PF-54-son Farmon · 04.04.2026

Mamlakatda yangi ishlanmalar asosida ishlab chiqarishni tashkil etish tizimini joriy qilish hamda ilm-fanni qoʻllab-quvvatlashning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Farmon
  • Raqami:PF-54
  • Qabul qilingan sana:04.04.2026
  • Kuchga kirgan sana:07.04.2026
  • Holati:Amalda
  • Rasmiy nashr:QMMB 06/26/54/0320

[Koʻchirma]

“Tarmoq — korxona — oliy taʼlim tashkiloti — ilmiy tashkilot” zanjiri asosida ilmiy hajmdor, innovatsion mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil etish, oliy taʼlim va ilmiy tashkilotlar tomonidan amalga oshirilayotgan ilmiy, ratsionalizatorlik va startap ishlanmalarni tijoratlashtirishni kengaytirish, mamlakatning olis va borish qiyin boʻlgan hududlarida yoshlarning xorijiy tillarni oʻrganishlari uchun qulay shart-sharoitlar yaratilishini qoʻllab-quvvatlash maqsadida qaror qilaman:

I. Maqsadlar

1. Quyidagilar oliy taʼlim va ilmiy tashkilotlarning yangi ishlanmalari asosida ishlab chiqarishni tashkil etishning asosiy maqsadlari etib belgilansin:

(a) oliy taʼlim va ilmiy tashkilotlar innovatsion faoliyatini qoʻllab-quvvatlash;

(b) ilmiy tadqiqot natijalarining texnologik transferi tashkiliy-huquqiy asoslarini mustahkamlash, oliy taʼlim va ilmiy tashkilotlarning tadbirkorlik muhitiga moslashuvchanligini oshirish;

(v) oliy taʼlim va ilmiy tashkilotlar muassisligida ilmiy hajmdor va innovatsion mahsulotlar (tovar va xizmatlar) ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish;

(g) oliy taʼlim va ilmiy tashkilotlarning yangi ishlanmalarni tijoratlashtirish natijasida olinadigan daromadlarini oshirish.

II. “Spin-off” korxonalarini tashkil etish

2. Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Innovatsion rivojlantirish agentligining (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) oliy taʼlim va ilmiy muassasalar (keyingi oʻrinlarda — muassislar) muassisligida xoʻjalik jamiyati shaklida yangi ishlanmalarga asoslangan “spin-off” korxonalarini (keyingi oʻrinlarda — korxonalar) tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.

3. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga koʻra 2026-yil 1-maydan boshlab:

(a) korxonalar faoliyatini yoʻlga qoʻyishda:

(i) korxonalar ustav fondining kamida 25 foizi muassislarning budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan shakllantiriladi;

(ii) korxonalar ustav fondidagi davlat ulushini boshqarish funksiyasi ishonchnoma asosida muassislarga beriladi va 5 yil muddat davomida (keyingi oʻrinlarda — investitsiya davri) davlat ulushini xususiylashtirish man etiladi (Agentlikning tegishli xulosasi olingan hollar bundan mustasno);

(iii) korxonalarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish hamda ularning ustav fondidagi davlat ulushi miqdorini oʻzgartirishda Davlat aktivlarini boshqarish agentligi qarorini qabul qilish hamda Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasining oldindan roziligini olish talab etilmaydi;

(iv) korxonalarning ustav fondini muassislarning ulushidan tashqari venchur fondlar, chet ellik yoki mahalliy investorlar mablagʻlari va qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan shakllantirishga ruxsat beriladi;

(v) korxonalar muassislarning Innovatsion faoliyatni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan tashkil etilganda, u qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda venchur moliyalashtirishga tenglashtiriladi;

(b) korxonalar faoliyat davrida:

(i) korxonalarning mehnat jamoasi tarkibida muassisning professor-oʻqituvchilari (ilmiy xodimlari) yoki talaba, izlanuvchilari ham faoliyat koʻrsatishi talab etiladi;

(ii) korxonaga investorlar tomonidan investitsiya kiritishga oid kelishuvlar (bitim, shartnoma, memorandumlar) boʻyicha vakolatli davlat organining xulosasi talab etilmaydi (davlat-xususiy sheriklik va ishonchli boshqaruvga berish bundan mustasno);

(iii) korxonalarning sof foydasini davlat ulushi boʻyicha dividendga yoʻnaltirmasdan, vakolatli organlar ruxsatisiz korxonaning ustav fondidagi davlat ulushini oshirish orqali reinvestitsiya qilishga ruxsat etiladi;

(iv) korxonalar istiqbolsiz, faoliyat koʻrsatmayotgan, zarar koʻrib ishlayotgan va past rentabelli korxonalar sifatida tugatilmaydi;

(v) investitsiya davri yakunida korxonalardagi davlat ulushi bozor qiymatida korxonalarning boshqa ishtirokchilariga sotib olish uchun taklif etiladi, ular tomonidan rad etilgan taqdirda ushbu qiymatda ommaviy savdolarga qoʻyiladi;

(vi) korxonalardagi davlat ulushi Agentlikning ulushni sotish maqsadga muvofiqligini tasdiqlovchi xulosasiga muvofiq investitsiya davri yakuniga qadar sotilishi mumkin;

(vii) korxonalardagi davlat ulushini sotishdan tushgan mablagʻlar Davlat aktivlarini boshqarish agentligining sotish va savdoga chiqarish xarajatlarini chegirgan holda toʻliq muassislarning Innovatsion faoliyatni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasiga yoʻnaltiriladi.

4. Belgilansinki:

(a) 2026-yil 1-maydan boshlab korxonalarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida quyidagilarga ruxsat beriladi:

(i) muassislarga oʻzining boʻsh turgan bino va inshootlarini investitsiya davrida tekin foydalanish huquqi asosida korxonalarga berish;

(ii) korxonaga muassislarning boʻsh turgan yer uchastkalarida mazkur yer uchastkalarini korxonaga 5 yildan ortiq boʻlmagan muddatga ijaraga berish orqali yengil konstruksiyali, chuqurlashtirilgan poydevorlarga va yer osti inshootlariga ega boʻlmagan, buzib olib koʻchirish imkoniyati mavjud boʻlgan obyektlarni qurish;

(iii) muassislarga investitsiya davri mobaynida oʻzining budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan korxonalarni muayyan muddatda qaytarish sharti bilan moliyaviy qoʻllab-quvvatlash;

(b) mazkur band “a” kichik bandining “i” va “ii” xatboshilarida nazarda tutilgan huquqlardan korxonalarning asosiy faoliyat yoʻnalishidan tashqari boshqa maqsadlarda foydalanish taqiqlanadi.

III. “Spin-off” korxonalariga imtiyoz va preferensiyalar berish

5. Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining Yangi ishlanmalarga asoslangan “spin-off” korxonalari reyestri (keyingi oʻrinlarda — Reyestr)ni joriy etish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin. Bunda belgilansinki:

(a) Reyestrga kiritilgan hamda:

(i) belgilangan tartibda patentlangan ilmiy tadqiqotlar natijasida yaratilgan ilmiy ishlanmalar asosida tovar ishlab chiqarishni (xizmat koʻrsatishni) yoʻlga qoʻygan korxonalarga hamda ularning xodimlariga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 30-iyundagi PF-5099-son Farmonida koʻzda tutilgan imtiyoz va preferensiyalar (ijtimoiy soliqdan tashqari) tatbiq etiladi;

(ii) patentsiz ilmiy tadqiqot natijasida yaratilgan ilmiy ishlanmalar asosida tovar ishlab chiqarishni (xizmat koʻrsatishni) yoʻlga qoʻygan korxonalar 2026-yil 1-maydan 2029-yil 1-maygacha boʻlgan davr uchun foyda soligʻini belgilangan soliq stavkasidan 50 foiz pasaytirilgan stavkada toʻlaydi;

(b) vazirlik va idoralar, davlat organlari va tashkilotlari hamda ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq boʻlgan xoʻjalik jamiyatlari hamda ular muassisligidagi korxonalarning yangi ishlanmaga muvofiq ishlab chiqarilgan hamda Reyestrda qayd etilgan tovar yoki xizmatlarini sotib olish boʻyicha savdo xaridlari Ishlab chiqaruvchilar ekotizimi portali orqali amalga oshiriladi;

(v) korxonalar faoliyatining natijalari, shu jumladan, ular tomonidan amalga oshiriladigan ilmiy izlanish, innovatsion, tijoratlashtirish loyihalari va toʻgʻridan-toʻgʻri jalb qilinadigan investitsiyalari ushbu korxonani tashkil etgan muassislarning asosiy samaradorlik koʻrsatkichlari sifatida tan olinadi.

IV. Ilm-fanni qoʻllab-quvvatlash

6. Tajriba-sinov ishlari xarajatlarini qoplash, olis va borish qiyin boʻlgan hududlarda chet tillariga ixtisoslashgan oʻquv markazlarini ochishda imtiyoz berilgan shaxslar doirasini kengaytirish maqsadida 2026-yil 1-maydan boshlab quyidagi tartiblar joriy etilsin:

(a) olimlar va tadbirkorlik subyektlari tomonidan davlat ilmiy dasturlari doirasida bajarilgan fundamental, amaliy va innovatsion loyihalar natijasida yaratilgan ishlanmalar boʻyicha tajriba-sinov ishlari uchun ketadigan xarajatlarning bir qismini Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasining mablagʻlari hisobidan qoplab berish. Bunda:

(i) tajriba-sinov ishlari ilmiy ishlanmalarni tijoratlashtirishga tayyorlash loyihalari doirasida amalga oshiriladi;

(ii) ilmiy ishlanmalarni tijoratlashtirishga tayyorlash loyihalari Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan oʻtkaziladigan tanlovlar asosida moliyalashtiriladi;

(b) xorijiy tillar boʻyicha kamida S1 darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi xalqaro tan olingan sertifikatga ega yoshlarga olis va borish qiyin boʻlgan hududlarda chet tillariga ixtisoslashgan oʻquv markazlarini ochish uchun olti oylik imtiyozli davr bilan uch yil muddatga bazaviy hisoblash miqdorining 320 baravarigacha miqdorda foizsiz ssuda berish tartibini 30 yoshdan oshgan shaxslarga ham tatbiq etish.

V. Farmon ijrosini tashkil etish, taʼminlash va nazorat

7. Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda:

(a) oliy taʼlim va ilmiy tashkilotlar huzurida korxonalar tashkil etish tartibini belgilovchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini kiritsin;

(b) yangi ishlanmalarga asoslangan korxonalarni Reyestrga kiritish va chiqarish hamda Reyestrni yuritish tartibini belgilashni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin. Bunda Reyestr Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan yuritiladi va korxonalar quyidagi barcha mezonlarga bir vaqtning oʻzida javob bergan hollarda Reyestrga kiritiladi:

(i) korxonalar ustav fondining kamida 25 foizi oliy taʼlim va/yoki ilmiy tashkilotlarga tegishli boʻlishi;

(ii) korxonalar tomonidan ilmiy tadqiqotga asoslangan mahsulotlar (tovar va xizmatlar) ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish boʻyicha asoslantirilgan rejaning mavjudligi;

(iii) korxonalar tomonidan ishlab chiqiladigan tovar muassis boʻlgan oliy taʼlim va/yoki ilmiy tashkilotlarning ishlanmasiga asoslangan boʻlishi;

(v) Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan davlat ilmiy dasturlari doirasida ajratilgan mablagʻlarning kamida 40 foizini ilmiy asbob-uskunalar, xomashyolar hamda boshqa zarur materiallarni xarid qilish va moddiy-texnika bazasini rivojlantirish bilan bogʻliq boshqa xarajatlarga yoʻnaltirish boʻyicha talabni ehtiyojdan kelib chiqqan holda pasaytirish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin;

(g) qonunchilik hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar yuzasidan takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.

8. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.

9. Ushbu Farmon ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsan javobgar etib oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri K.A. Sharipov belgilansin.

10. Farmon ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining taʼlimni isloh qilish boʻyicha oʻrinbosari I.T. Siradjev zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV

Toshkent sh.,

2026-yil 4-aprel,

PF-54-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 4-apreldagi PF-54-son FarmonigaILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar

1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 5-iyundagi “Toshkent shahrining Yashnobod tumanida innovatsiya texnoparkini tashkil qilish toʻgʻrisida”gi PF-5068-son Farmonining 2-bandi ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“Yashnobod” texnoparki rezidentlarini Toshkent shahri, Namangan viloyati Chust tumani va Navoiy viloyati Karmana tumani hududida joylashtirishning ilmiy, texnologik va iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiqligini hisobga olgan holda ushbu hududlar chegarasida eksterritoriallik asosida joylashtirish”.

2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 6-iyuldagi “2022 — 2026-yillarda Oʻzbekiston Respublikasining innovatsion rivojlanish strategiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi PF-165-son Farmonida:

(a) 4-bandda:

(i) “a” kichik bandda:

ikkinchi xatboshidagi “innovatsion faoliyat subyektlari” soʻzlari “innovatsion faol tadbirkorlik subyektlari” soʻzlari bilan almashtirilsin;

toʻrtinchi xatboshidagi “tadbirkorlik” soʻzi “faoliyat, shu jumladan, IT-parklarda amalga oshirilayotgan startap loyihalar” soʻzlari bilan almashtirilsin;

(ii) “b” kichik bandda:

ikkinchi xatboshidagi “markazlar” soʻzi “faoliyat infratuzilma subyektlari” soʻzlari bilan almashtirilsin;

toʻrtinchi xatboshidagi “384” raqami “288” raqami bilan almashtirilsin;

(b) 7-bandning ikkinchi xatboshisidagi “56” raqami “77” raqami bilan almashtirilsin;

(v) 2-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“2022 — 2026-yillarda Oʻzbekiston Respublikasining innovatsion rivojlanish strategiyasini amalga oshirishning

T/r Koʻrsatkichlar Oʻlchov birligi Amaldagi koʻrsatkich Yillar boʻyicha koʻrsatkichlar 2023 2024 2025 2026 1. Global innovatsion indeks reytingida Oʻzbekistonning oʻrnini yaxshilash oʻrin 86 82 81 79 77 2. Innovatsion faoliyat infratuzilma subyektlari (texnologik parklar, texnologiyalar transferi markazlari, innovatsion klasterlar, venchur fondlar, innovatsiya markazlari, biznes-inkubatorlar va akselerator) soni dona 25 45 55 65 75 3. Innovatsion faol tadbirkorlik subyektlari soni (sanoat ishlab chiqarish tashkilotlarining umumiy sonida) dona 613 930 1 215 1 500 2 250 4. Ilmiy hajmdor mahsulotlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan yangi innovatsion (spin-off) korxonalar soni dona 0 14 22 28 36 5. Tashqi bozorlarga umumiy eksportda yuqori texnologiyali mahsulotlar eksportining ulushi % 2,1 3 4 5 6 6. Ichki va tashqi bozorlarda tijoratlashtirilgan ilmiy ishlanmalar soni dona 150 250 275 300 325 7. Xususiy sektorning ishlanma va tadqiqotlarga investitsiyalari hajmi mln soʻm 2 804 3 500 4 750 6 000 8 250 8. Ishlanma va tadqiqotlarga ajratilgan xorijiy grantlar mlrd soʻm 0 35 83 141 224 9. Innovatsion faoliyat, shu jumladan IT-parklarda amalga oshirilayotgan startap loyihalar natijasida yaratilgan ish oʻrinlari soni dona 6000 9000 13500 18000 25000 10. Ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari doirasida ajratilgan mablagʻlar ulushida tadqiqot va ishlanmalarga ajratilgan xarajatlar (foizda) foiz 0,1 0,2 0,3 0,4 0,5 11. Yaratilgan yangi texnologiyalar soni dona 69 89 186 284 288 12. Intellektual mulkdan keladigan tushumlar (jami eksportdagi ulushi) foiz 0 0,02 0,03 0,04 0,05 13. Roʻyxatga olingan yillik patentlar soni dona 30 39 82 131 184 14. Ilmiy tadqiqotchilar soni nafar 15 000 16 500 18 000 19 600 21 500 15. Xodimlari orasida ilmiy tadqiqotchilar boʻlgan korxonalar (jami yirik tijorat korxonalarga nisbatan foizda) foiz 13 14 15 16 17 16. Ilm-fan va muhandislik sohasida bitiruvchilar soni (jami bitiruvchilarga nisbatan foizda) foiz 35,5 36,9 38,5 40,1 41,8 17. Ilmiy texnik nashrlardagi (Web of Science maʼlumotlar bazasida) maqolalar soni dona 900 1 000 1 150 1 300 1 500 ”;

(g) 3-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“2022 — 2026-yillarda Oʻzbekiston Respublikasining innovatsion rivojlanish strategiyasini amalga oshirishning hududlar kesimidagi

KoʻrsatkichlarInnovatsion faoliyat infratuzilma subyektlari soniTexnologik innovatsiyalar bilan shugʻullanuvchi mahalliy sanoat korxonalarining soniHududda yaratilgan yangi texnologiyalar soniHududda roʻyxatga olingan yillik patentlar soniXorijiy tashkilotlar bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan ilmiy, innovatsion va texnologik loyihalar soniMahalliy xususiy sektorning ishlanma va tadqiqotiga investitsiya hajmiStartaplar soniIshlanma va tadqiqotlarga ajratilgan xorijiy grantlarbirlikbirlikbirlikdonadonamln soʻmbirlikmlrd soʻmHududlarYillarQoraqalpogʻiston Respublikasi202346723780,8108,5202451412561 630,827202025522159102 540,8523520266321614143 490,89155Andijon viloyati20234109828501352024422141651 7803311,52025534242692 7406119,520266492437153 73010330,5Buxoro viloyati202328732240,5111,320242171174551293,5202532715106876496,62026339151491 2267910,6Jizzax viloyati20233662340061,42024412942820173,6202551914631 270326,6202662715931 7605011,9Qashqadaryo viloyati20233762220070,8202441485548025220255221088780503,520265321011121 130875,9Navoiy viloyati2023491056355200,8202441914101477545220255291716221 255753,520267401722311 7751085,9Namangan viloyati202337732350150,8202441415647303522025522251071 160603,520265312514101 640925,7Samarqand viloyati202336532200150,820243136564604422025321979750793,520264291010121 1001195,9Sirdaryo viloyati202337311180722024513833440234,520255211255740487,5202652912771 0908611,5Surxondaryo viloyati20232841221070,8202431683426021220254251257300413,5202643412710350725,9Toshkent viloyati202348422300150,82024417944640382202552714761 060693,52026639141091 5601095,9Fargʻona viloyati20232562228090,82024311124460027220254173367950553,52026423338101 370965,9Xorazm viloyati202334311180300,7202444611250401,12025451022280491,52026551022300602,4Toshkent shahri202353012481 50055112024675549173 30012124,3202571307414285 40019639,8202691907519397 55028561,2”.

3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 23-noyabrdagi PF-199-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2024 — 2028-yillarda Orolboʻyi mintaqasini barqaror rivojlantirish, innovatsiyalar va yashil texnologiyalarni keng joriy etish boʻyicha milliy dasturning 16-pozitsiyasi “Moliyalashtirish manbalari” ustunidagi “(4 mlrd soʻm)” soʻzlari chiqarib tashlansin.

4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-martdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlar bilan ochiq muloqotida belgilangan vazifalarni amalga oshirishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-61-son Farmonining 4-bandi birinchi xatboshisidagi “yoshlarga” soʻzi “shaxslarga” soʻzi bilan almashtirilsin.

5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-maydagi PF-90-son Farmoni bilan tasdiqlangan Oʻrmon va yashil hududlarni koʻpaytirish, choʻllanishga qarshi kurashish, ushbu yoʻnalishda ustuvor chora-tadbirlarni belgilash va sohani rivojlantirish boʻyicha “yoʻl xaritasi”ning 36-pozitsiyasi “Amalga oshirish mexanizmi” ustuni 1-bandida “tayanch magistratura va doktorantura uchun kamida 40 ta, mustaqil izlanuvchilar uchun 7 ta kvotalarni 2025-yilda shakllantirish” soʻzlari “magistratura va doktorantura uchun kamida 40 ta kvota ajratish” soʻzlari bilan almashtirilsin.

6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 17-fevraldagi “Sunʼiy intellekt texnologiyalarini jadal joriy etish uchun shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4996-son qarorining 2-bandida:

(a) ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin;

(b) uchinchi va toʻrtinchi xatboshilar tegishincha ikkinchi va uchinchi xatboshilar deb hisoblansin.

7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 7-maydagi PQ-237-son qarori bilan tasdiqlangan Xalqaro qishloq xoʻjaligi universiteti faoliyatini yoʻlga qoʻyish boʻyicha “yoʻl xaritasi”ning 8-pozitsiyasi “Ijro uchun masʼullar” ustunidan “Innovatsion rivojlanish vazirligi (Abduraxmonov)” soʻzlari chiqarib tashlansin.

8. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-avgustdagi PQ-260-son qarori bilan tasdiqlangan 2023 — 2026-yillarda uzumchilik va vinochilik sanoatini kompleks rivojlantirish boʻyicha “yoʻl xaritasi”ning 7-pozitsiyasida:

(a) “Tadbir nomi” ustunidagi “Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan uzumning” soʻzlari “Uzumning” soʻzi bilan almashtirilsin;

(b) “Masʼullar” ustunidan “Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,” soʻzlari chiqarib tashlansin.

9. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 25-dekabrdagi “Nomoddiy madaniy merosni muhofaza qilish, ilmiy oʻrganish va targʻib qilishni rivojlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-405-son qarorining 9-bandi ikkinchi xatboshisidan “toʻlov-kontrakt shartnomasi asosida” soʻzlari chiqarib tashlansin.

11. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-yanvardagi “2025-yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-1-son qaroriga 1-ilovaning 19-pozitsiyasi “Amalga oshirish mexanizmi” ustunida 1, 2 va 3-bandlardagi “loyihasini amalga oshirish” soʻzlari “loyihalar tanlovini eʼlon qilish” soʻzlari bilan almashtirilsin.

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.