PQ-204-son Qaror · 26.05.2026

Moliyaviy xizmatlar ommabopligini oshirish, kichik va oʻrta biznesni qoʻllab-quvvatlashni kengaytirishga doir navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Qaror
  • Raqami:PQ-204
  • Qabul qilingan sana:26.05.2026
  • Kuchga kirgan sana:01.06.2026
  • Holati:Amalda
  • Rasmiy nashr:QMMB 07/26/204/0547

[Koʻchirma]

Tadbirkorlik subyektlariga ishonchli raqamli moliyaviy infratuzilma yaratish va sunʼiy intellekt texnologiyalaridan foydalangan holda moliyaviy xizmatlar koʻrsatishni joriy etish orqali ularning ommabopligini yanada oshirish maqsadida qaror qilaman:

I. Maqsadlar

1. Quyidagilar 2030-yilga qadar raqamli infratuzilma yaratish orqali moliyaviy xizmatlar ommabopligini oshirishning maqsadlari etib belgilansin:

(a) kichik va oʻrta biznes subyektlariga ajratiladigan kreditlar portfelini 3 baravarga oshirib, uning yalpi ichki mahsulotdagi ulushini 20 foizga chiqarish;

(b) banklar tomonidan taʼminotsiz onlayn mikrokreditlarni oʻrtacha 1 soat ichida ajratish imkonini yaratish va ushbu mikrokreditlar ulushini 60 foizga chiqarish;

(v) kredit tarixiga ega boʻlmagan kichik va oʻrta biznes subyektlariga moliyaviy xizmatlardan foydalanish imkoniyatini kengaytirish.

II. Raqamli moliyaviy platforma va muqobil skoringni joriy etish

2. Markaziy bankning kichik va oʻrta biznes subyektlariga moliyaviy xizmatlar koʻrsatishga oid quyidagi takliflari maʼqullansin:

(a) 2026-yil 1-iyulga qadar kredit olish uchun ariza berish hamda mazkur ariza boʻyicha bir nechta banklarning takliflarini olish imkonini beruvchi raqamli moliyaviy platforma (keyingi oʻrinlarda — Platforma)ni ishga tushirish. Bunda:

(i) kichik va oʻrta biznes subyektlariga taalluqli maʼlumotlar Platforma orqali 1-ilovaga muvofiq “Raqamli hukumat” tizimining Raqamli maʼlumotlar platformasidan olinadi va banklarga taqdim etiladi. Bunda ushbu maʼlumotlar 2027-yil 1-iyunga qadar begʻaraz asosda olinadi va taqdim etiladi;

(ii) Platformada qayta ishlangan va taqdim etilgan maʼlumotlar asosida banklar oʻzlarining ichki qoidalaridan kelib chiqib, tijorat takliflarini kichik va oʻrta biznes subyektlariga tanlab olish va foydalanish uchun taqdim etadi;

(b) 2026-yil 1-dekabrdan boshlab sunʼiy intellekt texnologiyalaridan foydalangan holda Platforma doirasida muqobil skoring modelini joriy etish;

(v) tijorat banklari tomonidan ikki oy muddatda sunʼiy intellekt texnologiyalaridan foydalangan holda mahallalarning ixtisoslashuvi va “oʻsish nuqtalari”ni hisobga olgan holda biznes gʻoyalarni ishlab chiqish va moliyalashtirish imkoniyatlarini shakllantirish orqali tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlashga yoʻnaltirilgan “AI maslahatchi” dasturini ishga tushirish.

3. Belgilansinki, muqobil skoring modelini yaratish va qoʻllash doirasida:

(a) 2-ilovada keltirilgan maʼlumotlar:

(i) 2028-yil 1-iyunga qadar tashkilotlarning zaxira maʼlumotlar bazalaridan axborot xavfsizligi va kiberxavfsizlik talablariga rioya etgan holda masofadan turib himoyalangan aloqa kanallari orqali toʻgʻridan-toʻgʻri begʻaraz asosda olinadi;

(ii) 2028-yil 1-iyundan boshlab “Raqamli hukumat” tizimining Raqamli maʼlumotlar platformasi orqali olinadi;

(b) skoring natijalari skoring oʻtkazilgan subyekt va banklarga oʻrnatilgan tartibda kredit byurolari orqali taqdim etiladi.

4. Platformani yuritish va muqobil skoring oʻtkazish maqsadida Markaziy bank huzuridagi “Axborotlashtirish bosh markazi” MCHJ ishtirokida masʼuliyati cheklangan jamiyat shaklida alohida yuridik shaxs (keyingi oʻrinlarda — Platforma operatori) tashkil etishga ruxsat berilsin. Bunda Platforma operatorining axborot tizimlari va resurslari “Axborotlashtirish bosh markazi” MCHJda joylashtiriladi.

III. Kichik biznes loyihalarini moliyaviy qoʻllab-quvvatlash

5. Belgilansinki, 2026-yil 1-iyuldan boshlab “Kichik biznesni uzluksiz qoʻllab-quvvatlash” kompleks dasturi (keyingi oʻrinlarda — Dastur) doirasida qoʻshimcha ravishda:

(a) avval Dastur doirasida mikrokreditdan foydalangan va ijobiy kredit tarixiga ega boʻlgan tadbirkorlik subyektlariga mikrokreditning garovsiz qismi 100 million soʻmdan 200 million soʻmgacha oshiriladi;

(b) “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ (keyingi oʻrinlarda — Kompaniya) tomonidan quyidagilar taqdim etiladi:

(i) kichik tadbirkorlik subyektlariga kredit (lizing) miqdoridan qatʼi nazar, uning 5 milliard soʻmgacha qismi uchun belgilangan tartibda foiz xarajatlarini qoplash uchun kompensatsiya;

(ii) har yili Dastur asosida qoʻllab-quvvatlangan, oʻz faoliyatini kengaytirgan va yuqori koʻrsatkichga ega boʻlgan 100 ta tadbirkorlik subyektiga faoliyatini raqamlashtirish, xalqaro standartlarni va yashil texnologiyalarni joriy etish bilan bogʻliq xarajatlari uchun 300 million soʻmgacha grant.

IV. Qaror ijrosini tashkil etish, taʼminlash va nazorat

6. Markaziy bank:

(a) 2026-yil 1-avgustga qadar mazkur qarorga 2-ilovadagi maʼlumotlarni taqdim etuvchi tashkilotlar bilan birgalikda muqobil skoring doirasida maʼlumot almashinuviga oid texnologik yoʻriqnomalarni tasdiqlasin hamda maʼlumotlar almashinuvini yoʻlga qoʻysin;

(b) 2026-yil 1-avgustga qadar oʻz maʼlumotlar bazasidan bank sirini tashkil etuvchi maʼlumotlarni moliyaviy texnologiyalar bozori ishtirokchilariga taqdim etishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;

(v) 2027-yil 1-mayga qadar oʻzini oʻzi band qilgan shaxslarga tadbirkorlik faoliyati uchun kredit ajratish jarayonida ularning toʻlov qobiliyatini mazkur qarorga 2-ilovada keltirilgan tegishli maʼlumotlar asosida baholash imkonini beruvchi skoring modelini tijorat banklari bilan birgalikda ishlab chiqsin;

(g) 2028-yil 1-aprelga qadar nobank kredit tashkilotlari, lizing kompaniyalari va moliyaviy texnologiyalar bozori ishtirokchilari xizmatlarini Platformaga ulash imkoniyatini yaratsin.

7. Platforma operatori:

(a) har ikki yilda kamida bir marotaba:

(i) Platformaning kiberxavfsizlik talablariga muvofiqligi boʻyicha “Kiberxavfsizlik markazi” DMda ekspertizadan oʻtkazilishini;

(ii) oʻzi tomonidan raqamlashtirish talablariga rioya etilishi boʻyicha Raqamli texnologiyalar vazirligi tomonidan auditdan oʻtkazilishini taʼminlasin;

(b) har chorakda Platforma orqali taqdim etilgan kredit takliflari natijalarini tahlil qilib, Markaziy bankka monitoring qilish uchun taqdim etib borsin.

8. Iqtisodiyot va moliya vazirligi ikki oy muddatda tadbirkorlikni rivojlantirish boʻyicha vakolatlar, vazifalar va qoʻllab-quvvatlash mexanizmlarini yagona tizim va vakolatli organda jamlashni nazarda tutuvchi qaror loyihasini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritsin.

9. Kompaniya ikki oy muddatda grant taqdim etiladigan 100 ta tadbirkorlik subyektini aniqlash tartibini tasdiqlasin hamda har yili may oyiga qadar grantlar taqdim etiladigan tadbirkorlik subyektlari roʻyxatini jamoatchilikka eʼlon qilib borsin.

11. Markaziy bank manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.

12. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsan javobgar etib Bosh vazir oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorov hamda Markaziy bank raisi T.A. Ishmetov belgilansin.

13. Qaror ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV

Toshkent sh.,

2026-yil 26-may,

PQ-204-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 26-maydagi PQ-204-son qaroriga1-ILOVA

Raqamli moliyaviy platforma orqali “Elektron hukumat” tizimining Raqamli maʼlumotlar platformasidan olinadigan va taqdim etiladigan maʼlumotlar

T/rMaʼlumotlar toʻplami tarkibiMaʼlumotlar toʻplami nomi*Maʼlumot taqdim etishga masʼullar**1.Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining familiyasi, ismi, otasining ismi (mavjud boʻlsa), tugʻilgan yili, oyi, sanasi va joyi, jinsi***Shaxsga doir umumiy maʼlumotlarIchki ishlar vazirligi2.Jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami***Pasport maʼlumotlari3.Roʻyxatga olingan sana***Yakka tartibdagi tadbirkor va yuridik shaxsga oid maʼlumotlarAdliya vazirligi,Soliq qoʻmitasi4.Nomi, tashkiliy-huquqiy shakli va faoliyat sohasi***5.Muassislar va ustav kapitalidagi ulush toʻgʻrisidagi maʼlumotlar***6.Yuridik shaxs toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning oʻzgarish tarixi***7.Yuridik manzil***Soliq qoʻmitasi8.Biznes yuritishning haqiqiy hududi***9.Yakka tartibdagi tadbirkor va yuridik shaxsning identifikatsiya raqami (JSHSHIR va STIR), shu jumladan, jismoniy yoki yuridik shaxs boʻlgan muassis va rahbarlar boʻyicha shaxsni tasdiqlovchi maʼlumotlar***10.Tadbirkorlik subyektlari toifasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar***11.Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar12.Ishchilar soni13.Qoʻshilgan qiymat soligʻi hisobotiDaromadlar va soliq hisoboti toʻgʻrisidagi maʼlumotlarSoliq qoʻmitasi14.Hisoblangan va toʻlangan foyda soligʻi15.Aylanmadan olinadigan soliq 16.Jismoniy va yuridik shaxsning sotishdan tushgan daromadi toʻgʻrisida maʼlumot (fiskal chek va hisob-fakturalar yuzasidan)17.Soliqlar boʻyicha qarzdorlik toʻgʻrisida, jumladan, muassis va rahbarning soliq qarzdorliklari toʻgʻrisida maʼlumot18.Oʻtgan yilgi 1-shakl — barcha maydonlar19.Oʻtgan yilgi 2-shakl — barcha maydonlar20.Koʻchmas mulk toʻgʻrisidagi maʼlumotlar:***yuridik manzili;obyektga boʻlgan huquq davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan sana;ulushdor ishtirokchilar va ularning soni toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;kadastr raqami;obyekt maydoni;koʻchmas mulk obyekti (turar yoki noturar joy, bino, inshoot yoki yer uchastkasi)Mol-mulk toʻgʻrisidagi maʼlumotlarKadastr agentligi21.Koʻchar mulk toʻgʻrisidagi maʼlumotlar:***avtotransport vositasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (ishlab chiqarilgan yili, markasi, roʻyxatdan oʻtkazish raqami, egasi)Ichki ishlar vazirligi22.Koʻchar va koʻchmas mulkning garovi (zakalati) toʻgʻrisidagi maʼlumotlar***Markaziy bank,“Garov reyestri” MCHJ23.Qishloq xoʻjaligi, melioratsiya va yoʻl-qurilish texnikasi toʻgʻrisida maʼlumotQishloq xoʻjaligi vazirligi24.Qishloq xoʻjaligi sohasidagi texnikalar toʻgʻrisida maʼlumotAgrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi25.Rahbarning ish staji toʻgʻrisidagi maʼlumotlarMehnat faoliyati toʻgʻrisidagi maʼlumotlarKambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi26.Kredit tarixi davomiyligi va kredit hisoboti (jumladan, muassis va rahbar boʻyicha)Kredit tarixi maʼlumotlariMarkaziy bank27.Kredit byuro hisoboti, jumladan, muassis va rahbar boʻyicha hisobot“Kredit-axborot tahliliy markazi” kredit byurosi,“CRIF kredit-axborot xizmatlari” kredit byurosi28.Banklarda ochiq hisobvaraqlar toʻgʻrisidagi maʼlumotBank maʼlumotlariMarkaziy bank29.Asosiy hisobvaraq mavjudligi30.Asosiy bank hisobvaragʻi ochilgan sana31.Oxirgi tranzaksiya sanasi32.Aylanmalar hajmi33.2-sonli kartoteka boʻyicha muddati oʻtgan qarzdorliklarning mavjudligi34.Tranzaksiya maʼlumotlari35.Sudlanganlik holati mavjudligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (maʼmuriy va jinoiy, jumladan, muassis va rahbar boʻyicha maʼlumotlar)Sudlanganlik va maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarIchki ishlar vazirligi36.Maʼmuriy huquqbuzarliklardan qarzdorlik borligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, jumladan, muassis va rahbar boʻyicha maʼlumotlar37.Elektr taʼminoti xizmatlari isteʼmoli va toʻlovlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (jumladan, muassis va rahbar boʻyicha)Kommunal xizmatlardan foydalanish toʻgʻrisidagi maʼlumotlar“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ,“Oʻzenergosotish” AJ38.Gaz taʼminoti xizmatlari isteʼmoli va toʻlovlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (jumladan, muassis va rahbar boʻyicha)“Hududgaztaʼminot” AJ39.Ichimlik suv taʼminoti va oqova suv xizmatlari isteʼmoli va toʻlovlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (jumladan, muassis va rahbar boʻyicha)“Oʻzsuvtaʼminot” AJ40.Sanitar tozalash xizmatlarini koʻrsatganlik uchun toʻlov maʼlumotlari (jumladan, muassis va rahbar boʻyicha)Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi,Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi41.Tovarlar eksporti va importi hajmi;bojxona operatsiyalari boʻyicha qarzdorlik toʻgʻrisidagi maʼlumotlarTovar eksporti va importi hajmi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarBojxona qoʻmitasi42.Undiruvchi sifatida ijro harakatlarini amalga oshirish toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (jumladan, muassis va rahbar boʻyicha maʼlumotlar)Ijro ishini yuritish toʻgʻrisidagi maʼlumotlarMajburiy ijro byurosi43.Qarzdor sifatida ijro harakatlarini amalga oshirish toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, jumladan, muassis va rahbar boʻyicha maʼlumotlar44.Jismoniy shaxslarning Oʻzbekiston Respublikasidan chiqishini vaqtincha cheklash toʻgʻrisidagi maʼlumotlar45.Aliment qarzdorlik summalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar46.Qurilish tashkilotlari reytingiQurilish tashkilotlari haqidagi maʼlumotlar“Shaffof qurilish” MAT47.Qurilish-montaj ishlarini boshlash uchun obyektga ruxsatnoma

Izohlar:

* Muassis va rahbar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar shaxsga doir maʼlumotlar subyektining roziligi asosida olinadi.

** Maʼlumotlar toʻplamlarini taqdim etuvchi tashkilotlar rahbarlari ushbu maʼlumotlarning toʻliqligi, tizimlashtirilganligi, ishonchliligi va aniqligiga masʼul hisoblanadi.

*** Mazkur maʼlumotlarni ular olingan sanadan boshlab 20 kunga qadar Platforma bazasida saqlashga ruxsat beriladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 26-maydagi PQ-204-son qaroriga2-ILOVA

Muqobil skoring doirasida almashiladigan maʼlumotlar toʻplamlari

T/rMaʼlumotlar toʻplami tarkibiMaʼlumotlar toʻplami nomi*Maʼlumotlarni olish davriyligiMaʼlumot taqdim etishga masʼullar **1.Nomi, tashkiliy-huquqiy shakli va faoliyat sohasiYakka tartibdagi tadbirkor va yuridik shaxsga oid maʼlumotlarHar chorakSoliq qoʻmitasi2.Muassislar va ustav fondidagi ulush toʻgʻrisidagi maʼlumotlarHar oy3.Tadbirkorlik subyektlari toifasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarHar chorak4.Xoʻjalik yurituvchi subyektlarning barqarorlik reytingi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarHar chorak5.Ishchilar soni Har chorak6.Jismoniy shaxslar toʻgʻrisida maʼlumotlarJismoniy shaxs va oʻzini oʻzi band qilgan shaxsga oid maʼlumotlarHar oy7.Jismoniy shaxsning mulki toʻgʻrisida maʼlumotHar oy8.Jismoniy shaxsning ijaraga berilgan mulki toʻgʻrisida maʼlumotHar chorak9.Oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar toʻgʻrisida maʼlumotHar oy10.Taʼsischisi jismoniy shaxs boʻlgan yuridik shaxs Har chorak11.Oʻzini oʻzi band qilgan shaxsning onlayn taksi xizmatlaridagi aylanmasi toʻgʻrisida maʼlumotHar oy12.Rahbari jismoniy shaxs boʻlgan yuridik shaxs toʻgʻrisida maʼlumotlarHar chorak13.Jismoniy shaxsning ish haqi toʻgʻrisida maʼlumot (soʻnggi 12 oy)Daromadlar va soliq hisoboti toʻgʻrisidagi maʼlumotlarHar oy14.Jismoniy shaxslarning soliq qarzdorligi toʻgʻrisida maʼlumotHar oy15.Jismoniy shaxsning sotishdan tushgan daromadi toʻgʻrisida maʼlumotHar oy16.Muassis va rahbarning mehnatga haq toʻlash koʻrinishidagi rasmiy daromadlari va boshqa daromadlari miqdori toʻgʻrisidagi maʼlumotlarHar oy17.Qoʻshilgan qiymat soligʻi hisobotiHar oy18.Hisoblangan va toʻlangan foyda soligʻi toʻgʻrisida maʼlumotHar chorak19.Yagona soliq toʻlovi toʻgʻrisidagi maʼlumotHar chorak20.Jismoniy va yuridik shaxsning sotishdan tushgan daromadi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (fiskal chek va hisob-fakturalar yuzasidan)Har oy21.Mulkiy daromad miqdori toʻgʻrisidagi maʼlumotlarHar yil22.Soliqlar boʻyicha qarzdorlik toʻgʻrisidagi maʼlumotlarHar oy23.Oʻtgan yilgi 1-shakl – barcha maydonlarHar yil24.Oʻtgan yilgi 2-shakl – barcha maydonlarHar yil25.Oʻtgan yilgi 4-shakl – barcha maydonlarHar yil26.Pasport maʼlumotlariJismoniy shaxsning demografik va ijtimoiy holati boʻyicha maʼlumotlarHar oyIchki ishlar vazirligi27.Ish tarixi haqida maʼlumotHar chorakKambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi28.Chet elda tashkil etilgan mehnat faoliyati toʻgʻrisidagi maʼlumotlarHar oy29.“Ayollar daftari”da fuqaroning mavjudligi haqida maʼlumotHar oyOila va xotin-qizlar qoʻmitasi30.“Yoshlar daftari”da fuqaroning mavjudligi haqida maʼlumotHar oyYoshlar ishlari agentligi31.Pensiya (nafaqa) toʻgʻrisida maʼlumotHar oyIqtisodiyot va moliya vazirligi32.Pensiya jamgʻarmalari toʻgʻrisida maʼlumotHar oy33.Pensiya daftarchasi toʻgʻrisida maʼlumotHar oy34.Roʻyxatdan oʻtish manzili haqida maʼlumotHar oyIchki ishlar vazirligi35.Fuqarolarning shaxsiy jamgʻarib boriladigan pensiya hisobvaraqlariga majburiy jamgʻarib boriladigan pensiya badallari toʻgʻrisida maʼlumotHar oyAT “Xalq banki”36.Nogironligi boʻlgan shaxslar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar Har oyIjtimoiy himoya milliy agentligi37.Nafaqa oluvchi shaxs toʻgʻrisida maʼlumot38.Ijtimoiy reyestrga kiritilgan shaxs toʻgʻrisidagi maʼlumot39.Koʻchmas mulk toʻgʻrisidagi maʼlumotlar:yuridik manzili;obyektga boʻlgan huquq davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan sana;ulushdor ishtirokchilar va ularning soni toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;kadastr raqami;obyekt maydoni;koʻchmas mulk obyekti (turar yoki noturar joy, bino, inshoot yoki yer uchastkasi)Mol-mulk toʻgʻrisidagi maʼlumotlarHar oyKadastr agentligi40.Koʻchar mulk toʻgʻrisidagi maʼlumotlar:avtotransport vositasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (ishlab chiqarilgan yili, markasi, roʻyxatdan oʻtkazish raqami, egasi)Har oyIchki ishlar vazirligi41.Koʻchar va koʻchmas mulkning garovi (zakalati) toʻgʻrisidagi maʼlumotlarHar oyMarkaziy bank,“Garov reyestri” MCHJ42.Muassis va rahbarning taʼlim olayotganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarTaʼlim toʻgʻrisidagi maʼlumotlarHar yilOliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi43.Muassis va rahbarning oliy taʼlim muassasasini tugatganligi haqidagi maʼlumotlarHar yil44.Kasbiy taʼlim tashkiloti va akademik litseyni tugatganlik haqida maʼlumotlar, jumladan, muassis va rahbar boʻyicha maʼlumotlarHar yil45.Kredit hisobvaraqlari boʻyicha qoldiq va tranzaksiyalar, (jumladan, muassis va rahbar boʻyicha maʼlumotlar) Kredit tarixi maʼlumotlariHar oyMarkaziy bank46.Muddati oʻtgan kredit qarzdorligi toʻgʻrisida maʼlumotlarHar oy47.Kreditni soʻndirish jadvali toʻgʻrisida maʼlumotHar oy48.Kredit boʻyicha arizalarHar oy49.Kredit shartnomalari toʻgʻrisida maʼlumotHar oy50.Qarz oluvchilar toʻgʻrisida maʼlumotHar oy51.Kredit byuro hisoboti (jumladan, muassis va rahbarlar boʻyicha maʼlumotlar)Har oy“Kredit-axborot tahliliy markazi” kredit byurosi,“CRIF kredit-axborot xizmatlari” kredit byurosi52.Banklarda ochiq hisobvaraqlar toʻgʻrisida maʼlumotBank maʼlumotlariHar oyMarkaziy bank53.Asosiy hisobvaraq mavjudligi toʻgʻrisida maʼlumotHar oy54.Asosiy bank hisobvaragʻi ochilgan sanaHar oy55.2-sonli kartoteka boʻyicha muddati oʻtgan qarzdorliklarning mavjudligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarHar oy56.Hisobvaraqlar boʻyicha balans maʼlumotlariHar oy57.Tranzaksiya maʼlumotlariHar oyMarkaziy bank,Yagona umumrespublika protsessing markazi (“Uzcard”),Milliy banklararo protsessing markazi (“HUMO”)58.Sudlanganlik holati mavjudligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (maʼmuriy va jinoiy)Sudlanganlik va maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarHar oyIchki ishlar vazirligi59.Maʼmuriy huquqbuzarliklardan qarzdorlik borligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarHar oy60.Elektr taʼminoti xizmatlari isteʼmoli va toʻlovlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (jumladan, muassis va rahbar boʻyicha maʼlumotlar)Kommunal va telekommunikatsiya xizmatlaridan foydalanish toʻgʻrisidagi maʼlumotlarHar oy“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ,“Oʻzenergosotish” AJ61.Gaz taʼminoti xizmatlari isteʼmoli va toʻlovlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (jumladan, muassis va rahbar boʻyicha maʼlumotlar)Har oy“Hududgaztaʼminot” AJ62.Ichimlik suv taʼminoti va oqova suv xizmatlari isteʼmoli va toʻlovlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (jumladan, muassis va rahbar boʻyicha maʼlumotlar)Har oy“Oʻzsuvtaʼminot” AJ63.Issiq suv abonentlarining toʻlovlari haqida maʼlumotHar oy“Veolia Energy Tashkent” MCHJ64.Sanitar tozalash xizmatlarini koʻrsatganlik uchun toʻlov maʼlumotlariHar oyEkologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi,Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi65.Statsionar telefon aloqasi xizmatlari uchun toʻlov maʼlumotlariHar oyRaqamli texnologiyalar vazirligi,“Oʻzbektelekom” AJ66.Mobil aloqa xizmatlari uchun toʻlov maʼlumotlariHar oy67.Internet xizmatlari uchun toʻlov maʼlumotlariHar oy68.Undiruvchi sifatida ijro harakatlarini amalga oshirish toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (jumladan, muassis va rahbar boʻyicha maʼlumotlar)Ijro ishi yuritish toʻgʻrisidagi maʼlumotlarHar oyMajburiy ijro byurosi69.Qarzdor sifatida ijro harakatlarini amalga oshirish toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (jumladan, muassis va rahbar boʻyicha maʼlumotlar)Har oy70.Qarzdor jismoniy shaxsning Oʻzbekiston Respublikasidan chiqishi vaqtincha cheklanganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarHar oy71.Aliment toʻlovlarini kechiktirish holatlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarHar oy

Izohlar:

* Muassis va rahbar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar shaxsga doir maʼlumotlar subyektining roziligi asosida olinadi.

** Maʼlumotlar toʻplamlarini taqdim etuvchi tashkilotlar rahbarlari ushbu maʼlumotlarning toʻliqligi, tizimlashtirilganligi, ishonchliligi va aniqligiga masʼul hisoblanadi.

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.