PQ-191-son Qaror · 15.05.2026

Toshkent metropoliteni faoliyatining samaradorligini oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Qaror
  • Raqami:PQ-191
  • Qabul qilingan sana:15.05.2026
  • Kuchga kirgan sana:20.05.2026
  • Holati:Amalda
  • Rasmiy nashr:QMMB 07/26/191/0509

Toshkent metropolitenida zamonaviy axborot texnologiyalarini keng joriy etish orqali yoʻlovchilarga xizmat koʻrsatish sifati va xavfsizligini hamda metropoliten infratuzilmasidan foydalanish samaradorligini yanada oshirish, shuningdek, metropoliten faoliyatini takomillashtirish maqsadida qaror qilaman:

I. Maqsadlar

1. Quyidagilar 2030-yilgacha metropolitenda yoʻlovchi tashishni rivojlantirishning asosiy maqsadlari va ustuvor vazifalari etib belgilansin:

(a) metropolitenda tashiladigan kunlik yoʻlovchilar sonini 1,8 million nafarga, bekatlar sonini 79 taga va liniyalar uzunligini 103 kmga yetkazish;

(b) harakat intervalini 2-3 daqiqagacha tushirish;

(v) investitsiya muhitini yaratish orqali metropoliten infratuzilmasiga xususiy investitsiyalarni jalb etish;

(g) metropoliten faoliyatini transformatsiya qilish va raqamlashtirish ishlarini jadallashtirish, xizmatlar koʻrsatish jarayonining uzluksizligi, sifati, xavfsizligi va barqarorligini taʼminlash;

(d) Toshkent metropolitenining moliyaviy barqarorligini mustahkamlash va korporativ boshqaruv tizimini tubdan yaxshilash hamda malakali xorijiy menejerlar va mutaxassislarni jalb etish.

II. Tashkiliy-institutsional isloh qilish choralari

2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 14-yanvardagi “Davlat ishtirokidagi korxonalarning tashkiliy-huquqiy shakllarini oʻzgartirish hamda ayrimlarini tugatish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-8-son qarori bilan “Toshkent metropoliteni” davlat unitar korxonasini “Toshkent metropoliteni” aksiyadorlik jamiyati sifatida qayta tashkil etish belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.

3. Transport vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi hamda Toshkent shahar hokimligining Toshkent metropoliteni liniyalarini qurish direksiyasi negizida “Toshkent metropoliteni” AJ huzurida “Yagona buyurtmachi injiniring xizmati” MCHJni tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.

4. Belgilab qoʻyilsinki:

(a) “Toshkent metropoliteni” AJning davlat ulushi boʻyicha aksiyador funksiyasi Transport vazirligi tomonidan amalga oshiriladi;

(b) “Toshkent metropoliteni” AJ “Toshkent metropoliteni” davlat unitar korxonasining, “Yagona buyurtmachi injiniring xizmati” MCHJ Toshkent metropoliteni liniyalarini qurish direksiyasining barcha mol-mulki, shartnomalari, huquq va majburiyatlari boʻyicha huquqiy vorisi hisoblanadi.

5. Transport vazirligi “Toshkent metropoliteni” AJ bilan birgalikda:

(a) uch oy muddatda “Toshkent metropoliteni” AJ kuzatuv kengashi tarkibining kamida 50 foizi mustaqil aʼzolardan shakllantirilishini taʼminlasin;

(b) 2026-yil 1-avgustga qadar “Toshkent metropoliteni” AJ raisining moliya va transformatsiya masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari lavozimiga yuqori malakali va xorijiy tajribaga ega nomzodlarni “Toshkent metropoliteni” AJ kuzatuv kengashiga tasdiqlash uchun kiritsin.

III. Metropoliten infratuzilmasini yaxshilash hamda moliyaviy sogʻlomlashtirish

6. Quyidagilar:

(a) “Toshkent metropoliteni” AJni transformatsiya qilish, zamonaviy boshqaruv mexanizmlarini joriy etish, yoʻlovchi tashish va poyezdlar harakati xavfsizligini taʼminlash boʻyicha “yoʻl xaritasi” 1-ilovaga muvofiq;

(b) Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi kredit mablagʻlari hisobidan 2026 — 2028-yillarda metropolitenda yoʻlovchilarga xizmat koʻrsatish sifatini oshirish hamda fuqaro muhofazasi obyektlari texnik bazasini mustahkamlashga oid chora-tadbirlar rejasi (keyingi oʻrinlarda — Chora-tadbirlar rejasi) 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

7. Belgilansinki:

(a) Chora-tadbirlar rejasini amalga oshirish doirasida Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi “Toshkent metropoliteni” AJga 2026 — 2028-yillarda bosqichma-bosqich 84,3 mln AQSH dollari miqdoridagi kredit ajratilishini taʼminlaydi. Bunda Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi tomonidan kredit mablagʻlari 10 yil muddatga, 3 yillik imtiyozli davr bilan yillik 5 foiz stavkada “Toshkent metropoliteni” AJ buyurtmanomalari asosida ajratiladi;

(b) Chora-tadbirlar rejasini amalga oshirish uchun Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasidan jalb qilinayotgan kreditlar, foizlar va vositachilik haqi toʻlovlari, shuningdek, boshqa xarajatlar toʻlovlari “Toshkent metropoliteni” AJ mablagʻlari hisobidan qaytariladi. Bunda jalb qilinayotgan kreditlar, foizlar va vositachilik haqi toʻlovlari, shuningdek, boshqa xarajatlar toʻlovlari Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 17-sentabrdagi 273-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasida cheklangan tariflar boʻyicha aholiga xizmatlar koʻrsatish munosabati bilan shaharda yoʻlovchilarni muntazam tashish bilan band boʻlgan tashuvchilar koʻradigan zararlarni moliyalashtirish va qoplash tartibi toʻgʻrisidagi nizom boʻyicha qoplanadi.

8. Iqtisodiyot va moliya vazirligi mazkur qarorning 7-bandidagi qoʻshimcha xarajatlarni inobatga olib, “2026-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga belgilangan tartibda oʻzgartirishlar kiritilishini taʼminlasin.

9. “Toshkent metropoliteni” AJ Chora-tadbirlar rejasidagi loyihalarning loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqib, tegishli vazirlik va idoralar bilan kelishgan holda belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.

10. Transport vazirligi ikki oy muddatda:

(a) “Toshkent metropoliteni” AJ, Toshkent shahar hokimligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan birgalikda metropolitenning kengayishini inobatga olgan holda 2027 — 2030-yillarda metropoliten uchun talab etiladigan metro vagonlari harakat tarkiblari boʻyicha takliflarni;

(b) Chora-tadbirlar rejasini amalga oshirish doirasida zarur texnologik asbob-uskunalar, ehtiyot va butlovchi qismlar boʻyicha Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 4-iyundagi 352-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi hududiga import qilishda bojxona boji va qoʻshilgan qiymat soligʻidan ozod etiladigan, oʻxshashi respublikada ishlab chiqarilmaydigan texnologik asbob-uskunalar roʻyxatiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish yuzasidan takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.

11. “Toshkent metropoliteni” AJ 2028-yil yakuniga qadar qoʻshimcha mablagʻlar manbalarini shakllantirish hamda “Toshkent metropoliteni” AJni moliyaviy sogʻlomlashtirish maqsadida:

(a) metropolitenda reklama va media faoliyatini rivojlantirish, platforma va vagonlarda raqamli ekranlar oʻrnatish maqsadida xususiy media kompaniyalariga reklama maydonlarini auksion orqali ijaraga berish choralarini koʻrsin. Bunda ijaraga berishdan tushgan mablagʻlar toʻliq “Toshkent metropoliteni” AJ tasarrufida qoladi va metropolitenni rivojlantirish uchun yoʻnaltiriladi;

(b) metro bekatlariga kirish joylarida hamda bekatdan-bekatga oʻtish yoʻlaklarida yoʻlovchilar xavfsizligini taʼminlagan holda vending apparatlari va kichik koʻchma savdo obyektlarini joylashtirish choralarini koʻrsin. Bunda ushbu koʻchma obyektlarni joylashtirish va foydalanish huquqi auksion savdolari orqali tashkil etilsin;

(v) metro stansiyalari oldida avtoturargohlarni tashkil qilish orqali quyidagilarni nazarda tutuvchi “Park & Ride” tizimini yoʻlga qoʻysin:

(i) avtoturargohdan foydalanganlarga chiptadan chegirmalar berish;

(ii) avtoturargoh toʻlovini metro chiptasi orqali qoplash mexanizmlarini joriy etish;

(g) xususiy tadbirkorlarga metropoliten tonnel va bekatlarida auksion orqali ijara asosida xavfsiz faoliyat turlari bilan shugʻullanishga ruxsat bersin;

(d) metropolitenga tegishli boʻsh turgan bino va xonalarni kovorking markazi va kichik ofis sifatida foydalanish uchun xususiy tadbirkorlarga auksion savdolari orqali ijaraga berish choralarini koʻrsin.

12. Transport vazirligi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, Toshkent shahar hokimligi va “Toshkent metropoliteni” AJ bilan birgalikda 2027-yil 1-aprelga qadar, zarur hollarda, xorijiy konsultantlarni jalb qilgan holda Toshkent shahrining yirik megapolis shahar sifatida barqaror rivojlanayotgani hamda Toshkent shahrining bosh rejasini inobatga olib, 2027 — 2035-yillarda Toshkent metropolitenini rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqsin va belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin. Bunda ishlab chiqiladigan strategiya loyihasida quyidagilar nazarda tutilsin:

(a) metropoliten tarmoqlarini ikki barobarga kengaytirish;

(b) yoʻlovchi tashish hajmini 2,5 barobarga oshirish;

(v) “Toshkent metropoliteni” AJning iqtisodiy-moliyaviy holatini yaxshilash;

(g) ekologik barqaror, energiya tejamkor va xavfsiz transport tizimini yaratish;

(d) metropoliten daromadlarining qoʻshimcha manbalarini yaratish;

(j) yoʻlovchilar uchun qulayliklar va servis sifatini oshirish;

(z) xavfsizlik tizimlarini takomillashtirish.

13. “Toshkent metropoliteni” AJ Toshkent viloyati hokimligi va Kadastr agentligi bilan birgalikda bir oy muddatda Jamiyat faoliyatining kengayishi va yangi harakatdagi tarkiblarni xarid qilish choralari koʻrilayotganligi munosabati bilan Toshkent viloyati hududidan “Toshkent metropoliteni” AJga elektrodepo qurilishi uchun zarur boʻlgan yer maydonini aniqlagan holda Transport vazirligiga doimiy foydalanish uchun ajratish boʻyicha takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.

14. “Toshkent metropoliteni” AJ Turizm qoʻmitasi bilan birgalikda 2026-yil yakuniga qadar metropolitendan foydalanish uchun xorijiy turistlarga qulayliklar yaratish choralarini koʻrsin.

15. Transport vazirligi Iqtisodiyot va moliya vazirligi, “Toshkent metropoliteni” AJ va Toshkent shahar hokimligi bilan birgalikda xorijiy tajribani oʻrgangan holda 2027-yil 1-yanvardan boshlab metropolitendan foydalanishda yoʻlkira haqini toʻlashning yangicha tizimini joriy etish yuzasidan takliflarni olti oy muddatda “Toshkent metropoliteni” AJ kuzatuv kengashi bilan kelishgan holda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin. Bunda yoʻlkira haqini toʻlashning yangicha tizimini joriy etishda quyidagilar nazarda tutilsin:

(a) masofaga qarab toʻlash;

(b) aholi toifalariga imtiyozlar berish;

(v) abonementlar (kunlik, haftalik, oylik) tizimini joriy etish.

16. Chora-tadbirlar rejasini amalga oshirish doirasida “Toshkent metropoliteni” AJga 2029-yil 1-yanvarga qadar “taklif soʻrovi” xarid qilish tartib-taomili asosida salohiyatli yetkazib beruvchilarning takliflarini va (yoki) ofertalarini oʻrganib, metropoliten ehtiyojlari uchun zarur boʻladigan asbob-uskunalar, ehtiyot va butlovchi qismlar xaridini amalga oshirishga ruxsat berilsin. Bunda tuzilgan shartnomalar “Loyihalar va xaridlar samaradorligini oshirish markazi” DM tomonidan belgilangan tartibda ekspertizadan oʻtkaziladi.

IV. Qaror ijrosini tashkil etish, taʼminlash va nazorat

17. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsan javobgar etib Bosh vazir oʻrinbosari A.J. Ramatov va transport vaziri I.R. Maxkamov belgilansin.

18. Qaror ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul idora va tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV

Toshkent sh.,

2026-yil 15-may,

PQ-191-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 15-maydagi PQ-191-son qaroriga1-ILOVA

“Toshkent metropoliteni” AJni transformatsiya qilish, zamonaviy boshqaruv mexanizmlarini joriy etish, yoʻlovchi tashish va poyezdlar harakati xavfsizligini taʼminlash boʻyicha

T/rChora-tadbirlar nomiAmalga oshirish mexanizmiMuddatiMasʼullarI. “Toshkent metropoliteni” AJ va uning korxonalarida korporativ boshqaruv tizimini rivojlantirish1.“Toshkent metropoliteni” AJ joriy holatini texnik jihatdan baholash uchun texnik audit oʻtkazish.1. “Toshkent metropoliteni” AJ joriy holatini texnik auditdan oʻtkazish uchun metropoliten mablagʻlari hisobidan tender orqali malakali kompaniyalarni jalb etish.2026-yil sentabrTransport vazirligi,“Toshkent metropoliteni” AJ2. Malakali kompaniyalarni tanlab olish va shartnoma imzolash.2026-yil oktabr3. Texnik audit oʻtkazish.2027-yil fevral2.Transformatsiya jarayonlarini muvofiqlashtirish uchun professional tashkilotni jalb etish.“Toshkent metropoliteni” AJ va uning tarkibidagi tashkilotlarni transformatsiya qilish jarayonlariga hamrohlik qilish va ushbu yoʻnalishdagi chora-tadbirlarni muvofiqlashtirib borish hamda zamonaviy korporativ boshqaruvni joriy etish uchun Jamiyat hisobidan nufuzli xalqaro konsalting tashkilotlarini jalb qilish.2026-yil iyulTransport vazirligi,Iqtisodiyot va moliya vazirligi,“Toshkent metropoliteni” AJ3.“Toshkent metropoliteni” AJ va uning tarkibidagi tashkilotlarning moliyaviy hisobotlarini xalqaro standartlar asosida tuzish va auditdan oʻtkazish.1. Mahalliy va xalqaro konsalting tashkilotlarini jalb qilish.2026-yil dekabrTransport vazirligi,Iqtisodiyot va moliya vazirligi,“Toshkent metropoliteni” AJ2. “Toshkent metropoliteni” AJ va uning tarkibidagi tashkilotlarning moliyaviy hisobotlarini moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga muvofiq yuritish va eʼlon qilish boʻyicha grafik va chora-tadbirlar rejasini tasdiqlash.2027-yil yanvar3. Auditorlik kompaniyalarini jalb qilish.2027-yil dekabr4. “Toshkent metropoliteni” AJ va uning tarkibidagi tashkilotlarning moliyaviy hisobotlarini auditning xalqaro standartlariga muvofiq auditorlik kompaniyalari tomonidan tashqi auditdan oʻtkazish.2028-yil fevral4.“Toshkent metropoliteni” AJ va uning tarkibidagi tashkilotlarda boshqaruvning zamonaviy tizimlarini joriy qilish.1. Mahalliy va xalqaro konsalting tashkilotlarni jalb qilgan holda “Toshkent metropoliteni” AJ va uning tarkibidagi tashkilotlarning boshqaruv tizimlarini tahlil qilish.2026-yil dekabrTransport vazirligi,Iqtisodiyot va moliya vazirligi,“Toshkent metropoliteni” AJ2. “Toshkent metropoliteni” AJ va uning tarkibidagi tashkilotlar kesimida ISO, ERP va boshqaruvning boshqa zamonaviy tizimlarini joriy qilish grafigi va chora-tadbirlar rejasini tasdiqlash.2027-yil yanvar3. ISO, ERP va boshqaruvning boshqa zamonaviy tizimlarini joriy qilish.2027-yil iyun5.“Toshkent metropoliteni” AJ raisining moliya va transformatsiya masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari lavozimiga yuqori malakali va xorijiy tajribaga ega nomzodni tayinlash.1. “Toshkent metropoliteni” AJ boshqaruv raisining moliya va transformatsiya masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari lavozimiga nomzodga qoʻyiladigan talablarni ishlab chiqish.2026-yil iyulTransport vazirligi,Iqtisodiyot va moliya vazirligi,“Toshkent metropoliteni” AJ2. Xedxanter tashkilotlar va xalqaro qidiruv tizimi platformalari orqali xorijiy mutaxassislarni jalb etish boʻyicha tanlov eʼlon qilish.2026-yil avgust3. Tanlov yakunlariga koʻra yuqori malakali va xorijiy tajribaga ega mutaxassisni jalb etish.2026-yil dekabr6.“Toshkent metropoliteni” AJ boshqaruvi tarkibini xorijiy tajribaga ega aʼzolar bilan toʻldirish.1. Jalb qilinadigan mutaxassislarga qoʻyiladigan talablarni ishlab chiqish.2026-yil iyulTransport vazirligi,Iqtisodiyot va moliya vazirligi,“Toshkent metropoliteni” AJ2. Xedxanter tashkilotlar va xalqaro qidiruv tizimi platformalari orqali xorijiy mutaxassislarni (jumladan, vatandoshlarni) jalb etish boʻyicha tanlov eʼlon qilish.2026-yil avgust3. “Toshkent metropoliteni” AJ boshqaruvi tarkibiga xorijiy mutaxassislarni jalb etish.2027-yil yanvar4. “Toshkent metropoliteni” AJ boshqaruvining kamida 2 nafar rahbar xodimini malakali xalqaro mutaxassislar orasidan toʻldirish.2027-yil dekabr7.Metro poyezdlarining texnik harakat xavfsizligini taʼminlash, sohada rentabellik darajasini oshirish hamda temir yoʻl xoʻjaligini joriy saqlash boʻyicha xorij tajribasini oʻrganish.1. Sohaning moliyaviy-xoʻjalik faoliyati yuzasidan rentabellik darajasini oshirish, ilgʻor xorij tajribasini oʻrganish boʻyicha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish.2026-yil sentabr“Toshkent metropoliteni” AJ,Transport vazirligi,Toshkent shahar hokimligi,Toshkent davlat transport universiteti2. Ishlab chiqilgan chora-tadbirlar rejasi asosida tegishli vazirlik va idoralarning masʼul xodimlaridan iborat ishchi guruh tashkil etish.2026-yil oktabr3. Oʻrganish natijalariga koʻra sohaning rentabellik darajasini oshirish boʻyicha asoslangan takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritish.2026-yil dekabrII. Metropoliten infratuzilmasini rivojlantirish8.Toshkent shahrining bosh rejasi va rivojlantirish dasturlariga muvofiq “Mingoʻrik — Chilonzor buyum bozori” metropoliten liniyasini barpo etish loyihasining loyihani baholash hujjatlarini ishlab chiqish. Bunda loyiha quyidagi ikki bosqichda amalga oshiriladi:a) birinchi bosqichda — “Mingoʻrik-Janubiy vokzal” yoʻnalishi (6,5 km);b) ikkinchi bosqichda — “Janubiy vokzal-Chilonzor buyum bozori” yoʻnalishi (5,5 km).1. “Mingoʻrik” bekatidan “Chilonzor buyum bozori” hududiga qadar metro yoʻlini barpo etish boʻyicha loyiha oldi va loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish.2026-yil dekabr“Toshkent metropoliteni” AJ,Transport vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi,Toshkent shahar hokimligi2. Ishlab chiqilgan loyihaoldi va loyiha-smeta hujjatlarini oʻrnatilgan tartibda ekspertizadan oʻtkazish hamda tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritish.2027-yil fevral9.Metropoliten harakat tarkibiga sifatli texnik xizmat koʻrsatish uchun elektrodepo majmuasini qurish boʻyicha texnik topshiriq va loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish.1. Metropoliten harakat tarkibiga sifatli texnik xizmat koʻrsatish uchun elektrodepo majmuasini qurish boʻyicha texnik topshiriq va loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish uchun 2026-yilgi ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi doirasida hisob-kitoblarga muvofiq tegishli mablagʻlarni ajratish.2026-yil iyunIqtisodiyot va moliya vazirligi,“Toshkent metropoliteni” AJ2. Loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqib, tegishli vazirlik va idoralar bilan kelishish.2027-yil fevral“Toshkent metropoliteni” AJ3. Ishlab chiqilgan loyiha-smeta hujjatlarini ekspertizadan oʻtkazish hamda tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritish.2027-yil aprel“Toshkent metropoliteni” AJ,Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligiIII. Yoʻlovchilar va harakat xavfsizligini taʼminlash10.Yerosti tonnellarining texnik va gidrogeologik holatini oʻrganib borish hamda mavjud kamchiliklarni bartaraf etish.1. Yerosti tonnellarining texnik va gidrogeologik holati boʻyicha mavjud kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish uchun 2026-yilgi ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi doirasida tegishli mablagʻlarni ajratish.2026-yil avgustIqtisodiyot va moliya vazirligi,“Toshkent metropoliteni” AJ2. Loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish va oʻrnatilgan tartibda ekspertizadan oʻtkazish.2027-yil fevral“Toshkent metropoliteni” AJ,Transport vazirligi,Toshkent shahar hokimligi3. Ekspertizadan oʻtkazilgan loyiha-smeta hujjatlariga muvofiq taʼmirlash ishlarini amalga oshirish uchun 2027-yilgi ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi doirasida mablagʻ ajratish.2027-yil aprelIqtisodiyot va moliya vazirligi,“Toshkent metropoliteni” AJ4. Tender tanlovlari asosida pudrat tashkilotini tanlab olish.2027-yil iyun“Toshkent metropoliteni” AJ5. Mavjud kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha taʼmirlash ishlarini amalga oshirish, jumladan:2027-yil dekabr“Toshkent metropoliteni” AJa) “Mustaqillik maydoni” — “Amir Temur xiyoboni” metro bekatlari oraligʻi — 1200 m;2027-yil avgustb) “Pushkin” — “Buyuk ipak yoʻli” metro bekatlari oraligʻi — 800 m;2027-yil oktabrv) “Minor” — “Bodomzor” metro bekatlari oraligʻi — 1200 m.2027-yil dekabr11.Metropoliten hududlarini qoʻriqlash va xavfsizlik tizimini takomillashtirish, jumladan, “Oʻzbekiston” va “Chilonzor” deposi hududini zamonaviy qoʻriqlash texnik vositalari va videokuzatuv tizimi toʻplami bilan jihozlash.1. “Oʻzbekiston” va “Chilonzor” deposi hududini zamonaviy qoʻriqlash texnik vositalari va videokuzatuv tizimi toʻplami bilan jihozlash boʻyicha loyiha-smeta hujjatlarini tayyorlash.2026-yil iyul“Toshkent metropoliteni” AJ,Transport vazirligi,Toshkent shahar hokimligi2. Ishlab chiqilgan loyiha-smeta hujjatlarini ekspertizadan oʻtkazish.2026-yil oktabr3. Loyiha-smeta hujjatlariga muvofiq Toshkent shahar mahalliy budjetidan tegishli mablagʻlarni ajratish.2026-yil oktabr4. Oʻzbekiston” va “Chilonzor” deposi hududini zamonaviy qoʻriqlash texnik vositalari va videokuzatuv tizimi toʻplami bilan jihozlash boʻyicha tender savdolarini oʻtkazish.2026-yil dekabr5. “Oʻzbekiston” va “Chilonzor” deposi hududini zamonaviy qoʻriqlash texnik vositalari va videokuzatuv tizimi toʻplami bilan jihozlash.2027-yil aprel12.Metropoliten bekatlarida yoʻlovchilarning xavfsizlik darajasini oshirish va baxtsiz hodisalarning oldini olish maqsadida “Shahriston” metro bekati platformalarida tajriba-sinov tariqasida zamonaviy talablarga javob beradigan oynali himoya toʻsiqlarini (Platform screen doors) oʻrnatish.1. Oynali himoya toʻsiqlarini (Platform screen doors) oʻrnatish boʻyicha 2026-yilgi ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi doirasida tegishli mablagʻlarni ajratish.2026-yil iyulIqtisodiyot va moliya vazirligi2. Oynali himoya toʻsiqlarini oʻrnatish boʻyicha loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish.2026-yil noyabr“Toshkent metropoliteni” AJ3. Oynali himoya toʻsiqlarini oʻrnatish.2027-yil mart“Toshkent metropoliteni” AJ13.“Toshkent metropoliteni” AJ ichki telekommunikatsiya tarmogʻini rivojlantirish va yangi xizmatlarni joriy etish orqali qoʻshimcha daromadlar tushumini oshirish.1. “Toshkent metropoliteni” AJ ichki telekommunikatsiya tarmogʻini rivojlantirish va yangi xizmatlarni joriy etish orqali qoʻshimcha daromad olish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish.2026-yil noyabr“Toshkent metropoliteni” AJ,Raqamli texnologiyalar vazirligi,“Oʻzbektelekom” AK2. Ishlab chiqilgan takliflarni tegishli vazirlik va idoralar bilan kelishgan holda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.2026-yil dekabr

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 15-maydagi PQ-191-son qaroriga2-ILOVA

Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi kredit mablagʻlari hisobidan 2026 — 2028-yillarda metropolitenda yoʻlovchilarga xizmat koʻrsatish sifatini oshirish hamda fuqaro muhofazasi obyektlari texnik bazasini mustahkamlashga oid

T/rChora-tadbirlar nomiOʻlchov birligiMiqdoriIjro muddati2026-yildaI. Asosiy uzellar, agregatlar, ehtiyot qismlar va materiallar, metropoliten vagonlarini kapital hamda joriy taʼmirlash uchun jihozlarni xarid qilish1.81-765 — 81-766 “Moskva” rusumli harakat tarkibi uchun akkumulyator xarid qilish.dona1502026-yil oktabr2.“81-714 — 81-717” rusumli harakat tarkibi uchun gʻildirak juftligi oʻqini xarid qilish.dona502026-yil noyabrII. Yoʻl va tonnel inshooti xizmati qurilmalari barqaror ishlashi uchun jihozlar va materiallarni xarid qilish3.Rels tashuvchi arava xarid qilish.dona152026-yil dekabrIII. Elektr taʼminoti xizmati qurilmalari barqaror ishlashi uchun jihozlar va materiallarni xarid qilish4.“AVM-10 (1000A)” va “AVM-15 (1600A)” avtomatlarni xarid qilish.dona382026-yil oktabr5.“DL-161-200” rusumli lavinali diodlarni xarid qilish.dona1 8242026-yil noyabr6.“TRSZP-1600/10/0,67/0,67” rusumli tortuvchi transformator xarid qilish.dona22026-yil dekabr7.Yerosti “BNS VEM-10” yuqori kuchlanishli oʻchirgichlarni xarid qilish.dona100IV. Elektromexanika taʼminoti xizmati qurilmalari barqaror ishlashi uchun jihozlar va materiallarni xarid qilish8.“Chilonzor” va “Oʻzbekiston” yoʻnalishidagi tonnel suv quvurlari va fitinglarini almashtirish uchun yangilarini xarid qilish (089x4 mm GOST R 56594).m5 0002026-yil dekabr2027-yildaI. Asosiy uzellar, agregatlar, ehtiyot qismlar va materiallar, metropoliten vagonlarini kapital hamda joriy taʼmirlash uchun jihozlarni xarid qilish9.81-765-81-766 “Moskva” rusumli harakat tarkibi uchun yigʻilgan gʻildirak juftliklarini xarid qilish.dona302027-yil mart10.“81-765/766/767” rusumli vagon gʻildirak juftini yuvuvchi “MM704” rusumli mashina xarid qilish.dona12027-yil avgust11.Metropoliten xoʻjalik ishlarini amalga oshirish uchun AGM (kranli) motodrezinasini xarid qilish.dona32027-yil sentabr12.Vagonlarni taʼmirlash uchun 30 tonnalik mobil gidravlik koʻtarish moslamasini xarid qilish.toʻplam113.Elektropnevmatik ventillarni tekshirish uchun stend xarid qilish.dona12027-yil oktabr14.Bosim rele datchiklarini va bosim signallarini tekshirish uchun stend xarid qilish.dona115.Tok qabul qiluvchi pnevmatik havo yoʻllarini tekshirish uchun stend xarid qilish.dona12027-yil noyabr16.Mashinistlarni amaliy koʻnikmalarini oshirish maqsadida maxsus trenajyor xarid qilish.dona117.Umumqoʻshin himoya toʻplami (OZK) xarid qilish.toʻplam10018.Ortiqcha havo bosimidan himoya qiluvchi va orqaga qaytaruvchi klapanlarni tekshirish uchun stend xarid qilish.dona12027-yil dekabr19.81-765-81-766 “Moskva” rusumli vagon gʻildirak chap va oʻng disklarini (yaxlit tortilgan) xarid qilish.dona10020.“81-765.5” va “81-766.5” rusumidagi vagonlar uchun yigʻilgan oʻqli reduktor xarid qilish.dona1021.Metropoliten lokal tarmogʻini qurish va server tizimini takomillashtirish.tizim122.Metro vagonlari gʻildirak juftliklarini relsosti charxlash dastgohini xarid qilish.dona123.81-765-81-766 “Moskva” rusumli harakat tarkibi uchun sovitish tizimini xarid qilish.toʻplam20 II. Signallashtirish, aloqa xizmati qurilmalari barqaror ishlashi uchun jihozlar va materiallarni xarid qilish24.“Chilonzor” va “Oʻzbekiston” elektrodeposida eskirgan signal va strelkalar markazlashuvi tizimini mikroprotsessorli tizimiga (MPS) almashtirish uchun tizim xarid qilish.tizim22027-yil dekabrIII. Yoʻl va tonnel inshooti xizmati qurilmalari barqaror ishlashi uchun jihozlar va materiallarni xarid qilish25.“Chilonzor” va “Oʻzbekiston” elektrodeposi hududidagi strelkali oʻtkazgichlardagi yaroqsiz holga kelgan yogʻoch bruslarni temir beton bruslarga almashtirish.toʻplam102027-yil avgust26.“Chilonzor” va “Oʻzbekiston” yoʻnalishi bekatlari aylanma yoʻllari uchun “R-50” rusumli 1/9 markali strelkali oʻtkazgichlariga kesib oʻtuvchi xarid qilish.dona3027.“Chilonzor” va “Oʻzbekiston” yoʻnalishining harakat tarkiblari aylanishi uchun moʻljallangan yoʻllardagi “R-50” rusumli 1/9 markali strelkali oʻtkazgichlari uchun ramali relsni chap egri oʻtkir uchligi bilan birga hamda ramali relsni oʻng egri oʻtkir uchligi bilan birga xarid qilish.dona552027-yil oktabr28.Zamonaviy “Yoʻl oʻlchovchi vagon” xarid qilish.dona12027-yil noyabr29.“Chilonzor” elektrodeposi uchun “R-50” rusumli 1/5 markali strelka oʻtkazgichlarini xarid qilish.toʻplam1530.“Chilonzor” va “Oʻzbekiston” yoʻnalishida harakat tarkiblarining aylanishi uchun moʻljallangan yoʻlga “R-50” rusumli 1/9 markali strelka oʻtkazgichlarini xarid qilish.toʻplam1631.“Chilonzor” yoʻnalishlari bekatlari uchun kirish-chiqish eshiklarini xarid qilish.m-284232.“Chilonzor” va “Oʻzbekiston” yoʻnalishidagi muddatini oʻtab boʻlgan relslarni almashtirish uchun “R-50” rusumidagi relslarni xarid qilish.tonna2 0002027-yil dekabr33.Yerosti metro tonnelarining texnik va gidrogeologik holatini mukammal instrumental oʻrganish.km73,2IV. Elektr taʼminoti xizmati qurilmalari barqaror ishlashi uchun jihozlar va materiallarni xarid qilish34.“400/10/0,4” va “250/10/0,23” rusumli kuchlanish transformatorini xarid qilish.dona62027-yil fevral35.Akkumulyator batareyalari uchun “ZPU-2” rusumli zaryadlovchi qurilma xarid qilish va oʻrnatish.dona292027-yil aprel36.Yerosti “BNS VEM-10” yuqori kuchlanishli oʻchirgichlarni xarid qilish.dona1092027-yil may37.Yerosti “BNS VBCH-10” yuqori kuchlanishli oʻchirgichlarni xarid qilish.dona372027-yil iyun38.“Chilonzor” va “Oʻzbekiston” elektrodeposida “VMPP-10” va “VPMP-10” yuqori kuchlanishli oʻchirgichlarni xarid qilish.dona142027-yil iyul39.Avtomobil bazasida “KAEL-5” mobil laboratoriyasini xarid qilish.toʻplam12027-yil avgust40.“AVM-10 (1000A)” va “AVM-15 (1600A)” avtomatlarni xarid qilish.dona382027-yil sentabr41.“DL-161-200” rusumli lavinali diodlarni xarid qilish.dona1 8242027-yil oktabr42.“TRSZP-1600/10/0,67/0,67” rusumli tortuvchi transformator xarid qilish.dona22027-yil noyabr43.“APvPU” 1x240 kabelini xarid qilish.km122027-yil dekabr44.“PKVtO 10 150/240” hamda “PStB 10-150/240” turdagi mufta xarid qilish.dona 120V. Elektromexanika taʼminoti xizmati qurilmalari barqaror ishlashi uchun jihozlar va materiallarni xarid qilish45.“Gʻafur Gʻulom” bekati uchun yangi, zamonaviy va energotejamkor eskalatorlar xarid qilish.dona32027-yil iyul46.“Chilonzor” yoʻnalishidagi yerosti suvlarini haydash uchun suvosti nasoslarini xarid qilish.dona152027-yil avgust47.“Chilonzor”, “Oʻzbekiston” va “Yunusobod” yoʻnalishlaridagi yerosti suvlarini chiqarish uchun nasoslarini 30 kVt, 1500 ob/min elektrodvigateli bilan xarid qilish.dona362027-yil sentabr48.“Chilonzor”, “Oʻzbekiston” va “Yunusobod” yoʻnalishlarida eskirgan shamollatish qurilmasini almashtirish uchun elektr tejamkor shamollatish qurilmasini xarid qilish.dona102027-yil noyabr49.“Chilonzor” va “Oʻzbekiston” yoʻnalishidagi tonnel suv quvurlari va fitinglarini almashtirish uchun yangilarini xarid qilish (089x4 mm GOST R 56594).m13 0002027-yil dekabr50.“Chilonzor”, “Oʻzbekiston” va “Yunusobod” yoʻnalishi birlashgan nimtortish stansiyalari shamollatish tizimini yangi konditsioner tizimiga oʻzgartirish.dona2551.“Alisher Navoiy” bekati I vestibyul uchun yangi, zamonaviy va energotejamkor eskalatorlar xarid qilish.dona42028-yildaI. Asosiy uzellar, agregatlar, ehtiyot qismlar va materiallar, metropoliten vagonlarini kapital hamda joriy taʼmirlash uchun jihozlarni xarid qilish52.81-765-81-766 “Moskva” rusumli harakat tarkibi uchun yigʻilgan gʻildirak juftliklarini xarid qilish.dona202028-yil iyul53.Metrologik laboratoriya uchun koʻp maqsadli “FLUKE” kalibratorni xarid qilish.dona154.Metropoliten xoʻjalik ishlarini amalga oshirish uchun AGM (kranli) motodrezinasini xarid qilish.dona32028-yil avgust55.Barcha turdagi podshipniklarni yuvuvchi “MORP-58” rusumli mashina xarid qilish.dona12028-yil sentabr56.Maʼnaviy eskirgan dastgohlar oʻrniga universal frezerlik, charxlash va tokarlik dastgohlarini xarid qilish.dona32028-yil oktabr57.Chilonzor elektrodeposida harakat tarkiblarini yuvish boʻlimidagi qurilmalarni yangilash.toʻplam12028-yil noyabrII. Signallashtirish va aloqa xizmati qurilmalari barqaror ishlashi uchun jihozlar va materiallarni xarid qilish58.“Yunusobod” yoʻnalishining eskirgan MRS tizimini MPS tizimiga oʻtkazish (“Mingoʻrik” — “Shahriston” bekatlari oraligʻi).tizim32028-yil noyabr59.“Chilonzor”, “Oʻzbekiston” va “Yunusobod” yoʻnalishlaridagi eskirgan aloqa qurilmalarini zamonaviy aloqa qurilmalariga almashtirish.tizim322028-yil dekabr60.Axborot uzatish tarmogʻini oʻrnatish.tizim3261.Tonnel aloqa qurilmalarini oʻrnatish.dona49062.“VOLS-24” tolali optik kabelni tortish.km9563.Raqamli turdagi aloqa tarmogʻida ishlovchi dasturiy taʼminotga ega aloqa boshqaruv pultini (soʻzlashuv va aloqa qurilmalari) xarid qilish.dona8264.Raqamli turdagi aloqa tarmogʻida ishlovchi dasturiy taʼminotga ega aloqa boshqaruv pulti (soʻzlashuv va aloqa qurilmalari) uchun konsol xarid qilish.dona12065.Strelkali aloqa uchun qurilmalarni oʻrnatish. dona111III. Yoʻl va tonnel inshooti xizmati qurilmalari barqaror ishlashi uchun jihozlar va materiallarni xarid qilish66.“Chilonzor” va “Oʻzbekiston” yoʻnalishidagi muddatini oʻtab boʻlgan relslarni almashtirish uchun “R-50” rusumidagi relslarni xarid qilish.tonna15002028-yil iyun67.“Chilonzor” yoʻnalishi uchun kontakt relsi plastik qobigʻi xarid qilish.km302028-yil avgust68.“Oʻzbekiston” va “Chilonzor” yoʻnalishlarida harakat tarkiblari aylanishi uchun moʻljallangan yoʻllardagi “R-50” rusumli 2/9 markali strelkali oʻtkazgichlari uchun oʻtkir burchakli hamda oʻtmas burchakli kesib oʻtuvchi (krestovina) xarid qilish.dona402028-yil sentabr69.“Oʻzbekiston” yoʻnalishlari bekatlari uchun kirish-chiqish eshiklarini xarid qilish.m-25582028-yil noyabrIV. Elektr taʼminoti xizmati qurilmalari barqaror ishlashi uchun jihozlar va materiallarni xarid qilish70.Akkumulyator batareyalari uchun “ZPU-2” rusumli zaryadlovchi qurilma xarid qilish va oʻrnatish.dona292028-yil may71.“Chilonzor” va “Oʻzbekiston” yoʻnalishlarida “RU-825V” yacheykani mikroprotsessorli turiga rekonstruksiya qilish va oʻchirgichlarni almashtirish.yacheyka1012028-yil iyun72.Yerosti “BNS VBCH-10” yuqori kuchlanishli oʻchirgichlarni xarid qilish.dona3773.“Oʻzbekiston” yoʻnalishida masofadan boshqarish tizimini ostki tizim va releli himoya turidan mikroprotsessorli turiga rekonstruksiya qilish(xarid qilish, montaj va sozlash).nimstansiya112028-yil sentabr74.“AVM-10 (1000A)” va “AVM-15 (1600A)” avtomatlarni xarid qilish.dona3875.“DL-161-200” rusumli lavinali diodlarni xarid qilish.dona1 82476.Xizmat muddatini oʻtab boʻlgan “10 kV 1x70 SPE” rusumli elektr kabellarini almashtirish uchun yangi kabel sotib olish.km192028-yil oktabr77.Plazmali “CHPU SK 1530/25” rusumli metal kesuvchi dastgoh xarid qilish.dona178.Yerosti “BNS VEM-10” yuqori kuchlanishli oʻchirgichlarni xarid qilish.dona11079.81-765-81-766 “Moskva” rusumli harakat tarkibi uchun havo kompressori xarid qilish.dona102028-yil noyabr80.“Chilonzor” yoʻnalishida masofadan boshqarish tizimini ostki tizim va releli himoya turidan mikroprotsessorli turiga rekonstruksiya qilish (xarid qilish, montaj va sozlash).nimstansiya122028-yil dekabr 81.“Chilonzor” va “Oʻzbekiston” elektrodeposida “VMPP-10” va “VPMP-10” yuqori kuchlanishli oʻchirgichlarni xarid qilish.dona14V. Elektromexanika taʼminoti xizmati qurilmalari barqaror ishlashi uchun jihozlar va materiallarni xarid qilish82.“Alisher Navoiy” bekati II vestibyul uchun yangi, zamonaviy va energotejamkor eskalatorlar xarid qilish.dona32028-yil iyun83.Mahalliy shamollatish tizimi ventilyatorlarini almashtirish uchun oʻrtacha va kichik bosimli ventilyator xarid qilish.dona2602028-yil oktabr84.“Chilonzor” va “Oʻzbekiston” yoʻnalishlarida eskirgan shamollatish qurilmasini almashtirish uchun elektr tejamkor shamollatish qurilmasini xarid qilish.dona82028-yil dekabr85.“Chilonzor” va “Oʻzbekiston” yoʻnalishidagi tonnel suv quvurlari va fitinglarini almashtirish uchun yangilarini xarid qilish (089x4 mm GOST R 56594).m13 00086.Maxsus kameradagi havo tozalash filtrlarini yangisiga almashtirish.dona2 22487.Maxsus kameralar komanda punktida mahalliy aloqa va avtomat xabarlash tizimining zamonaviy markazlashgan turini oʻrnatish.tizim188.Maxsus kameradagi yongʻinni avtomat oʻchirish tizimini yangilash.tizim1

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.