.2. Hujjat loyihasini belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.Uch oy muddatdaYengil sanoatni rivojlantirish agentligi(N. Xolmurodov),manfaatdor vazirlik va idoralar