Alohida taʼlimga ehtiyoji boʻlgan bolalarning taʼlim olish huquqini roʻyobga chiqarish, ularning oilaviy muhitda taʼlim va ijtimoiy xizmatlardan foydalanishi hamda jamiyat hayotida faol va toʻlaqonli ishtirok etishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish maqsadida qaror qilaman:
I. Maqsadlar
1. Quyidagilar ushbu qarorni qabul qilishdan koʻzlangan asosiy maqsadlar etib belgilansin:
(a) alohida taʼlimga ehtiyoji boʻlgan bolalarni aniqlash, ularning psixologik-pedagogik holati, funksional imkoniyatlari, kundalik hayotdagi faolligi va ishtirokini kompleks baholash hamda taʼlim va ijtimoiy xizmatlar bilan toʻliq qamrab olish;
(b) bolalarning yashash joyiga yaqin hududda taʼlim olish imkoniyatlarini kengaytirish, inklyuziv va korreksion taʼlim shakllarini rivojlantirish, “oilabay” ijtimoiy hamrohlik tizimini kuchaytirish hamda nodavlat sektorni jalb qilish orqali uyda va internat shaklida taʼlim olayotgan bolalar sonini qisqartirish;
(v) taʼlim tashkilotlarida toʻsiqsiz va inklyuziv muhitni shakllantirish, bolalarni assistiv jihozlar bilan taʼminlash, individual taʼlim rejalari va korreksion-pedagogik qoʻllab-quvvatlash tizimini joriy etish;
(g) nogironligi boʻlgan bolalarning intellektual, ijodiy, kasbiy va tadbirkorlik salohiyatini roʻyobga chiqarishga qaratilgan rivojlantiruvchi dasturlar, kasbiy mahorat va ijodiy tanlovlarni keng joriy etish.
II. Zamonaviy inklyuziv taʼlim ekotizimini shakllantirish
2. Belgilansinki, 2026-yil 1-sentabrdan boshlab alohida taʼlimga ehtiyoji boʻlgan bolalarni taʼlim, ijtimoiy yordam va xizmatlarga jalb qilish boʻyicha “oilabay” ishlash tizimi joriy etiladi. Bunda ijtimoiy xodim tomonidan:
(a) ota-onaga bolani taʼlim va ijtimoiy xizmatlarga jalb etish boʻyicha amaliy koʻmak koʻrsatib boriladi;
(b) bolaning taʼlim va ijtimoiy xizmatlardan foydalanayotganligi doimiy ravishda monitoring qilib boriladi, zaruratga koʻra boshqa ijtimoiy yordam va xizmatlarga jalb qilish choralari koʻriladi.
3. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq 3 — 18 yoshdagi bolalarning alohida taʼlimga ehtiyojini aniqlash va davlat taʼlim muassasalariga yoʻnaltirish “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlarining Bolani kompleks baholash guruhi (keyingi oʻrinlarda — baholash guruhi) tomonidan amalga oshiriladi. Bunda:
(a) baholash guruhi tomonidan 3 — 18 yoshdagi bolaning taʼlimga ehtiyojini baholash psixologik-pedagogik diagnostik mezonlar asosida, funksional imkoniyati, kundalik hayotdagi faolligi va ishtirokini baholash esa nogironlikni baholash shkalasining mahalliy shart-sharoitlarga moslashtirilgan mezonlari asosida amalga oshiriladi;
(b) baholash guruhi faoliyati 2026-yil 1-oktabrdan boshlab Navoiy va Xorazm viloyatlarida yoʻlga qoʻyiladi.
4. Alohida taʼlimga ehtiyoji boʻlgan bolalarning sifatli taʼlim olishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish maqsadida:
(a) 2027-yil 1-maydan boshlab alohida taʼlimga ehtiyoji boʻlgan bolalarni vaucher asosida taʼlim olishiga koʻmaklashuvchi zamonaviy assistiv (yordamchi) jihozlar (keyingi oʻrinlarda — assistiv jihozlar) bilan taʼminlash tizimi joriy etiladi. Bunda:
(i) vaucher tumanlararo va tuman (shahar) tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalari hamda baholash guruhining xulosasi asosida ajratiladi;
(ii) assistiv jihozlarni xarid qilish va yetkazib berish nogironligi boʻlgan shaxslarni protez-ortopediya mahsulotlari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalari bilan taʼminlash uchun belgilangan tartibda amalga oshiriladi;
(b) 2027/2028 oʻquv yilidan boshlab nogironligi boʻlgan abituriyentlar uchun oliy taʼlim tashkilotlariga kirish imtihoni va nogironligi boʻlgan pedagog kadrlarni attestatsiyadan oʻtkazish, umumtaʼlim fanlarini bilish darajasini belgilovchi milliy sertifikat olish boʻyicha imtihon (sinov)da belgilangan vaqt meʼyorining 50 foizi miqdorida qoʻshimcha vaqt beriladi hamda Brayl alifbosi, audio va elektron formatdagi imtihon materiallaridan foydalanish imkoniyati yaratiladi;
(v) 2026/2027 oʻquv yilidan boshlab:
(i) davlat umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarida faoliyat yurituvchi har bir koʻzi ojiz pedagog uchun bir nafardan shaxsiy assistent (tarjimon-kotiba) shtat birligi;
(ii) ruhiy va aqliy rivojlanishida nuqsoni boʻlgan bolalar uchun maktab va maktab-internatlarining birinchi va ikkinchi sinflarining har biri uchun bir nafardan yordamchi xodim (assistent-oʻqituvchi) shtat birligi ajratiladi.
5. Belgilansinki, 2026/2027 oʻquv yilidan boshlab alohida taʼlimga ehtiyoji boʻlgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan davlat taʼlim muassasalari (keyingi oʻrinlarda — ixtisoslashtirilgan muassasalar)da oʻqitish bolaning individual taʼlimga ehtiyojlari, funksional imkoniyatlari hamda oʻzlashtirish darajasiga muvofiq ishlab chiqiladigan individual taʼlim rejalari asosida tashkil etiladi. Bunda:
(a) asosiy eʼtibor bolaning shaxsiy salohiyatini roʻyobga chiqarish, uni mustaqil hayotga tayyorlash, shuningdek, kommunikativ, ijtimoiy, akademik va kasbiy koʻnikmalarini rivojlantirishga qaratiladi;
(b) alohida taʼlimga ehtiyoji boʻlgan bolalarga moʻljallangan oʻquv rejalarini shakllantirishda tayanch oʻquv rejalarida nazarda tutilgan fan va korreksion mashgʻulotlarni qisqartirish, yangi fanlar, korreksion va kasbga yoʻnaltirish mashgʻulotlari kiritilishi mumkin.
III. Moliyaviy qoʻllab-quvvatlash choralari
6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik)ning 2026-yil 1-sentabrdan boshlab quyidagi moliyaviy qoʻllab-quvvatlash instrumentlarini joriy etish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin:
(a) korreksion sinf tashkil etgan holda umumiy oʻrta taʼlim xizmatini koʻrsatuvchi nodavlat taʼlim tashkilotlariga ushbu sinfda taʼlim oladigan har bir oʻquvchi uchun quyidagi miqdorlarda subsidiya ajratish:
(i) Toshkent shahrida bazaviy hisoblash miqdorining 11 baravari;
(ii) viloyatlar markazi va Nukus shahrida bazaviy hisoblash miqdorining 9,5 baravari;
(iii) boshqa tuman (shahar)larda bazaviy hisoblash miqdorining 8,5 baravari;
(b) har yili kamida 50 ta davlat umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarida taʼlim olayotgan nogironligi boʻlgan bolalar uchun shart-sharoitlar yaratish va taʼlim sifatini yaxshilash, shuningdek, taʼlimga jalb etilmagan bolalarning maktabga borishiga toʻsqinlik qilayotgan omillarni bartaraf etishga qaratilgan loyihalarni amalga oshirish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 500 baravarigacha “Inklyuziv taʼlim muhiti” grantini ajratish. Bunda ushbu grant mablagʻlari ota-onalar, pedagoglar va mahalliy aholi tomonidan maktabdagi aniq muammolarni hal etish boʻyicha ilgari surilgan tashabbuslarni, shu jumladan, pandus oʻrnatish, sensor xona tashkil etish, sanitariya xonasini moslashtirish, taʼlim jarayoni uchun koʻrgazmali va rivojlantiruvchi materiallarni xarid qilish tadbirlarini moliyalashtirishga yoʻnaltiriladi.
IV. Nogironligi boʻlgan shaxslarning salohiyatini roʻyobga chiqarish, maxsus pedagog kadrlarni tayyorlash va malakasini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar
7. Agentlikning nogironligi boʻlgan shaxslarning intellektual, kasbiy, ijodiy va tadbirkorlik salohiyatini roʻyobga chiqarish, ularning iqtisodiy faolligi va ijtimoiy integratsiyasini qoʻllab-quvvatlash maqsadida har yili quyidagi tadbirlarni oʻtkazib borish haqidagi taklifiga rozilik berilsin:
(a) nodavlat notijorat tashkilotlar bilan birga oʻtkaziladigan “Imkoniyatlar olimpiadasi” (Abilympics) tanlovi. Bunda ushbu tanlovning har bir yoʻnalishi boʻyicha gʻolib va sovrindorlariga bazaviy hisoblash miqdorining 15 baravaridan 30 baravarigacha bir martalik pul mukofoti beriladi;
(b) “Oʻsish va rivojlanish” (UPSNIFT) tanlovi. Bunda tanlov gʻoliblariga bazaviy hisoblash miqdorining 15 baravaridan 30 baravarigacha grant ajratiladi hamda ularning loyihalarini barqaror rivojlantirish uchun koʻngilli maslahatchi-mentorlar orqali kompleks maslahat va hamrohlik xizmatlari koʻrsatiladi.
8. Belgilansinki:
(a) 2027/2028 oʻquv yilidan boshlab:
(i) davlat oliy taʼlim tashkilotlarida maqsadli qabul asosida eshitishida nuqsoni boʻlgan bolalarga xorijiy tillarni oʻrgatuvchi oʻqituvchi-pedagog tayyorlash yoʻlga qoʻyiladi;
(ii) oliy taʼlim tashkilotlarida boshlangʻich sinf oʻqituvchisi mutaxassisligi boʻyicha taʼlim olayotgan talabalarga maxsus pedagogika fanlari chuqurlashtirilgan dasturlar asosida oʻqitiladi;
(iii) maxsus pedagogika yoʻnalishi boʻyicha qabul koʻrsatkichlari Agentlik bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi;
(b) 2026-yil 1-sentabrdan boshlab maxsus pedagoglarning malaka oshirish kurslari Agentlik bilan kelishilgan holda tasdiqlangan oʻquv reja va dasturlar asosida onlayn yoki oflayn shaklda amalga oshiriladi;
(v) oliy taʼlim tashkilotlarining maxsus pedagogika yoʻnalishi talabalari va qayta tayyorlov dasturi tinglovchilari Agentlik va Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan belgilanadigan bazaviy taʼlim tashkilotlarida amaliyot oʻtaydi.
V. Qaror ijrosini tashkil etish, taʼminlash va nazorat
9. Belgilansinki, mazkur qaror 4-bandining “v” kichik bandida nazarda tutilgan tadbirlarni amalga oshirish Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan, qaror ijrosi bilan bogʻliq boshqa xarajatlar Ijtimoiy himoya davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladi.
10. 2026 — 2028-yillarda alohida taʼlimga ehtiyoji boʻlgan bolalarga taʼlim xizmatlarini koʻrsatish tizimini takomillashtirish boʻyicha chora-tadbirlar dasturi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
11. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi hamda viloyatlar hokimliklari Agentlik bilan birgalikda 2-ilovaga muvofiq belgilangan maktablarning bino-inshootlarida qurilish, taʼmirlash, rekonstruksiya qilish ishlarini Ijtimoiy himoya davlat jamgʻarmasi hamda “Aholining zaif qatlamlarini integratsiya qilish uchun Oʻzbekistonning innovatsion ijtimoiy himoya tizimi (INSON)” loyihasi doirasida jalb qilingan kredit mablagʻlari hisobidan amalga oshirsin.
12. Ijtimoiy himoya milliy agentligi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
13. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsan javobgar etib Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ijtimoiy himoya boʻyicha maslahatchisi — Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktori M.P. Olloyorov hamda maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri E.G. Karimova belgilansin.
14. Qaror ijrosini nazorat qilish va ijro uchun masʼul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2026-yil 4-avgust,
PQ-292-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 4-avgustdagi PQ-292-son qaroriga1-ILOVA
2026 — 2028-yillarda alohida taʼlimga ehtiyoji boʻlgan bolalarga taʼlim xizmatlarini koʻrsatish tizimini takomillashtirish boʻyicha
T/r Chora-tadbirlar nomi Amalga oshirish mexanizmi Ijro muddati Moliyalashtirish manbalari Ijro uchun masʼullar I. Nogironligi boʻlgan bolalarni taʼlim va ijtimoiy xizmatlarga qamrab olishni takomillashtirish 1. Bolalarning alohida taʼlimga ehtiyojini aniqlash va ularni davlat taʼlim muassasalariga yoʻnaltirish tizimini takomillashtirish. 1. Navoiy va Xorazm viloyatlaridagi “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlarida Bolani kompleks baholash guruhi (keyingi oʻrinlarda — baholash guruhi) faoliyatini yoʻlga qoʻyish. 2. Baholash guruhi faoliyatiga fuqarolik huquqiy shartnoma asosida bir nafardan psixolog va maxsus pedagog jalb etish. 2026-yil 1-oktabrdan boshlab Ijtimoiy himoya davlat jamgʻarmasi mablagʻlari Ijtimoiy himoya milliy agentligi 3. Baholash guruhi faoliyatini boshqa hududlarda ham joriy etish boʻyicha takliflar ishlab chiqish hamda Vazirlar Mahkamasiga kiritish. 2027-yil oktabr 2. Alohida taʼlimga ehtiyoji boʻlgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan davlat taʼlim muassasalari (keyingi oʻrinlarda — maxsus maktablar) va inklyuziv sinflarning maxsus pedagoglari faoliyatini aniq vaziyatni tahlil qilish orqali (keys-stadi) baholash tizimini amaliyotga joriy qilish. 1. Ishchi guruh tuzish. 2026-yil oktabr – Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi 2. Maxsus pedagoglar faoliyatini aniq vaziyatni tahlil qilish orqali (keys-stadi) baholash tizimi loyihasini ishlab chiqish. 2027-yil mart 3. Maxsus pedagoglar faoliyatini aniq vaziyatni tahlil qilish orqali (keys-stadi) baholash tizimini amaliyotga joriy etish. 2027/2028 oʻquv yilidan boshlab 3. Oʻzbekistonda inklyuziv taʼlimni rivojlantirish boʻyicha milliy strategiyani ishlab chiqish. 1. YUNISEF va YUNESKO bilan hamkorlikda Oʻzbekistonda inklyuziv taʼlimni rivojlantirish boʻyicha milliy strategiyani ishlab chiqish. 2027-yil fevral – Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Oʻzbekiston nogironlar assotsiatsiyasi, Oʻzbekiston Karlar jamiyati, Oʻzbekiston koʻzi ojizlar jamiyati 2. Milliy strategiyani belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish. 2027-yil aprel 4. Inklyuziv taʼlim tashkilotlari sonini oshirish. 1. Kasbiy taʼlim tashkilotlarida nogironligi boʻlgan oʻquvchilarning inklyuziv sharoitda taʼlim olishini tashkil etish. 2. Kasbiy taʼlim tashkilotlarida nogironligi boʻlgan oʻquvchilar uchun ehtiyojga qarab inklyuziv taʼlim guruhlarini shakllantirish. 3. Inklyuziv taʼlim shakllantirilgan guruhlarning taʼlim dasturlarini va boshqa hujjatlarni inklyuziv taʼlim tamoyillariga moslashtirish. 2027/2028 oʻquv yilidan boshlab “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamgʻarmasi mablagʻlari Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Kasbiy taʼlim agentligi 5. Maxsus maktablarning ixtisoslik yoʻnalishi boʻyicha yangi avlod darsliklarini, alohida taʼlimga ehtiyoji boʻlgan oʻquvchilar uchun hayotiy va kasbiy koʻnikmalarni rivojlantirishga qaratilgan soddalashtirilgan zamonaviy metodik qoʻllanmalar va didaktik mahsulotlarni yaratish. 1. Xalqaro tajribani qoʻllagan holda maxsus maktablarning ixtisoslik yoʻnalishi boʻyicha yangi avlod darslik va oʻquv adabiyotlarini ishlab chiqish va chop etilishini tashkil etish, maxsus maktablarga yetkazib berish. 2. Oʻquvchilarning hayotiy va kasbiy koʻnikmalarini rivojlantirishga qaratilgan zamonaviy metodik qoʻllanmalar (darsliklar, mashq daftarlari, oʻqituvchi metodika kitoblari) hamda didaktik mahsulotlarni yaratish. 3. Umumtaʼlim maktablari uchun yaratilgan darslik va oʻquv-uslubiy qoʻllanmalarni Brayl alifbosida ishlab chiqish va xarid qilish. Har yili Ijtimoiy himoya milliy agentligiga ajratilgan mablagʻlar Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Axborot va pedagogika texnologiyalari innovatsion markazi 6. Maxsus maktab oʻquvchilarini oliy taʼlimga kirish imtihonlariga tayyorlash. 1. Maxsus maktab oʻquvchilari oʻrtasida onlayn fan olimpiadalarini oʻtkazish sharti, muddati, tartibi va baholash mezonini nazarda tutuvchi nizomni ishlab chiqish va tasdiqlash. 2027-yil fevral Ijtimoiy himoya davlat jamgʻarmasi mablagʻlari Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi 2. Olimpiadani yuqori saviyada tashkil etish va gʻoliblarni munosib ragʻbatlantirish. Har yili 3. Maxsus maktablarning 10-11 sinf oʻquvchilarini diagnostik test sinovlaridan oʻtkazish. Oʻquv yili davomida ikki marta Bilim va malakalarni baholash agentligi 7. Ruhiy yoki aqliy rivojlanishida nuqsoni boʻlgan oʻquvchilarning bilimlari sifatini baholashni takomillashtirish. Ruhiy yoki aqliy rivojlanishida nuqsoni boʻlgan oʻquvchilarning bilimlari sifatini baholashni bola uchun ishlab chiqilgan individual taʼlim dasturida belgilangan maqsad va vazifalar asosida amalga oshirish tizimini joriy etish. 2026/2027 oʻquv yilidan boshlab – Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi 8. Nogironligi boʻlgan abituriyentlar va pedagoglar uchun imtihon (sinov)da zarur sharoitlar yaratish. Nogironligi boʻlgan abituriyentlar uchun oliy taʼlim tashkilotlariga kirish imtihoni va nogironligi boʻlgan pedagog kadrlarni attestatsiyadan oʻtkazish, umumtaʼlim fanlarini bilish darajasini belgilovchi milliy sertifikat olish boʻyicha imtihon (sinov)da belgilangan vaqt meʼyorining 50 foizigacha qoʻshimcha vaqt berish hamda Brayl alifbosi, audio va elektron formatdagi imtihon materiallaridan foydalanish imkoniyatini yaratish boʻyicha amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarga tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish. 2026-yil oktabr – Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi 9. Toshkent shahridagi “International inclusive hub” xalqaro tayanch inklyuziv professional taʼlim markazi (keyingi oʻrinlarda — Markaz) faoliyatini takomillashtirish. 1. Markazda innovatsion dastur va loyihalar, yangi biznes loyihalarini ishlab chiqish, elektron taʼlim tizimini rivojlantirishga qaratilgan ishlarni tashkil etish uchun zarur shtat birliklarini ajratish. 2. Markazning Samarqand va Xorazm viloyati filiallarini tashkil etish. 2026-yil oktabr Davlat budjeti mablagʻlari Ijtimoiy himoya milliy agentligi II. Kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirish, qoʻllab-quvvatlash tizimini takomillashtirish 10. Nogironligi boʻlgan oʻquvchi-talabalar uchun oʻquv jarayonini tashkil etishda raqamli axborot texnologiyalari imkoniyatlaridan foydalanishni kengaytirish. 1. Davlat kasbiy va oliy taʼlim tashkilotlarida darslik va oʻquv qoʻllanmalarni audio formatga (koʻzi ojizlar uchun), ekran oʻquvchiga moslashtirilgan (screen reader friendly), subtitr va ishora tilini qoʻllab-quvvatlovchi video formatga oʻtkazish. 2. Davlat oliy va kasbiy taʼlim tashkilotlarini ekran oʻquvchi dasturlari (NVDA, JAWS), nutqni matnga aylantirish (speech-to-text), Brayl displey va printerlar, klaviatura va sichqonchaga alternativ qurilmalar bilan jihozlash. 2027-yildan boshlab har yili Oliy taʼlim tashkilotlarining budjetdan tashqari mablagʻlari, Kasbiy taʼlimni rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Kasbiy taʼlim agentligi 11. “Maxsus pedagog” kasbiy standartini tasdiqlash. 1. Xalqaro tajriba asosida “Maxsus pedagog” kasbiy standartining loyihasini ishlab chiqish. 2026-yil sentabr Ijrochilarga ajratilgan mablagʻlar Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Milliy malaka tizimini rivojlantirish instituti 2. “Maxsus pedagog” kasbiy standartini tasdiqlashni belgilangan tartibda tasdiqlash. 2027-yil aprel 12. Ijtimoiy himoya milliy agentligi tizimidagi taʼlim tashkilotlari ayrim xodimlarining mehnatiga haq toʻlashni takomillashtirish. Ijtimoiy himoya milliy agentligi tizimidagi taʼlim tashkilotlarining boshqaruv, texnik va xizmat koʻrsatuvchi xodimlarining mehnatiga haq toʻlash, tarif razryadlarini, ularning ish staji va malaka toifasiga bogʻliq ustamalar miqdorini tasdiqlash. 2026-yil sentabr Davlat budjeti mablagʻlari Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi 13. Alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalar uchun davlat ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari pedagog xodimlarining faoliyat samaradorligi koʻrsatkichlari (KPI) natijasiga koʻra moddiy ragʻbatlantirish maxsus jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan har oylik ustamalar belgilash tizimini joriy qilish. Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan belgilangan mezonlar asosida alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalar uchun davlat ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalarining pedagog xodimlariga “Taʼlim jarayonini boshqarish” elektron moduli orqali har bir oʻquvchining individual rivojlanish xaritasini yuritish bilan bogʻliq faoliyat samaradorligi koʻrsatkichlari (KPI) natijasiga koʻra moddiy ragʻbatlantirish maxsus jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan lavozim maoshiga har oylik ustamalar belgilash tizimini joriy qilish. 2026/2027 oʻquv yili davomida Davlat budjeti mablagʻlari Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi 14. Pedagoglarning ishora tili boʻyicha bilim va koʻnikmalarini oshirish. 1. Taʼlim tashkilotlarida pedagogik faoliyat bilan shugʻullanuvchi pedagoglar uchun malaka oshirish kurslarini tashkil etish. 2. Pedagogika yoʻnalishi boʻyicha mutaxassis tayyorlashga moʻljallangan oliy taʼlim dasturlariga imo-ishora tili boʻyicha qoʻshimcha oʻquv modulini kiritish. 2027/2028 oʻquv yilidan boshlab Ijrochilarga ajratilgan mablagʻlar Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Oʻzbekiston Karlar jamiyati 3. Imo-ishora tilidan foydalanish imkoniyatini taʼminlash boʻyicha taʼlim tashkilotlariga qoʻyiladigan minimal talablarni ishlab chiqish va tasdiqlash. 2027-yil yanvar Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Oʻzbekiston Karlar jamiyati III. Nogironligi boʻlgan shaxslarning oʻziga boʻlgan ishonchini oshirish, ularni jamiyatga integratsiya qilishni ragʻbatlantirish 15. “Maxsus pedagogika assotsiatsiyasi” nodavlat notijorat tashkilotini tashkil etish. 1. “Maxsus pedagogika assotsiatsiyasi” nodavlat notijorat tashkilotining maqsad va vazifalarini ishlab chiqish. 2026-yil dekabr Xorijiy grant va homiylik mablagʻlari, Davlat budjeti, Ijtimoiy himoya davlat jamgʻarmasi mablagʻlari Ijtimoiy himoya milliy agentligi 2. Zarur hujjatlarni tayyorlash, “Maxsus pedagogika assotsiatsiyasi” nodavlat notijorat tashkilotini roʻyxatdan oʻtkazishga koʻmaklashish. 2027-yil fevral Adliya vazirligi 16. Pedagoglarning kasbiy oʻsishi va tashabbusini ragʻbatlantirish. 1. “Maxsus pedagogika yetakchisi” tanlovini oʻtkazish shartlari, muddatlari, tartibi va baholash mezonlarini nazarda tutuvchi nizomni ishlab chiqish va tasdiqlash. 2027-yil aprel Ijtimoiy himoya davlat jamgʻarmasi mablagʻlari Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi 2. Tanlovni yuqori saviyada tashkil etish va gʻoliblarni munosib ragʻbatlantirish. 2027-yil oktabrdan boshlab, har yili 17. Imkoniyati cheklangan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan maxsus texnikumlarda taʼlim berishni takomillashtirish. 1. Maxsus texnikumlarda boshlangʻich kasbiy taʼlim dasturlari boʻyicha kadrlar tayyorlashni aqli zaif bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktablar hamda inklyuziv sinflarning 9-sinfini tamomlagan (yengil darajada aqliy zaif tashxisi qoʻyilgan) oʻquvchilar uchun 1 yillik oʻquv dasturi boʻyicha davlat granti asosida amalga oshirish. 2. Nogironligi boʻlgan shaxslar (aqli zaif shaxslar bundan mustasno) uchun boshlangʻich kasbiy taʼlim dasturi boʻyicha kadrlar tayyorlashni inklyuziv taʼlim joriy etilgan kasbiy taʼlim tashkilotlarida 9-sinf negizida davlat granti asosida amalga oshirish. 2026/2027 oʻquv yilidan boshlab Davlat budjeti mablagʻlari Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Kasbiy taʼlim agentligi, Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi IV. Nogironligi boʻlgan shaxslar uchun taʼlim tashkilotlarida toʻsiqsiz muhit yaratish 18. Taʼlim tashkilotlarini toʻsiqsiz muhit talablariga moslashtirish. 1. Inklyuziv taʼlim sinfi tashkil etiladigan umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarini toʻsiqsiz muhit talablari boʻyicha xatlovdan oʻtkazish. Har yili may oyida “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamgʻarmasi mablagʻlari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari 2. Inklyuziv taʼlim sinfi tashkil etiladigan umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarini toʻsiqsiz muhit talablariga moslashtirish. 3. Inklyuziv taʼlim sinfida taʼlim olayotgan nogironligi boʻlgan oʻquvchilarni zarur mebel, jihoz va asbob-uskunalar bilan taʼminlash. Har yili iyun — avgust oylarida 19. Davlat umumiy taʼlim tashkilotlarida taʼlim olayotgan nogironligi boʻlgan bolalar uchun shart-sharoitlar yaratish. “Inklyuziv taʼlim muhiti” grantini ajratish tartibini ishlab chiqish va belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish. Bunda ushbu grant mablagʻlarini ota-onalar, pedagoglar va mahalliy aholi tomonidan maktabdagi aniq muammolarni hal etish boʻyicha ilgari surilgan tashabbuslarni, shu jumladan, pandus oʻrnatish, sensor xona tashkil etish, sanitariya xonasini moslashtirish, taʼlim jarayoni uchun koʻrgazmali va rivojlantiruvchi materiallarni xarid qilish tadbirlarini moliyalashtirishga yoʻnaltirish nazarda tutiladi. 2026-yil dekabr Ijtimoiy himoya davlat jamgʻarmasi mablagʻlari Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 4-avgustdagi PQ-292-son qaroriga2-ILOVA
Koʻp funksional inklyuziv-resurs maktablari, koʻp tarmoqli maktab yoki koʻp tarmoqli maktab-internatlarini tashkil etish
T/rHududlar nomiKoʻp funksional inklyuziv-resurs maktabiKoʻp tarmoqli maktab yoki koʻp tarmoqli maktab-internati1.Qoraqalpogʻiston Respublikasi142.Andijon viloyati193.Buxoro viloyati144.Jizzax viloyati135.Qashqadaryo viloyati146.Navoiy viloyati137.Namangan viloyati168.Samarqand viloyati169.Surxondaryo viloyati1410.Sirdaryo viloyati1211.Toshkent viloyati11112.Fargʻona viloyati11113.Xorazm viloyati1314.Toshkent shahri116Jami1486
Izoh:
1. 2027-2028-yillarda 10 ta Koʻp funksional inklyuziv-resurs maktabi “Aholining zaif qatlamlarini integratsiya qilish uchun Oʻzbekistonning innovatsion ijtimoiy himoya tizimi (INSON)” loyihasi doirasida jalb qilingan kredit mablagʻlari hamda Ijtimoiy himoya davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan quriladi.
2. Koʻp tarmoqli maktab yoki koʻp tarmoqli maktab-internatlari hududlardagi ehtiyojdan kelib chiqib, bosqichma-bosqich tashkil etiladi.
3. Mazkur ilovaga muvofiq amalga oshiriladigan qurilish, rekonstruksiya va kapital taʼmirlash ishlari boʻyicha:
a) buyurtmachi etib Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzuridagi “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyalari belgilanadi;
b) istisno tariqasida, maxsus axborot portalida eʼlon joylashtirmasdan, jamoatchilik muhokamasidan va xarid qilish tartib-taomillarini elektron shaklda oʻtkazmasdan, eng yaxshi takliflarni tanlash orqali bosh loyiha va bosh pudrat tashkilotlarini aniqlashga ruxsat beriladi.
4. Zaruratga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan mazkur rejaga oʻzgartirishlar kiritilishi mumkin.