PF-62-son Farmon · 16.04.2026

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Farmon
  • Raqami:PF-62
  • Qabul qilingan sana:16.04.2026
  • Kuchga kirgan sana:17.04.2026
  • Holati:Amalda
  • Rasmiy nashr:QMMB 06/26/62/0374

Ayrim toifadagi oilalarning manzilli ijtimoiy himoyasini mustahkamlash hamda pensiya taʼminotiga oid qonunchilik hujjatlarini oʻzaro muvofiqlashtirish maqsadida qaror qilaman:

1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga ilovaga muvofiq quyidagilarni nazarda tutuvchi oʻzgartirishlar kiritilsin:

(a) Afgʻonistondagi harbiy harakatlar chogʻida farzandlari (er yoki xotin) halok boʻlgan ota-onalarga (bevalarga) uy-joy kommunal-xizmatlar toʻlovlarining bir qismini qoplash uchun kompensatsiya pul toʻlovini joriy etish;

(b) pensiya taʼminotiga oid qonunchilik hujjatlarini oʻzaro muvofiqlashtirish.

2. Ushbu Farmonning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib Bosh vazir oʻrinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov belgilansin.

3. Farmon ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV

Toshkent sh.,

2026-yil 16-aprel,

PF-62-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 16-apreldagi PF-62-son FarmonigaILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar

1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 14-apreldagi PF-4715-son Farmoni bilan tasdiqlangan Uy-joy-kommunal xizmatlar haqini toʻlash boʻyicha har oyda kompensatsiya pul toʻlovlari beriladigan shaxslarning imtiyozli toifalari roʻyxatining 2-pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“2.1941 — 1945-yillardagi urush oqibatida nogiron boʻlgan shaxslar va uning qatnashchilariga tenglashtirilgan shaxslar, shuningdek, Afgʻonistondagi harbiy harakatlar chogʻida farzandlari (er yoki xotin) halok boʻlgan ota-onalar (bevalar)45”.

2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 31-oktabrdagi PQ-353-son qarori bilan tasdiqlangan Fuqarolarga yoshga doir pensiyalarni proaktiv shaklda tayinlash sxemasining “4 — 6-bosqich” pozitsiyalari quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“4-bosqichIqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi1. Pensiya yoshiga toʻlgan fuqaroga pensiya tayinlanganligi toʻgʻrisida maʼlumotlar kelib tushgan taqdirda pensiya tayinlash jarayonini toʻxtatadi.2. Pensiya yoshiga toʻlgan fuqaroga pensiya tayinlanmaganligi toʻgʻrisida maʼlumotlar kelib tushgan taqdirda, Ichki ishlar vazirligining “Manzil” axborot tizimiga pensiya yoshiga toʻlgan fuqaroning mahalla fuqarolar yigʻini kesimida yashash joyi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni olish uchun axborot tizimi orqali elektron soʻrov yuboradi.3. Pensiya yoshiga toʻlgan fuqarolarga pensiya tayinlanmaganligi toʻgʻrisida elektron maʼlumotlar kelib tushgan taqdirda, Raqamli texnologiyalar vazirligi axborot tizimiga fuqaroning JSHSHIR raqami va xabar matnini yuboradi.Elektron maʼlumotlar kelib tushganidan soʻng avtomatik tarzda5-bosqich1. Ichki ishlar vazirligi1. Pensiya yoshiga toʻlgan fuqaroning mahalla fuqarolar yigʻini kesimida yashash joyi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining “Pensiya” axborot tizimiga yuboradi.Elektron maʼlumotlar kelib tushganidan soʻng avtomatik tarzda2. Raqamli texnologiyalar vazirligi2. Pensiya yoshiga toʻlgan fuqaroning mobil telefon raqamiga xabar matnini yoki mobil telefon raqami rasmiylashtirilmaganligi haqidagi maʼlumotlarni Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining “Pensiya” axborot tizimiga yuboradi.3. Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi3. Pensiya yoshiga toʻlgan fuqaroning nomiga rasmiylashtirilgan mobil telefon raqamiga pensiya tayinlash masalasi 1 ish kuni ichida koʻrib chiqilishi toʻgʻrisida SMS-xabar yuboradi.6-bosqichIqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi boʻlimi1. “Pensiya” axborot tizimidagi mavjud pensiya yoshiga toʻlgan fuqaroning ish staji, ish haqi, ustama olish huquqini beradigan elektron maʼlumotlar asosida dastlab fuqaroning pensiyaga boʻlgan huquqini aniqlaydi, pensiya miqdorini hisoblaydi va pensiya tayinlaydi.1. 1 ish kunida2. Pensiya tayinlangan taqdirda, pensiya yoshiga toʻlgan fuqaroning nomiga rasmiylashtirilgan mobil telefon raqamiga pensiya turi, pensiya miqdori, pensiya tayinlash muddati, pensiya toʻlov shakli va pensiya toʻlash sanasi toʻgʻrisida SMS-xabar yuboradi.Agar fuqaroning nomiga mobil telefon raqami rasmiylashtirilmagan boʻlsa, pensionerga ushbu maʼlumotlarni uning yashash joyi boʻyicha “Oʻzbekiston pochtasi” AJning Elektron pochta joʻnatmalarining yagona milliy tizimi orqali yetkazadi.2. Qaror qabul qilingan vaqtda avtomatik tarzda3. Fuqaro tayinlangan yoshga doir pensiya miqdoridan norozi boʻlganida yoki mehnat faoliyatini davom ettirib, yoshga doir pensiyaga keyinchalik chiqish xohishini bildirgan taqdirda, Pensiya jamgʻarmasi boʻlimiga tashrif buyurgan holda ariza berish orqali yoxud Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Davlat xizmatlari markazi yoki Oʻzbekiston Respublikasining Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali soʻrovnoma toʻldirgan holda tayinlangan pensiyani rad qiladi.3. Xabarnoma olingandan soʻng 10 kun ichida4. Pensiya tayinlash rad etilgan taqdirda, fuqaroning nomiga rasmiylashtirilgan mobil telefon raqamiga rad etish sabablari, qoʻshimcha hujjat taqdim qilish muddati, tartibi va qabul qilingan qaror yuzasidan shikoyat qilish tartibi toʻgʻrisida SMS-xabar yuboradi.Agar fuqaroning nomiga mobil telefon raqami rasmiylashtirilmagan boʻlsa, pensionerga ushbu maʼlumotlarni uning yashash joyi boʻyicha “Oʻzbekiston pochtasi” AJning Elektron pochta joʻnatmalarining yagona milliy tizimi orqali yetkazadi.4. Qaror qabul qilingan vaqtda avtomatik tarzda”.

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.