PF-123-son Farmon · 06.07.2026

Davlat auditi faoliyatida sunʼiy intellekt va raqamlashtirishni yanada rivojlantirishga oid chora-tadbirlar toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Farmon
  • Raqami:PF-123
  • Qabul qilingan sana:06.07.2026
  • Kuchga kirgan sana:06.07.2026
  • Holati:Amalda
  • Rasmiy nashr:QMMB 06/26/123/0692

Davlat auditi tizimiga sunʼiy intellekt texnologiyalarini qoʻllash orqali budjet mablagʻlaridan maqsadli foydalanish ustidan nazorat tizimini joriy etish, audit jarayoni shaffofligini taʼminlash, budjet tizimi budjetlaridagi risklarni barvaqt aniqlash va ularning oldini olish usullarini takomillashtirish, sohada malakali kadrlar tayyorlash maqsadida qaror qilaman:

I. Maqsadlar

1. Quyidagilar davlat auditi faoliyatini 2026 — 2030-yillarda raqamli transformatsiya qilish maqsadlari etib belgilansin:

(a) budjet tizimi budjetlaridagi xavflarni barvaqt aniqlash samaradorligini 50 foizgacha yetkazish;

(b) sunʼiy intellekt texnologiyalarini qoʻllash orqali budjet intizomi buzilishi holatini aniqlash samaradorligini 1,4 baravarga oshirish;

(v) davlat organlari va tashkilotlari axborot tizimlarini integratsiya qilish hisobiga sunʼiy intellektga asoslangan xavf (risk) tahlili mexanizmlarini 30 taga yetkazish hamda 50 ta servis va modullarni yaratish;

(g) davlat auditi va moliyaviy nazorati organlari xodimlarining sunʼiy intellekt, raqamlashtirish hamda axborot texnologiyalari sohasidagi bilimlarini yanada oshirish.

II. Davlat auditi va Hisob palatasi faoliyatini takomillashtirish

2. Belgilansinki, 2027-yildan boshlab Hisob palatasining davlat tashqi auditi faoliyatida quyidagilar joriy etiladi:

(a) davlat organlari va tashkilotlarida joriy etilayotgan sunʼiy intellekt texnologiyalaridan foydalanish samaradorligini baholash boʻyicha sunʼiy intellekt tizimlarini qoʻllash auditi;

(b) Hisob palatasining soʻroviga koʻra taqdim etilgan maʼlumotlar (hujjatlar), raqamli texnologiyalar, elektron hujjat almashinuvi hamda axborot tizimlariga masofaviy kirish orqali oʻtkaziladigan masofaviy tashqi audit;

(v) xavf (risk) tahlillariga tayangan holda davlat organlari va tashkilotlarida moliyaviy, muvofiqlik hamda samaradorlik auditi yoʻnalishlarida axborot texnologiyalari auditini oʻtkazish.

Bunda mazkur kichik bandda nazarda tutilgan audit natijalari boʻyicha hisobotlar tuziladi.

3. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:

(a) Hisob palatasi davlat organlari va tashkilotlarida moliyaviy, muvofiqlik hamda samaradorlik auditi yoʻnalishlarida axborot texnologiyalari auditini oʻtkazishga masʼul vakolatli organ etib belgilanadi;

(b) 2028-yil 1-sentabrdan boshlab muvofiqlik auditini sunʼiy intellekt texnologiyalarini qoʻllagan holda amalga oshirish joriy etiladi.

III. Audit jarayonlarini raqamlashtirish va sunʼiy intellekt texnologiyalarini joriy qilish

4. Hisob palatasi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda davlat auditida sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalarni qoʻllash orqali budjet mablagʻlaridan maqsadli foydalanish va xarajatlar qonuniyligini taʼminlash, risklarni barvaqt aniqlash hamda ularning oldini olishga qaratilgan axborot tizimlari hamda modullari 1-ilovaga muvofiq joriy etilishini taʼminlasin.

5. Iqtisodiyot va moliya vazirligi 2026-yil 1-sentabrdan boshlab davlat tashqi va ichki qarzi, davlat-xususiy sheriklik hamda investitsiya shartnomasi asosida yuzaga keladigan majburiyatlari (davlatning fiskal tavakkalchiliklari va shartli majburiyatlari) hisobini yuritish va ular boʻyicha fiskal xatarlarni baholash tartibini joriy qilsin hamda har chorak yakuni boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga tegishli hisobotlarni kiritib borsin.

6. Belgilansinki, 2027-yil 1-iyulga qadar:

(a) “Masofaviy audit” AATda yuqori xavfli faoliyat yoʻnalishlarini aks ettiruvchi “Davlat organlarining xavf profili” moduli joriy etiladi va unda davlat organlari va tashkilotlarining budjet intizomi reytingi yuritiladi. Bunda:

(i) reyting natijalari har yili 1-martga qadar keng jamoatchilik uchun ommaviy axborot vositalari va Hisob palatasining rasmiy veb-saytida eʼlon qilib boriladi;

(ii) reytingi “qizil” deb baholangan tashkilotlarni tanlov asosida Hisob palatasi nazorat ishlarining yillik dasturiga kiritish amaliyoti yoʻlga qoʻyiladi;

(b) davlat rivojlantirish dasturlari doirasida:

(i) obyektning qurilish ishlari boshlanib, oʻz vaqtida tugallanmagan yoki toʻxtab qolganligi sabablari va muammolari tahlil qilinadi;

(ii) qurilishi yakunlanib, foydalanishga topshirilgan obyektlar samaradorligini baholash tizimi yoʻlga qoʻyiladi.

7. Belgilansinki, davlat moliyaviy nazorati organlari va ichki audit xizmatlari tomonidan nazorat tadbiri, shu jumladan, audit tadbiri yakuni boʻyicha aniqlangan tizimli muammolar va ularning sabablarini bartaraf etish maqsadida 2027-yil 1-yanvardan boshlab Davlat moliyaviy nazorati organlari va ichki audit xizmatlari faoliyatini takomillashtirish boʻyicha muvofiqlashtiruvchi kengashda normativ-huquqiy hujjatlarni takomillashtirish yuzasidan takliflarni koʻrib chiqish Hisob palatasining “Davlat auditi” dasturiy kompleksi orqali 2-ilovaga muvofiq amalga oshiriladi.

8. Quyidagilar:

(a) Hisob palatasi faoliyatida sunʼiy intellekt texnologiyalarini joriy etish va foydalanish siyosatining asosiy yoʻnalishlari 3-ilovaga muvofiq;

(b) Davlat auditi faoliyatida sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalarni rivojlantirish boʻyicha “yoʻl xaritasi” 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

IV. Soha mutaxassislari salohiyatini oshirish

9. Sohada malakali kadrlar tayyorlash maqsadida:

(a) Hisob palatasi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2027-yil yakuniga qadar davlat auditi sohasidagi kamida 10 nafar mutaxassislarning Xalqaro axborot tizimlari auditi va nazorati uyushmasining (ISACA) “Sunʼiy intellekt auditi”, “Axborot texnologiyalari auditi”, “Kiberxavfsizlik auditi” kabi yoʻnalishlarda xalqaro tan olingan sertifikatlarini olishini taʼminlasin;

(b) Hisob palatasi:

(i) 2027-yil 1-yanvardan boshlab Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan birgalikda davlat auditi va moliyaviy nazorati faoliyatini amalga oshiruvchi mutaxassislar uchun elektron oʻquv kurslarini joriy etsin;

(ii) 2027-yil 1-iyulga qadar Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan birgalikda davlat auditi va moliyaviy nazorati boʻyicha amaldagi elektron kutubxona va taʼlim platformasini takomillashtirib, oʻquv materiallari, keyslar va metodik tavsiyalar bankini yaratsin;

(iii) Raqamli texnologiyalar vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi hamda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda har yili “Audit jarayonlarida sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalarni qoʻllashda innovatsion gʻoyalar” mavzusida mahalliy yoki xalqaro konferensiyalar tashkil etib borsin;

(v) Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi:

(i) 2026-yil 1-noyabrga qadar audit jarayoniga sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalarni keng joriy etish boʻyicha oʻquv dasturlarini ishlab chiqib, ularni Hisob palatasi hamda Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan kelishgan holda tasdiqlasin;

(ii) 2027-yil 1-yanvardan boshlab davlat auditi va moliyaviy nazorati organlari rahbarlarining buyurtmalari asosida ularning mutaxassislarini Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining Davlat auditi oliy maktabi bazasida sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalar ishonchliligi, xavfsizligi hamda samaradorligini baholash mavzusida doimiy ravishda oʻqitish, malaka oshirish va qayta tayyorlash tizimini yoʻlga qoʻysin.

V. Farmon ijrosini tashkil qilish, taʼminlash va nazorat

10. Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi va Hisob palatasi bilan birgalikda 2027-yil yakuniga qadar davlat xaridlarida shartnomalarni tuzish jarayonini sunʼiy intellekt texnologiyalaridan foydalangan holda takomillashtirish chorasini koʻrsin.

11. Hisob palatasi:

(a) 2026-yil 1-avgustga qadar 2026 — 2030-yillarga moʻljallangan davlat auditi faoliyatida sunʼiy intellekt texnologiyalarini tatbiq etish va rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlasin;

(b) 2026-yil 1-dekabrga qadar sunʼiy intellekt modellarini oʻqitish orqali xavf (risk) tahlili mexanizmini ishlab chiqish, aprobatsiyadan oʻtkazish, audit natijasi boʻyicha tahliliy, asoslangan qaror qabul qilishda koʻmaklashish, murakkab jarayonlar prognozi boʻyicha ishlanmalarni yaratish uchun Sunʼiy intellekt laboratoriyasini tashkil etsin.

12. Raqamli texnologiyalar vazirligi Hisob palatasining soʻroviga muvofiq sunʼiy intellekt va katta hajmdagi maʼlumotlar (Big Data) texnologiyalarini joriy etishda metodik va texnologik koʻmak koʻrsatsin hamda sunʼiy intellekt texnologiyalari uchun grafik ishlov berish bloklari (GPU klaster)ni belgilangan tartibda ajratsin.

13. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim hujjatlariga 5-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.

14. Hisob palatasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Adliya vazirligi bilan birgalikda uch oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.

15. Hisob palatasi raisining birinchi oʻrinbosari M.R. Abdullayev Hisob palatasida sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalarni joriy etish va rivojlantirishga hamda mazkur Farmon ijrosini samarali tashkil etishga masʼul va shaxsan javobgar etib belgilansin.

16. Farmon ijrosini nazorat qilish va ijro uchun masʼul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari S.Sh. Mirziyoyeva zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV

Toshkent sh.,

2026-yil 6-iyul,

PF-123-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 6-iyuldagi PF-123-son Farmoniga1-ILOVA

Davlat auditi faoliyati doirasida sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalar asosida joriy etiladigan axborot tizimlari hamda modullari

Tizim nomiTizim faoliyati uchun masʼul tashkilotTizimda yaratiladigan imkoniyatlar Ishga tushirish muddati“NP-AI audit assistant” platformasiHisob palatasiAudit obyektlari kesimida maʼlumotlarni yigʻish, saqlash, qayta ishlash, uzatish va intellektual tarzda tahlil qilish;2026-yil avgustaudit natijalari asosida prognozlash (prediktiv) tahlillarni amalga oshirish hamda kelgusi audit yoʻnalishlarini belgilash;audit natijalari boʻyicha tezkor va asosli qaror qabul qilishga koʻmaklashish.2027-yil dekabrSunʼiy intellekt konstruktori (AI-constructor) moduliHisob palatasi“Masofaviy audit” AATda risklarni baholash, anomaliyalarni aniqlash va prognozlash;davlat auditi jarayoni uchun maxsus SI-agentlar, intellektual yordamchi va tahliliy modellarni konstruktor usulida yaratish;davlat xaridlari, budjet mablagʻlari va ijtimoiy toʻlovlarga oid katta hajmli maʼlumotlarni tahlil qilish uchun no-code va low-code instrumentlarini joriy qilish.2026-yil dekabr“Normativ-huquqiy hujjatlarni takomillashtirish” moduliHisob palatasinormativ-huquqiy hujjatlardagi ziddiyatlarni bartaraf etish, ularni takomillashtirish, eskirgan hamda oʻz ahamiyatini yoʻqotgan normativ-huquqiy hujjatlarga oʻzgartirish kiritish boʻyicha Davlat moliyaviy nazorati organlari va ichki audit xizmatlari faoliyatini takomillashtirish boʻyicha muvofiqlashtiruvchi kengash (keyingi oʻrinlarda — Muvofiqlashtiruvchi kengash) takliflar kiritish;mazkur takliflarni koʻrib chiqish natijalari yuzasidan Muvofiqlashtiruvchi kengashning topshiriqlarini tegishli vazirlik va idoralarga yuborish va ijrosini nazorat qilish;budjet intizomini mustahkamlash boʻyicha fuqarolarning takliflarini qabul qilish va Muvofiqlashtiruvchi kengashga koʻrib chiqish uchun kiritish.2027-yil iyul“Avtomatik hisobot tekshiruvchi” (AI-based Reporting validator) axborot tizimiIqtisodiyot va moliya vazirligiBarcha budjet ijrosi hisobotlarini yagona elektron bazaga jamlash, hisobot va maʼlumotlarni tozalash, standartlashtirish va avtomatik yuklash;budjet ijrosi hisobotlarini avtomatik ravishda koʻrib chiqish;arifmetik, mantiqiy va tuzilmaviy xatoliklarni aniqlash, hisobotlar oʻrtasidagi ziddiyatlarni topish.2026-yil dekabr“Elektron vakil” moduliHisob palatasiDavlat organlari va tashkilotlarining maqsadli indikatorlari, davlat tashqi qarzi va grantlari boʻyicha loyihalari, qoʻshimcha daromad va budjetdan tashqari jamgʻarmalari, rivojlantirish dasturlari monitoringi va tahlilini oʻtkazish;situatsion markazlar faoliyati samaradorlik koʻrsatkichlari nazoratini olib borish;“Masofaviy audit” AATda davlat organlari va tashkilotlarida Hisob palatasining vakili sifatida bosh inspektorlar faoliyati hisobotlarini yuritish.2026-yil dekabr“Davlat xarajatlari skoringi”axborot tizimiGʻaznachilik xizmati qoʻmitasiBudjet tizimi budjetlari mablagʻlaridan moliyalashtiriladigan xarajatlarning samaradorligi, maqsadliligi va tavakkalchilik darajasini baholash;davlat tashkilotlari, loyihalar va xarajatlar boʻyicha xavf darajasini (past, oʻrta, yuqori) avtomatik aniqlash va reyting shakllantirish;sunʼiy intellekt va tahliliy algoritmlar orqali budjet intizomi buzilishi, ortiqcha xarajatlar hamda xavfli operatsiyalarni avtomatik belgilash;Davlat budjeti mablagʻlarining sarflanishi, xavf indeksi, aniqlangan kamchiliklar va tahlil natijalarini interaktiv dashbordlar orqali kuzatib borish.2027-yil yanvar“Auditni boshqarish” axborot tizimiHisob palatasiXalqaro standartlar talablariga muvofiq ravishda audit faoliyatini tashkil etish, auditorlarga metodologik yordam koʻrsatish va sifat nazorati tizimini mustahkamlash;auditning har bir bosqichida maʼlumotlar shaffofligi va aniqligini taʼminlash, yagona standartlashgan hujjatlarni yuritish tizimini joriy etish;nazorat tadbirlari hujjatlarining elektron toʻplamini shakllantirish va arxivlash, audit jarayonlarini boshqarish va natijalarini monitoring qilish.2027-yil iyun“Davlat aktivlarini boshqarish tizimini nazorat qilish” moduliHisob palatasi“Masofaviy audit” AATda davlat korxonalari va uning tizim tashkilotlari hisobini olib borish va ularning samaradorligini baholash;“Masofaviy audit” AATda davlat korxonalari hisobi, ularning koʻchar va koʻchmas mol-mulklari, ishchi xodimlar dinamikasi va moliyaviy holati monitoringini olib borish;“Masofaviy audit” AATda davlat mulkini, shu jumladan, davlat ishtirokidagi korxonalar mol-mulkini xususiylashtirish (ulushlarni sotish) bosqichini hamda xususiylashtirish yakunlangandan keyin post-monitoring qilish.2027-yil iyun

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 6-iyuldagi PF-123-son Farmoniga2-ILOVA

Davlat moliyaviy nazorati organlari va ichki audit xizmatlari faoliyatini takomillashtirish boʻyicha muvofiqlashtiruvchi kengashda normativ-huquqiy hujjatlarni takomillashtirish yuzasidan takliflarni koʻrib chiqish

BosqichlarSubyektlarTadbirlarMuddatlar1-bosqichDavlat moliyaviy nazorati organlari va ichki audit xizmatlariNazorat tadbiri, shu jumladan, audit tadbiri yakuni boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlardagi ziddiyatlarni bartaraf etish, ularni takomillashtirish, eskirgan va oʻz ahamiyatini yoʻqotgan normativ-huquqiy hujjatlarga oʻzgartirish kiritish bilan bogʻliq boʻlgan tizimli muammo va ularning yechimi yuzasidan takliflar tayyorlash va har bir band boʻyicha tegishli masʼullarni belgilashOʻn besh kun muddatda2-bosqichMasʼul vazirlik va idoralarTakliflar asosida tegishli normativ-huquqiy hujjat loyihasini tayyorlash hamda davlat moliyaviy nazorati organlari va ichki audit xizmatlari orqali uni koʻrib chiqish uchun “Davlat auditi” dasturiy kompleksidan foydalangan holda Davlat moliyaviy nazorati organlari va ichki audit xizmatlari faoliyatini takomillashtirish boʻyicha muvofiqlashtiruvchi kengashga kiritishOʻn kun muddatda3-bosqichMuvofiqlashtiruvchi kengashKoʻrib chiqish natijasiga koʻra takliflar maʼqullangan taqdirda, uni oʻrganish, takomillashtirish hamda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishish uchun masʼul vazirlik yoki idoraga* yuborish.Bunda maʼqullanmagan takliflarni qayta ishlash uchun masʼul vazirlik va idoralarga qaytarishOʻn kun muddatda4-bosqichMasʼul vazirlik yoki idoraNormativ-huquqiy hujjat loyihasini koʻrib chiqish hamda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishish uchun Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish va kelishishning yagona elektron tizimiga joylashtirishBir oy muddatda5-bosqichMasʼul vazirlik yoki idoraNormativ-huquqiy hujjat loyihasi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishilgandan soʻng uning xususiyatidan kelib chiqib, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasiga yuborish.Idoraviy normativ-huquqiy hujjat koʻrinishidagi loyihani davlat roʻyxatidan oʻtkazishBelgilangan tartib va muddatda

* Aniqlangan tizimli muammolar va ularning sabablarini bartaraf etish yuzasidan normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish uchun masʼul vazirlik yoki idora Muvofiqlashtiruvchi kengash bayoni bilan belgilanadi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 6-iyuldagi PF-123-son Farmoniga3-ILOVA

Hisob palatasi faoliyatida sunʼiy intellekt texnologiyalarini joriy etish va foydalanish siyosatining

1. Sunʼiy intellekt texnologiyalaridan qonuniy, xavfsiz, shaffof va etika qoidalari asosida foydalanishni taʼminlash.

2. Sunʼiy intellekt tizimlarini qoʻllash jarayonida davlat sirini yoki qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa sirlarni himoya qilish.

3. Sunʼiy intellekt texnologiyalaridan foydalanishga oid xavflarni baholash va ularni minimallashtirish.

4. Sunʼiy intellektdan foydalanishda xodimlarning roli, masʼuliyati va shaxsiy javobgarligini belgilash.

5. Sunʼiy intellektdan foydalanishda yuzaga kelgan hodisalarning oldini olish, aniqlash va bartaraf etish, ularning oqibatlarini tugatish boʻyicha tashkiliy-texnik choralarni koʻrish.

6. Sunʼiy intellekt texnologiyalari asosida audit, monitoring va tahlil jarayonlarini avtomatlashtirish.

7. Katta hajmli maʼlumotlarni (Big Data) yigʻish, qayta ishlash va intellektual tahlil qilish orqali xavflar, anomaliyalar va qonunbuzilish holatlari, shubhali moliyaviy operatsiyalarni erta aniqlash mexanizmlarini joriy etish.

8. Sunʼiy intellekt texnologiyalaridan foydalanish jarayonlarida qarorlarning shaffofligini taʼminlash.

9. Axborot tizimlari va sunʼiy intellekt infratuzilmasida kiberxavfsizlikni taʼminlash, kibertahdidlar va kiber hujumlarga qarshi himoya choralarini kuchaytirish.

10. Sunʼiy intellekt texnologiyalarini samarali qoʻllash boʻyicha xodimlarning raqamli koʻnikmalari va malakasini oshirish.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 6-iyuldagi PF-123-son Farmoniga4-ILOVA

Davlat auditi faoliyatida sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalarni rivojlantirish boʻyicha

T/rChora-tadbirlar nomiAmalga oshirish mexanizmiIjro muddatiMasʼul ijrochilarI. Tashkiliy, huquqiy va institutsional asoslarni shakllantirish1.Davlat auditi faoliyatini raqamlashtirish jarayonini takomillashtirish boʻyicha instrumentlarni yaratish.Quyidagilar yuzasidan chora-tadbirlarni belgilash:xavf (risk) tahlili mexanizmlarini 30 taga yetkazish;50 ta servis va modullarni yaratish.Bunda ushbu chora-tadbirlar bilan bogʻliq xarajatlar Hisob palatasiga Davlat budjetidan ajratiladigan mablagʻlar hamda Raqamli texnologiyalarni rivojlantirish jamgʻarmasi hisobidan amalga oshiriladi.2030-yil dekabrHisob palatasi,Raqamli texnologiyalar vazirligi,Iqtisodiyot va moliya vazirligi2.“Sunʼiy intellekt laboratoriyasi” moddiy-texnika bazasini mustahkamlash.1. “Sunʼiy intellekt laboratoriyasi” faoliyatini yoʻlga qoʻyish.Bunda:2026-yil dekabrHisob palatasi,Iqtisodiyot va moliya vazirligi,Bojxona qoʻmitasi,Raqamli texnologiyalar vazirligi,manfaatdor vazirlik va idoralarlaboratoriyaga zarur grafik protsessorli DGX klasterini xorijiy ishlab chiquvchi tashkilot yoki uning rasmiy yetkazib beruvchilardan Davlat budjeti mablagʻlari asosida xarid qilish hamda boshqa zaruriy texnik qurilmalarni qonunchilikda belgilangan tartibda Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan xarid qilish;Uch oy muddatdalaboratoriyada qoʻllash uchun zarur boʻlgan sunʼiy intellekt modellarini xorijiy ishlab chiquvchi tashkilot yoki uning rasmiy yetkazib beruvchilaridan Davlat budjeti mablagʻlari asosida xarid qilish choralarini koʻrish.Bir oy muddatda2. Hisob palatasining soʻroviga muvofiq sunʼiy intellekt va “Big Data” texnologiyalarini joriy etishda metodik va texnologik koʻmak koʻrsatish, sunʼiy intellekt texnologiyalari uchun GPU klasterini belgilangan tartibda ajratish.2026-yil 1-avgustRaqamli texnologiyalar vazirligi3.Davlat organlari va tashkilotlarida Hisob palatasining vakili sifatida faoliyat yuritayotgan bosh inspektorlar faoliyatini raqamlashtirish.Bosh inspektorlar faoliyati ustidan masofaviy nazorat va tizimli tahlilni amalga oshirish maqsadida “Elektron vakil” modulini joriy etish.2026-yil dekabrHisob palatasi,Raqamli texnologiyalar vazirligi,manfaatdor vazirlik va idoralar4.Davlat organlarining xavf profili moduli faoliyatini yoʻlga qoʻyish.1. “Masofaviy audit” AATda “Davlat organlarining xavf profili” modulini joriy etish. Bunda nazorat tadbirlari natijalari, masofaviy nazorat va sunʼiy intellekt texnologiyalari asosida xavflarni baholash orqali yuqori xavfli faoliyat yoʻnalishlari, tizimlar, dasturlar, loyihalar hamda operatsiyalarni oʻzida mujassam etuvchi dasturiy taʼminot yaratishni nazarda tutish.2027-yil iyunHisob palatasi,Raqamli texnologiyalar vazirligi,manfaatdor vazirlik va idoralar2. Davlat organlari va tashkilotlarining budjet intizomi reytingini yuritishni nazarda tutuvchi idoraviy normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish.Bunda quyidagilarni nazarda tutish:100 balli tizimda baholangan holda “yashil”, “sariq” va “qizil” toifalarga ajratish;har yili oldingi yilning 1-yanvaridan baholanish oʻtkazilayotgan yilning 1-yanvariga qadar boʻlgan davrni reyting baholash tizimi bilan qamrab olish;reyting baholashni mustaqil amalga oshiruvchi ekspertlar guruhini shakllantirish;reyting yakunida “yashil” toifadagi tashkilotlar tajribasini ommalashtirish, “sariq” toifadagi tashkilotlarga faoliyatini yanada yaxshilash boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqish, “qizil” toifadagi tashkilotlarda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, faoliyatini yaxshilashga oid chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqib, ijrosini har chorakda tashkilotlar rahbarlari ishtirokida Vazirlar Mahkamasi Rayosatida muhokama qilish.2027-yil martHisob palatasi,Iqtisodiyot va moliya vazirligi,Soliq qoʻmitasi,manfaatdor vazirlik va idoralar5.2026 — 2030-yillarga moʻljallangan davlat auditi faoliyatida sunʼiy intellekt texnologiyalarini tatbiq etish va rivojlantirish konsepsiyasini tayyorlash.1. Quyidagi bosqichlarni oʻz ichiga olgan Konsepsiyani tasdiqlash:tashkiliy, huquqiy va institutsional asoslarni shakllantirish;raqamli integratsiya va intellektual audit tizimlarini joriy etish;intellektual davlat auditi ekotizimini shakllantirish.2026-yil 1-avgustHisob palatasi,Iqtisodiyot va moliya vazirligi,Raqamli texnologiyalar vazirligi2. Hisob palatasi tomonidan Konsepsiyani amalga oshirish boʻyicha Ishchi komissiya tarkibini tasdiqlash va uning vazifalarini belgilash.Hisob palatasi3. Konsepsiyani amalga oshirish boʻyicha Ishchi komissiya aʼzolari hamda Hisob palatasining zamonaviy axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini joriy qilish va rivojlantirishga masʼul boʻlgan tuzilma xodimlariga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 19-fevraldagi “Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5349-son Farmoni doirasida oylik ustamalar toʻlab borish.Ushbu toʻlovlarni 2026-yilda Hisob palatasiga ajratilgan Davlat budjeti mablagʻlari va uning budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan amalga oshirish.2026-yil iyuldan boshlabIqtisodiyot va moliya vazirligi,Hisob palatasi2027-yildan boshlab zarur mablagʻlarni Hisob palatasining asoslangan hisob-kitobiga koʻra Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutish.Doimiy6.Hisob palatasi faoliyatida, shu jumladan, davlat auditi sohasida sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalardan foydalanish siyosati, etika qoidalari hamda ichki standartlarni ishlab chiqish.1. Hisob palatasida “Big Data” va sunʼiy intellektdan keng foydalanish tartibini ishlab chiqish va yoʻnalishlarini belgilash.2026-yil iyulHisob palatasi,Raqamli texnologiyalar vazirligi2. Sunʼiy intellektdan foydalanish yoʻnalishlari va uni qoʻllash boʻyicha xalqaro tajribalarni oʻrganib, tegishli ichki idoraviy hujjatlar qabul qilish.2026-yil oktabr3. Sunʼiy intellekt texnologiyalaridan foydalanish siyosatini ishlab chiqish.Bunda sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalardan foydalanishda axborot xavfsizligi, davlat sirlari va shaxsiy maʼlumotlarni muhofaza qilish boʻyicha talablarni belgilash.2026-yil dekabr7.Gʻaznachilik xizmati faoliyatini raqamlashtirishga alohida eʼtibor bergan holda takomillashtirish.Gʻaznachilik xizmati faoliyatini raqamlashtirish hamda uning yangi funksiya va vazifalari doirasida Budjet kodeksi va boshqa qonunchilik hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritish.2027-yil 1-iyunIqtisodiyot va moliya vazirligi,Hisob palatasi8.Sunʼiy intellekt va raqamli innovatsiyalarni joriy qilish shoʻbasini tashkil etish.Shoʻba faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash. Bunda quyidagilarni shoʻbaning asosiy vazifalari etib belgilash:axborot texnologiyalari auditini oʻtkazish;Hisob palatasi faoliyatiga sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalarni joriy etish ishlarini muvofiqlashtirish.2026-yil iyulHisob palatasi9.“NP-AI Audit Assistant” platformasini takomillashtirish.1. Hisob palatasi faoliyatida, shu jumladan, audit jarayonida foydalanilayotgan axborot tizimlari, maʼlumotlar bazalari va raqamli resurslarni toʻliq xatlovdan oʻtkazish.2026-yil avgustHisob palatasi,Raqamli texnologiyalar vazirligi,“Unicon-soft” MCHJ2. Hisob palatasi faoliyatida, shu jumladan, davlat auditi sohasida maʼlumotlar almashinuvining yagona arxitekturasini ishlab chiqish.2026-yil oktabr3. “NP-AI Audit Assistant” platformasini “Davlat auditi” dasturiy kompleksi va “Masofaviy audit” AAT maʼlumotlar bazalari bilan integratsiya qilish.2026-yil sentabr4. Matnli maʼlumotlarni NLP modellari orqali embedding (vektor koʻrinishga) transformatsiya qilish va ularni semantik qidiruvni taʼminlovchi “Vector Database”da saqlashni joriy etish.5. “NP-AI Audit Assistant” sunʼiy intellekt platformasida pilot tariqasida quyidagi modullarni boshlangʻich joriy etish:2027-yil maynazorat tadbirlari natijalariga asoslangan holda davlat organlari hamda tashkilotlar faoliyatida, hududlar boʻyicha moliyaviy nazorat sohalarida xulosa, tavsiya va prognozlashtirish imkoniyatini yaratish;2027-yil mayxalqaro va milliy audit standartlariga asoslangan holda foydalanuvchilarga javob va tavsiyalar berish orqali tezkor qaror qabul qilish imkonini yaratish;2026-yil dekabranʼanaviy SQL asosidagi maʼlumotlar bazalari, semantik vektor qidiruv texnologiyalari va katta til modellarini (LLM) oʻzaro integratsiya qilish orqali kompleks intellektual tahlil tizimini yaratish.2027-yil dekabr6. Tabiiy tilda savol qabul qilib, javob berish funksiyasini ishga tushirish hamda foydalanuvchilar uchun interaktiv panellar, diagrammalar va reytinglar yaratish.Har bir modul yakuni boʻyicha oʻn kun muddatda10.Hisob palatasida raqamlashtirish jarayonlarini jadallashtirishga koʻmaklashuvchi guruh tashkil etish.1. Davlat moliyaviy nazorati organlari va ichki audit xizmatlarining idoralararo masofaviy nazorat markazi tarkibida Tahliliy modellashtirish va avtomatlashtirish guruhini tuzish.2. Guruh faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash. Bunda:guruhning asosiy vazifalari etib quyidagilarni belgilash:davlat organlari va tashkilotlarining axborot tizimlari, maʼlumotlar bazalarini doimiy oʻrganish, ularning imkoniyatlari, maʼlumotlar tarkibi va sifatini tahlil qilish;“Takliflarni boshqarish” moduli orqali kelib tushgan taklif va tashabbuslarni baholash, ularni muhokamadan oʻtkazish orqali qabul qilingan qarorlar ijrosini monitoring qilish;Markaz amalga oshirayotgan tahlillarni avtomatlashtirish uchun zarur boʻlgan tahliliy modellar, ishlash qoidalari, algoritmlar, texnik topshiriqlar va funksional talablarni ishlab chiqish;xavf (risk) tahlili mexanizmlarini joriy etishda maʼlumotlar yetishmasligi holatlarini aniqlagan holda zarur maʼlumotlarni shakllantirish, ularni yigʻish boʻyicha texnik yoʻriqnomalar, maʼlumotlar modellari hamda metodik tavsiyalar tayyorlash;tahliliy jarayonlarni formallashtirish, biznes-jarayonlar, tahlil ssenariylari va xavf (risk)larni aniqlash mexanizmlarini diagramma, sxema va modellar koʻrinishida rasmiylashtirish;xavf (risk) indikatorlari va tahliliy qoidalar reyestrini shakllantirish, yuritish, ularning dolzarbligini taʼminlash, takomillashtirish boʻyicha berilgan takliflarni amaliyotga joriy etish;tahlilchilar, auditorlar va dasturchilar oʻrtasida yagona hamkorlik mexanizmini shakllantirish, biznes-jarayon talablarini texnik talablarga transformatsiya qilish va loyihalar ijrosini muvofiqlashtirish.2026-yil iyulHisob palatasi11.Hisob palatasining nazorat ishlari yillik dasturini shakllantirishda fuqarolarning ishtirokini taʼminlash.Hisob palatasining nazorat ishlari yillik dasturini shakllantirishda sinov tariqasida uning sayti orqali fuqarolarning taklif va tashabbuslari asosida har chorakda bitta eng koʻp ovoz toʻplagan mavzuda tarmoq yoki hududda audit oʻtkazilishini inobatga olish tartibini nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalarni Hisob palatasining amaldagi ichki idoraviy hujjatiga kiritish.2026-yil dekabrHisob palatasi12.“Shaffof qurilish” milliy axborot tizimida ayrim qurilish obyektlarining samaradorligini baholash.1. “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimida budjet, davlat maqsadli jamgʻarmalari, budjetga tenglashtirilgan mablagʻlar hamda davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq boʻlgan korxonalar mablagʻlari hisobidan qurilib, foydalanishga topshirilgan va qurilishi tugallanmagan obyektlarni hisobga olish, xatlovini yuritish, monitoring qilish va tahlil qilish imkonini beruvchi modul ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish. Bunda:qurilishi tugallanmagan obyektlar va qurilib, foydalanishga topshirilgan obyektlar samaradorligi baholash;bazaviy hisoblash miqdorining 60 ming baravaridan yuqori qiymatdagi obyektlarni Hisob palatasi tomonidan, ushbu qiymatdan past boʻlgan obyektlarni esa, Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi, Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi, Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi tomonidan baholash;kadastr, kommunal xizmatlar va sohaviy tashkilotlarning axborot tizimlari bilan integratsiya qilish orqali obyektning foydalanilayotganligi, quvvatdan foydalanish darajasi va boʻsh turgan obyektlarni avtomatik aniqlash tizimini yoʻlga qoʻyish;nazoratni faqat qurilish davri bilan cheklamasdan, loyihalashtirishdan tortib foydalanishga topshirilgandan keyingi 3 yillik ekspluatatsiya davrini ham qamrab olish.2027-yil iyulHisob palatasi,Iqtisodiyot va moliya vazirligi,Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi,Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi,Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi,manfaatdor vazirlik va idoralar2. “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimida har bir obyekt uchun yagona elektron pasport shakllantirish, unda yer ajratishdan boshlab ekspluatatsiyaga qabul qilishgacha boʻlgan barcha maʼlumotlarni yaratish. Bunda yer ajratish boʻyicha maʼlumotlar — Raqamli texnologiyalar vazirligi, ekspluatatsiya davridagi maʼlumotlar — Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan integratsiya orqali taqdim etiladi.2027-yil yanvarQurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi,Hisob palatasi,manfaatdor vazirlik va idoralarII. Raqamli integratsiya va intellektual audit tizimlarini joriy etish bosqichi13.“NP-AI Audit Assistant” platformasida amalga oshiriladigan tahlillar hamda prognozlashtirish yoʻnalishlarini yaratish.“NP-AI Audit Assistant” platformasida: budjet xarajatlari, pensiya jamgʻarmasi hamda subsidiya yoʻnalishlarida tahlil va prognozlarni amalga oshirish;2027-yil aprelHisob palatasi,Iqtisodiyot va moliya vazirligidavlat xaridlari hamda qurilish yoʻnalishi boʻyicha tahlil va prognozlarni amalga oshirish. Jumladan:budjet tushumlarini avtomatik kuzatib borish;hududlarning qoʻshimcha imkoniyatlariga baho berish;xavf yuqori boʻlgan sohalar, tarmoqlar va subyektlarni aniqlash;masʼullarga avtomatik signal berish;budjet daromadlari, mahalliy budjetni prognozlashtirish hamda imtiyoz yoʻnalishlarida tahlilni amalga oshirish.2027-yil davomidaHisob palatasi,Iqtisodiyot va moliya vazirligi,Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligiBunda vazirlik va idoralar hamda hududlarning salohiyatidan kelib chiqib daromad, xarajat, kamchilik va xavflarni prognoz qilish modellarini joriy etish;2027-yil dekabrHisob palatasi,Iqtisodiyot va moliya vazirligi,Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari,Soliq qoʻmitasitashqi qarz yoʻnalishlari boʻyicha tahlil va prognozlarni amalga oshirish;2028-yil mayHisob palatasi,Iqtisodiyot va moliya vazirligiHisob palatasi,davlat ulushi mavjud tijorat banklaribank sohasi boʻyicha tahlil va prognozlarni amalga oshirish;2027-yil dekabrsunʼiy intellekt modellarini LoRA (Low-Rank Adaptation) texnologiyasi asosida qayta oʻqitish natijasida model javoblarining aniqligi, barqarorligi va mazmunan toʻliqligini taʼminlash.2028-yil iyunHisob palatasi,Raqamli texnologiyalar vazirligiDavlat organlari va tashkilotlari, shu jumladan, ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq boʻlgan tashkilotlarda AI-constructor moduli imkoniyatidan tegishli shartnoma asosida foydalanish orqali ularning faoliyatiga oid maʼlumotlarni tizimga oʻqitish hamda shu asosda foydalanuvchilar tomonidan tezkor va asoslangan qarorlar qabul qilinishini yoʻlga qoʻyish.2028-yil iyulHisob palatasi,Raqamli texnologiyalar vazirligi,manfaatdor vazirlik va idoralar14.“NP-AI audit assistant” platformasidan davlat auditi jarayonida keng foydalanish.Platformani davlat auditi jarayoniga joriy etish. Bunda birinchi navbatda, platformada “Masofaviy audit” AAT xavf (risk) tahlillari va “Davlat auditi” dasturiy kompleksidagi audit tadbirlari natijalari asosida avtomatik tarzda auditni rejalashtirish va uning dasturlarini shakllantirishni yoʻlga qoʻyish.2027-yil 1-avgustHisob palatasi,Raqamli texnologiyalar vazirligi,manfaatdor vazirlik va idoralar15.Katta hajmli maʼlumotlar (“Big Data”) va sunʼiy intellekt texnologiyalaridan foydalanish orqali “Masofaviy audit” AATda yangi xavf (risk) tahlili mexanizmlari va monitoringini joriy qilish.1. Aynan bir hududda va bir davr uchun tayyorlangan loyiha-smeta hujjatlaridagi qurilish materiallari narxlarini sunʼiy intellekt yordamida oʻzaro solishtirish imkoniyatini yaratish.2027-yil oktabrHisob palatasi,Raqamli texnologiyalar vazirligi,Iqtisodiyot va moliya vazirligi2. “Masofaviy audit” AATda subsidiyalar toʻgʻri va maqsadli ajratilishini monitoring qilish imkonini beruvchi modulni ishga tushirish.2027-yil dekabr16.Audit tadbirlarining davlat auditi oliy audit organlarining xalqaro standartlari (ISSAI) asosida oʻtkazilishini taʼminlash maqsadida “Auditni boshqarish” axborot tizimini joriy qilish.1. “Auditni boshqarish” axborot tizimining texnik topshirigʻini ishlab chiqib, tasdiqlash.Tasdiqlangan texnik topshiriqqa asosan axborot tizimini ishlab chiqish.2027-yil 1-iyunHisob palatasi,Raqamli texnologiyalar vazirligi2. Ishlab chiqilgan axborot tizimini test sinovidan oʻtkazish va amaliyotga joriy etish.2027-yil sentabr17.Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida xarajatlarni rejalashtirishni samarali tashkil etish.Maktabgacha taʼlim tashkilotlariga Davlat budjetidan ajratiladigan mablagʻlar rejalashtirilishida sohaga oid hisobot va maʼlumotlarni raqamlashtirish hamda mavjud axborot tizimlari maʼlumotlari asosida amalga oshirishni yoʻlga qoʻyish.2027-yil yanvarHisob palatasi,Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi18.Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligining “Yagona milliy loyiha boshqaruvi axborot tizimi” platformasini joriy etish va undan foydalanish tartibini belgilash va mutaxassislarni oʻqitish, uning integratsiyasini, zarur funksiyalarini ishga tushirish.1. Platformani joriy etish va undan foydalanishni tashkil etish reglamentini ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritish.Bunda loyiha tashabbuskorlari tomonidan maʼlumotlar oʻz vaqtida va sifatli kiritilmasligi boʻyicha javobgarlikka tortish mexanizmini inobatga olish.2. Platformada:Ikki oy muddatdaInvestitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi,Hisob palatasi,manfaatdor vazirlik va idoralarloyiha tashabbuskorlari xatlari, murojaatlari va arizalarini edo.ijro.uz, murojaat.gov.uz va boshqa ruxsat beruvchi davlat organlarining axborot tizimlari bilan integratsiya qilish;maʼlumotlarni qayta ishlash funksiyasini ishga tushirish.Ikki oy muddatda3. Platformaga maʼlumotlar kiritish va ulardan foydalanish doirasida loyiha tashabbuskorlarini oʻqitish.2027-yil 1-yanvarga qadarikki oy muddatda19.Davlat mulkini, davlat ishtirokidagi korxonalarning mulkini xususiylashtirish (ulushlarni sotish) va davlat mulkini ijaraga berish jarayonlarini monitoring qilish.1. Davlat mulkini, davlat ishtirokidagi korxonalarning mulkini xususiylashtirish (ulushni sotish) va davlat mulkini ijaraga berish boʻyicha Davlat aktivlarini boshqarish agentligining “Davlat mulki” axborot tizimidagi “Xususiylashtirish monitoringi” moduli, “Mulkni ijaraga berish” axborot tizimi va soliq organlari tizimi maʼlumotlarini “Masofaviy audit” axborot tizimining “Davlat aktivlarini boshqarish tizimini nazorat qilish” moduliga integratsiya qilish.2027-yil mart — noyabrDavlat aktivlarini boshqarish agentligi,Hisob palatasi,Raqamli texnologiyalar vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar2. Davlat mulkini, shuningdek, davlat ishtirokidagi korxonalarning mulkini xususiylashtirish (ulushlarni sotish) hamda davlat mulkini ijaraga berish jarayonlarini amalga oshirish bosqichida, shuningdek, xususiylashtirish yakunlanganidan keyin sotilgan korxonalar holati ustidan post-monitoring qilib borish tizimini yoʻlga qoʻyish.2027-yil iyun3. “Davlat aktivlarini boshqarish tizimini nazorat qilish” modulini takomillashtirish.Doimiy20.“Masofaviy audit” AATda joriy qilingan “Fincontrol” modulini takomillashtirish.1. Strategik yirik davlat korxonalarida davlat xaridlarini monitoring qilish, tahlil qilish hamda xavf-xatarlarni aniqlash mexanizmlarini yoʻlga qoʻyish.2026-yil dekabrHisob palatasi,“UzAssets” AJ va uning boshqaruvidagi strategik yirik davlat korxonalari2. “Masofaviy audit” AATga integratsiya qilingan axborot tizimlaridan kelib tushayotgan maʼlumotlar asosida korxonalar faoliyatini sunʼiy intellekt yordamida tahlil qilish imkoniyatini yaratish.“Masofaviy audit” AATda korxonalar faoliyatini avtomatik tahlil qilish imkoniyatini test sinovidan oʻtkazish va uni amaliyotga bosqichma-bosqich joriy etish.2027-yil 1-aprel3. Strategik yirik davlat korxonalari tomonidan tegishli hisobotlar har chorak yakuni boʻyicha keyingi oyning 20-sanasidan kechiktirmay, yil yakuni boʻyicha esa keyingi yilning 1-martidan kechiktirmay Hisob palatasining “Fincontrol” moduliga kiritib borilishini taʼminlash.DoimiyStrategik yirik davlat korxonalari4. “Fincontrol” moduli imkoniyatidan tegishli shartnoma asosida foydalanish orqali ularning faoliyatiga oid xaridlarini monitoring qilish, biznes rejani chuqur tahlil qilish hamda xavf-xatarlarni aniqlash mexanizmlarini tizimga oʻqitish va shu asosda foydalanuvchilar tomonidan tezkor va asoslangan qarorlar qabul qilinishini yoʻlga qoʻyish.DoimiyHisob palatasi,“UzAssets” AJ va uning boshqaruvidagi strategik yirik davlat korxonalari21.Davlat rivojlantirish dasturlarini shakllantirish jarayonini raqamlashtirish.1. Davlat rivojlantirish dasturlarini shakllantirish jarayonida davlat organlari va tashkilotlarning axborot tizimlarini oʻzaro integratsiya qilish va avtomatik tahlil qilish mexanizmlarini joriy etish.2. Iqtisodiyot va moliya vazirligining “Davlat investitsiyalarini boshqarish” axborot tizimini hamda “Yagona milliy loyiha boshqaruvi” axborot tizimi bilan integratsiya qilgan holda, dasturlar doirasida tasdiqlangan manzilli roʻyxatlarni oʻzaro taqqoslash orqali dasturlarga kiritilgan bir xil (takroriy) obyektlarni erta aniqlash imkoniyatini yaratish.2027-yil 15-dekabrIqtisodiyot va moliya vazirligi,Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi,Hisob palatasi22.Qurilish obyektlari boʻyicha shartnomalarning belgilangan muddatlarda bajarilishini tashkil etish.Pudrat shartnomasining “Ishlarni bajarish grafigi”ni raqamlashtirish doirasida “Davlat investitsiyalarini boshqarish” axborot tizimida quyidagi funksiyalarni ishga tushirish:qurilish obyekti boʻyicha moliyalashtirilgan avans sanasini inobatga olgan holda “Ishlarni bajarish grafigi” va pudrat tashkiloti tomonidan soliq organlariga topshirilgan hisob-fakturalardagi ish hajmlari qiymatlarini solishtirish;qurilish obyektlarini foydalanishga topshirishning shartnomalarda belgilangan muddatlarida shartnomaviy qiymati bilan pudrat tashkiloti tomonidan soliq organlariga topshirilgan hisob-fakturalardagi ish hajmlari qiymatlarini solishtirish, ishlar bajarilganligi boʻyicha shartnomaviy qiymatlar doirasida bajarilgan ishlar toʻliq rasmiylashtirilgan holatlarni risk etib belgilash.2027-yil 1-aprelHisob palatasi,manfaatdor vazirlik va idoralar,Iqtisodiyot va moliya vazirligi23.“Shaffof qurilish” milliy axborot tizimida shartnomaviy munosabatlarning ayrim yoʻnalishlarini takomillashtirish.“Shaffof qurilish” milliy axborot tizimini takomillashtirishda quyidagilarni nazarda tutish:obyektlarni loyihalash ishlarini qurilish ishlari bilan parallel olib borishga ruxsat berilgan muddatni, parallel loyihalashga berilgan muddat yakunlanguniga qadar loyihalar davlat ekspertizasidan oʻtkazilganligini, belgilangan muddat yakunlangandan soʻng bir oy ichida loyiha ekspertizadan oʻtkazilmaslik holatlarini risk etib belgilashni nazarda tutuvchi funksiyani ishga tushirish;eng maqbul takliflar asosida yoki toʻgʻridan-toʻgʻri belgilangan pudratchining shartnoma tuzilgan kuniga pudrat tashkilotining STIRi orqali reyting.mc.uz platformasidagi salohiyatini (reytingini), Milliy statistika qoʻmitasining maʼlumotlar bazasi orqali qachon tashkil etilganligi boʻyicha xavf (risk) tahlili funksiyasini yaratish.2027-yil 1-aprelHisob palatasi,manfaatdor vazirlik va idoralar,Iqtisodiyot va moliya vazirligi,Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi24.Budjet ijrosi hisobotlarini avtomatik koʻrib chiqish, arifmetik, mantiqiy va strukturaviy xatolarni aniqlash, hisobotlar oʻrtasidagi ziddiyatlarni topish, NLP (Natural Language Processing) orqali matnli hisobotlarni tahlil qilishni yoʻlga qoʻyish.Iqtisodiyot va moliya vazirligi tizimida “Avtomatik hisobot tekshiruvchi — AI-based Reporting validator” tizimini ishlab chiqqan holda unda quyidagilarni nazarda tutish:2027-yil dekabrIqtisodiyot va moliya vazirligi,Raqamli texnologiyalar vazirligi,Hisob palatasitexnik talablar va metodologiyani ishlab chiqish (arifmetik, mantiqiy va strukturaviy tekshiruv mezonlarini, hisobot formatlari va maʼlumotlar standartlarini belgilash, NLP orqali tahlil qilinadigan matnli maʼlumotlar turlarini aniqlash);Uch oy muddatdayagona maʼlumotlar bazasini shakllantirish (barcha budjet ijrosi hisobotlarini yagona elektron bazaga integratsiya qilish, maʼlumotni tozalash, standartlashtirish va avtomatik yuklash mexanizmini joriy etish);Ikki oy muddatdaavtomatik tekshiruv algoritm va modullarini ishlab chiqish (arifmetik hisob-kitoblarni avtomatik tekshirish algoritmlarini yaratish, mantiqiy va strukturaviy xatolarni aniqlash qoidalarini joriy qilish, hisobotlar oʻrtasidagi ziddiyatlarni avtomatik solishtirish funksiyasini ishlab chiqish);Uch oy muddatdaNLP asosida matnli tahlil tizimini joriy etish (matnli izoh va hisobotlarni tahlil qiluvchi NLP modellarini oʻqitish va integratsiya qilish, nomuvofiq, takroriy yoki xavf (risk) mavjud boʻlgan maʼlumotlarni avtomatik aniqlash mexanizmlarini ishga tushirish);Dastlab olti oy muddatda, keyinchalik doimiysinovdan oʻtkazish va amaliyotga tatbiq etish (tizimni pilot tartibda testdan oʻtkazish, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, masʼul xodimlarni oʻqitish va tizimni bosqichma-bosqich doimiy foydalanishga joriy qilish).Dastlab loyiha yakuni boʻyicha, keyinchalik doimiy25.Korrupsiyaviy xavf-xatarlarni “Raqamli komplayens” axborot dasturiy kompleksi orqali Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligiga taqdim etishni yoʻlga qoʻyish.Hisob palatasining axborot tizimlari orqali davlat xaridlari, qurilish hamda ijtimoiy toʻlovlar boʻyicha korrupsiyaviy xavf-xatarlar aniqlanganda, tegishli maʼlumotlarni Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligiga uning “Raqamli komplayens” axborot dasturiy kompleksiga integratsiya qilish orqali elektron shaklda taqdim etib borish.DoimiyHisob palatasi,Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligiIII. Toʻliq intellektual davlat auditi ekotizimini shakllantirish26.Davlat auditi va moliyaviy nazoratida sunʼiy intellektdan foydalanish boʻyicha asoslar yaratish.Davlat moliyaviy nazorati sohasida sunʼiy intellektdan foydalanishning huquqiy, etik va axborot xavfsizligi talablarini nazarda tutuvchi “Davlat auditi va moliyaviy nazoratida sunʼiy intellektdan foydalanish” milliy metodologiyasini ishlab chiqish.2028-yil dekabrHisob palatasi,Raqamli texnologiyalar vazirligi27.Hisob palatasida “Smart Audit” va “Digital Audit Ecosystem” modellarini toʻliq joriy etish.1. Davlat auditi sohasida toʻliq raqamli va intellektual ekotizimni shakllantirish, sunʼiy intellekt texnologiyalarini strategik qaror qabul qilish jarayonlariga integratsiya qilish hamda xalqaro standartlar darajasidagi raqamli audit modelini yaratish.2029-yil dekabrHisob palatasi,Raqamli texnologiyalar vazirligi2. Hisob palatasining barcha axborot tizimlarini “Smart Audit” va “Digital Audit Ecosystem” modellarini toʻliq joriy etgan holda yagona platformada birlashtirish.2030-yil dekabrHisob palatasi,Raqamli texnologiyalar vazirligi28.Davlat auditi jarayonida raqamli iz qoldirish va avtomatik komplayens monitoring tizimini joriy qilish.1. Audit jarayonida shakllantiriladigan elektron hujjatlar, tahliliy maʼlumotlar va qarorlar boʻyicha raqamli iz (digital trace) mexanizmlarini yaratish.2. Qonunchilik va ichki normativ hujjatlar talabiga muvofiqlikni avtomatik baholovchi sunʼiy intellekt asosidagi komplayens monitoring modullarini ishlab chiqish.3. Shubhali operatsiyalar, xavfli tranzaksiyalar va belgilangan talablardan ogʻish holatlarini avtomatik aniqlash hamda masʼul xodimlarga xabar berish mexanizmlarini joriy etish.4. Komplayens xavflari va qonunbuzilish holatlari boʻyicha real vaqt rejimida monitoring olib boruvchi intellektual tizimlarni ishga tushirish.5. Avtomatik komplayens monitoring natijalari asosida risk indikatorlari, tahliliy hisobotlar va erta ogohlantirish mexanizmlarini shakllantirish.2029-yil dekabrHisob palatasi,Raqamli texnologiyalar vazirligiIV. Kadrlarni oʻqitish, malaka oshirish va qayta tayyorlash hamda xalqaro hamkorlikni mustahkamlash29.Davlat auditi va moliyaviy nazorati faoliyatini amalga oshiruvchi mutaxassislarni elektron oʻqitish uchun asoslar yaratish.Davlat auditi va moliyaviy nazorati faoliyatini amalga oshiruvchi mutaxassislar uchun elektron oʻquv darsliklarini joriy etish.2026-yil dekabrOliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,Iqtisodiyot va moliya vazirligi,Hisob palatasi30.Davlat auditi va moliyaviy nazorati organlari hamda uning xodimlari uchun oʻquv va uslubiy dasturlarni amalga oshirish.Davlat auditi va moliyaviy nazorati boʻyicha amaldagi elektron kutubxona va taʼlim platformasini takomillashtirish, shuningdek, oʻquv materiallar, keyslar hamda metodik tavsiyalar bankini yaratish choralarini koʻrish.2027-yil mayHisob palatasi,Iqtisodiyot va moliya vazirligi,Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,manfaatdor vazirlik va idoralar31.Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining Davlat auditi oliy maktabi faoliyatini tizimli tashkil etish.1. Davlat auditi oliy maktabi faoliyatini zamonaviy yondashuvlar asosida samarali tashkil etish va rivojlantirish, shuningdek, uning moddiy-texnika bazasini yanada takomillashtirishga doir chora-tadbirlarni belgilash hamda amalga oshirish.2026-2027-yillarOliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,Hisob palatasi,Raqamli texnologiyalar vazirligi,manfaatdor vazirlik va idoralar2. Davlat auditi oliy maktabi bazasida sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalarning ishonchliligi, xavfsizligi hamda samaradorligini baholash mavzusida doimiy ravishda malaka oshirish va qayta tayyorlash tizimini yoʻlga qoʻyish.Doimiy3. Audit jarayoniga sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalarni keng joriy etish boʻyicha oʻquv dasturlarni ishlab chiqish va tasdiqlash.2026-yil oktabr32.Har yili “Audit jarayonlarida sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalarni qoʻllashda innovatsion gʻoyalar” mavzusida mahalliy yoki xalqaro konferensiyalar tashkil etish.1. Mahalliy yoki xalqaro konferensiyada ishtirok etadigan xalqaro va mahalliy tashkilotlar bilan muzokaralar oʻtkazish va ularning roʻyxatini shakllantirish.2. Mahalliy yoki xalqaro konferensiyani yuqori saviyada oʻtkazish yuzasidan ishchi guruhini tashkil etish, uning vazifalarini belgilash va amalga oshirish.3. Mahalliy yoki xalqaro konferensiya materiallarini toʻplash va chop etish.DoimiyHisob palatasi,Tashqi ishlar vazirligi,Raqamli texnologiyalar vazirligi,Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,Yoshlar ishlari agentligi33.Shanxay Hamkorlik Tashkilotiga aʼzo mamlakatlar oliy audit organlari bilan sunʼiy intellekt texnologiyalarini audit jarayonlarida qoʻllash boʻyicha hamkorlik uchrashuvini tashkil etish.1. Uchrashuvda ishtirok etadigan xalqaro va mahalliy tashkilotlar bilan muzokaralar oʻtkazish, ularning roʻyxatini shakllantirish.2. Uchrashuvni yuqori saviyada oʻtkazish yuzasidan ishchi guruhini tashkil etish, uning vazifalarini belgilash va amalga oshirish.3. Uchrashuv materiallarini toʻplash va chop etish.2027-yil mart-aprelHisob palatasi,Tashqi ishlar vazirligi,manfaatdor vazirlik va idoralar

Izoh:

maʼlumotlar bazalarini integratsiya qilish va maxfiy axborot bilan ishlash davlat siriga doir qonunchilik hujjatlari talablariga rioya etilgan holda amalga oshiriladi;

Hisob palatasi mazkur chora-tadbirlar rejasidagi vazifalar ijrosi holati yuzasidan har chorakda batafsil axborotni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritadi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 6-iyuldagi PF-123-son Farmoniga5-ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar

1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 18-dekabrdagi “Davlat auditi va moliyaviy nazorati faoliyatini yanada takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-252-son Farmoni 3-bandi “a” kichik bandining “ii” xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“(ii) kelishuv doirasida xalqaro tashkilotlar tomonidan oʻtkaziladigan tashqi baholash (external assessment), xorijiy oliy audit organlari tomonidan baholash (peer review) va ularning ekspertlari ishtirokidagi gibrid baholash (hybrid assessment) yoki oʻzini baholash (self-assessment) shaklida”.

2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 25-martdagi PF-47-son Farmoni bilan tasdiqlangan Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida botanika va dendrologiya bogʻlarini tashkil etish uchun ajratiladigan yer uchastkalari roʻyxatida:

(a) “Qashqadaryo viloyati” bloki quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“Qashqadaryo viloyati74749.Dendrologiya bogʻiQarshi tumani “Hilol” MFY“Yashil” texnikum1163, 1165, 117221,221,2Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarJami:21,221,210.Botanika bogʻiQarshi tumani “Hilol” MFY“Sulton tex group” MCHJ18:13:00000680052,852,8Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarJami:52,852,8”;

(b) 14-pozitsiyaning “Yerdan foydalanuvchilar nomi” ustunidagi “Norin tumani maishiy xizmat koʻrsatish va servis kolleji” soʻzlari “-” belgisi bilan almashtirilsin;

(v) “Samarqand viloyati” bloki quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“Samarqand viloyati1967012615.Dendrologiya bogʻiSamarqand viloyati, Urgut tumaniQishloq xoʻjaligi1049, 1044, 1043, 1038, 1042,1045, 1046,1047, 1039, 1040, 1041, 1042, 1063, 1064, 10655050Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarSamarqand shahriShahar hokimligi zaxirasi va Oʻrmon xoʻjaligi39.725931, 66.929070116116Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarJami:1665011616.Botanika bogʻiSamarqand shahri Xishrav qoʻrgʻoni 8-uy“Yashil” texnikum39.634354, 66.89635302010Texnikumga qarashli yer maydoniJami:302010”.

3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 8-avgustdagi “2022-2023-yillarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasini yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-357-son qarori 11-bandining toʻrtinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“huquqni muhofaza qiluvchi organlarga, shuningdek, Hisob palatasiga qonun bilan yuklatilgan vazifalarni bajarish maqsadida foydalanish uchun — ushbu huquqni muhofaza qiluvchi organlarning va Hisob palatasining axborot tizimlari bilan toʻgʻridan-toʻgʻri integratsiya qilish orqali begʻaraz asosda taqdim etiladi”.

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.