Kibermakonda shaxs, jamiyat va davlat manfaatlarini samarali himoya qilish, axborot infratuzilmasining barqarorligini taʼminlash, raqamli iqtisodiyot tarmoqlarida kiberxavfsizlikni yanada kuchaytirishning ustuvor yoʻnalishlarini belgilash, kiberjinoyatchilikning oldini olish tizimini takomillashtirish, shuningdek, fuqarolarda kiberxavfsizlik madaniyatini shakllantirish va mustahkamlash maqsadida qaror qilaman:
1. Quyidagilar Oʻzbekiston Respublikasining kiberxavfsizlik sohasida asosiy strategik maqsad va vazifalari etib belgilansin:
(a) maqsadlar:
(i) milliy kiberbarqarorlikni mustahkamlash, muhim axborot va davlat raqamli infratuzilmasini himoya qilish;
(ii) kiberxavflarni tizimli kamaytirish hamda fuqarolar, xususiy sektor va davlatning raqamli xavfsizlik darajasini oshirish;
(iii) kiberjinoyatchilikka qarshi faol kurashish;
(iv) kiberxavfsizlik sohasida raqamli innovatsiyalar, sunʼiy intellekt texnologiyalarini rivojlantirish va texnologik mustaqillikni mustahkamlash;
(v) xalqaro hamkorlikni rivojlantirish va kibermakonni global tartibga solish jarayonlarida ishtirok etish;
(b) vazifalar:
(i) kibertahdidlarga javob qaytarish milliy markazlari va kibertahdidlarni erta aniqlash hamda ular haqidagi maʼlumotlarni tezkor almashish tizimlarini tashkil etish;
(ii) raqamli identifikatsiya, autentifikatsiya va foydalanishni boshqarish milliy infratuzilmasini, shuningdek, mahalliy dasturiy va apparat yechimlarini rivojlantirish;
(iii) maʼlumotlarni himoya qilish, xususiy sektorning masʼulligini oshirish va kiberhodisalarga munosabat bildirish sohasidagi qonunchilikni takomillashtirish va standartlarni joriy qilish;
(iv) raqamli kriminalistika imkoniyatlarini va huquqni muhofaza qilish organlarining ixtisoslashtirilgan boʻlinmalari salohiyatini oshirish;
(v) xalqaro kibermashgʻulotlar, bitimlar va kiberhodisalar qoʻshma tekshiruvlarida ishtirok etish.
2. Quyidagilar:
(a) Oʻzbekiston Respublikasining 2026 — 2030-yillarga moʻljallangan kiberxavfsizlik strategiyasi (keyingi oʻrinlarda — Strategiya) 1-ilovaga muvofiq;
(b) Oʻzbekiston Respublikasining 2026 — 2030-yillarga moʻljallangan kiberxavfsizlik strategiyasini amalga oshirish boʻyicha “yoʻl xaritasi” (keyingi oʻrinlarda — “Yoʻl xaritasi”) 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Davlat organlari va tashkilotlarining rahbarlari Strategiya hamda “Yoʻl xaritasi”da belgilangan chora-tadbirlarning oʻz vaqtida va samarali amalga oshirilishi uchun shaxsan javobgardirlar.
4. 2026-yil 1-apreldan eʼtiboran:
(a) Adliya vazirligi, Energetika vazirligi hamda Soliq qoʻmitasida tegishli tarkibiy boʻlinmalar negizida amaldagi shtat birliklari doirasida kamida 4 ta shtat birligidan iborat Kiberxavfsizlikni taʼminlash boʻlimi;
(b) quyidagi davlat organlari va tashkilotlarida amaldagi shtat birliklari hamda mehnatga haq toʻlash jamgʻarmasi doirasida kiberxavfsizlikni taʼminlashga masʼul tarkibiy boʻlinmalar tashkil etilsin:
(i) Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi;
(ii) Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi;
(iii) Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Energiya samaradorligi milliy agentligi;
(iv) Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Migratsiya va personallashtirish departamenti;
(v) Mudofaa vazirligi huzuridagi Mudofaa sanoati agentligi;
(vi) Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi;
(vii) Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Innovatsion rivojlanish agentligi;
(viii) Adliya vazirligi huzuridagi “Oʻzarxiv” agentligi;
(ix) Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi;
(x) Yoshlar ishlari agentligi;
(xi) “Oʻzbekgidroenergo” AJ.
5. Ushbu Farmonning 4-bandida nazarda tutilgan davlat organlari va tashkilotlari 2026-yil yakuniga qadar tashkil etilgan boʻlinmalar faoliyati natijalari yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibiyatiga maʼlumot taqdim etsin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi raisligida Kiberxavfsizlikni taʼminlash va kiberjinoyatchilikka qarshi kurashish boʻyicha muvofiqlashtiruvchi milliy kengash tashkil etilsin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibiyati bir hafta muddatda Muvofiqlashtiruvchi milliy kengash nizomi va uning tarkibini tasdiqlasin.
8. 2026-yil 1-apreldan Energetika vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Adliya vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Mudofaa vazirligi, Markaziy bank, raqamli hukumat va bank-moliya sohasidagi axborot tizimlarida kiberxavfsizlik taʼminlanganlik holatini baholash boʻyicha mutasaddi tashkilotlar mutaxassislaridan iborat ishchi guruhlarni shakllantirsin hamda baholash natijalari yuzasidan maʼlumotlarni 2026-yil 1-iyulga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibiyatiga taqdim etsin.
9. Raqamli texnologiyalar vazirligi va Davlat xavfsizlik xizmatining kiberxavfsizlikni taʼminlash boʻyicha tegishli tarkibiy boʻlinma (masʼul xodim) yoki yetarli kuch va vositalarga ega boʻlmagan davlat organlari va tashkilotlariga kiberxavfsizlikni taʼminlash boʻyicha autsorsing xizmatini koʻrsatuvchi tashkilotlar xizmatidan foydalanishga ruxsat berish haqidagi taklifi maʼqullansin.
10. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga koʻra davlat organlari va tashkilotlari belgilangan tartibda faqat kiberxavfsizlikni taʼminlash boʻyicha autsorsing xizmatini koʻrsatuvchi tashkilotlar reyestriga kiritilgan yuridik shaxslar xizmatidan foydalanishlari mumkin.
11. Davlat xavfsizlik xizmati:
(a) 2026-yil 1-avgustga qadar Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan birgalikda kiberxavfsizlikni taʼminlash boʻyicha autsorsing xizmatini koʻrsatuvchi tashkilotlarni roʻyxatga olish hamda ushbu xizmatdan foydalanish tartibini nazarda tutuvchi qaror loyihasini ishlab chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
(b) kiberxavfsizlikni taʼminlash boʻyicha autsorsing xizmatini koʻrsatuvchi tashkilotlar reyestrini yuritsin.
12. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq 2026-yil 1-apreldan boshlab davlat organlari va tashkilotlari (harbiylashtirilgan tuzilmalar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar bundan mustasno) tomonidan budjetdan tashqari jamgʻarma mablagʻlari hisobidan hamda budjet parametrlari doirasida zarur mablagʻlarni kiberxavfsizlikni taʼminlash masalalariga yoʻnaltiriladi.
13. Davlat xavfsizlik xizmatining milliy axborot tizimlari va resurslarining zamonaviy kibertahdidlarga bardoshlilik darajasini oshirish maqsadida ilgʻor xorijiy tajriba asosida ularning kiberxavfsizlik borasidagi zaif jihatlari va kamchiliklarini aniqlash boʻyicha mustaqil ekspertlar ishtirokida tanlovlar oʻtkazib borish haqidagi taklifi maʼqullansin.
14. Belgilansinki, davlat organlari va tashkilotlari hamda muhim axborot infratuzilmasi subyektlarining axborot tizimlari va resurslarida kiberxavfsizlik bilan bogʻliq zaiflik va kamchiliklarni aniqlash boʻyicha tanlovlar Davlat xavfsizlik xizmati tomonidan belgilanadigan maxsus elektron platformada oʻtkaziladi.
15. Davlat xavfsizlik xizmati:
(a) 2026-yil 1-avgustga qadar Adliya vazirligi bilan birgalikda axborot tizimlari va resurslarining kiberxavfsizlik borasidagi zaif jihatlari va kamchiliklarini aniqlash boʻyicha mustaqil ekspertlar ishtirokida tanlov oʻtkazish tartibini ishlab chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
(b) 2026-yil 1-oktabrga qadar davlat organlari va tashkilotlari hamda muhim axborot infratuzilmasi subyektlarining axborot tizimlari va resurslarida kiberxavfsizlik bilan bogʻliq zaiflik va kamchiliklarni aniqlash boʻyicha tanlov oʻtkazish uchun maxsus elektron platformani yaratsin.
16. Ichki ishlar vazirligi 2026-yil 1-iyulga qadar tezkor faoliyatni axborot-texnik qoʻllab-quvvatlashga moʻljallangan kiberlaboratoriya tashkil etish yuzasidan qaror loyihasini ishlab chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
17. Davlat xavfsizlik xizmati Raqamli texnologiyalar vazirligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi bilan birgalikda 2026-yil yakuniga qadar yoshlarning internetdan xavfsiz foydalanish yuzasidan bilimlarini oshirish maqsadida:
(a) yuqori sinflar oʻquvchilari uchun tarbiyaviy soatlar doirasida kibermadaniyat mashgʻulotlarini tashkil etsin;
(b) talabalar va maktab oʻquvchilari uchun kiberxavfsizlik asoslari boʻyicha bepul onlayn kurslarni taqdim etadigan platformalar hamda mavzuga oid ijtimoiy roliklarni ishlab chiqsin.
18. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibiyati:
(a) “Yoʻl xaritasi”da belgilangan chora-tadbirlarni amalga oshirish yuzasidan masʼul vazirlik, idora va tashkilotlar faoliyatini samarali tashkil qilsin hamda muvofiqlashtirsin;
(b) “Yoʻl xaritasi” masʼul ijrochilar tomonidan, shu jumladan, hududlar kesimida oʻz vaqtida, toʻliq va sifatli ijro etilishi yuzasidan nazorat tadbirlarini amalga oshirsin;
(v) vazirlik, idora, davlat muassasalari hamda bank, toʻlov tizimi operatorlari, kredit va toʻlov tashkilotlarining kiberxavfsizlik tizimini isloh qilish borasidagi faoliyatini muvofiqlashtirib borsin;
(g) ushbu Farmonda belgilangan topshiriqlar ijrosini har chorakda muhokama qilib borsin.
19. Ushbu Farmon ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi V.V. Maxmudov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2026-yil 10-mart,
PF-38-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 10-martdagi PF-38-son Farmoniga1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasining 2026 — 2030-yillarga moʻljallangan kiberxavfsizlik
1-bob. Strategiyaning asosiy maqsad va vazifalari
1. Strategiyaning asosiy maqsadi kelgusi besh yilda kiberxavfsizlikni taʼminlashning ustuvor yoʻnalishlarini belgilashdan iborat.
2. Quyidagilar Strategiyaning asosiy maqsadiga erishish vazifalari hisoblanadi:
(a) davlat organlari va tashkilotlarining axborot tizimlari va resurslarini hamda muhim axborot infratuzilmasi obyektlarini kibertahdidlardan himoya qilishni nazarda tutuvchi davlat himoya tizimini yanada rivojlantirish;
(b) davlat organlari va tashkilotlarining axborotlashtirish va muhim axborot infratuzilmasi obyektlarining kiberxavfsizlik jihatidan barqarorligini oshirish;
(v) muhim axborot infratuzilmasi obyektlari, davlat axborot tizimlari va resurslarining barqaror va uzluksiz ishlashini taʼminlash;
(g) axborot texnologiyalari orqali sodir etiladigan jinoyatlar va boshqa huquqbuzarliklarni aniqlash va ularning oldini olish, ushbu maqsadda raqamli kriminalistikani keng qoʻllash;
(d) kiberjinoyatchilikka qarshi kurashish chora-tadbirlarini va usullarini takomillashtirish, shuningdek, kibermakonda noqonuniy xatti-harakatlar sodir etganlik uchun javobgarlikni kuchaytirish;
(j) muhim axborot infratuzilmasi obyektlarida kiberxavfsizlik talablariga qatʼiy rioya etilishi ustidan nazoratni kuchaytirish hamda kiberxavfsizlik sohasidagi qonunchilik talablarini buzganlik uchun javobgarlikni belgilash;
(z) kiberxavfsizlik sohasida davlat siyosati toʻgʻrisida ishonchli va sifatli, obyektiv maʼlumotlarni taqdim etish orqali mamlakatning ijobiy imijini yaratish va uning xalqaro maydondagi obroʻsini mustahkamlash;
(i) kiberxavfsizlik sohasidagi mutaxassislarning kasbiy taʼlim darajasini oshirish hamda malaka darajasini baholash tizimini yaratish;
(k) ilmiy-tadqiqot, tajriba-konstruktorlik va texnologik ishlar natijalarini keng qoʻllash uchun taʼlim, ilm-fan hamda tadbirkorlikni integratsiya qilishning taʼsirchan mexanizmlarini ishlab chiqish;
(l) internetdan toʻsiqlarsiz foydalanish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish, ayniqsa, yoshlarda internetdan foydalanish madaniyatini yanada yuksaltirish, ularning yolgʻon maʼlumotlar qurboniga aylanishi, dunyoqarashi salbiy gʻoyalar taʼsirida shakllanishining oldini olish hamda fuqarolarning internetdan foydalanish borasidagi savodxonligini oshirish;
(m) davlat organlari va muhim axborot infratuzilmasi obyektlarining kiberxavfsizlikni taʼminlash boʻyicha tashkiliy-texnik bazasini rivojlantirish;
(n) kiberxavfsizlikni taʼminlash boʻyicha ilgʻor va innovatsion texnologiyalarni joriy etish;
(o) kiberxavfsizlik sohasida xorijiy davlatlarning vakolatli organlari, xalqaro va xorijiy tuzilmalar va tashkilotlar bilan hamkorlikni yanada mustahkamlash. Xususan, kiberxavfsizlik masalalari boʻyicha Birlashgan Millatlar Tashkiloti, Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi, Shanxay hamkorlik tashkiloti, Turkiy davlatlar tashkiloti, Arab davlatlari ligasi mamlakatlari hamda boshqa xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar doirasida hamkorlikni rivojlantirish, shuningdek, strategik sheriklik orqali xalqaro tajriba va texnologiyalarni jalb qilish;
(p) Markaziy Osiyoda kiberxavfsizlik masalalari hamda kiberjinoyatchilikka qarshi kurashish boʻyicha qoʻshma tashabbuslarni rivojlantirish.
2-bob. Strategiyaning ustuvor yoʻnalishlari
3. Quyidagilar Strategiyani amalga oshirishning ustuvor yoʻnalishlari hisoblanadi:
(a) kiberxavfsizlik sohasini normativ-huquqiy va tashkiliy-texnik jihatdan takomillashtirish;
(b) davlat organlari va tashkilotlarining axborot tizimlari va resurslarini, shuningdek, muhim axborot infratuzilmasi obyektlarini himoya qilishning davlat tizimini rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash;
(v) kiberxavfsizlik hodisalarining oldini olish maqsadida kiberxavfsizlik holatini monitoring qilish tizimini joriy etish hamda kiberxavfsizlik subyektlari bilan vakolatli organ oʻrtasida faol va tezkor hamkorlikni taʼminlash;
(g) kiberxavfsizlikni taʼminlash vositalarini ishlab chiqish va ularning ishlab chiqarilishini rivojlantirish hamda kiberxavfsizlik sohasidagi ilmiy tashkilotlar va ishlab chiqarish korxonalarini innovatsion rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish;
(d) axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatlarning oldini olish va ularga qarshi kurashish tizimining samaradorligini oshirish;
(j) kiberxavfsizlikni taʼminlash boʻyicha davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish hamda kibertahdidlarning oldini olish va ulardan himoyalanish jarayonlariga xususiy sektorni jalb etish;
(z) kredit va toʻlov tashkilotlari, toʻlov tizimi operatorlari, valyuta birjalari hamda kredit byurolari faoliyatida kibertahdidlarga qarshi kurashish hamda axborot tizimlari va mobil ilovalarda kiberxavfsizlikni taʼminlash choralarini kuchaytirish;
(i) kiberxavfsizlikni taʼminlash sohasida kadrlar malakasini hamda aholining kibersavodxonligini oshirish;
(k) kiberxavfsizlikni taʼminlash sohasida xalqaro hamkorlikni kuchaytirish va transchegaraviy kibertahdidlarga qarshi birgalikda harakat qilish samaradorligini oshirish.
1-§. Davlat axborot tizimlari va resurslari, boshqa axborotlashtirish obyektlari hamda muhim axborot infratuzilmasi obyektlarini kibertahdidlardan himoya qilish darajasini oshirish maqsadida kiberxavfsizlik sohasini normativ-huquqiy va tashkiliy-texnik jihatdan takomillashtirish
4. Ushbu yoʻnalishda quyidagilar amalga oshiriladi:
(a) quyidagilarga qaratilgan normativ standartlar, talablar va choralarni belgilash:
(i) muhim axborot infratuzilmasi obyektlarini ularning toifalarini hisobga olgan holda hamda kiberhimoyasiga yagona yondashuvlar va usullardan foydalangan holda tashkiliy-texnik jihatdan taʼminlash;
(ii) davlat organlari va tashkilotlarining himoyalangan yopiq axborot tizimlarida, shuningdek, muhim axborot infratuzilmasi obyektlarida foydalaniladigan amaliy va tizim dasturlari internet orqali xavfsiz yuklab olinishini va yangilanishini taʼminlash;
(iii) xavfsiz maʼlumotlar almashinuvi uchun davlat axborot tizimlarining raqamli hukumat doirasida integratsiyalashuvi, shuningdek, axborot tizimlarida va ular oʻrtasida metamaʼlumotlar (metadata) asosida almashinuvda himoyalangan maʼlumotlarni identifikatsiya qilish va tasniflashni taʼminlash;
(iv) internetdan foydalanish xizmatlarini koʻrsatuvchi telekommunikatsiya operatorlari tarmoqlarining kiberxavfsizligini taʼminlash;
(b) kiberxavfsizlikni samarali taʼminlash uchun davlat organlari va tashkilotlarida, shuningdek, muhim axborot infratuzilmasi subyektlarida tashkiliy tuzilmani takomillashtirish;
(v) axborot texnologiyalari va kiberxavfsizlik sohasidagi qonunchilik talablarini bajarmaganlik uchun mansabdor shaxslar javobgarligini kuchaytirish;
(g) yagona operator va yagona kiberxavfsizlik uzelining infratuzilmasini takomillashtirish, davlat organlari va tashkilotlari axborot tizimlari va resurslari hamda muhim axborot infratuzilmasi obyektlarining ularga ulanishini taʼminlash;
(d) raqamli hukumat doirasida davlat axborot tizimlarini integratsiya qilishda kiberxavfsizlik darajasini oshirish;
(j) davlat va tijorat xizmatlarini onlayn shaklda taqdim etishda axborot tizimlari va resurslaridan himoyalangan tarzda foydalanish darajasini oshirish (onlayn xizmatlardan foydalanishda identifikatsiya va koʻp faktorli autentifikatsiya hamda himoyalangan ulanish talablarini oʻrnatish);
(z) davlat organlari va tashkilotlari rahbarlari tomonidan zamonaviy kibertahdidlar va kiberxavfsizlik muammolaridan himoyalanishning samarali usullari va vositalarini qoʻllashi hamda tashkilotning axborot xavfsizligi siyosati ustidan nazoratni kuchaytirish;
(i) davlat sirlarini qayta ishlashga moʻljallangan axborotlashtirish obyektlarining kiberxavfsizligini taʼminlash talablariga rioya etilishini monitoring qilish tizimini joriy etish;
(k) Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tizimida kiberxavfsizlik talablariga rioya etilishini nazorat qilish tizimini joriy etish;
(l) kiberxavfsizlik sohasida texnik jihatdan tartibga solish tizimini ishlab chiqish;
(m) kiberxavfsizlik sohasidagi xalqaro shartnomalar doirasida amalga oshirilgan muvofiqlik sertifikatlari va sinov hisobotlarini tan olish mexanizmini joriy etish.
2-§. Davlat organlari va tashkilotlarining axborot tizimlari va resurslarini, shuningdek, muhim axborot infratuzilmasi obyektlarini himoya qilishning davlat tizimini rivojlantirishni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash
5. Ushbu yoʻnalishda quyidagilar amalga oshiriladi:
(a) davlat organlarida budjetdan tashqari mablagʻlar hisobidan kiberxavfsizlikni taʼminlash uchun har yili zarur mablagʻlarni rejalashtirish (kiberxavfsizlikni taʼminlash vositalari litsenziyasini yangilash, mutaxassislar malakasini oshirish, kiberxavfsizlik uzeliga ulanish va boshqalar);
(b) davlat organlari va tashkilotlarining axborot tizimlari va resurslarini, muhim axborot infratuzilmasi obyektlariga sertifikatlashtirilgan hamda ekspertizadan oʻtkazilgan himoya vositalari va tizimlarni joriy etishda xorijiy investitsiya va grantlarni jalb qilish.
3-§. Kiberxavfsizlik hodisalarining oldini olish maqsadida kiberxavfsizlik holatini monitoring qilish tizimini joriy etish hamda kiberxavfsizlik subyektlari bilan vakolatli organ oʻrtasida faol va tezkor hamkorlikni taʼminlash
6. Ushbu yoʻnalishda quyidagilar amalga oshiriladi:
(a) kiberxavfsizlik hodisalarini monitoring qilish va ularga javob qaytarish milliy tizimini yaratish (SOC) markazlarini tashkil etish;
(b) muhim axborot infratuzilmasi subyektlarining kiberxavfsizlik hodisalariga javob qaytarishda kiberxavfsizlik boʻyicha vakolatli organ va huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan tezkor oʻzaro munosabatlar tizimini shakllantirish;
(v) davlat organlari va tashkilotlari axborot tizimlari va resurslaridagi hamda muhim axborot infratuzilmasi obyektlaridagi zaifliklar va kamchiliklarni aniqlash tizimlarini yaratish va joriy etish;
(g) yangi kibertahdidlar va zaifliklar toʻgʻrisida tezkor maʼlumot almashishni taʼminlash, ularga samarali javob qaytarish va obyektlarning himoyasini kuchaytirish uchun kiberxavfsizlik sohasidagi ishtirokchilarni xabardor qilish.
4-§. Kiberxavfsizlikni taʼminlash vositalarini ishlab chiqish va ularning ishlab chiqarilishini rivojlantirish hamda kiberxavfsizlik sohasidagi ilmiy tashkilotlar va ishlab chiqarish korxonalarini innovatsion rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish
7. Ushbu yoʻnalishda quyidagilar amalga oshiriladi:
(a) kiberxavfsizlikni taʼminlash vositalari qoʻllanishini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashda xususiy tashkilotlarni jalb etish va ularning texnoparklarda ishtirok etishini taʼminlash;
(b) kiberxavfsizlik sohasidagi tadqiqotlar va ishlanmalarning ustuvor yoʻnalishlarini aniqlash, shu jumladan, sunʼiy intellekt va blokcheyn texnologiyasini joriy etish, ushbu ishlarni davlat ehtiyojlari uchun amalga oshirishga davlat buyurtmalarini shakllantirish hamda ularni davlat tomonidan maqsadli qoʻllab-quvvatlash;
(v) ilmiy va akademik muassasalar, kasbiy va jamoat birlashmalari bilan hamkorlikning samarali shakllarini ishlab chiqish, birgalikda ilmiy tadqiqotlar oʻtkazish;
(g) zamonaviy kiberhujumlar va kiberjinoyatlarga qarshi kurashishning huquqiy, tashkiliy, texnik va amaliy jihatlari boʻyicha tadqiqotlar oʻtkazish, xalqaro amaliyotga asoslangan innovatsion va samarali usullar, texnologiyalar va himoya strategiyalarini ishlab chiqish uchun kiberxavfsizlik sohasida ilmiy-amaliy tadqiqotlarni jadallashtirish.
5-§. Axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatlar va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish va ularga qarshi kurashishning samarali tizimini tashkil etish
8. Ushbu yoʻnalishda quyidagilar amalga oshiriladi:
(a) axborot texnologiyalaridan foydalanib sodir etiladigan jinoyatlar va huquqbuzarliklarning oldini olish, ularni aniqlash va fosh etish boʻyicha huquqni muhofaza qiluvchi organlarning masʼul boʻlinmalari faoliyatini kuchaytirish hamda sohaga zamonaviy texnologiyalarni joriy etishni rivojlantirish hamda kiberhujumlarga samarali javob qaytarish bilan shugʻullanadigan tezkor guruhlar tuzish va ularning doimiy ravishda tayyorgarlik holatini oshirib borish;
(b) tezkor-qidiruv va tergov faoliyatining zamonaviy shakllari, vositalari va usullaridan faol foydalanish, kiberxavfsizlikni eng yuqori darajada taʼminlash va kiberjinoyatchilikka qarshi samarali kurashish maqsadida kiberkriminalistlarni tayyorlashni yoʻlga qoʻyish;
(v) huquqni muhofaza qiluvchi organlarda raqamli kriminalistika sohasini rivojlantirish, shu jumladan, mutaxassislarni tayyorlash va oʻqitish, ixtisoslashtirilgan laboratoriyalarni yaratish, raqamli dalillarni toʻplash, tahlil qilish hamda tergov oʻtkazish usullari va texnologiyalarini ishlab chiqish va joriy etish;
(g) huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan kibermakonda firibgarlik va boshqa huquqbuzarliklarga qarshi kurashish boʻyicha profilaktika chora-tadbirlarini amalga oshirish, shuningdek, huquqni muhofaza qiluvchi organlar va aholining kiberjinoyatlar toʻgʻrisida fuqarolarni xabardor qilish boʻyicha oʻzaro hamkorligining samarali mexanizmlarini yaratish, kiberjinoyatlar toʻgʻrisida ariza va xabar berish jarayonini fuqarolar bilan bogʻlanish uchun onlayn xizmat hamda qulay platformalar tashkil etish orqali soddalashtirish;
(d) davlat tashkilotlari xodimlariga va jamoatchilikka kiberxavfsizlik toʻgʻrisida muntazam ravishda yangiliklarni yetkazib borish, rahbarlar va xodimlar uchun treninglar oʻtkazish hamda mukammal ishlab chiqilgan roliklar shaklida ommaviy axborot vositalari orqali aholiga kiberxavfsizlik toʻgʻrisida tushunchalar yetkazish;
(j) axborot texnologiyalaridan foydalanib sodir etiladigan jinoyatlar va huquqbuzarliklar uchun javobgarlikni kuchaytirish hamda kibermakonda sodir etiladigan yangi ijtimoiy xavfli harakatlar uchun javobgarlikni belgilash yuzasidan Jinoyat kodeksi va Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksni takomillashtirish;
(z) fuqarolarni telefon va internet firibgarligidan himoya qilish uchun telekommunikatsiya vositalaridan foydalangan holda kiberjinoyatchilikka qarshi kurashish choralarini ishlab chiqish va amalga oshirish, shu jumladan:
(i) firibgar veb-saytlarni avtomatlashtirilgan tarzda aniqlash va ularga qarshi kurashish uchun fishingga qarshi platforma yaratish;
(k) potensial firibgar qoʻngʻiroqlarni aniqlash va blokirovka qilish yoki ular haqida ogohlantirish yuborish;
(l) soxta (shubhali) qoʻngʻiroqlarni bloklash yoki foydalanuvchilarni ogohlantirish hamda ularni istalmagan qoʻngʻiroqlardan himoya qilishga qaratilgan choralarni koʻrish boʻyicha mobil aloqa operatorlari va provayderlarining majburiyatlarini belgilash;
(m) reklama va spam qoʻngʻiroqlarni cheklash (rad etish) va boshqalar;
(n) axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatlarga qarshi kurashish uchun davlat organlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, muhim axborot infratuzilmasi subyektlarining tezkor oʻzaro taʼsiri va integratsiyasini taʼminlash, shu jumladan, kiberjinoyatlarning oldini olish uchun davlat organlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, tijorat banklari (keyingi oʻrinlarda — banklar), telekommunikatsiya operatorlarining oʻzaro tezkor hamkorlik qilish toʻgʻrisidagi reglamentni ishlab chiqish.
6-§. Kiberxavfsizlik sohasida xususiy tashkilotlarni jalb etish
9. Ushbu yoʻnalishda quyidagilar amalga oshiriladi:
(a) xususiy sektorni kiberxavfsizlikni taʼminlash sohasiga, shu jumladan, kiberhimoyani taʼminlash, kiberxavfsizlik hodisalarini monitoring qilish va boshqarish, kiberxavfsizlik jihatdan himoyalanganlikni baholash, mutaxassislarni tayyorlash va ularning malakasini oshirish, standartlarni ishlab chiqish va boshqalarga jalb etish hamda xususiy sektorning ushbu sohaga sarmoya kiritishiga sharoit yaratish;
(b) davlat organlari va tashkilotlarining axborot tizimlari va resurslari va boshqa axborotlashtirish obyektlarini shakllantirish yoki joylashtirish uchun foydalaniladigan bulutli xizmatlarga (maʼlumotlar markazlari, xosting saytlar, fayllarni bulutli saqlash joylari va boshqalarga) qoʻyiladigan kiberxavfsizlikni taʼminlash talablarini belgilash;
(v) autsorsing va bulutli xizmatlarni taqdim etuvchi tashkilotlar tomonidan kiberxavfsizlik talablarining bajarilishi ustidan nazorat oʻrnatish;
(g) kibertahdidlarni oʻz vaqtida aniqlash va bartaraf etish uchun davlat organlari bilan xususiy tashkilotlar oʻrtasida axborot almashish mexanizmlarini yaratish;
(d) kiberxavfsizlik sohasida davlat organlari bilan xususiy tashkilotlar oʻrtasida hamkorlik va oʻzaro munosabatlar platformalarini, shu jumladan, internet platformalar va forumlar, kiberxavfsizlik texnologiyalarini sinash platformalari va boshqalarni yaratish.
7-§. Kredit va toʻlov tashkilotlari, toʻlov tizimlari operatorlari, valyuta birjalari hamda kredit byurolari faoliyatida kibertahdidlarga qarshi kurashish hamda axborot tizimlari va mobil ilovalarda kiberxavfsizlikni taʼminlash choralarini kuchaytirish
10. Ushbu yoʻnalishda quyidagilar amalga oshiriladi:
(a) banklar, toʻlov tizimlari operatorlari, toʻlov va kredit tashkilotlariga qoʻyiladigan kibertahdidlarga qarshi turish talablarini belgilash, shu jumladan:
(i) bank va toʻlov tizimlarining kiberxavfsizlik jihatidan barqarorligini taʼminlash;
(ii) moliyaviy xizmatlar koʻrsatishda kredit-bank sohasi tashkilotlari faoliyatining operatsion ishonchliligi va uzluksizligini oshirish;
(b) zamonaviy xalqaro tajribani hisobga olgan holda bank xizmatlari sohasida turli xil firibgarliklarga qarshi kurashish choralarini ishlab chiqish, shu jumladan:
(i) kiberjinoyatchilikka qarshi kurashish nuqtai nazaridan banklarning mijozlar bilan yaqin hamkorlik qilishi;
(ii) mijozlarni fishing, ijtimoiy muhandislik kabi tahdidlar toʻgʻrisida xabardor qilish (xabardorligini oshirish) hamda ularni onlayn bankingdan xavfsiz foydalanishga oʻrgatish va boshqalar;
(v) kredit va toʻlov tashkilotlari, toʻlov tizimlari operatorlari, valyuta birjalari hamda kredit byurolari faoliyatida kiberjinoyatlarning oldini olish va tergov qilish uchun ushbu tashkilotlar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar oʻrtasida qonunchilik hujjatlariga muvofiq faol hamkorlik mexanizmlarini yaratish;
(g) Markaziy bank, banklar va aholi oʻrtasida kiberjinoyatlar toʻgʻrisida xabardor qilish, maslahatlar berish boʻyicha oʻzaro hamkorlikning samarali mexanizmlarini (“ishonch telefonlari”, chat-botlar, boshqa onlayn xizmatlar va platformalardan birini) yaratish.
8-§. Kiberxavfsizlik sohasida kadrlar salohiyatini rivojlantirish hamda xodimlarning malakasini va aholining kiberxavfsizlik boʻyicha huquqiy va raqamli madaniyati (kibersavodxonlik) darajasini oshirish
11. Ushbu yoʻnalishda quyidagilar amalga oshiriladi:
(a) davlat organlari va tashkilotlari, muhim axborot infratuzilmasi subyektlari mutaxassislarini kiberxavfsizlikning turli yoʻnalishlari boʻyicha, shu jumladan, audit, kiberxavfsizlik hodisalarini tahlil qilish, raqamli kriminalistika, muhim axborot infratuzilmasi obyektlarida kiberxavfsizlik, bank sohasidagi kiberxavfsizlik hamda boshqa yoʻnalishlar boʻyicha oʻqitish mexanizmini joriy etish;
(b) kiberxavfsizlik sohasidagi mutaxassislar CISSP (Certified Information Systems Security Professional), CISM (Certified Information Security Manager), CEN (Certified Ethical Hacker), CompTIA Security+ va boshqa xalqaro sertifikatlarni qoʻlga kiritishlari uchun shart-sharoitlar yaratish, oʻqishi bilan bogʻliq xarajatlarni qoplash mexanizmini joriy etish;
(v) davlat organlari va tashkilotlari hamda muhim axborot infratuzilmasi subyektlarida ishlashga ruxsat berilgan kiberxavfsizlik boʻyicha mutaxassislarni attestatsiyadan oʻtkazish tizimini joriy etish;
(g) kiberxavfsizlikni taʼminlash masalalari boʻyicha davlat organlari bilan aholi oʻrtasida hamkorlikning va axborot almashinuvini ragʻbatlantirishning mexanizmini yaratish, shuningdek, kibertahdidlar va xavfsizlikning eng yaxshi amaliyotlari toʻgʻrisida aholining xabardorligini oshirish, shu jumladan, internet va onlayn xizmatlardan xavfsiz foydalanish boʻyicha oʻqitish;
(d) oʻquvchilar va talabalarga internet tarmogʻidagi xavfsiz xatti-harakatlar toʻgʻrisida bazaviy bilimlarni oʻrgatish boʻyicha yuqori sinflar oʻquvchilari uchun tarbiyaviy soatlar doirasida kibergigiyena mashgʻulotlarini tashkil etish, shuningdek, talabalar va oʻquvchilar uchun kiberxavfsizlik asoslari boʻyicha bepul onlayn kurslarni taqdim etadigan platformalarni shakllantirish;
(j) kiberxavfsizlik sohasida iqtidorli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash uchun respublika hududlarida kiberxavfsizlik klublarini tashkil etish.
9-§. Kiberxavfsizlikni taʼminlash sohasida xalqaro va xorijiy tuzilmalar va tashkilotlar bilan hamkorlikni yanada mustahkamlash
12. Ushbu yoʻnalishda quyidagilar amalga oshiriladi:
(a) kiberxavfsizlik sohasida xalqaro va xorijiy tuzilmalar va tashkilotlar bilan hamkorlikni yanada mustahkamlash. Xususan, kiberxavfsizlik masalalari boʻyicha BMT, MDH, SHHT, Turkiy davlatlar tashkiloti va Arab davlatlari ligasi mamlakatlari hamda boshqa xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar doirasidagi hamkorlikni rivojlantirish, shuningdek, strategik sheriklik orqali xalqaro tajriba va texnologiyalarni jalb qilish. Markaziy Osiyoda kiberxavfsizlik masalalari hamda kiberjinoyatchilikka qarshi kurashish boʻyicha qoʻshma tashabbuslarni rivojlantirish;
(b) xorijiy davlat va xususiy tuzilmalar, kiberxavfsizlik xizmatlari, shu jumladan, CERT xizmatlari bilan hamkorlikni faollashtirish;
(v) kibermakondan terroristik, jinoiy va boshqa noqonuniy maqsadlarda foydalanishga qarshi kurashishga qaratilgan xalqaro kiberxavfsizlik tizimini shakllantirishda ishtirok etish, mamlakat manfaatlariga javob beradigan va uning kiberxavfsizligini mustahkamlashga yordam beradigan milliy tashabbuslarni tayyorlash va ilgari surish.
3-bob. Strategiyani amalga oshirishdan kutilayotgan natijalar
13. Strategiyada belgilangan vazifalarni amalga oshirish orqali quyidagi natijalarga erishish kutilmoqda:
(a) mamlakatning raqamli suverenitetini mustahkamlash, milliy iqtisodiyotni raqamli tahdidlardan himoya qilish va jamiyatda kiberxavfsizlikka boʻlgan ishonchning ortishi;
(b) davlat axborot tizimlari, resurslari, boshqa axborotlashtirish va muhim axborot infratuzilmasi obyektlarini kiberxavfsizlik jihatdan ishonchli himoya qilishga samarali yondashuv shakllantirilishi, ularning barqaror va uzluksiz ishlashining taʼminlanishi;
(v) axborot texnologiyalaridan foydalanib sodir etiladigan jinoyatlar sonining kamayishi, shuningdek, ularni fosh etish darajasining oshishi;
(g) raqamli xizmatlarga nisbatan foydalanuvchilar ishonchining oshishi;
(d) kiberxavfsizlikni taʼminlashga xususiy sektor va aholining jalb qilinishi;
(j) kiberxavfsizlik boʻyicha mutaxassislarning malakasini oshirish uchun sharoit yaratilishi, shuningdek, iqtidorli yoshlarning kiberxavfsizlikni taʼminlash jarayonlariga jalb qilinishi;
(z) mahalliy axborot-kommunikatsiya mahsulotlarini ishlab chiqarishda axborotni himoyalash vositalari ulushining oshishi;
(i) kiberxavfsizlik sohasidagi ilmiy tadqiqotlar va ishlanmalarning doimiy ravishda takomillashtirib borilishi, shuningdek, ishlab chiqarish korxonalarining innovatsion faolligi darajasining oshishi;
(k) aholi kibersavodxonligining oshishi hamda raqamli xizmatlardan foydalanishda kiberxavfsizlik madaniyatining mustahkamlanishi;
(l) mansabdor shaxslar va tashkilotlarning kiberxavfsizlikni taʼminlash talablariga rioya qilishga boʻlgan masʼuliyatining kuchayishi.
4-bob. Yakunlovchi qoidalar
14. Ushbu Strategiya kiberxavfsizlikni taʼminlash boʻyicha idoraviy dasturlar, ilmiy-tadqiqot ishlari, chora-tadbirlar rejalari va standartlarini ishlab chiqish uchun asos boʻlib xizmat qiladi.
15. Strategiyada belgilangan bandlar ijrosini nazorat qilish va amalga oshirilayotgan chora-tadbirlari samaradorligini baholash Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibiyatiga yuklanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 10-martdagi PF-38-son Farmoniga2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasining 2026 — 2030-yillarga moʻljallangan kiberxavfsizlik strategiyasini amalga oshirish boʻyicha
T/rChora-tadbirlar nomiAmalga oshirish mexanizmiAmalga oshirish shakliIjro muddatiMasʼul ijrochilarI. Davlat axborot tizimlari va resurslari, boshqa axborotlashtirish obyektlari hamda muhim axborot infratuzilmasi obyektlarining kiberxavfsizligi sohasida normativ-huquqiy va tashkiliy-texnik taʼminotni takomillashtirish1.Davlat axborot tizimlari va resurslari, boshqa axborotlashtirish obyektlari hamda muhim axborot infratuzilmasi obyektlarining kiberxavfsizligini taʼminlash boʻyicha qoidalar, talablar va chora-tadbirlarni belgilash.1. Axborotlashtirish obyektlari hamda muhim axborot infratuzilmasi obyektlarining toifalarini hisobga olgan holda kiberxavfsizlikni taʼminlash boʻyicha talablar va chora-tadbirlarni belgilovchi normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish.Normativ-huquqiy hujjat loyihasi2026-yil mayDXX,Mudofaa vazirligi,IIV,FVV,PDXX,Milliy gvardiya,Raqamli texnologiyalar vazirligi,ETRM,manfaatdor vazirlik va idoralar2. Amaliy tadqiqotlar va tajribalar natijalarini hisobga olgan holda tizim va amaliy dasturlarni internet tarmogʻi orqali xavfsiz yangilash boʻyicha talablar va amaliy tavsiyalar ishlab chiqish.Normativ-huquqiy hujjat loyihasi2026-yil iyun3. Internet tarmogʻiga ulanish xizmatlarini koʻrsatuvchi telekommunikatsiya operatorlari tarmoqlarining kiberxavfsizligini taʼminlash boʻyicha talablarni ishlab chiqish.Normativ-huquqiy hujjat loyihasi2026-yil avgust4. Internet tarmogʻidan foydalanish boʻyicha xizmat koʻrsatuvchi telekommunikatsiya operatorlari tarmoqlarining kiberxavfsizligini taʼminlash talablarini ishlab chiqish.Normativ-huquqiy hujjat loyihasi2026-yil sentabrDXX,Raqamli texnologiyalar vazirligi,Mudofaa vazirligi,IIV,manfaatdor vazirlik va idoralar5. Davlat organlari va tashkilotlari axborot tizimlari va resurslarining kiberxavfsizligi darajasining tasniflagichini ishlab chiqish.Normativ-huquqiy hujjat loyihasi2026-yil oktabr6. Raqamli hukumat doirasida davlat axborot tizimlarini integratsiya qilishda axborot xavfsizligini va kiberxavfsizlikni taʼminlash talablarini ishlab chiqish.Milliy standartlar2027-yil yanvarRaqamli texnologiyalar vazirligi,ETRM,DXX2.Davlat organlari va tashkilotlari hamda muhim axborot infratuzilmasi subyektlari kiberxavfsizligini samarali taʼminlash uchun ularning tashkiliy tuzilmasini takomillashtirish.1. Davlat organlari va tashkilotlarida hamda muhim axborot infratuzilmasi subyektlarida kiberxavfsizlikni taʼminlash boʻyicha tarkibiy boʻlinmalar faoliyatini tashkil etish masalalarini tahlil qilish. Xavfsizlik kengashi kotibiyatiga tahliliy maʼlumotnoma2026-yil iyulDXX,Mudofaa vazirligi,IIV,FVV,PDXX,Milliy gvardiya,Raqamli texnologiyalar vazirligi,ETRM,manfaatdor vazirlik va idoralar2. Davlat organlari va tashkilotlari hamda muhim axborot infratuzilmasi obyektlarida kiberxavfsizlikni taʼminlash boʻyicha boʻlinmaning tashkiliy-shtat tuzilmasiga qoʻyiladigan talablarni ishlab chiqish.3. Davlat organlari va tashkilotlari hamda muhim axborot infratuzilmasi obyektlari uchun kiberxavfsizlikni taʼminlash boʻyicha tarkibiy boʻlinmalarning namunaviy nizomini ishlab chiqish.Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi2026-yil avgust3.Axborot xavfsizligi va kiberxavfsizlik sohasidagi qonunchilik talablarini bajarmaganlik uchun mansabdor shaxslar javobgarligini belgilash.Axborot xavfsizligi va kiberxavfsizlik sohasidagi qonunchilik talablarini bajarmaganlik uchun mansabdor shaxslarni javobgarlikka tortishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini ishlab chiqish.Qonun loyihasi2026-yil oktabrDXX,Bosh prokuratura,Adliya vazirligi,Raqamli texnologiyalar vazirligi,Markaziy bank4.Yagona operator va yagona kiberxavfsizlik uzelining infratuzilmasini takomillashtirish, davlat tashkilotlari axborot tizimlari va resurslari hamda muhim axborot infratuzilmasi obyektlari ularga ulanishini taʼminlash.1. Davlat organlari va tashkilotlari axborot tizimlari va resurslarini, muhim axborot infratuzilmasi obyektlarini Yagona operator orqali internet tarmogʻiga ulashda 1 Gbit/sdan kam boʻlmagan tezlikni nazarda tutish.Chora-tadbirlar rejasi2027-yil yanvarDXX,Raqamli texnologiyalar vazirligi2. Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarini Yagona operatorga ulash.Chora-tadbirlar rejasi2029-yil dekabr5.Raqamli hukumat doirasida davlat axborot tizimlarini integratsiya qilishda kiberxavfsizlik darajasini oshirish.1. Davlat axborot tizimlarini integratsiya qilishda himoyalangan tarzda axborot almashish uchun Idoralararo integratsiya platformasining kiberhimoyasini taʼminlash talablarini ishlab chiqish.Idoraviy hujjat2027-yil aprelRaqamli texnologiyalar vazirligi,DXX,PDXX2. Idoralararo integratsiya platformasining kiberhimoyasiga doir chora-tadbirlarini amalga oshirish.Chora-tadbirlar rejasi2027-yil sentabr6.Onlayn shaklda davlat, bank va boshqa elektron tijorat xizmatlarini koʻrsatishda axborot tizimlari va resurslaridan himoyalangan tarzda foydalanish darajasini oshirish.1. Identifikatsiya qilish va koʻp faktorli autentifikatsiya qilish, onlayn xizmatlardan foydalanishda himoyalangan ulanishlarni tashkil etish talablarini belgilovchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish.Normativ-huquqiy hujjat loyihasi2027-yil mayDXX,Raqamli texnologiyalar vazirligi,Markaziy bank2. Onlayn xizmatlar koʻrsatishda axborot tizimlari va resurslaridan himoyalangan tarzda foydalanish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish.Chora-tadbirlar rejasi2027-yil dekabr7.Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tizimida kiberxavfsizlik talablariga rioya etilishini nazorat qilish tizimini joriy etish.1. Qurolli Kuchlarda kiberxavfsizlik talablariga rioya etilishini nazorat qilish tizimini joriy etish boʻyicha takliflar tayyorlash.Xavfsizlik kengashi kotibiyatiga tahliliy maʼlumotnoma2026-yil dekabrMudofaa vazirligi,DXX,PDXX,Milliy gvardiya2. Tegishli normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish.Normativ-huquqiy hujjat loyihasi2027-yil mart8.Kiberxavfsizlik sohasida texnik talablarni tartibga solish tizimini rivojlantirish.1. Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi xalqaro va xorijiy tajribani oʻrganish va tahlil qilish.Xavfsizlik kengashi kotibiyatiga tahliliy maʼlumotnoma2026-yil noyabrDXX,PDXX,manfaatdor vazirlik va idoralar2. Kiberxavfsizlikni taʼminlash vositalariga qoʻyiladigan va ularni sertifikatlash jarayonida muvofiqligi tekshiriladigan talablarni ishlab chiqish.Milliy standartlar2029-yil dekabrDXX,Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi3. Kiberxavfsizlikni taʼminlash vositalarining tasniflanishini va ularga qoʻyiladigan umumiy talablarni belgilaydigan texnik reglamentni ishlab chiqish.Texnik reglamentAlohida tasdiqlangan reja-jadvalga muvofiq9.Kiberxavfsizlik sohasida xorijiy davlatlarda amalga oshirilgan muvofiqlikni baholash natijalarini tan olish boʻyicha ishlarni tashkillashtirish.1. Oʻzbekistondagi kiberxavfsizlik sohasida sertifikatlash idoralari bilan AQSH, Kanada, Xitoy, Rossiya, Belorus, Janubiy Koreya, Yaponiya, Singapur va YEI davlatlarining shu sohadagi sertifikatlash xizmatlari oʻrtasida hamkorlikni yoʻlga qoʻyish.2. Kiberxavfsizlik sohasida xorijiy davlatlarda amalga oshiriladigan muvofiqlikni baholash ishlarining huquqiy asoslarini oʻrganish.Amaliy chora-tadbirlar2030-yilgacha doimiy ravishdaDXX,Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi3. Xorijiy davlatlarning sertifikatlash xizmatlari bilan muvofiqlikni baholash natijalarini oʻzaro tan olish boʻyicha kelishuvlarga (bitimlarga) erishish.Xalqaro bitimlar2030-yilgacha doimiy ravishdaII. Davlat organlari va tashkilotlarining axborot tizimlari va resurslarini, shuningdek, muhim axborot infratuzilmasi obyektlarini himoya qilishning davlat tizimini rivojlantirishni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash10.Davlat organlari va tashkilotlarining axborot tizimlari va resurslari, shuningdek, muhim axborot infratuzilmasi obyektlariga sertifikatlashtirilgan va ekspertizadan oʻtkazilgan himoya vositalari va tizimlarni joriy etishda xorijiy investitsiyalar va grantlarni jalb qilish.1. Vazirlik va idoralarning himoya vositalari va tizimlarni joriy etishda xorijiy investitsiyalar, grantlar va kreditlar jalb etishdagi ehtiyojini aniqlash.Tadbirlar dasturi2026-yil sentabrInvestitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi,manfaatdor vazirlik va idoralar2. Belgilangan tartibda ishlab chiqilgan loyiha hujjatlari asosida investitsiyalar, grantlar va kreditlar jalb etish choralarini koʻrish.Xorijiy tomon bilan kelishilgan muddatlardaInvestitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi,Iqtisodiyot va moliya vazirligiIII. Kiberxavfsizlik hodisalarining oldini olish maqsadida kiberxavfsizlik holatini monitoring qilish tizimini joriy etish hamda kiberxavfsizlik subyektlari bilan vakolatli organlar oʻrtasida faol va tezkor hamkorlikni taʼminlash11.Kiberxavfsizlik hodisalarini monitoring qilish va ularga javob qaytarish milliy tizimini yaratish orqali markazlar (SOC) tashkil etish.1. Kiberxavfsizlik hodisalarini monitoring qilish va ularga javob qaytarish milliy tizimining markaziy va sohaviy SOClarni oʻz ichiga olgan tuzilmasini aniqlash.Amaliy chora-tadbirlar2026-yil dekabrDXX,PDXX,IIV,Raqamli texnologiyalar vazirligi,ETRM,Markaziy bank,manfaatdor vazirlik va idoralar2. Kiberxavfsizlik hodisalarini monitoring qilish va ularga javob qaytarish milliy tizimiga qoʻyiladigan talablarni belgilovchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish.Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi2027-yil mart3. Kiberxavfsizlik hodisalarini monitoring qilish va ularga javob qaytarish milliy tizimini yaratish boʻyicha loyihani ishlab chiqish va amalga oshirish.Texnik topshiriqlar va chora-tadbirlar rejasi2029-yil dekabr12.Muhim axborot infratuzilmasi subyektlarining kiberxavfsizlik hodisalariga javob qaytarishda kiberxavfsizlik boʻyicha vakolatli organ va huquqni muhofaza qilish organlari bilan tezkor oʻzaro munosabatlari tizimini shakllantirish.Kiberxavfsizlik hodisalariga javob qaytarishda muhim axborot infratuzilmasi subyektlari bilan oʻzaro hamkorlik qilish reglamentini tayyorlash.Normativ-huquqiy hujjat loyihasi2026-yil dekabrDXX,IIV,Raqamli texnologiyalar vazirligi,ETRM,Mudofaa vazirligi,manfaatdor vazirlik va idoralarIV. Kiberxavfsizlik vositalarini ishlab chiqish va ularning ishlab chiqarilishini rivojlantirish uchun hamda kiberxavfsizlik sohasidagi ilmiy tashkilotlar va ishlab chiqarish korxonalarini innovatsion rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish13.Kiberxavfsizlikni taʼminlash vositalari qoʻllanilishini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashda xususiy tashkilotlarni jalb etish va ularning texnoparklarda ishtirok etishini taʼminlash. 1. Axborotni himoyalash vositalaridan foydalanish, xususiy tashkilotlarni jalb etish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish boʻyicha ilgʻor xorijiy tajribani oʻrganish.Xavfsizlik kengashi kotibiyatiga tahliliy maʼlumotnoma2026-yil avgustDXX,Mudofaa vazirligi,Raqamli texnologiyalar vazirligi,IIV,PDXX,Markaziy bank,Iqtisodiyot va moliya vazirligi,Milliy gvardiya,manfaatdor vazirlik va idoralar2. Xorijiy tajribani hisobga olgan holda, kiberxavfsizlik vositalarini ishlab chiqish, ishlab chiqarish va ulardan foydalanish, xususiy tashkilotlarni jalb etish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish boʻyicha normativ-huquqiy hujjat loyihasini tayyorlash.Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi2026-yil sentabr3. Axborotlashtirish obyektlari va muhim axborot infratuzilmasi obyektlarida foydalanish uchun axborotni himoya qilish vositalarini ishlab chiqish va ishlab chiqarishga ixtisoslashgan xorijiy kompaniyalar bilan aloqalar oʻrnatish.Bitim (Memorandum)2027-yil yanvar14.Kiberxavfsizlik sohasidagi tadqiqotlar va ishlanmalarning ustuvor yoʻnalishlarini aniqlash, shu jumladan, sunʼiy intellekt, kvant texnologiyalari va blokcheyn texnologiyasini joriy etish, ushbu ishlarni davlat ehtiyojlari uchun amalga oshirishga davlat buyurtmalarini shakllantirish va ularni davlat tomonidan maqsadli qoʻllab-quvvatlash.1. Kiberxavfsizlik sohasida zarur tadqiqot mavzulari va ishlanmalar yoʻnalishlarini shakllantirish.Amaliy chora-tadbirlar2026-yil sentabrDXX,PDXX,Mudofaa vazirligi,Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,Raqamli texnologiyalar vazirligi,manfaatdor vazirlik va idoralar2. 2026 — 2030-yillarda kiberxavfsizlik sohasida oʻtkaziladigan tadqiqotlar va ishlanmalar dasturini tayyorlash va tasdiqlash.Ijrochilar, moliyalashtirish hajmi va manbalari koʻrsatilgan ishlanmalar va tadqiqotlar dasturi2027-yil yanvar15.Zamonaviy kiberhujumlar va kiberjinoyatlarga qarshi kurashishning huquqiy, tashkiliy, texnik va amaliy jihatlari boʻyicha tadqiqotlar oʻtkazish, xalqaro amaliyotga asoslangan innovatsion va samarali usullar, texnologiyalar va himoya strategiyalarini ishlab chiqish uchun kiberxavfsizlik sohasida ilmiy-amaliy tadqiqotlarni jadallashtirish.1. Kiberxavfsizlikni huquqiy taʼminlash yoʻnalishi boʻyicha oʻqitish va ilmiy tadqiqotlar oʻtkazish.2. Ilmiy va akademik muassasalar, kasbiy va jamoat birlashmalari tomonidan kiberxavfsizlik sohasida ilmiy-tadqiqot loyihalarini bajarish boʻyicha tanlovlarda ishtirok etish uchun belgilangan tartibda arizalar kiritish. 3. Kiberxavfsizlik sohasida ilmiy tadqiqot ishlari (PhD, DSc) ilmiy maqolalar natijalarini amaliyotga joriy etish choralarini koʻrish.Ilmiy tadqiqotlar dasturi2027-yil yanvarDXX, Mudofaa vazirligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Raqamli texnologiyalar vazirligiV. Axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatlar va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish va ularga qarshi kurashishning samarali tizimini tashkil etish16.Axborot texnologiyalaridan foydalanib sodir etiladigan jinoyatlar va huquqbuzarliklarning oldini olish, ularni aniqlash va fosh etish boʻyicha huquqni muhofaza qiluvchi organlarning masʼul boʻlinmalari faoliyatini kuchaytirish hamda sohaga zamonaviy texnologiyalarni joriy etishni rivojlantirish.1. Xorijiy tajribani oʻrganish va ichki ishlar organlari axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatlarga qarshi kurashishga masʼul boʻlinmalarining shtatlarini ushbu yoʻnalishdagi kriminogen vaziyatga muvofiq tarzda koʻpaytirish hamda sohaga zamonaviy texnologiyalarni joriy etishni rivojlantirish yuzasidan takliflar tayyorlash.Xavfsizlik kengashi kotibiyatiga tahliliy maʼlumotnoma2027-yil avgustIIV,DXX2. Ichki ishlar organlari axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatlarga qarshi kurashishga masʼul boʻlinmalari faoliyatini kuchaytirish toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasini ishlab chiqish va belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi2027-yil noyabr3. Ichki ishlar vazirligida kiberjinoyatchilik va boshqa huquqbuzarliklarga qarshi kurashish boʻyicha ixtisoslashtirilgan tarkibiy boʻlinmalarga malakali mutaxassislarni jalb qilish.Tadbirlar dasturi2027-yil noyabr17.Huquqni muhofaza qilish organlarida raqamli kriminalistika sohasini rivojlantirish, shu jumladan, mutaxassislarni tayyorlash va oʻqitish.1. Huquqni muhofaza qilish organlari mutaxassislari uchun raqamli kriminalistika sohasida oʻquv dasturini tayyorlash. Oʻquv dasturi2026-yil iyunIIV,Bosh prokuratura,DXX,ETRM,Adliya vazirligi2. Ichki ishlar vazirligi tizimida raqamli kriminalistika faoliyatini takomillashtirish hamda tezkor-faoliyatni axborot-texnik qoʻllab-quvvatlashga moʻljallangan kiberlaboratoriya tashkil etish yuzasidan normativ-hujjat loyihasini ishlab chiqish va kiritish.Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi2026-yil dekabr3. Raqamli dalillarni toʻplash, tahlil qilish va tergov oʻtkazish usullari va texnologiyalarini ishlab chiqish.Metodik ishlanmalar va qoʻllanmalar2027-yil dekabr18.Kiberjinoyatchilikka qarshi kurashish boʻyicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish, huquqni muhofaza qiluvchi organlar va aholi oʻrtasidagi oʻzaro hamkorlikning samarali mexanizmlarini yaratish, kiberjinoyatchilikka qarshi kurashish uchun davlat organlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, banklar va telekommunikatsiya operatorlarini integratsiya qilish.1. Firibgarlarni zudlik bilan aniqlash va bloklash uchun davlat organlari, huquqni muhofaza qilish organlari, banklar, telekommunikatsiya operatorlari oʻrtasida onlayn hamkorlik qilishda ishlatiladigan axborot tizimini yaratish.Chora-tadbirlar majmui2026-yil sentabrIIV,Raqamli texnologiyalar vazirligi,DXX,ETRM,Markaziy bank2. Raqamli texnologiyalardan foydalangan holda amalga oshiriladigan firibgarlik sxemalarini oʻrganish va ularning oldini olish choralarini ishlab chiqish uchun idoralararo mutaxassislar guruhini tashkil etish, firibgarlikning mumkin boʻlgan shakllari va sxemalari, shuningdek, ulardan himoya qilish uchun qilishlari kerak boʻlgan harakatlar toʻgʻrisida aholini xabardor qilish.Qoʻshma qaror2026-yil oktabr3. Kiberjinoyatlarning oldini olish uchun davlat organlari, huquqni muhofaza qilish organlari, banklar, telekommunikatsiya operatorlarining oʻzaro tezkor hamkorligi reglamentini ishlab chiqish.Normativ-huquqiy hujjat loyihasi2027-yil dekabr4. Soxta/shubhali qoʻngʻiroqlarni bloklash yoki foydalanuvchilarni ogohlantirish hamda ularni istalmagan qoʻngʻiroqlardan himoya qilishga qaratilgan choralarni koʻrish boʻyicha mobil aloqa operatorlari va provayderlarning majburiyatlarini belgilash.Normativ-huquqiy hujjat loyihasi2027-yil dekabrVI. Kiberxavfsizlik sohasida xususiy tashkilotlarni jalb etish 19.Xususiy sektorni kiberxavfsizlik talablariga muvofiq ekspertiza va sertifikatsiyalash jarayonlariga jalb qilish uchun sharoit yaratish.1. Xorijiy tashkilotlarning ushbu yoʻnalishda amalga oshirilgan loyihalarini hamda dasturlarini tahlil etish. Tahlil natijalariga muvofiq kiberxavfsizlik sohasida xususiy autsorsingni rivojlantirish boʻyicha chora-tadbirlarni tayyorlash.Tahliliy maʼlumotnoma2026-yil avgustDXX,Raqamli texnologiyalar vazirligi,manfaatdor vazirlik va idoralar2. Davlat axborot tizimlari va muhim axborot infratuzilmasi obyektlarida kiberxavfsizlikni taʼminlashda xususiy sektor va autsorsing tashkilotlari ishtirokini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish.Normativ-huquqiy hujjat loyihasi2027-yil yanvarDXX,Raqamli texnologiyalar vazirligi20.Davlat organlari va tashkilotlarining axborot tizimlari, resurslari va boshqa axborotlashtirish obyektlarini shakllantirish yoki joylashtirish uchun foydalaniladigan bulutli xizmatlarga qoʻyiladigan kiberxavfsizlikni taʼminlash talablarini belgilash.1. Bulutli xizmatlar boʻyicha amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarni xatlovdan oʻtkazish. 2. Ushbu yoʻnalishda tartibga solish bilan bogʻliq huquqiy boʻshliqlarni va muammolarni aniqlash.Tahliliy maʼlumotnoma2026-yil avgustDXX,Raqamli texnologiyalar vazirligi,ETRM,Markaziy bank3. Bulutli xizmatlar uchun kiberxavfsizlikni taʼminlash talablarini ishlab chiqish.Normativ-huquqiy hujjat loyihasi2026-yil dekabr21.Autsorsing va bulutli xizmatlarni taqdim etuvchi tashkilotlar tomonidan kiberxavfsizlik talablarining bajarilishi ustidan nazorat oʻrnatish.1. Autsorsing va bulutli xizmatlarni koʻrsatish yoʻnalishidagi tashkilotlarning amalga oshirilgan loyihalarini hamda dasturlarini tahlil etish.2. Chet el tajribasini oʻrganish va autsorsing va bulutli xizmatlarni koʻrsatuvchi tashkilotlar tomonidan kiberxavfsizlik talablarining bajarilishini nazorat qilish boʻyicha takliflar tayyorlash.Tahliliy maʼlumotnoma2027-yil martDXX,Raqamli texnologiyalar vazirligi,Markaziy bank3. Autsorsing va bulutli xizmatlarni koʻrsatuvchi tashkilotlarni nazorat qilish boʻyicha normativ-huquqiy hujjat loyihasini tayyorlash.Normativ-huquqiy hujjat loyihasi2027-yil iyun22.Kiberxavfsizlik sohasida davlat organlari bilan xususiy tashkilotlar oʻrtasida hamkorlik va oʻzaro munosabatlar platformalarini, shu jumladan, internet-platformalari va forumlari, kiberxavfsizlik texnologiyalarini sinash platformalari va boshqalarni yaratish.1. Kiberxavfsizlik sohasida davlat organlari bilan xususiy tashkilotlar oʻrtasida hamkorlikni yoʻlga qoʻyish boʻyicha normativ-huquqiy boʻshliqlarni va muammolarni aniqlash.Tadbirlar dasturi2026-yil oktabrDXX,Mudofaa vazirligi,IIV,FVV,PDXX,Milliy gvardiya,Raqamli texnologiyalar vazirligi,manfaatdor vazirlik va idoralar2. Xorijiy tajribani va xususiy sektor manfaatdorligini hisobga olgan holda, kiberxavfsizlik sohasida davlat organlari va xususiy tashkilotlar oʻrtasida hamkorlik va oʻzaro munosabatlar platformasi dasturini ishlab chiqish.3. Kiberxavfsizlik sohasida davlat organlari va xususiy tashkilotlar oʻrtasida hamkorlik va oʻzaro munosabatlar platformasi dasturini amalga oshirish.Raqamli xizmatlar va platformalar yaratish2028-yil dekabrVII. Kiberxavfsizlik sohasida kadrlar salohiyatini rivojlantirish hamda xodimlarning malakasini va aholining kiberxavfsizlik boʻyicha huquqiy va raqamli madaniyati (kibersavodxonlik) darajasini oshirish23.Internetdagi xavfsiz xatti-harakatlar toʻgʻrisida bazaviy bilimlarni oʻrgatish boʻyicha yuqori sinf oʻquvchilari uchun tarbiyaviy soatlar doirasida kibergigiyena mashgʻulotlarini tashkil etish, shuningdek, talabalar va maktab oʻquvchilari uchun kiberxavfsizlik asoslari boʻyicha bepul onlayn kurslarni taqdim etadigan platformalarni yaratish.1. Mazkur yoʻnalishda ilgʻor xorijiy tajribani oʻrganish.Tahliliy maʼlumotnoma2026-yil avgustDXX,Raqamli texnologiyalar vazirligi,Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi2. Xorijiy tajribani hisobga olgan holda talabalarni va maktab oʻquvchilarini kiberxavfsizlik va internetdagi xavfsiz xatti-harakatlar toʻgʻrisida oʻqitish uchun servislar va platformalar yaratish boʻyicha dastur tayyorlash.Amaliy chora-tadbirlar2027-yil yanvar24.Kiberxavfsizlik sohasida iqtidorli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida respublika hududlarida “Kiberxavfsizlik markazi” DUK bazasida kiberxavfsizlik klublarini tashkil etish.1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar markazlarida hamda Toshkent shahrida kiberxavfsizlik klublarini tegishli texnik jihozlar, yuqori tezlikdagi internet kanallari bilan taʼminlash.Chora-tadbirlar rejasi2026-yil avgustQoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, Raqamli texnologiyalar vazirligi,DXX,manfaatdor vazirlik va idoralar2. Ushbu klublar faoliyatini yoshlarni jalb etgan holda respublika miqyosida tashkil etish.2026-yil dekabr3. Kiberxavfsizlik sohasida yoshlarning bilim va koʻnikmalarini oshirish maqsadida klub aʼzolari oʻrtasida tanlovlar oʻtkazish va gʻoliblarni ragʻbatlantirish.Har yili25.Kiberxavfsizlik sohasida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish.1. Kiberxavfsizlik sohasida kadrlarni tayyorlash, taqsimlash va ulardan maqsadli foydalanish yuzasidan chet el tajribasini oʻrganish va tegishli takliflar ishlab chiqish.2. Kiberxavfsizlik sohasida davlat tuzilmalarida faoliyat yuritishning jozibadorligini oshirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish.3. Kiberxavfsizlik sohasida davlat grantlari asosida tahsil olgan oliy taʼlim muassasalari bitiruvchilarini davlat tuzilmalarida faoliyat yuritishlari mexanizmlari boʻyicha takliflar ishlab chiqish.4. Kiberxavfsizlik sohasida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish boʻyicha normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish.Normativ-huquqiy hujjat loyihasi2026-yil avgustDXX,Raqamli texnologiyalar vazirligi,Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligiVIII. Kiberxavfsizlikni taʼminlash sohasida xalqaro va xorijiy tuzilmalar va tashkilotlar bilan hamkorlikni yanada mustahkamlash26.Markaziy Osiyoda kiberjinoyatchilikka qarshi kurashish boʻyicha qoʻshma tashabbuslarni rivojlantirish. Kiberxavfsizlik sohasida xalqaro va xorijiy tuzilmalar va tashkilotlar bilan hamkorlikni yanada mustahkamlash. Xususan, kiberxavfsizlik masalalari boʻyicha BMT, MDH, SHHT, TDT va ADL mamlakatlari hamda boshqa xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar doirasidagi hamkorlikni rivojlantirish, shuningdek, strategik sheriklik orqali xalqaro tajriba va texnologiyalarni jalb qilish.1. Xavfsizlik kengashi kotibiyati bilan kelishilgan holda Markaziy Osiyo mintaqasida kiberxavfsizlikni taʼminlash boʻyicha qoʻshni davlatlar bilan yaqin hamkorlik oʻrnatish.Bunda Markaziy Osiyo mintaqasidagi davlatlarning kiberxavfsizlikka masʼul boʻlgan idoralari vakillari ishtirokida konferensiya oʻtkazish, soha yoʻnalishida hamkorlik qilish doirasini belgilab olish hamda mintaqada kiberxavfsizlik tahdidlariga qarshi kurashish va kiberxavfsizlik hodisalariga chora koʻrish tadbirlari kelishib oli.Markaziy Osiyo mintaqasidagi davlatlarning birinchi konferensiyasi(Toshkent shahrida)2030-yilgacha doimiy ravishdaDXX,IIV,PDXX,Mudofaa vazirligi,Raqamli texnologiyalar vazirligi,Markaziy bank,Milliy gvardiya,Tashqi ishlar vazirligi,MOTXI,manfaatdor vazirlik va idoralar 2. Markaziy Osiyo tadqiqotlari xalqaro institutida kiberxavfsizlikni taʼminlash va kiberjinoyatchilikka qarshi kurashish masalalari boʻyicha tahliliy boʻlinmani tashkil etish yuzasidan taklif kiritish.3. Mavjud kibertahdidlar va amaliyotlar toʻgʻrisida oʻzaro maʼlumot almashish kanallarini belgilash.4. Kiberxavfsizlikni taʼminlash va kiberjinoyatlarga qarshi kurash boʻyicha tajriba almashish.5. Kiberxavfsizlik sohasida oʻtkaziladigan xalqaro ilmiy-amaliy seminar va konferensiyalarda ishtirok etish.Xavfsizlik kengashi kotibiyatiga asoslantirilgan takliflar kiritish27.Xorijiy davlat va xususiy tuzilmalar bilan, kiberxavfsizlik xizmatlari, shu jumladan, CERT xizmatlari bilan hamkorlikni faollashtirish. 1. Xorijiy kiberxavfsizlikni taʼminlash xizmatlari va markazlari bilan (shuningdek Threat Intellegence Sharing, Nunting, MISP) hamkorlikni kengaytirish.2. Oʻzaro amaliy yordam toʻgʻrisida kelishuvlarga erishish.3. Kiberxavfsizlik sohasida oʻtkaziladigan xalqaro ilmiy-amaliy seminar va konferensiyalarda ishtirok etish.Bitimlar (memorandumlar) imzolash2030-yilgacha doimiy ravishdaDXX,Mudofaa vazirligi,IIV,PDXX,Raqamli texnologiyalar vazirligi,Markaziy bank,Milliy gvardiya,Tashqi ishlar vazirligi,manfaatdor vazirlik va idoralar28.Kibermakondan terroristik, jinoiy va boshqa noqonuniy maqsadlarda foydalanishga qarshi kurashishga qaratilgan xalqaro kiberxavfsizlik tizimini shakllantirishda ishtirok etish, mamlakat manfaatlariga javob beradigan va uning kiberxavfsizligini mustahkamlashga yordam beradigan milliy tashabbuslarni tayyorlash va kiritish.1. Kibermakondan terroristik, jinoiy va boshqa noqonuniy maqsadlarda foydalanishga qarshi kurashishga qaratilgan xalqaro tajribani oʻrganish boʻyicha takliflar tayyorlash.2. Xalqaro maydonlarda va kiberxavfsizlik masalalari bilan bogʻliq tadbirlarda milliy tashabbuslarni tayyorlash va ilgari surish.Tashabbuslarni tayyorlash va xalqaro tadbirlarda ishtirok etish2030-yilgacha doimiy ravishdaDXX,Mudofaa vazirligi,IIV,PDXX,Raqamli texnologiyalar vazirligi,Markaziy bank,Milliy gvardiya,Tashqi ishlar vazirligi,manfaatdor vazirlik va idoralar