PF-78-son Farmon · 06.05.2026

Toʻlovga qobiliyatsizlik institutini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Farmon
  • Raqami:PF-78
  • Qabul qilingan sana:06.05.2026
  • Kuchga kirgan sana:07.05.2026
  • Holati:Amalda
  • Rasmiy nashr:QMMB 06/26/78/0454

Tadbirkorlik faoliyatini barqaror rivojlantirish, sudgacha sanatsiya amaliyotini kengaytirish, iqtisodiy jihatdan hayotiy muhim korxonalarni qoʻllab-quvvatlash, shuningdek, toʻlovga qobiliyatsizlik sohasida zamonaviy, shaffof va raqamlashtirilgan boshqaruv tizimini joriy etish hamda davlat boshqaruvi samaradorligini oshirish maqsadida qaror qilaman:

I. Maqsadlar

1. Quyidagilar toʻlovga qobiliyatsizlik sohasini rivojlantirishning asosiy maqsadlari etib belgilansin:

(a) toʻlovga qobiliyatsizlik sohasida davlat boshqaruvi va huquqiy tartibga solish samaradorligini oshirish;

(b) sudgacha sanatsiya mexanizmlarini kengaytirish orqali sanatsiya chora-tadbirlarining kamida 20 foizining bosqichma-bosqich sud organlariga murojaat qilmasdan amalga oshirilishini taʼminlash;

(v) toʻlovga qobiliyatsizlik tartib-taomillarini soddalashtirish va raqamlashtirish orqali ularning oʻrtacha davomiyligini 2028-yil 1-yanvarga qadar kamida 30 foizga qisqartirish;

(g) sud boshqaruvchilari faoliyatini tartibga solish tizimini isloh qilish va samaradorligini oshirish orqali ularning sonini bosqichma-bosqich 2 barobarga koʻpaytirish.

II. Toʻlovga qobiliyatsizlik sohasida davlat boshqaruvini takomillashtirish

2. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzurida Toʻlovga qobiliyatsizlik ishlari agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) hamda uning hududiy boʻlimlari tashkil etilsin.

3. Agentlik:

(a) Adliya vazirligi huzuridagi respublika ijro etuvchi hokimiyat organi;

(b) toʻlovga qobiliyatsizlik sohasida yagona davlat siyosatini yuritishga masʼul boʻlgan maxsus vakolatli davlat organi etib belgilansin.

4. Quyidagilar Agentlikning toʻlovga qobiliyatsizlik sohasidagi asosiy vazifalari etib belgilansin:

(a) toʻlovga qobiliyatsizlik sohasida davlat siyosatini amalga oshirish, shu jumladan, ushbu sohani nazorat qilish va tartibga solish;

(b) toʻlovga qobiliyatsizlik sohasida davlat organlari va tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish;

(v) toʻlovga qobiliyatsizlik jarayonlarini toʻliq raqamlashtirish, ortiqcha byurokratik tartib-taomillarni soddalashtirish;

(g) toʻlovga qobiliyatsizlik tartib-taomillarini, shuningdek, iqtisodiy nochor jismoniy va yuridik shaxslarni moliyaviy sogʻlomlashtirish chora-tadbirlarini amalga oshirish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishga koʻmaklashish;

(d) jismoniy shaxslarning toʻlovga qobiliyatsizligi hisobi va tahlilini yuritish;

(j) sud boshqaruvchilariga malaka attestatini berish, faoliyati tashkil etilishini taʼminlash va ular faoliyatini nazorat qilish.

III. Sud boshqaruvchilari faoliyati samaradorligini oshirish

5. Adliya vazirligi hamda Oʻzbekiston sud boshqaruvchilari assotsiatsiyasining Oʻzbekiston sud boshqaruvchilari assotsiatsiyasi negizida barcha sud boshqaruvchilari aʼzoligiga asoslangan, 1-ilovada belgilangan asosiy vazifalarni amalga oshiruvchi Oʻzbekiston Sud boshqaruvchilari palatasini (keyingi oʻrinlarda — Sud boshqaruvchilari palatasi) tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.

6. Belgilansinki, Sud boshqaruvchilari palatasi:

(a) yuridik shaxs maqomiga ega notijorat tashkilot hisoblanib, oʻzining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tuziladigan hududiy tuzilmalari bilan birgalikda sud boshqaruvchilarini birlashtiruvchi yagona oʻzini oʻzi boshqarish tizimini tashkil etadi;

(b) sud boshqaruvchilarining qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladigan faoliyatiga aralashmaslik prinsipi asosida ish yuritadi;

(v) sud boshqaruvchilarining kirish va aʼzolik badallari hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa mablagʻlar hisobidan moliyalashtiriladi;

(g) Oʻzbekiston Sud boshqaruvchilari assotsiatsiyasining huquq va majburiyatlari boʻyicha huquqiy vorisi hisoblanadi.

7. 2026-yil 1-iyuldan boshlab:

(a) Sud boshqaruvchilari palatasi, Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti hamda qonunchilikda belgilangan talablarga javob beradigan boshqa taʼlim muassasalariga sud boshqaruvchilarini tayyorlash huquqi beriladi;

(b) sud boshqaruvchilarini tayyorlash boʻyicha oʻquv kurslari Sud boshqaruvchilari palatasi tomonidan Agentlik bilan kelishilgan holda tasdiqlanadigan namunaviy oʻquv dasturlari asosida amalga oshiriladi;

(v) Sud boshqaruvchilari palatasiga sud boshqaruvchisining palataga aʼzoligini toʻxtatish yoki aʼzolikdan chiqarish toʻgʻrisida qaror qabul qilish va shu munosabat bilan uni oʻz vazifasini bajarishdan ozod qilish haqida sudga murojaat etish huquqi beriladi;

(g) sud boshqaruvchisi oʻz zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarmagan yoki lozim darajada bajarmagan taqdirda, sud kreditorlar yigʻilishining qaroriga asosan sud boshqaruvchisiga toʻlanadigan haq miqdorini kamaytirishga haqli;

(d) sanatsiya qiluvchi boshqaruvchilikka nomzod kreditorlar yigʻilishi (qoʻmitasi) yoki Agentlik tomonidan taqdim etilmaganda, sanatsiya qiluvchi boshqaruvchi Sud boshqaruvchilari palatasi tomonidan maxsus elektron tizim orqali tanlangan nomzodlar orasidan sud tomonidan tayinlanishi mumkin.

8. Sud boshqaruvchilari palatasiga quyidagilar tavsiya etilsin:

(a) sud boshqaruvchilarining kasbiy odob-axloq qoidalarini ishlab chiqish va tasdiqlash;

(b) sud boshqaruvchilari faoliyatini har yili tuziladigan reyting asosida baholash, ular tomonidan kasbiy odob-axloq qoidalariga rioya etilishini monitoring qilish;

(v) har ikki yilda kamida bir marta sud boshqaruvchilari malakasini oshirishni tashkil etish.

9. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:

(a) sud boshqaruvchilariga toʻlanadigan haq miqdori bazaviy va natijaga (KPI) bogʻliq qismlarga ajratiladi, bunda natijaga bogʻliq haq, shu jumladan, sanatsiya rejasida belgilangan koʻrsatkichlarga erishish darajasidan kelib chiqib toʻlanadi;

(b) sud boshqaruvchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash, ular faoliyatini tashkil etish va nazorat qilish tizimi mutlaqo yangi yondashuvlar asosida yoʻlga qoʻyiladi, bunda:

(i) 2027-yil 1-iyulga qadar barcha sud boshqaruvchilari maxsus oʻquv dasturlari asosida malaka oshirish kurslarida qayta tayyorlanadi;

(ii) Agentlik tomonidan Sud boshqaruvchilari palatasi bilan birgalikda sud boshqaruvchilari faoliyati, malakasi va reyting koʻrsatkichlari tahlil qilinadi, natijalariga koʻra yuqori malakali sud boshqaruvchilari korpusini shakllantirish maqsadida ularning toifalariga qoʻyiladigan talablar qayta koʻrib chiqiladi;

(iii) sud boshqaruvchisi sifatida faoliyat yuritish uchun iqtisodiyot, menejment, buxgalteriya sohasida va yuridik sohadagi yuqori malakali mutaxassislar, shu jumladan, tegishli litsenziyaga ega boʻlgan advokatlarni jalb etish mexanizmlari yaratiladi;

(iv) Agentlik sud boshqaruvchilari ish faoliyatini tashkil etishning yagona tartibini belgilaydi, unda, shu jumladan, toʻlovga qobiliyatsizlikka oid ishlar boʻyicha sud boshqaruvchisini avtomatlashtirilgan holda maxsus elektron tizim orqali inson omilisiz va tasodifiy tarzda tanlash tartibi, ular faoliyati ustidan monitoring va nazorat mexanizmlari, shuningdek, qonunbuzilishlarga yoʻl qoʻygan sud boshqaruvchilariga nisbatan intizomiy va malaka attestatining amal qilishini bekor qilishgacha boʻlgan taʼsir choralarini qoʻllash mezonlari nazarda tutiladi;

(v) sud boshqaruvchisini tayinlashda Agentlik tomonidan belgilanadigan sud boshqaruvchilari ish yuklamasining yoʻl qoʻyiladigan normalari inobatga olinadi.

IV. Sudgacha sanatsiya tizimini takomillashtirish hamda moliyaviy qoʻllab-quvvatlash vositalarini kengaytirish

10. Belgilansinki, 2026-yil 1-sentabrdan boshlab:

(a) sudgacha sanatsiya davrida banklar (kreditorlar) qarzdor bilan tuzilgan kelishuvga asosan kelishuvda belgilangan muddatga va faoliyatini tiklashga qaratilgan sanatsiya rejasini bajarish sharti bilan kreditlar boʻyicha foizlarni hisoblash va (yoki) toʻlashni toʻxtatib turishi, keyinchalik sanatsiya rejasiga muvofiq restrukturizatsiya qilishi yoxud kreditni restrukturizatsiya qilishning boshqa choralarini koʻrishi mumkin;

(b) sud sanatsiyasi davrida sanatsiya rejasiga muvofiq va kreditorlar yigʻilishi (qoʻmitasi) roziligi bilan sud ajrimi asosida qarzdorning kreditlar boʻyicha foizlarini hisoblash va (yoki) toʻlash toʻxtatib turilishi, keyinchalik esa sanatsiya rejasida belgilangan tartibda restrukturizatsiya qilinishi yoxud kreditni restrukturizatsiya qilishning boshqa choralari koʻrilishi mumkin;

(v) xalq deputatlari tuman (shahar) kengashlari tomonidan suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq, mol-mulk soligʻi, yer soligʻi hamda aylanmadan olinadigan soliqlarni, shu jumladan, ushbu soliqlar boʻyicha soliq tekshiruvlari asosida qoʻshimcha hisoblangan soliq va moliyaviy sanksiyalarni toʻlashni belgilangan tartibda kechiktirish yoki boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyati beriladi, bundan qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan holatlar mustasno;

(g) soliqlarni toʻlashni kechiktirish yoki boʻlib-boʻlib toʻlashda garov mulki, bank kafolati yoxud sugʻurta polisi taqdim etilganda, moliyaviy holati va istisno etuvchi holatlar mavjudligidan qatʼi nazar, soliq organlari tomonidan soliqlarni toʻlashni kechiktirish yoki boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyati beriladi;

(d) soliq organlariga soliq toʻlashni kechiktirish yoki boʻlib-boʻlib toʻlash toʻgʻrisidagi arizalar Soliq organlarining elektron davlat xizmatlari portali orqali taqdim etiladi hamda ularni koʻrib chiqish muddati 30 kundan 20 kunga qisqartiriladi.

11. Iqtisodiyot va moliya vazirligi Adliya vazirligi, Markaziy bank hamda Davlat aktivlarini boshqarish agentligi bilan birgalikda 2026-yil 1-iyulga qadar sudgacha sanatsiya va sud sanatsiyasi tartib-taomillarini qoʻllash doirasida kichik va oʻrta tadbirkorlik subyektlarini moliyaviy qoʻllab-quvvatlash vositalarini joriy etsin. Bunda quyidagilar nazarda tutilsin:

(a) tadbirkorlikni rivojlantirish va qoʻllab-quvvatlash boʻyicha mavjud institutlar va mexanizmlardan foydalangan holda:

(i) tijorat banklari, mikromoliya tashkilotlari tomonidan milliy va xorijiy valyutada ajratiladigan kredit, bank kafolati va akkreditivlarga kafolat (kafillik) berish;

(ii) tijorat banklariga Markaziy bank asosiy stavkasidan past stavkada kredit muddatiga mos ravishda imtiyozli resurslar joylashtirish hamda ushbu kredit resurslari hisobidan tadbirkorlik subyektlariga kredit ajratish;

(b) ushbu bandning “a” kichik bandida nazarda tutilgan moliyaviy qoʻllab-quvvatlash vositalarini davlat tomonidan yordam koʻrsatgan holda sudgacha sanatsiya qilish chora-tadbirlari qatoriga qoʻshish;

(v) moliyaviy qoʻllab-quvvatlash vositalarini taqdim etishning shaffofligini taʼminlash va aniq mexanizmlarini belgilash, shuningdek, birinchi navbatda, ish oʻrinlarini saqlab qolish hamda 4 va 5-toifadagi tuman (shahar)larda faoliyat yuritadigan tadbirkorlik subyektlarini qoʻllab-quvvatlashni inobatga olish.

12. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq kreditorlarning chet el valyutasida ifodalangan talablarini kreditorlarning talablari reyestriga kiritishda, agar shartnomada boshqacha tartib belgilangan boʻlmasa, toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisidagi ish boʻyicha qoʻllanadigan har bir tartib-taomil kiritilayotgan sanadagi Markaziy bank tomonidan belgilangan kurs boʻyicha milliy valyutada hisobga olinadi.

V. Toʻlovga qobiliyatsizlik jarayonlarini raqamlashtirish

13. Adliya vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Davlat aktivlarini boshqarish agentligining 2026-yil 1-dekabrdan boshlab toʻlovga qobiliyatsizlik jarayonlarini onlayn monitoring qilish imkonini beradigan Toʻlovga qobiliyatsizlik ishlarini yuritishning yagona elektron platformasini (keyingi oʻrinlarda — Yagona elektron platforma) ishga tushirish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.

14. Belgilansinki:

(a) Yagona elektron platforma “Toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisida”gi Qonunda eʼlon qilinishi belgilangan maʼlumotlar majburiy eʼlon qilinadigan rasmiy manba hisoblanadi;

(b) toʻlovga qobiliyatsizlikka oid quyidagi jarayonlar bosqichma-bosqich raqamlashtirilib, Yagona elektron platforma orqali amalga oshiriladi:

(i) toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisida ish qoʻzgʻatilgan, toʻlovga qobiliyatsizlik tartib-taomillari amalga oshirilayotgan (kuzatuv, sanatsiya, tashqi boshqaruv, tugatish va boshqalar) yuridik va jismoniy shaxslarning ochiq elektron reyestrini yuritish;

(ii) sudgacha sanatsiya joriy qilingan yuridik shaxslar reyestrini yuritish va ular toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni eʼlon qilish;

(iii) suddan tashqari toʻlovga qobiliyatsizlik tartib-taomillarini toʻliq raqamlashtirish, shu jumladan, undiruv qaratilishi mumkin boʻlgan mol-mulki yoki daromadlari mavjud emasligi bois ijro hujjatlari undiruvchiga qaytarilgan qarzdorlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni shakllantirish va ular boʻyicha suddan tashqari toʻlovga qobiliyatsizlik tartib-taomillarini qoʻllash masalasini hal etish;

(iv) toʻlovga qobiliyatsizlik sohasida sudlar, tegishli davlat organlari va tashkilotlari bilan oʻzaro maʼlumot almashish, ularning maʼlumotlar bazalaridan foydalanishni taʼminlash maqsadida Yagona elektron platformani ushbu idoralarning axborot tizimlari bilan integratsiya qilish;

(v) sud boshqaruvchilarining hamda sud boshqaruvchilarini tayyorlash kurslarini tugatgan nomzodlarning reyestrini yuritish;

(vi) sud boshqaruvchilarining reyting koʻrsatkichlarini shakllantirish va eʼlon qilish;

(vii) kreditorlarning yigʻilishi yoki kreditorlar qoʻmitasining yigʻilishida masofadan turib ishtirok etish va ovoz berish hamda yigʻilish bayonlarini elektron ravishda rasmiylashtirish imkoniyatini beradigan elektron tizimni joriy etish;

(viii) toʻlovga qobiliyatsizlik tartib-taomillariga oid boshqa muhim maʼlumotlar (kreditorlar talablari reyestrlari, sud boshqaruvchisi hisobotlari, sanatsiya va tashqi boshqaruv rejalari hamda boshqalar) Yagona elektron platformada joylashtirib borilishini bosqichma-bosqich joriy etish;

(ix) toʻlovga qobiliyatsizlik tartib-taomillari doirasidagi boshqa jarayonlar.

VI. Tashkiliy chora-tadbirlar

15. Adliya vazirligi Raqamli texnologiyalar vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2026-yil 1-dekabrga qadar Yagona elektron platformaning ishga tushirilishini hamda dastlabki bosqichda 2-ilovada keltirilgan axborot tizimlari va maʼlumotlar bazalari bilan integratsiya qilinishini taʼminlasin.

16. Toʻlovga qobiliyatsizlik sohasini rivojlantirish boʻyicha chora-tadbirlar dasturi 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

17. Adliya vazirligi har chorakda yuzaga kelayotgan toʻlovga qobiliyatsizlik holatlarini sohalar kesimida tahlil qilsin, bankrotlikka olib kelayotgan asosiy omil va muammolarning kelib chiqish sabablarini aniqlasin hamda ularni bartaraf etishga qaratilgan takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasiga kiritib borsin.

VII. Farmon ijrosini tashkil qilish, taʼminlash va nazorat

18. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga 4-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.

19. Adliya vazirligi vazirlik va idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.

20. Mazkur Farmonning ijrosini samarali tashkil etishga masʼul va shaxsan javobgar etib adliya vaziri A.D. Tashkulov belgilansin.

21. Farmon ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Huquqiy ekspertiza va kompleks tahlil qilish departamenti boshligʻi A.B. Samadov zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV

Toshkent sh.,

2026-yil 6-may,

PF-78-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 6-maydagi PF-78-son Farmoniga1-ILOVA

Oʻzbekiston Sud boshqaruvchilari palatasining

1. Sud boshqaruvchilari faoliyatini muvofiqlashtirib borish, qonun hujjatlari va huquqni qoʻllash amaliyotini takomillashtirish hamda qonun hujjatlarining bir xilda qoʻllanilishini taʼminlashga doir takliflar ishlab chiqish.

2. Sud boshqaruvchilarining kasbiy tayyorgarligi va malakasi oshirilishini tashkil etish.

3. Yagona boshqaruv amaliyotini taʼminlash choralarini koʻrish, sud boshqaruvchilari faoliyati toʻgʻrisidagi statistik maʼlumotlarni toʻplash va oʻrganish, ijobiy ish tajribasini ommalashtirish hamda sud boshqaruvchilariga uslubiy yordam koʻrsatish.

4. Sud boshqaruvchilari faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda ishtirok etish, ular boʻyicha takliflar tayyorlash.

5. Davlat organlari, boshqa tashkilotlar bilan munosabatlarda, sudda va boshqa hollarda sud boshqaruvchilarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini ifodalash hamda himoya qilish.

6. Sud boshqaruvchilari tomonidan kasb etikasi qoidalari va kasb majburiyatlariga rioya etilishi ustidan monitoringni amalga oshirish hamda ularning kasbiga loyiqligi masalasini koʻrib chiqish haqida Adliya vazirligi huzuridagi Toʻlovga qobiliyatsizlik ishlari agentligiga taklif kiritish.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 6-maydagi PF-78-son Farmoniga2-ILOVA

Toʻlovga qobiliyatsizlik ishlarini yuritishning yagona elektron platformasiga integratsiya qilinadigan axborot tizimlari

Izoh. Toʻlovga qobiliyatsizlik ishlarini yuritishning yagona elektron platformasiga davlat organlari va tashkilotlarining toʻlovga qobiliyatsizlik sohasida zarur boʻlgan boshqa axborot tizimlari ham Adliya vazirligi huzuridagi Toʻlovga qobiliyatsizlik ishlari agentligining soʻroviga asosan integratsiya qilinishi mumkin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 6-maydagi PF-78-son Farmoniga3-ILOVA

Toʻlovga qobiliyatsizlik sohasini rivojlantirish boʻyicha chora-tadbirlar

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 6-maydagi PF-78-son Farmoniga4-ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar

1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 9-yanvardagi “Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish tizimini tubdan takomillashtirish toʻgʻrisida”gi PF-5618-son Farmonida:

(a) 6-bandda:

(i) beshinchi xatboshi chiqarib tashlansin;

(ii) oltinchi xatboshi beshinchi xatboshi deb hisoblansin;

(b) 1-ilovaning “III. Konsepsiyaning asosiy yoʻnalishlari” boʻlimi 1-bobida:

(i) “1. Oilada huquqiy tarbiyani shakllantirish va huquqiy madaniyatni yuksaltirish” kichik boʻlimining 7 va 8-bandlari quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“7. Kundalik turmushda koʻp uchraydigan masalalarning huquqiy yechimlari va yangi qabul qilingan qonun hujjatlarining mohiyatini yoritishga qaratilgan mediamateriallarni tayyorlash, shuningdek, huquqiy mediamateriallarni ommaviy axborot vositalari va internet tarmogʻi orqali yoritish.

8. Yoshlar va ota-onalar oʻrtasida nikoh yoshi, aliment toʻlash shartlari, qarindoshlar oʻrtasidagi nikoh va uning huquqiy oqibatlari toʻgʻrisida huquqiy targʻibot materiallari va ijtimoiy videoroliklar tayyorlash va muntazam ravishda ommaviy axborot vositalari va internet tarmogʻi orqali tarqatib borish”;

(ii) “2. Aholining huquqiy madaniyatini yuksaltirishda mahalla institutining rolini kuchaytirish” kichik boʻlimining 2-bandidagi “buklet, flayer, liflet va plakatlar” soʻzlari “mediamateriallar” soʻzlari bilan almashtirilsin.

2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 14-yanvardagi “Davlat aktivlarini boshqarish, monopoliyaga qarshi kurashishni tartibga solish tizimini va kapital bozorini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5630-son Farmonining 3-bandida:

(a) uchinchi xatboshidagi “hamda toʻlovga qobiliyatsizlik” soʻzlari chiqarib tashlansin;

(b) oʻn uchinchi xatboshi chiqarib tashlansin;

(v) oʻn toʻrtinchi va oʻn beshinchi xatboshilar tegishincha oʻn uchinchi va oʻn toʻrtinchi xatboshilar deb hisoblansin.

3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 19-maydagi “Davlat huquqiy siyosatini amalga oshirishda adliya organlari va muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5997-son Farmonining 5-bandi toʻrtinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarga jismoniy va yuridik shaxslarga yangi imtiyoz hamda javobgarlik choralarini belgilaydigan, amaldagi tartib-taomillarni asossiz murakkablashtiradigan, fuqarolarning huquq va erkinliklarini cheklaydigan, asoslanmagan qoʻshimcha xarajat va toʻlovlarni, yangi turdagi soliq va yigʻimlarni, litsenziyalash, ruxsat berish hamda xabardor qilish tartib-taomillarini joriy etadigan huquqiy normalarni kiritishga yoʻl qoʻymaslik”.

4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 25-yanvardagi “Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini samarali yoʻlga qoʻyishga doir birinchi navbatdagi tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-14-son Farmonida:

(a) 1-ilovada:

(i) “17. Adliya vazirligi” boʻlimi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

(ii) “21. Davlat aktivlarini boshqarish agentligi” boʻlimining “Davlat aktivlarini boshqarish agentligi” pozitsiyasida:

“Jami boshqaruv shtat birliklari soni” ustunidagi “532” raqami “517” raqami bilan almashtirilsin;

“Davlat budjeti hisobidan” ustunidagi “308” raqami “293” raqami bilan almashtirilsin;

(iii) “33. Soliq qoʻmitasi” boʻlimining “Soliq qoʻmitasi” pozitsiyasida:

“Jami boshqaruv shtat birliklari soni” ustunidagi “9 241” raqami “9 231” raqami bilan almashtirilsin;

“Davlat budjeti hisobidan” ustunidagi “9 241” raqami “9 231” raqami bilan almashtirilsin;

(b) 2-ilovada:

(i) quyidagi mazmundagi 17.2-kichik band bilan toʻldirilsin:

“17.2. Toʻlovga qobiliyatsizlik ishlari agentligi”;

(ii) izohlar qismida:

birinchi xatboshidagi “67” raqami “68” raqami bilan almashtirilsin;

toʻrtinchi xatboshidagi “26” raqami “27” raqami bilan almashtirilsin.

(v) 2a-ilova quyidagi mazmundagi 17.2-pozitsiya bilan toʻldirilsin:

5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi “Maʼmuriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining masʼuliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish toʻgʻrisida”gi PF-80-son Farmonida:

(a) 16-bandda:

(i) beshinchi xatboshi chiqarib tashlansin;

(ii) oltinchi xatboshi beshinchi xatboshi deb hisoblansin;

(b) 6-ilovaning 23-pozitsiyasi chiqarib tashlansin.

6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 25-noyabrdagi “Qonunchilikdagi huquqiy boʻshliqlarni bartaraf etish va tartibga solish yukini kamaytirish toʻgʻrisida”gi PF-231-son Farmoniga 3-ilovaning 4-pozitsiyasi chiqarib tashlansin.

7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 8-fevraldagi “Qonun hujjatlarini tarqatish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-2761-son qarorida:

(a) 2-bandning beshinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“normativ-huquqiy hujjatlar va zarur boʻlgan taqdirda, ularga doir axborot-tahliliy materiallar boshqa davlat organlariga va tashkilotlarga Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan ularning matnlari Oʻzbekiston Respublikasi qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasida rasman eʼlon qilingandan keyin ikki ish kuni mobaynida, huquqiy targʻibot tadbirlarini tashkil qilish uchun Huquqiy axborotni tarqatish kartotekasi asosida masʼul ijrochilar va topshiriqlarni bajarish muddatlarini koʻrsatgan holda yoki maʼlumot uchun “Ijro.gov.uz” tizimi orqali elektron shaklda yetkaziladi”;

(b) 2-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.

8. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-apreldagi “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-3666-son qarorida:

(a) 1-bandda:

(i) quyidagi mazmundagi yigirma ikkinchi — yigirma beshinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:

“toʻlovga qobiliyatsizlik sohasida davlat siyosatini amalga oshirish, shuningdek, bu sohada davlat organlari va tashkilotlarining faoliyatini muvofiqlashtirish;

toʻlovga qobiliyatsizlik tartib-taomillarini va iqtisodiy nochor jismoniy va yuridik shaxslarni moliyaviy sogʻlomlashtirish chora-tadbirlarini amalga oshirish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishga koʻmaklashish, shuningdek, toʻlovga qobiliyatsizlik jarayonlarini toʻliq raqamlashtirish, ortiqcha byurokratik tartib-taomillarni soddalashtirish;

jismoniy shaxslarning toʻlovga qobiliyatsizligi hisobi va tahlilini yuritish;

sud boshqaruvchilari faoliyati tashkil etilishini taʼminlash va ularning faoliyatini nazorat qilish”;

(ii) yigirma ikkinchi — yigirma oltinchi xatboshilar tegishincha yigirma oltinchi — oʻttizinchi xatboshilar deb hisoblansin;

(b) 3-bandda:

(i) quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:

“Adliya vazirligi, “Oʻzarxiv” agentligi hamda Toʻlovga qobiliyatsizlik ishlari agentligining tashkiliy tuzilmalari 1a, 1b va 1v-ilovalarga muvofiq”;

(ii) uchinchi xatboshi toʻrtinchi xatboshi deb hisoblansin;

(v) 1-ilovada:

(i) 8-bandda:

quyidagi mazmundagi beshinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:

“Toʻlovga qobiliyatsizlik ishlari agentligi va uning hududiy boʻlimlari”;

beshinchi — oʻn toʻrtinchi xatboshilar tegishincha oltinchi — oʻn beshinchi xatboshilar deb hisoblansin;

(ii) 9-bandda:

quyidagi mazmundagi yigirma ikkinchi — yigirma beshinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:

“toʻlovga qobiliyatsizlik sohasida davlat siyosatini amalga oshirish, shuningdek, bu sohada davlat organlari va tashkilotlarining faoliyatini muvofiqlashtirish;

toʻlovga qobiliyatsizlik tartib-taomillarini va iqtisodiy nochor jismoniy va yuridik shaxslarni moliyaviy sogʻlomlashtirish chora-tadbirlarini amalga oshirish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishga koʻmaklashish, shuningdek, toʻlovga qobiliyatsizlik jarayonlarini toʻliq raqamlashtirish, ortiqcha byurokratik tartib-taomillarni soddalashtirish;

jismoniy shaxslarning toʻlovga qobiliyatsizligi hisobi va tahlilini yuritish;

sud boshqaruvchilari faoliyati tashkil etilishini taʼminlash va ularning faoliyatini nazorat qilish”;

yigirma ikkinchi — yigirma oltinchi xatboshilar tegishincha yigirma oltinchi — oʻttizinchi xatboshilar deb hisoblansin;

(iii) 10-bandda:

1-kichik bandda:

oʻn ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish, kelishish, qabul qilish, davlat roʻyxatidan oʻtkazish va manfaatdor shaxslar eʼtiboriga yetkazishning belgilangan tartibiga rioya qilinishi ustidan monitoring va nazoratni amalga oshiradi”;

yigirmanchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni tayyorlash va qabul qilish, huquqiy ekspertiza va davlat roʻyxatidan oʻtkazish qoidalarini tasdiqlaydi”;

4-kichik bandning uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“normativ-huquqiy hujjatlar matnlarini ijrochilarga yetkazish, ularning mohiyati va ahamiyatini ijrochilar va keng aholi qatlamiga tushuntirish ishlarini “Ijro.gov.uz” idoralararo yagona elektron ijro intizomi tizimi orqali nazorat qiladi”;

17-kichik bandda:

oʻn uchinchi xatboshidagi “va aniqlangan kontrafakt mahsulotlarni olib qoʻyish va yoʻq qilish boʻyicha choralarni koʻradi” soʻzlari chiqarib tashlansin;

quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:

“intellektual mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarni himoya qilishda ashyolarni koʻzdan kechiradi va huquqbuzarlikni sodir etish quroli, huquqbuzarlik ashyosi boʻlgan ashyo va hujjatlarni xatlaydi”;

quyidagi mazmundagi 20-1 — 20-4-kichik bandlar bilan toʻldirilsin:

“20-1) toʻlovga qobiliyatsizlik sohasida davlat siyosatini amalga oshirish, shuningdek, bu sohada davlat organlari va tashkilotlarining faoliyatini muvofiqlashtirish sohasida:

toʻlovga qobiliyatsizlik sohasida davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishlarini ishlab chiqadi;

toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisidagi qonunchilikka rioya etilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshiradi;

toʻlovga qobiliyatsizlik sohasining davlat tomonidan tartibga solinishini amalga oshiradi;

toʻlovga qobiliyatsizlik sohasida qonunchilik va huquqni qoʻllash amaliyotini monitoring va tahlil qiladi hamda ularni takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi;

toʻlovga qobiliyatsizlik sohasida Oʻzbekiston Respublikasi shartnomalarini ishlab chiqishda ishtirok etadi hamda ular boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi majburiyatlarining bajarilishini tashkillashtiradi;

toʻlovga qobiliyatsizlik sohasida xorijiy davlatlarning vakolatli organlari va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi;

davlat organlari va tashkilotlarining toʻlovga qobiliyatsizlik masalalari boʻyicha faoliyatini muvofiqlashtiradi va uslubiy rahbarlikni amalga oshiradi;

20-2) toʻlovga qobiliyatsizlik tartib-taomillarini va iqtisodiy nochor jismoniy va yuridik shaxslarni moliyaviy sogʻlomlashtirish chora-tadbirlarini amalga oshirish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishga koʻmaklashish, shuningdek, toʻlovga qobiliyatsizlik jarayonlarini toʻliq raqamlashtirish, ortiqcha byurokratik tartib-taomillarni soddalashtirish sohasida:

toʻlovga qobiliyatsizlik tartib-taomillarini, shu jumladan, suddan tashqari toʻlovga qobiliyatsizlik tartib-taomillarini amalga oshirish, bu sohada yuridik va jismoniy shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini taʼminlash uchun zarur boʻlgan tashkiliy, huquqiy va axborot taʼminoti boʻyicha choralarni oʻz vakolatlari doirasida koʻradi;

toʻlovga qobiliyatsizlik boʻyicha ishlarni sudlarda koʻrib chiqishda maxsus vakolatli organ sifatida ishtirok etadi;

sudlar tomonidan toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqishda hamda toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisidagi qonunchilik normalarini qoʻllashda mavjud muammolarni tahlil qiladi va ular boʻyicha takliflar ishlab chiqadi;

toʻlovga qobiliyatsizlik alomatiga ega boʻlgan yuridik shaxslarga davlat tomonidan yordam koʻrsatgan holda sudgacha sanatsiya qilish va sanatsiya oʻtkazishni tugatish yuzasidan qaror qabul qiladi va ularning monitoringini yuritadi;

oʻz arizasiga koʻra qoʻzgʻatilgan toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha toʻlovga qobiliyatsizlik tartib-taomillari jarayoni monitoringini amalga oshiradi;

toʻlovga qobiliyatsizlik tartib-taomillari jarayonidagi va toʻlovga qobiliyatsiz deb topilgan yuridik va jismoniy shaxslar reyestrlarini yuritadi;

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda shaharni tashkil etuvchi korxonalar va ularga tenglashtirilgan korxonalar reyestrini yuritadi;

jinoyat ishlari boʻyicha xatlangan yuridik shaxslar va (yoki) ularning mulkiy komplekslari va boshqa aktivlarini qonunchilikda belgilangan tartibda vaqtinchalik boshqarish ishlarini tashkillashtiradi va hisobini yuritadi;

jinoyat ishlari boʻyicha xatlangan yuridik shaxslar va (yoki) ularning mulkiy komplekslari va boshqa aktivlarini vaqtinchalik boshqarish boʻyicha sud boshqaruvchisining yoki ixtisoslashtirilgan tashkilotning faoliyatini qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda va hollarda nazorat qiladi hamda qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda ularning qarorlarini kelishadi;

toʻlovga qobiliyatsizlik sohasida qonunbuzilishlarni oldini olish choralarini koʻradi, ushbu sohada jinoyatlarni aniqlash, bartaraf etish va ularni oldini olishda huquqni muhofaza qiluvchi idoralar bilan hamkorlik qiladi;

toʻlovga qobiliyatsizlik tartib-taomillarini raqamlashtirish hamda toʻlovga qobiliyatsizlik jarayoni toʻgʻrisidagi maʼlumotlar bilan barcha manfaatdor shaxslarga tanishish imkoniyatini yaratish orqali sohaning samaradorligi va shaffofligini oshirish choralarini koʻradi;

Toʻlovga qobiliyatsizlik ishlarini yuritishning yagona elektron platformasi shakllantirilishi va yuritilishini hamda vazirlik va idoralarning maʼlumotlar bazalari va axborot tizimlari bilan integratsiya qilinishini taʼminlaydi;

qonunga muvofiq majburiy ravishda eʼlon qilinishi lozim boʻlgan maʼlumotlarni, jumladan, toʻlovga qobiliyatsizlikka doir ishlar boʻyicha sudlar va vakolatli organlar tomonidan qabul qilingan qarorlar va toʻlovga qobiliyatsizlik tartib-taomillari jarayonlari haqidagi maʼlumotlar Toʻlovga qobiliyatsizlik ishlarini yuritishning yagona elektron platformasida eʼlon qilinishini tashkillashtiradi;

20-3) jismoniy shaxslarning toʻlovga qobiliyatsizligi hisobi va tahlilini yuritish sohasida:

toʻlovga qobiliyatsizlik tartib-taomillari jarayonidagi va toʻlovga qobiliyatsiz deb topilgan jismoniy shaxslar reyestrini yuritadi;

jismoniy shaxslarning toʻlovga qobiliyatsizligi boʻyicha ishlarning doimiy monitoringini olib boradi hamda monitoring natijalari asosida tahliliy maʼlumot va takliflar kiritadi;

20-4) sud boshqaruvchilari faoliyati tashkil etilishini taʼminlash va ularning faoliyatini nazorat qilish sohasida:

sud boshqaruvchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash boʻyicha maxsus oʻquv kurslarini tashkil etish va oʻqitish huquqiga ega boʻlgan taʼlim muassasalari uchun talablarni belgilaydi, huquqqa ega boʻlgan taʼlim muassasalarining roʻyxatini yuritadi hamda ularning bu sohadagi faoliyatini muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi;

sud boshqaruvchilarini qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda attestatsiyasidan, qayta attestatsiyadan oʻtkazadi va ularga malaka attestatini beradi;

sud boshqaruvchilarining davlat reyestrini hamda sud boshqaruvchilarini tayyorlash kurslarini tugatgan nomzodlarning reyestrini yuritadi;

Oʻzbekiston Sud boshqaruvchilari palatasi bilan oʻzaro hamkorlik qiladi hamda uning faoliyatiga koʻmaklashadi;

Oʻzbekiston Sud boshqaruvchilari palatasiga aʼzolik badali miqdorini, shuningdek, uning asosiy faoliyat doirasida koʻrsatiladigan pullik xizmatlar roʻyxati va narxlarini kelishadi;

sud boshqaruvchilarining faoliyatini yuritish, ularga haq toʻlash tartibini, shuningdek, sud boshqaruvchilari faoliyati toʻgʻrisidagi hisobotlarni shakllantirish va ularni vakolatli organga taqdim etish tartibini belgilaydi;

sud boshqaruvchilarining faoliyatini qonunchilikda belgilangan tartibda nazorat qiladi”;

26-kichik band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;

(iv) 11-bandda:

4-kichik bandning uchinchi xatboshisidagi “tartibiga rioya etish holatini” soʻzlari “tartibiga rioya etish, yuridik shaxslarni suddan tashqari toʻlovga qobiliyatsiz deb topish tartib-taomillarini amalga oshirish holatlari” soʻzlari bilan almashtirilsin;

6-kichik bandda:

quyidagi mazmundagi oltinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:

“idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni oʻz vaqtida amaliyotga joriy etmaslik sabablarini bartaraf qilish va masʼul xodimlarning javobgarlik masalasini koʻrib chiqish toʻgʻrisida”;

oltinchi — toʻqqizinchi xatboshilar tegishincha yettinchi — oʻninchi xatboshilar deb hisoblansin;

oʻninchi xatboshidan “taqdimnomalar kiritish” soʻzlari chiqarib tashlansin;

quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:

“toʻlovga qobiliyatsizlik sohasida qonunbuzilishlarga chek qoʻyish, ularga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish, shu jumladan, aybdor shaxslarni intizomiy javobgarlikka tortish toʻgʻrisida taqdimnomalar kiritish”;

quyidagi mazmundagi 43-1-kichik band bilan toʻldirilsin:

“43-1) Toʻlovga qobiliyatsizlik ishlarini yuritishning yagona elektron platformasida maʼlumotlarni joylashtirish boʻyicha pullik xizmat koʻrsatish”;

49-kichik bandning ikkinchi xatboshisi chiqarib tashlansin;

quyidagi mazmundagi 51 — 58-kichik bandlar bilan toʻldirilsin:

“51) davlat organlari va tashkilotlariga toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlarining bajarilishi, shuningdek, toʻlovga qobiliyatsizlik tartib-taomillarini amalga oshirish boʻyicha faoliyatni raqamlashtirish hamda muayyan maʼlumotlarni ushbu organlarning axborot tizimlariga va veb-saytlariga joylashtirish yuzasidan ijro etilishi majburiy boʻlgan koʻrsatmalar kiritish;

52) toʻlovga qobiliyatsizlik boʻyicha har qanday ishni iqtisodiy sudda koʻrib chiqishda, shu jumladan, quyidagi vakolatlarni amalga oshirgan holda ishtirok etish:

toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisidagi ish boʻyicha qabul qilingan sud hujjatlari haqida maʼlumotlarni Toʻlovga qobiliyatsizlik ishlarini yuritishning yagona elektron platformasi orqali bepul tarzda soʻrash va olish;

sudga muvaqqat boshqaruvchi, sanatsiya qiluvchi boshqaruvchi, tashqi boshqaruvchi, tugatish boshqaruvchisi va moliyaviy boshqaruvchi nomzodini taqdim etish, shuningdek, ularning vazifasini bajarishdan ozod qilish toʻgʻrisida sudga murojaat qilish;

majburiy koʻrsatmalar berish huquqiga ega boʻlgan muassis (ishtirokchi) sifatidagi shaxsni yoki yuridik shaxs mol-mulki egasini yoxud qarzdorning ishlarini boshqaruvchi shaxsni subsidiar javobgarlikka tortish toʻgʻrisida ariza kiritish haqida sud boshqaruvchisiga koʻrsatma berish;

toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisidagi ishda qoʻllaniladigan har qanday tartib-taomil jarayonida sudga soxta toʻlovga qobiliyatsizlikka, toʻlovga qobiliyatsizlikni yashirishga yoki qasddan toʻlovga qobiliyatsizlikka olib kelgan alomatlarni aniqlash maqsadida ekspertiza tayinlash haqida iltimosnoma kiritish;

53) Oʻzbekiston Respublikasi oldida pul majburiyatlari boʻyicha qarzi boʻlgan yuridik shaxslarga nisbatan, shuningdek, qonunda nazarda tutilgan hollarda — boshqa yuridik shaxslarga nisbatan toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisida ish qoʻzgʻatish haqida ariza bilan iqtisodiy sudga murojaat etish;

54) jinoyat ishlari boʻyicha xatlangan yuridik shaxslar va (yoki) ularning mulkiy komplekslari va boshqa aktivlarini vaqtinchalik boshqarish uchun qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda sud boshqaruvchisini tayinlash yoki ixtisoslashtirilgan tashkilotni tanlash, shuningdek, oʻz tashabbusiga koʻra yoxud sud yoki tergov organining murojaatiga asosan sud boshqaruvchisini vazifasidan ozod qilish yoki ixtisoslashtirilgan tashkilotni boshqaruvdan chetlashtirish;

55) Toʻlovga qobiliyatsizlik ishlarini yuritishning yagona elektron platformasini boshqarish, unda joylashtiriladigan (eʼlon qilinadigan) maʼlumotlar va boshqa hujjatlar tarkibini belgilash;

56) sud boshqaruvchilarining faoliyatini monitoring qilish va tekshirish;

57) sud boshqaruvchilari faoliyatida aniqlangan qoidabuzarliklar va ularning faoliyatiga qoʻyilgan talablarga rioya etmaganlik holatlari boʻyicha sud boshqaruvchilariga rasmiy ogohlantirishlar berish, sud boshqaruvchilarini malaka attestatini bekor qilish va uning amal qilishini toʻxtatish, qonunchilik hujjatlarida belgilangan boshqa choralarni qoʻllash;

58) Oʻzbekiston Sud boshqaruvchilari palatasi raisi lavozimiga nomzod koʻrsatish hamda uni lavozimidan muddatidan oldin chaqirib olish toʻgʻrisida taqdimnoma kiritish, palataning navbatdan tashqari yigʻilishlarini chaqirish, shuningdek, ushbu palataga jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan homiylik hamda xalqaro tashkilotlarning grant mablagʻlari hisobidan moliyaviy koʻmak berish.

Vazirlik qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa vakolat va huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin”;

(v) 24-bandning uchinchi xatboshisidagi “intellektual mulk sohasida” soʻzlari “intellektual mulk hamda toʻlovga qobiliyatsizlik sohalarida” soʻzlari bilan almashtirilsin;

(vi) 33-bandning birinchi xatboshisi “vaziri” soʻzidan keyin “oʻrinbosari” soʻzi bilan toʻldirilsin;

(vii) 39-1-band “davlat xizmatlari markazlari” soʻzlaridan keyin “hamda Adliya vazirligi huzuridagi Toʻlovga qobiliyatsizlik ishlari agentligi (Agentlikning budjetdan moliyalashtiriladigan xarajatlaridan tashqari)” soʻzlari bilan toʻldirilsin;

(g) quyidagi mazmundagi 1a — 1v-ilovalar bilan toʻldirilsin:

“Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-apreldagi PQ-3666-son qaroriga1a-ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-apreldagi PQ-3666-son qaroriga1b-ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi “Oʻzarxiv” agentligining

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-apreldagi PQ-3666-son qaroriga1v-ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Toʻlovga qobiliyatsizlik ishlari agentligining

9. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 14-yanvardagi “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi PQ-4112-son qarori 4-bandining “a” kichik bandi ikkinchi xatboshisidan “toʻlovga qobiliyatsizlik,” soʻzlari chiqarib tashlansin.

10. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 1-iyuldagi “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4380-son qarori 9-bandining “a” kichik bandi birinchi xatboshisi “vaziri” soʻzidan keyin “oʻrinbosari” soʻzi bilan toʻldirilsin.

11. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 21-dekabrdagi “Yangi Oʻzbekiston maʼmuriy islohotlari doirasida respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-447-son qarorining 2-bandining “a” kichik bandi beshinchi xatboshisidagi “boʻysunuviga kiradigan” soʻzlari “boʻysunuvidagi tegishli sohada davlat siyosatini yuritish vakolati berilmagan” soʻzlari bilan almashtirilsin.

12. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 24-martdagi “Davlat aktivlarini boshqarish agentligi faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-101-son qaroriga 1-ilovada:

(a) 3-banddagi “hamda toʻlovga qobiliyatsizlik” soʻzlari chiqarib tashlansin;

(b) 7-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.

13. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 15-maydagi “Bolalar uchun moʻljallangan milliy kontentlar yaratish va ularni ommalashtirishni qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-183-son qarorida:

(a) 4-bandda:

“b” kichik banddagi “ekspertlar guruhini” soʻzlari “ekspertlar kengashini” soʻzlari bilan almashtirilsin;

“v” kichik banddagi “ekspertlar guruhi” soʻzlari “ekspertlar kengashi” soʻzlari bilan almashtirilsin;

(b) 7-bandning “b” kichik bandidagi “ekspertlar guruhi” soʻzlari “ekspertlar kengashi” soʻzlari bilan almashtirilsin;

(b) 8-bandning “a” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“(a) Iqtisodiyot va moliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 27-iyundagi “Ommaviy axborot vositalarini qoʻllab-quvvatlash va jurnalistika sohasini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-294-son qaroriga asosan bolalarga moʻljallangan tele- va radio mahsulotlarni ishlab chiqarish va efirga uzatish boʻyicha eng yaxshi 30 ta loyiha uchun har yili Davlat budjetidan ajratiladigan mablagʻlarni Markazga yoʻnaltiradi. Bunda Markaz ushbu mablagʻlar hisobidan bolalar uchun moʻljallangan 2 ta maʼrifiy shou-dastur tayyorlaydi”;

(g) 9-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;

(d) 1-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“Bolalar uchun moʻljallangan milliy kontentlar yaratishni muvofiqlashtiruvchi kengash

(j) 5-ilovada:

(i) 2-pozitsiyaning “Amalga oshirish va natijalarga erishish mexanizmlari” ustunidagi tegishli kelishikdagi “ekspertlar guruhi” soʻzlari tegishli kelishikdagi “ekspertlar kengashi” soʻzlari bilan almashtirilsin;

(ii) 6-pozitsiyada:

“Amalga oshirish va natijalarga erishish mexanizmlari” ustunida:

1-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;

3-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“3. Bolalar kontentini rivojlantirish markazi faoliyatini samarali yoʻlga qoʻyish uchun A. Avloniy nomidagi Pedagogik mahorat milliy instituti hududida markaz uchun ofis binosi, studiyalar hamda pavilyonlarni tashkil etish masalasini ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturiga kiritish”;

“Ijro muddati” hamda “Masʼul ijrochilar” ustunlaridagi “2025-yil iyun” va “Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi” soʻzlari chiqarib tashlansin;

“Ijro muddati” ustunidagi “2025-yil sentabr” soʻzlari “2026-yil iyun” soʻzlari bilan almashtirilsin.

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.