PQ-211-son Qaror · 02.06.2026

Yaponiya bilan texnik hamkorlik doirasida “Oʻzbekiston-Yaponiya markazi (VI bosqich)” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Qaror
  • Raqami:PQ-211
  • Qabul qilingan sana:02.06.2026
  • Kuchga kirgan sana:03.06.2026
  • Holati:Amalda
  • Rasmiy nashr:QMMB 07/26/211/0550

Oʻzbekiston Respublikasi va Yaponiya oʻrtasidagi savdo-iqtisodiy va gumanitar hamkorlikni yanada rivojlantirish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti hamda Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligining (JICA) prezidenti oʻrtasida 2025-yil 21-yanvar kuni oʻtkazilgan uchrashuv doirasida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish maqsadida qaror qilaman:

1. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi hamda Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligining (JICA) “Oʻzbekiston — Yaponiya markazi” loyihasi VI bosqichini Yaponiya Hukumatining dastlabki baholash asosida 2,9 million AQSH dollari miqdoridagi texnik yordam mablagʻlarini jalb qilgan holda amalga oshirish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.

2. Oʻzbekiston — Yaponiya markazi faoliyatini yanada rivojlantirish boʻyicha amaliy chora-tadbirlar rejasi (“yoʻl xaritasi”) ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

3. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Fuqarolik jamiyati institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi mablagʻlarini boshqarish boʻyicha parlament komissiyasiga “Oʻzbekiston — Yaponiya markazi (VI bosqich)” loyihasi doirasida soliq, kommunal va boshqa kelishilgan xarajatlarni qoplab berish tavsiya etilsin.

4. Ushbu qaror ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari J.A. Xodjayev zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV

Toshkent sh.,

2026-yil 2-iyun,

PQ-211-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 2-iyundagi PQ-211-son qarorigaILOVA

Oʻzbekiston-Yaponiya markazi faoliyatini yanada kengaytirish toʻgʻrisidagi amaliy tadbirlar rejasi (“yoʻl xaritasi”)

T/r Chora-tadbirlar nomi Amalga oshirish mexanizmi Bajarish muddatlari Masʼul ijrochilar I. Markaz faoliyatini rivojlantirish va kengaytirish 1. Markaz faoliyatini rivojlantirish va kengaytirishga qaratilgan 2026-2027-yillar uchun faoliyat rejasini Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) hamda Yaponiya fondini (JF) jalb qilgan holda ishlab chiqish. 1. Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) hamda Yaponiya fondi (JF) bilan muzokaralar oʻtkazish. 2026-yil iyun Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Oʻzbekiston-Yaponiya markazi 2. Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) va Yaponiya fondi (JF) takliflarini oʻrgangan holda, Markazning 2026-2027-yillarga moʻljallangan faoliyat rejasini tayyorlash. 2026-yil avgust 2. Kurslar va yangi yoʻnalishlar doirasini kengaytirish hisobidan oʻquv dasturlarini ishlab chiqish. 1. Oʻquv dasturini ishlab chiqish. 2. Malaka oshirish boʻyicha seminarlarni tashkil etish. 3. PMP, CAPM, PMI-RMP, CFA va boshqa xalqaro darajalardagi sertifikatlarni olish uchun oʻquv dasturlarini joriy etish. 2026-2027-yillar Oʻzbekiston-Yaponiya markazi 3. Oʻzbekiston-Yaponiya markazi bitiruvchilaridan samarali foydalanish, ular bilan hamkorlikda tadbirkorlik kurslari va loyihalarini yaratish va amalga oshirish. 1. Bitiruvchilar biznes-klubini tashkil etish. 2. Faol bitiruvchilar ishtirokida mahorat saboqlari va treninglar oʻtkazish. 3. Bitiruvchilar bilan hamkorlikda tadbirkorlik kurslari va loyihalarini yaratish va amalga oshirish. 2026-2027-yillar Oʻzbekiston-Yaponiya markazi 4. Korporativ seminarlar va mashgʻulotlar sonini oshirish. 1. Korporativ seminarlar oʻtkazish uchun mahalliy mutaxassislarni tayyorlash. 2. Korporativ mashgʻulot va seminarlar oʻtkazish. 2026-2027-yillar Oʻzbekiston-Yaponiya markazi 5. Markaz faoliyatini ommalashtirish. 1. Matbuotda chiqishlar, brifinglar va boshqa tadbirlar uchun kontent tayyorlash. 2. Media kompaniyalar, PR agentliklar va yetakchi nashriyotlar bilan hamkorlik oʻrnatish. 3. Tadbirlarni oʻtkazish. 2026-2027-yillar Oʻzbekiston-Yaponiya markazi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi 6. Qulay taʼlim imkoniyatlarini yaratish maqsadida yetakchi xalqaro onlayn taʼlim platformalarida (Coursera, Edx, Udemy) onlayn-kurslarni tashkil etish. 1. Yetakchi onlayn taʼlim platformalar bilan hamkorlik oʻrnatish. 2. Dasturlarni tayyorlash, multimedia materiallarini yaratish. 3. Oʻzbekiston-Yaponiya markazi mablagʻlari hisobidan markazning oʻz onlayn platformasini yaratish. 2026-2027-yillar Oʻzbekiston-Yaponiya markazi, Raqamli texnologiyalar vazirligi 7. Markazning Buxoro shahridagi filialini modernizatsiya qilish, faoliyatining samaradorligini oshirish va yangi yoʻnalishlarni tashkil qilish. 1. Buxoro filialining joriy faoliyatini baholash. 2. Filialni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlash. 3. Talab yuqori yoʻnalishlar boʻyicha yangi oʻquv kurslarini tashkil etish. 4. Marketing strategiyasini ishlab chiqish, resurslar va infratuzilmani kengaytirish. 2026-2027-yillar Oʻzbekiston-Yaponiya markazi, Buxoro viloyati hokimligi, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi 8. Markazning Fargʻona viloyati Qoʻqon shahridagi filialini tashkil qilish va faoliyatini yoʻlga qoʻyish rejasini bosqichma-bosqich ishlab chiqish. 1. Fargʻona viloyatidagi ehtiyojlarni oʻrganish. 2. Joylashuv va infratuzilmani aniqlash. 3. Oʻquv yoʻnalishlarini belgilash va faoliyatni yoʻlga qoʻyish rejasini bosqichma-bosqich ishlab chiqish. 2026-2027-yillar Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Fargʻona viloyati hokimligi, Oʻzbekiston-Yaponiya markazi II. Akademik hamkorlik va oliy taʼlim sohasidagi loyihalar 9. Yaponiya oliy taʼlim muassasalariga qabul qilish jarayonlari, moslashuv va akademik talablar boʻyicha tavsiyalar berish uchun oʻquv tadbirlarini tashkil qilish. 1. Yaponiya oliy taʼlim muassasalariga qabul qilish jarayonlari, moslashuv va akademik talablar boʻyicha tavsiyalarni ishlab chiqish. 2. Tadbirlarni tashkil etish. 2026-2027-yillar Oʻzbekiston-Yaponiya markazi 10. Oʻzbekiston-Yaponiya markazi bitiruvchilarining Yaponiyaga toʻqimachilik sohasida yapon tajribasini oʻrganishga qaratilgan oʻquv va amaliy tashrifini tashkillashtirish. 1. Yaponiyalik hamkorlar bilan ushbu tashrifni muvofiqlashtirish masalasini muhokama qilish. 2026-yil avgust Oʻzbekiston-Yaponiya markazi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Savdo-sanoat palatasi 2. Oʻzbekiston-Yaponiya markazi bitiruvchilari orasidan 10 nafar nomzodni tanlash. 2026-yil oktabr 3. Yaponiyada kompaniyalar bilan uchrashuvlar va tadbirkorlik tarmogʻi tadbirlariga tayyorgarlik koʻrish. 2026-yil oktabr 4. Viza uchun hujjatlarni topshirish. 2026-yil noyabr 5. Yaponiyaga tashrifni amalga oshirish. 2026-yil noyabr 6. Toʻqimachilik sohasida Oʻzbekiston va Yaponiya hamkorligini oshirish borasida ochiq seminar tashkil etish. 2026-yil noyabr 11. 2026-yilda Toshkent, Samarqand va Buxoro shaharlarida Yaponiya taʼlim koʻrgazmasini oʻtkazish. 1. Tashkilotchilar, Nagoya universiteti va Tsukuba universiteti bilan muzokaralar oʻtkazish. 2. Tadbir oʻtkaziladigan hududlarni belgilash. 3. Koʻrgazmani Yaponiya universitetlari va Oʻzbekistondagi ishtirokchilar oʻrtasida keng ommalashtirish. 4. Tadbir logistikasiga tayyorgarlik koʻrish va maktablarga tashriflarni rejalashtirish. 5. Tadbirni tashkil etish. 2026-yil davomida Oʻzbekiston-Yaponiya markazi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi III. Savdo-iqtisodiy va institutsional hamkorlik 12. Oʻzbekiston-Yaponiya markazi va Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi, JETRO, Yaponiya va Oʻzbekiston uyushmalari hamda biznes doiralari oʻrtasida hamkorlik oʻrnatish. 1. Memorandumlar va hamkorlik toʻgʻrisidagi kelishuvlarni imzolash. 2. Yaponiya biznes doiralari vakillarining Oʻzbekistonga va Oʻzbekiston biznes doiralari vakillarining Yaponiyaga safarlarini tashkil etishga koʻmaklashish. 2026-2027-yillar Oʻzbekiston-Yaponiya markazi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Savdo-sanoat palatasi 13. Oʻzbekiston tadbirkorlari va korxonalarining Yaponiyada boʻlib oʻtadigan koʻrgazmalarga tashrifini tashkil etish. 1. Tashrif dasturini ishlab chiqish. 2. Yetakchi kompaniyalar, Markaz bitiruvchilari orasidan tashrif ishtirokchilari roʻyxatini tuzish. 3. Hujjatlarni rasmiylashtirish, boshqa tashkiliy masalalarni hal qilish. 4. Tashrifni amalga oshirish. 2026-2027-yillar Oʻzbekiston-Yaponiya markazi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Savdo-sanoat palatasi 14. Oʻzbekiston korxonalari va tadbirkorlari vakillari uchun Yaponiyada oʻquv amaliyotini tashkil etish. 1. Amaliyot uchun nomzodlarni saralash. 2. Yetakchi kompaniyalar, Markaz bitiruvchilari orasidan tashrif ishtirokchilari roʻyxatini tuzish. 3. Hujjatlarni rasmiylashtirish, boshqa tashkiliy masalalarni hal qilish. 4. Biznes-safarni tashkil etish. 2026-2027-yillar Oʻzbekiston-Yaponiya markazi, Savdo-sanoat palatasi 15. Yaponiya va Oʻzbekiston oʻrtasidagi biznes hamkorlik boʻyicha har yillik “Uzbekistan-Japan Business Forum” tadbirini tashkil etish. 1. Biznes-forum dasturini tayyorlash, ishtirokchilarni jalb etish. 2. Tashkiliy masalalarni ishlab chiqish. 3. Forumni oʻtkazish. 2026-2027-yillar Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, Oʻzbekiston-Yaponiya markazi IV. Tadbirkorlik boʻyicha taʼlim dasturlari va amaliy tadbirlar 16. Professional Management Programme (PMP) taʼlim dasturini oʻzbek tilida kengaytirish. 1. Taʼlim dasturini ishlab chiqish. 2. Mahalliy va Yaponiya oʻqituvchilarining taqsimlanishi va budjetini rejalashtirish. 3. Oʻquv darslarini amalga oshirish. 2026-2027-yillar Oʻzbekiston-Yaponiya markazi, Savdo-sanoat palatasi 17. Keiei-juku dasturini Yaponiyaning yetakchi universitetlari bilan hamkorlikda seminarlar va ilgʻor taʼlim yechimlari asosida tadbirkorlarning bilimini oshirishga qaratilgan yangi dasturga transformatsiya qilish. 1. Transformatsiya uchun JICA, hamkorlar va masʼul idoralar bilan muhokama qilish. 2. Oʻquv dasturlarini ishlab chiqish. 3. Oʻquv darslarini amalga oshirish. 2026-2027-yillar Oʻzbekiston-Yaponiya markazi 18. Seminar series dasturi bitiruvchilarining Yaponiyaga tashrifini tashkil etish. 1. Safar dasturini ishlab chiqish. 2026-yil noyabr Oʻzbekiston-Yaponiya markazi, Savdo-sanoat palatasi 2. Tashkiliy masalalarni ishlab chiqish. 2027-yil may 3. Yaponiyaga tashrifni amalga oshirish. kelishilgan muddatlarda 19. Yaponiyaning yetakchi universiteti (biznes maktabi) bilan hamkorlikda “Executive Business Education” dasturini tashkil etish. 1. Hamkorlik oʻrnatish. 2. Dasturni ishlab chiqish. 3. Oʻquv dasturini tashkil qilish va amalga oshirish. 2026-2027-yillar Oʻzbekiston-Yaponiya markazi 20. Markaziy Osiyodagi yirik biznes taʼlim markazlari va institutlari bilan hamkorlik oʻrnatish. 1. Yirik biznes taʼlim markazlari va institutlar roʻyxatini shakllantirish. 2. Hamkorlik oʻrnatish choralarini koʻrish. 2026-2027-yillar Oʻzbekiston-Yaponiya markazi

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.