PF-63-son Farmon · 17.04.2026

Tadbirkorlik faoliyatiga noqonuniy aralashuvlarni cheklash va nazorat tadbirlarining shaffofligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Farmon
  • Raqami:PF-63
  • Qabul qilingan sana:17.04.2026
  • Kuchga kirgan sana:17.04.2026
  • Holati:Amalda
  • Rasmiy nashr:QMMB 06/26/63/0373

Tadbirkorlik faoliyatiga noqonuniy aralashuvlarga chek qoʻyish, korrupsion xavflarni kamaytirish, tadbirkorlar va davlat organlari oʻrtasidagi muloqotda shaffoflik va hisobdorlikni taʼminlash, shuningdek, qulay biznes muhitini rivojlantirish maqsadida qaror qilaman:

I. “Yagona davlat nazorati” axborot tizimini takomillashtirish

1. 2026-yil 1-iyuldan boshlab amaldagi funksiyalariga qoʻshimcha ravishda quyidagi yangi imkoniyatlarga ega “Yagona davlat nazorati” axborot tizimi va uning mobil ilovasi ishga tushirilsin:

(a) tadbirkorlik subyekti faoliyat yuritadigan joydagi tuman (shahar) hokimi, mahalla raisi, hokim yordamchisi, profilaktika va soliq inspektorlari haqida maʼlumot olish va ularga murojaat qilish (chat) tizimini yaratish;

(b) oʻtkazilgan tekshiruvlar va nazorat tadbiri hisoblanmaydigan muloqotlar natijasi boʻyicha davlat xizmatchisi xatti-harakatlariga baho berish;

(v) tekshirish huquqi boʻlmagan yoki tekshiruvga chiqishi belgilanmagan nazoratchi haqida real vaqt rejimida tadbirkorni xabardor qilish;

(g) tadbirkorlik subyektlari faoliyatini tekshirish huquqini beruvchi maxsus guvohnomalarning elektron shaklini yuritish;

(d) tekshirish oʻtkazish tartibiga rioya qilmaslik holatlarini avtomatik tarzda aniqlash;

(j) tekshiruvlarni tadbirkorlik subyektidagi maxsus QR-kod yoki soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami (jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami) orqali roʻyxatga olish;

(z) tadbirkorlik subyekti faoliyat yuritadigan hududda tashkil etilishi kutilayotgan davlat organlari mansabdor shaxslarining ommaviy qabullari haqida xabardor qilish.

2. Quyidagilar 2026-yil 1-avgustdan boshlab joriy etilsin:

(a) nazorat qiluvchi va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, shu jumladan, huquqni muhofaza qiluvchi organlar mansabdor shaxslari va xodimlari (keyingi oʻrinlarda — davlat xizmatchisi) hamda tadbirkorlik subyektlari oʻrtasida nazorat tadbiri hisoblanmaydigan muloqotni “Yagona davlat nazorati” axborot tizimida hisobga olish tartibi;

(b) “Yagona davlat nazorati” axborot tizimida tadbirkorlik subyektlari faoliyatida oʻtkaziladigan barcha tekshiruvlarni, shu jumladan, qoʻzgʻatilgan jinoyat ishlari doirasida oʻtkaziladigan tekshiruvlar va profilaktika tadbirlarini roʻyxatga olishni va nazorat tadbiri hisoblanmaydigan muloqotlarni hisobga olishni taʼminlovchi “Biznes himoya” QR-kodi.

II. Tadbirkor va davlat organi oʻrtasidagi muloqotning shaffofligini taʼminlash

3. Belgilansinki:

(a) davlat xizmatchisi davlat organi nomidan yoki oʻzining xizmat mavqeyidan foydalangan holda tadbirkorlik subyekti faoliyat yuritadigan binoga nazorat yoki profilaktika tadbirini oʻtkazish maqsadisiz tashrif buyurishi yoxud tadbirkorlik subyektini boshqa joyga chaqirishi nazorat tadbiri hisoblanmaydigan muloqot (keyingi oʻrinlarda — muloqot) sifatida baholanadi. Bunda:

(i) qonunchilik hujjatlarida belgilangan talablardan kelib chiqib hamda davlat xizmatchisining zimmasiga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirish uchun tadbirkorlik subyekti bilan amalga oshirilgan muloqot asosli hisoblanadi;

(ii) manfaatlar toʻqnashuvi yoki korrupsiyaviy xavf-xatarlarga olib keluvchi, shuningdek, mazkur kichik bandning “i” xatboshisida bayon etilgan holatlarga kirmaydigan muloqot asossiz hisoblanadi;

(iii) tadbirkorlik subyektlarining jamoat birlashmalari tomonidan tashkillashtirilgan ochiq muloqot shaklidagi uchrashuvlar hamda sayyor qabullarda, shuningdek, davlat xavfsizligiga oid kechiktirib boʻlmaydigan va tezkor-qidiruv tadbirlari davomida davlat xizmatchisining tadbirkorlik subyekti vakili bilan muloqotga kirishishi mazkur kichik bandda nazarda tutilgan muloqot sifatida tavsiflanmaydi;

(b) “Yagona davlat nazorati” axborot tizimiga muloqot haqidagi maʼlumotlarni kiritish davlat xizmatchilari uchun majburiy hisoblanadi va ushbu talabga rioya etmaganlik tegishli tartibda xizmat tekshiruvi oʻtkazilishi uchun asos boʻladi;

(v) boʻlib oʻtgan muloqotning asosli yoki asossiz ekanligiga baho berish tegishli davlat organining korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmasi yoki ushbu funksiyani amalga oshirish yuklatilgan boʻlinma yoxud mansabdor shaxs tomonidan amalga oshiriladi;

(g) “Yagona davlat nazorati” axborot tizimiga kiritiladigan maʼlumotlar Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil (keyingi oʻrinlarda — Biznes-ombudsman) va Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan doimiy monitoring qilib boriladi, qonunchilikda belgilangan hollarda axborot huquqni muhofaza qiluvchi organlarga taqdim etiladi;

(d) ayni bir tadbirkorlik subyekti bilan bir yil davomida ikki va undan ortiq marotaba asossiz muloqotga kirishgan davlat xizmatchisiga quyidagi choralar qoʻllanadi:

(i) davlat organining korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmasi tomonidan xizmat tekshiruvi oʻtkaziladi;

(ii) ayni shu tadbirkorlik subyektida oʻtkaziladigan nazorat tadbirlariga oxirgi muloqot qayd etilgan sanadan eʼtiboran oʻn ikki oy davomida ishtirok etishiga yoʻl qoʻyilmaydi. Mazkur taqiqqa rioya etmaslik tadbirkorlik subyektlarining faoliyatini tekshirish tartibini buzish hisoblanadi hamda tekshirish huquqini beruvchi maxsus guvohnoma amal qilishining uch oygacha toʻxtatib turilishiga olib keladi;

(iii) tadbirkorlik subyektlari faoliyatini tekshirish va ular bilan muloqot qilish tartibini surunkali tarzda buzuvchi shaxslar olti oy muddatga Insofsiz tekshiruvchilar reyestriga kiritiladi.

4. Davlat xizmatchisi hamda tadbirkorlik subyekti oʻrtasida boʻlib oʻtgan nazorat tadbiri hisoblanmaydigan muloqotni “Yagona davlat nazorati” axborot tizimida hisobga olish va monitoringini yuritish sxemasi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

5. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq 2026-yil 1-avgustdan boshlab:

(a) davlat nazorati tartibotlarini raqamlashtirish va shaffofligini oshirish doirasida:

(i) tadbirkorlik subyektlari faoliyatini tekshirishda ishtirok etadigan yoki tadbirkor bilan muloqotga kirishadigan davlat xizmatchilari “Yagona davlat nazorati” axborot tizimining mobil ilovasidan foydalanishlari majburiy etib belgilanadi;

(ii) “Yagona davlat nazorati” axborot tizimida tekshirish huquqini beruvchi maxsus guvohnomalarning elektron shaklini yuritish orqali uni qogʻoz koʻrinishida rasmiylashtirish tartibi bekor qilinadi;

(b) “Biznes himoya” QR-kodini joriy etish doirasida:

(i) tadbirkorlik subyekti tomonidan nazorat qiluvchi organ mansabdor shaxsiga Tekshiruvlarni roʻyxatga olish elektron kitobini taqdim etish tartibi bekor qilinadi;

(ii) nazorat qiluvchi organ mansabdor shaxsi tadbirkorlik subyekti faoliyatida tekshiruv oʻtkazishdan oldin “Yagona davlat nazorati” axborot tizimining mobil ilovasi yordamida tadbirkorlik subyektidagi “Biznes himoya” QR-kodini skanerlash orqali tekshiruvni roʻyxatga oladi;

(v) davlat xizmatchilari “Biznes himoya” QR-kodi orqali tekshirish yoki muloqot haqidagi maʼlumotni belgilangan tartibda “Yagona davlat nazorati” axborot tizimiga kiritmasa, tadbirkorlik subyektlari davlat xizmatchisini tekshiruv oʻtkazish uchun oʻz hududiga qoʻymaslik va muloqotga kirishmaslik huquqiga ega.

6. Biznes-ombudsman:

(a) Soliq qoʻmitasi va Savdo-sanoat palatasi bilan birgalikda 2026-yil 1-avgustga qadar, birinchi navbatda, savdo va xizmat koʻrsatishga ixtisoslashgan tadbirkorlik subyektlarini “Biznes himoya” QR-kodi bilan taʼminlash choralarini koʻrsin;

(b) Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan birgalikda 2026-yil 1-iyulga qadar mazkur Farmonda belgilangan talablardan kelib chiqib, “Yagona davlat nazorati” axborot tizimini va uning mobil ilovasini takomillashtirsin;

(v) Adliya vazirligi va Savdo-sanoat palatasi bilan birgalikda 2026-yil 1-iyulga qadar quyidagilarni nazarda tutuvchi qonun loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin:

(i) tadbirkorlik subyekti faoliyatida noqonuniy tekshiruv oʻtkazganlik hamda tekshiruv oʻtkazish tartibini buzganlik uchun alohida maʼmuriy jazo choralarini qilmishiga mutanosib ravishda belgilash;

(ii) tadbirkorlik subyekti faoliyatida tekshiruv oʻtkazish tartibini buzganlik uchun maʼmuriy javobgarlik choralarini kuchaytirish orqali ushbu toifadagi qilmishni jinoiy yurisdiksiyadan chiqarish;

(iii) “Yagona davlat nazorati” axborot tizimi orqali qayd etilgan tadbirkorlik subyekti faoliyatida tekshiruv oʻtkazish tartibini buzganlik uchun maʼmuriy javobgarlik chorasini avtomatlashtirilgan tartibda qoʻllash.

III. Tadbirkorlik subyektlari faoliyatiga ortiqcha aralashuvlarni cheklash choralari

7. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga koʻra:

(a) 2026-yil 1-iyuldan boshlab tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazishda bir vaqtning oʻzida avtomatik tarzda “Yagona davlat nazorati” axborot tizimida ularning shaxsiy kabineti kompozit tartibida ochiladi;

(b) “Yagona davlat nazorati” axborot tizimidan roʻyxatdan oʻtmagan yoki tekshiruv oʻtkazishga asos boʻluvchi hujjatlarni tizimga kiritmagan yoxud maxsus guvohnomaga ega boʻlmagan nazorat qiluvchi organning xodimi tomonidan tadbirkorlik subyektlari faoliyatida oʻtkazilgan tekshiruvlar noqonuniy hisoblanadi;

(v) tadbirkorlik subyektlari faoliyatida oʻtkaziladigan tekshiruvlarga, shu jumladan, jinoyat ishi doirasidagi tekshiruvlarga nazorat qiluvchi organlardan jalb qilinadigan mutaxassislar tekshiruvlarda faqat tadbirkorlik subyektlari faoliyatini tekshirish huquqini beruvchi maxsus guvohnomaga ega boʻlgan taqdirda ishtirok etishlari mumkin;

(g) tashkiliy-huquqiy shakli va idoraviy boʻysunuvidan qatʼi nazar davlat organi mansabdor shaxslari va masʼul xodimlari tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlikka tortiladi.

IV. Farmon ijrosini tashkil etish, taʼminlash va nazorat

8. Tadbirkorlik faoliyatiga noqonuniy aralashuvlarni cheklash va ishbilarmonlik muhitini yanada rivojlantirish boʻyicha “yoʻl xaritasi” 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

9. Biznes-ombudsman:

(a) Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi bilan birgalikda 2026-yil 1-iyulga qadar “Yagona davlat nazorati” axborot tizimida davlat xizmatchilari hamda tadbirkorlik subyektlari oʻrtasidagi muloqotni hisobga olish va uning monitoringini yuritish tartibini belgilovchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqsin va belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritsin;

(b) 2026-yil 1-sentabrga qadar mazkur Farmon talablaridan kelib chiqib “Tadbirkorlik subyektlari faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish toʻgʻrisida”gi qonun loyihasini qayta koʻrib chiqsin va belgilangan tartibda uning qayta ishlangan tahririni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;

(v) ikki oy muddatda Biznes-ombudsman devonining faoliyatini qayta koʻrib chiqsin va uning samaradorligini oshirish uchun zamonaviy uslublarni, shu jumladan, faoliyatini raqamlashtirish hamda unga sunʼiy intellekt texnologiyalarini keng tatbiq etish choralarini koʻrsin, shuningdek, Biznes-ombudsman devoni xodimlarini navbatdan tashqari attestatsiyadan oʻtkazsin va amaliy tajribaga ega boʻlgan malakali xodimlar bilan toʻldirilishini taʼminlasin.

10. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga 3-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.

11. Adliya vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.

12. Mazkur Farmonning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsan javobgar etib Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish boʻyicha vakil A.A. Buriyev belgilansin.

13. Farmon ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Bosh vazir oʻrinbosarlari J.A. Qoʻchqorov va J.A. Xodjayev zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV

Toshkent sh.,

2026-yil 17-aprel,

PF-63-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 17-apreldagi PF-63-son Farmoniga1-ILOVA

Davlat xizmatchisi hamda tadbirkorlik subyekti oʻrtasida boʻlib oʻtgan nazorat tadbiri hisoblanmaydigan muloqotni “Yagona davlat nazorati” axborot tizimida hisobga olish va monitoringini yuritish

BosqichTadbirlarMuddatlarMasʼullar(subyektlar)1-bosqichTadbirkorlik subyekti tomonidan taqdim etilgan “Biznes himoya” QR-kodini “Yagona davlat nazorati” axborot tizimining mobil ilovasida skanerlash orqali u bilan boʻlib oʻtadigan muloqotni qayd etish va uni asoslash*Muloqot amalga oshirilishidan oldinDavlat xizmatchisiDavlat xizmatchisi bilan boʻlib oʻtgan muloqot haqidagi maʼlumotlarni, shuningdek, oʻz munosabatini “Yagona davlat nazorati” axborot tizimining mobil ilovasiga kiritishMuloqot amalga oshirilgandan keyin 3 kun ichidaTadbirkorlik subyekti(ixtiyoriy asosda)2-bosqichDavlat xizmatchisi tomonidan “Yagona davlat nazorati” axborot tizimiga kiritilgan maʼlumotlarni koʻrib chiqish, boʻlib oʻtgan muloqotning asosli yoki asossiz ekanligiga baho berish va bu haqida axborot tizimiga belgi qoʻyishDavlat xizmatchisi maʼlumot kiritgandan keyin 3 kun ichidaKomplayens nazorat tuzilmalari**3-bosqich“Yagona davlat nazorati” axborot tizimiga kiritilgan maʼlumotlarni qayta tekshirish va solishtirish asosida davriy hisobotlar tayyorlash, Komplayens nazorat tuzilmalari tomonidan xizmat tekshiruvlarini oʻtkazishDoimiyKomplayens nazorat tuzilmalari,Biznes-ombudsman va Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi4-bosqich“Yagona davlat nazorati” axborot tizimiga kiritilgan maʼlumotlarni monitoring qilish, tegishli choralar koʻrish uchun taqdimnomalar kiritish, zarur hollarda, axborotni huquqni muhofaza qiluvchi organlarga taqdim etishDoimiyBiznes-ombudsman va Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi

Izoh:

* Boʻlib oʻtgan muloqotning davomiyligi va takrorlanishidan qatʼi nazar, har bir holatda alohida xabar berilishi va muloqot sabablari asoslab berilishi lozim.

** Komplayens nazorat tuzilmalari — davlat xizmatchisi ishlaydigan davlat organining korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmasi yoki ushbu funksiyani amalga oshirish yuklatilgan boʻlinma yoxud mansabdor shaxs.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 17-apreldagi PF-63-son Farmoniga2-ILOVA

Tadbirkorlik faoliyatiga noqonuniy aralashuvlarni cheklash va ishbilarmonlik muhitini yanada rivojlantirish boʻyicha

T/rChora-tadbirlar nomiAmalga oshirish shakliIjro muddatiMasʼul ijrochilar1.Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi va Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga quyidagilarni nazarda tutuvchi oʻzgartirishlarni kiritishga qaratilgan qonun loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish:(a) tadbirkorlik subyektlarining faoliyatida noqonuniy tekshiruv oʻtkazganlik hamda tekshiruv oʻtkazish tartibini buzganlik uchun alohida maʼmuriy jazo choralarini belgilash;(b) tadbirkorlik subyektlarining faoliyatida tekshiruv oʻtkazish tartibini buzish qilmishini jinoiy yurisdiksiyadan chiqarish;(v) tadbirkorlik subyektlarining faoliyatida tekshiruv oʻtkazish tartibini buzganlik uchun maʼmuriy javobgarlik choralarini avtomatlashtirilgan tartibda qoʻllash.Qonun loyihasi2026-yil iyunBiznes-ombudsman (Buriyev),Adliya vazirligi (Tashkulov),Savdo-sanoat palatasi (Vaxabov)2.“Yagona davlat nazorati” axborot tizimini quyidagilarni nazarda tutgan holda takomillashtirish va uning mobil ilovasini ishga tushirish:(a) tadbirkorlik subyekti faoliyat yuritadigan joydagi tuman (shahar) hokimi, mahalla raisi, hokim yordamchisi, profilaktika va soliq inspektorlari haqida maʼlumot olish va ularga murojaat qilish (chat) tizimini yaratish;(b) oʻtkazilgan tekshiruvlar va nazorat tadbiri hisoblanmaydigan muloqotlar boʻyicha davlat xizmatchisi xatti-harakatlariga baho berish va korrupsiya holatlari haqida onlayn shikoyat yuborish;(v) tekshirish huquqi boʻlmagan yoki tekshiruvga chiqishi belgilanmagan nazoratchi haqida real vaqt rejimida tadbirkorni xabardor qilish;(g) tadbirkorlik subyektlari faoliyatini tekshirish huquqini beruvchi maxsus guvohnomalarning elektron shaklini yuritish;(d) tekshirish oʻtkazish tartibiga rioya qilmaslik holatlarini avtomatik tarzda aniqlash va maʼmuriy javobgarlik choralarini qoʻllash;(j) davlat organlarining mansabdor shaxslari va xodimlari hamda tadbirkorlik subyektlari oʻrtasida nazorat tadbiri hisoblanmaydigan muloqotni hisobga olish;(z) tadbirkorlik subyektlari faoliyatida oʻtkaziladigan barcha tekshiruvlarni, shu jumladan, qoʻzgʻatilgan jinoyat ishlari doirasida oʻtkaziladigan tekshiruvlar va profilaktika tadbirlarini roʻyxatga olishni va nazorat tadbiri hisoblanmaydigan muloqotlarni hisobga olishni taʼminlovchi “Biznes himoya” QR-kodini joriy etish. Bunda tekshiruvlarni soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami orqali roʻyxatga olishni ham nazarda tutish;(i) tadbirkorlik subyekti faoliyat yuritadigan hududda tashkil etilishi kutilayotgan davlat organlari mansabdor shaxslarining ommaviy qabullari haqida xabardor qilish;(k) tadbirkorlik subyektlarini tekshirishda ishtirok etadigan yoki tadbirkor bilan nazorat tadbiri hisoblanmaydigan muloqotga kirishadigan davlat xizmatchilari “Yagona davlat nazorati” axborot tizimining mobil ilovasidan foydalanishlarini majburiy etib belgilash.Amaliy chora-tadbirlar2026-yil iyunBiznes-ombudsman (Buriyev),Raqamli texnologiyalar vazirligi (Shermatov)3.Farmonda quyidagilar belgilangani munosabati bilan “Tadbirkorlik subyektlari faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish toʻgʻrisida”gi qonun loyihasini qayta ishlab, Vazirlar Mahkamasiga kiritish:“Yagona davlat nazorati” axborot tizimidan roʻyxatdan oʻtmagan yoki tekshiruv oʻtkazishga asos boʻluvchi hujjatlarni tizimga kiritmagan yoxud maxsus guvohnomaga ega boʻlmagan nazorat qiluvchi organning xodimi tomonidan tadbirkorlik subyektlari faoliyatida oʻtkazilgan tekshiruvlar noqonuniy hisoblanishi;tadbirkorlik subyektlari faoliyatida oʻtkaziladigan tekshiruvlarga, shu jumladan, jinoyat ishi doirasidagi tekshiruvlarga nazorat qiluvchi organlardan jalb qilinadigan mutaxassislar tekshiruvlarda faqat tadbirkorlik subyektlari faoliyatini tekshirish huquqini beruvchi maxsus guvohnomaga ega boʻlgan taqdirda ishtirok etishlari mumkinligi;nazorat qiluvchi organning mansabdor shaxsi tadbirkorlik subyekti faoliyatida tekshiruv oʻtkazishdan oldin “Yagona davlat nazorati” axborot tizimining mobil ilovasi yordamida tadbirkordagi “Biznes himoya” QR-kodini skanerlash orqali tekshiruvni roʻyxatga olishi;davlat xizmatchilari “Biznes himoya” QR-kodi orqali tekshirish yoki muloqot haqidagi maʼlumotni belgilangan tartibda “Yagona davlat nazorati” axborot tizimiga kiritmasa, tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatchisini tekshiruv oʻtkazish uchun oʻz hududiga qoʻymaslik va muloqotga kirishmaslik huquqining berilishi.Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari2026-yil avgustBiznes-ombudsman (Buriyev),Adliya vazirligi (Tashkulov),Savdo-sanoat palatasi (Vaxabov)4.Quyidagilarni nazarda tutgan holda “Yagona davlat nazorati” axborot tizimiga davlat xizmatchilari hamda tadbirkorlik subyektlari oʻrtasida nazorat tadbiri hisoblanmaydigan muloqotni hisobga olish va monitoringini yuritish tartibini belgilovchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish va belgilangan tartibda Prezident Administratsiyasiga kiritish:(a) ayni bir tadbirkorlik subyekti bilan ikki va undan ortiq marotaba asossiz muloqotga kirishgan davlat xizmatchilariga nisbatan:tegishli davlat organining korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmasi tomonidan xizmat tekshiruvini oʻtkazish tartibini belgilash;ushbu tadbirkorlik subyektida oʻtkaziladigan nazorat tadbirlarida oxirgi muloqot qayd etilgan sanadan eʼtiboran oʻn ikki oy davomida ishtirok etishini cheklash;(b) tadbirkorlar bilan muloqot qilish va tekshiruv oʻtkazish tartibini surunkali ravishda buzgan shaxslarni olti oy muddatga Insofsiz tekshiruvchilar reyestriga kiritish.Normativ-huquqiy hujjat loyihasi2026-yil iyunBiznes-ombudsman (Buriyev),Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi (Burxanov)5.Insofsiz tekshiruvchilar reyestrini yuritish tartibini ishlab chiqish va belgilangan tartibda tasdiqlash.Idoraviy normativ-huquqiy hujjat loyihasi2026-yil avgustBiznes-ombudsman (Buriyev),Adliya vazirligi (Tashkulov)6.2026-yil 1-avgustga qadar, birinchi navbatda, savdo va xizmat koʻrsatishga ixtisoslashgan tadbirkorlik subyektlarini “Biznes himoya” QR-kodi bilan taʼminlash choralarini koʻrish.Amaliy chora-tadbirlar2026-yil avgustBiznes-ombudsman (Buriyev),Savdo-sanoat palatasi (Vaxabov),Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi (Kuranbayev),Tuman (shahar) hokimliklari7.“Xavfni tahlil qilish” elektron tizimini joriy etish tartibi toʻgʻrisidagi tegishli nizomlarni takomillashtirish:(a) xavf darajalarini aniqlash mezonlari, baholash indikatorlari, axborot almashinuvi tartibini belgilash;(b) ishlab chiqilgan loyihani Biznes-ombudsman hamda Savdo-sanoat palatasi bilan kelishish;(v) kelishilgan loyihani belgilangan tartibda Adliya vazirligiga huquqiy ekspertiza va davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun kiritish.Normativ-huquqiy hujjat loyihasi2026-yil iyunOʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 14-noyabrdagi PF-184-son Farmonining 1-ilovasida koʻrsatilgan nazorat qiluvchi organlar8.Quyidagilarni nazarda tutgan holda nazorat qiluvchi organlar tomonidan tadbirkorlik subyektlari faoliyatida oʻtkaziladigan tekshiruvlarda bodi-kameradan foydalanish tartibini belgilash:(a) tadbirkorlik subyektlari faoliyatida joyiga chiqqan holda oʻtkaziladigan tekshiruvlarda bodi-kameradan foydalanish, videoyozuvlarni rasmiylashtirish, saqlash, himoya qilish va ulardan foydalanish;(b) bodi-kamera orqali olingan videoyozuvlarni hisobga olish hamda ularni nazorat qiluvchi organlarning maʼlumotlar bazasida saqlash;(v) tekshiruv davomida bodi-kamera orqali uzluksiz videoyozuvni amalga oshirish, yozuvni asossiz toʻxtatish yoki oʻchirishni taqiqlash, bodi-kamera nosoz boʻlgan holatda tekshiruvni toʻxtatish;(g) videoyozuvlarning butligi va oʻzgarmasligini taʼminlash, ularni shaxsiy qurilmalarga koʻchirish yoki ijtimoiy tarmoqlarda tarqatishni taqiqlash hamda shaxsga doir maʼlumotlarni himoya qilish.Normativ-huquqiy hujjat loyihasi2026-yil iyunBiznes-ombudsman (Buriyev),Savdo-sanoat palatasi (Vaxabov),Adliya vazirligi (Tashkulov)9.Biznes-ombudsman devoni faoliyatini quyidagilarni inobatga olgan holda takomillashtirish va samaradorligini oshirish:(a) ish yuritish jarayonini raqamlashtirish hamda unga sunʼiy intellekt texnologiyalarini bosqichma-bosqich tatbiq etish;(b) xodimlarni navbatdan tashqari attestatsiyadan oʻtkazish, bunda ularning kasbiy bilimlari, amaliy tajribasi va ish samaradorligini baholash mezonlarini joriy etish;(v) attestatsiya natijalariga koʻra devon shtatini davlat organlarida amaliy tajribaga va raqamli texnologiyalar sohasida kompetensiyalarga ega, yuqori malakali mutaxassislar bilan toʻldirish;(g) faoliyati samaradorligini baholashning zamonaviy KPI mexanizmlarini joriy etish hamda ular asosida doimiy baholab borish.Amaliy chora-tadbirlar va idoraviy hujjat2026-yil mayBiznes-ombudsman (Buriyev)10.Nazorat qiluvchi organlarning mansabdor shaxslarini tadbirkorlik subyekti faoliyatini tekshirish huquqini berish yuzasidan attestatsiyalardan axborot texnologiyalarini qoʻllagan holda oʻtkazish, attestatsiya komissiyalarini tugatish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish va Prezident Administratsiyasiga kiritish.Axborot xati yoki normativ-huquqiy hujjat loyihasi2026-yil noyabrBiznes-ombudsman (Buriyev)11.“Yagona davlat nazorati” axborot tizimiga kiritiladigan maʼlumotlarni doimiy monitoring qilib borish, qonunchilikda belgilangan hollarda axborotlarni huquqni muhofaza qiluvchi organlarga taqdim etish.Amaliy chora-tadbirlarHar chorakdaBiznes-ombudsman (Buriyev),Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi (Burxanov),Bosh prokuratura (Kasimov)12.Farmonning mazmun-mohiyatini tadbirkorlarga tushuntirish boʻyicha axborot-tahliliy materiallardan foydalangan holda hujjatlar toʻplamini (maʼruza matni, taqdimot, annotatsiya, infografika, sxema) tayyorlash.Targʻibot materiallari toʻplamini Biznes-ombudsman va Savdo-sanoat palatasining hududiy boʻlinmalari va manfaatdor tashkilotlarga yetkazib berish.Hujjatlar toʻplami asosida Farmonning mazmun-mohiyatini tadbirkorlarga tushuntirish boʻyicha targʻibot-tashviqot ishlarini amalga oshirish.Amaliy chora-tadbirlar2026-yil aprelBiznes-ombudsman (Buriyev),Savdo-sanoat palatasi (Vaxabov)13.Davlat organlarining korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalari uchun quyidagi mavzularni oʻz ichiga oladigan oʻquv seminarlar tashkil etish:(a) davlat organlarining mansabdor shaxslari va xodimlari hamda tadbirkorlik subyektlari oʻrtasida nazorat tadbiri hisoblanmaydigan muloqotning asosli yoki asossiz ekanligiga baho berish tartibi;(b) belgilangan tartibni buzgan davlat xizmatchisi ustidan xizmat tekshiruvini oʻtkazish tartibi.Oʻquv seminarlar2026-yil avgust-sentabrKorrupsiyaga qarshi kurashish agentligi (Burxanov),Biznes-ombudsman (Buriyev),Huquqni muhofaza qilish akademiyasi (Kolenko)14.Tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazishda bir vaqtning oʻzida avtomatik tarzda “Yagona davlat nazorati” axborot tizimida ularning shaxsiy kabinetini kompozit tartibida ochish imkonini yaratish.Amaliy chora-tadbirlar2026-yil iyunBiznes-ombudsman (Buriyev),Adliya vazirligi (Tashkulov)15.Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksga tashkiliy-huquqiy shakli va idoraviy boʻysunuvidan qatʼi nazar, davlat organi mansabdor shaxslari va masʼul xodimlarining tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlarini buzganlik uchun javobgarligini belgilash.Qonun loyihasi2026-yil avgustBiznes-ombudsman (Buriyev),Bosh prokuratura (Kasimov),Ichki ishlar vazirligi (Tashpulatov)

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 17-apreldagi PF-63-son Farmoniga3-ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar

1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 15-martdagi “Tadbirkorlik faoliyatini himoya qilish tizimini tubdan takomillashtirish va prokuratura organlari faoliyatini optimallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5690-son Farmoniga 1 va 2-ilovalar quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 15-martdagi PF-5690-son Farmoniga 1-ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil devonining

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakilOʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil oʻrinbosari — devon rahbariOʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil oʻrinbosariTadbirkorlik subyektlari faoliyati tekshiruvlarini muvofiqlashtirish va qonunchilik ijrosi nazorati shoʻbasi (8)Tadbirkorlik sohasidagi qonunchilikni takomillashtirish va ekspertizadan oʻtkazish shoʻbasi (3)Tadbirkorlik subyektlarining murojaatlari bilan ishlash shoʻbasi (4)Tadbirkorlik sohalarini strategik rejalashtirish va metodologiya shoʻbasi (2)Tashkiliy-nazorat va inson resurslarini boshqarish shoʻbasi (4)Xalqaro aloqalar va protokol xizmati (1)Birinchi boʻlimAxborot xizmati (2)DevonxonaYuridik taʼminlash va maʼmuriy amaliyot shoʻbasi (1)Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat shoʻbasi (1)Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va raqamlashtirish shoʻbasi (2)Moliya-xoʻjalik shoʻbasi (2)Vakil devonining hududiy shoʻbalari (58)

Izoh:

1. Boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni — 91 nafar.

2. Texnik va xizmat koʻrsatuvchi xodimlarining umumiy soni — 40 nafar, shundan murojaatlar bilan ishlaydigan mutaxassislar soni — 15 nafar.

3. Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil tuzilmaga boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni doirasida oʻzgartirish kiritish huquqiga ega.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 15-martdagi PF-5690-son Farmoniga 2-ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil devonining

T/rLavozimning nomlanishiBirliklar soni1.Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil12.Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil oʻrinbosari — devon rahbari13.Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil oʻrinbosari 1Tadbirkorlik subyektlari faoliyati tekshiruvlarini muvofiqlashtirish va qonunchilik ijrosi nazorati shoʻbasi 4.Shoʻba mudiri15.Bosh inspektor16.Yetakchi inspektor6Tadbirkorlik subyektlarining murojaatlari bilan ishlash shoʻbasi7.Shoʻba mudiri 18.Bosh inspektor19.Yetakchi inspektor2Tadbirkorlik sohasidagi qonunchilikni takomillashtirish va ekspertizadan oʻtkazish shoʻbasi 10.Shoʻba mudiri111.Bosh inspektor112.Yetakchi inspektor1Tadbirkorlik sohalarini strategik rejalashtirish va metodologiya shoʻbasi 13.Bosh inspektor114.Yetakchi inspektor1Tashkiliy-nazorat va inson resurslarini boshqarish shoʻbasi 15.Shoʻba mudiri116.Bosh inspektor117.Yetakchi inspektor2Xalqaro aloqalar va protokol xizmati 18.Bosh inspektor1Yuridik taʼminlash va maʼmuriy amaliyot shoʻbasi19.Bosh inspektor1Axborot xizmati20.Bosh inspektor121.Yetakchi inspektor1Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat shoʻbasi22.Bosh inspektor1Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va raqamlashtirish shoʻbasi 23.Bosh inspektor 124.Yetakchi inspektor 1Moliya-xoʻjalik shoʻbasi25.Bosh hisobchi126.Moddiy buxgalter (kassir)1Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil devonining Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi shoʻbasi27.Shoʻba mudiri128.Bosh inspektor129.Yetakchi inspektor2Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil devonining Andijon viloyatidagi shoʻbasi30.Shoʻba mudiri131.Bosh inspektor132.Yetakchi inspektor2Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil devonining Buxoro viloyatidagi shoʻbasi33.Shoʻba mudiri134.Bosh inspektor135.Yetakchi inspektor2Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil devonining Jizzax viloyatidagi shoʻbasi36.Shuʼba mudiri137.Bosh inspektor138.Yetakchi inspektor2Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil devonining Qashqadaryo viloyatidagi shoʻbasi39.Shuʼba mudiri140.Bosh inspektor141.Yetakchi inspektor2Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil devonining Navoiy viloyatidagi shoʻbasi42.Shuʼba mudiri143.Bosh inspektor144.Yetakchi inspektor2Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil devonining Namangan viloyatidagi shoʻbasi45.Shuʼba mudiri146.Bosh inspektor147.Yetakchi inspektor2Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil devonining Samarqand viloyatidagi shoʻbasi48.Shuʼba mudiri149.Bosh inspektor150.Yetakchi inspektor2Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil devonining Surxondaryo viloyatidagi shoʻbasi51.Shuʼba mudiri152.Bosh inspektor153.Yetakchi inspektor2Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil devonining Sirdaryo viloyatidagi shoʻbasi54.Shuʼba mudiri155.Bosh inspektor156.Yetakchi inspektor2Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil devonining Toshkent viloyatidagi shoʻbasi57.Shuʼba mudiri158.Bosh inspektor159.Yetakchi inspektor3Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil devonining Fargʻona viloyatidagi shoʻbasi60.Shuʼba mudiri161.Bosh inspektor162.Yetakchi inspektor2Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil devonining Xorazm viloyatidagi shoʻbasi63.Shuʼba mudiri164.Bosh inspektor165.Yetakchi inspektor2Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil devonining Toshkent shahridagi shoʻbasi66.Shuʼba mudiri167.Bosh inspektor168.Yetakchi inspektor3Jami91”.

2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 10-dekabrdagi “Naqdsiz hisob-kitoblarni ommalashtirish va yashirin iqtisodiyot ulushini qisqartirishga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-246-son Farmoniga 1-ilova quyidagi mazmundagi 18-pozitsiya bilan toʻldirilsin:

“18.Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiIntellektual mulk sohasidagi nazorat2027-yil 1-yanvar — 2027-yil 1-iyul”.

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.