PF-180-son Farmon · 29.08.2026

Xalqaro tan olingan vizalarga ega boʻlgan xorijiy fuqarolar uchun Oʻzbekiston Respublikasiga kirish tartibini soddalashtirish toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Farmon
  • Raqami:PF-180
  • Qabul qilingan sana:29.08.2026
  • Kuchga kirgan sana:03.09.2026
  • Holati:Amalda
  • Rasmiy nashr:QMMB 06/26/180/0883

Oʻzbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan ochiqlik siyosatini izchil davom ettirish, viza tizimini soddalashtirish orqali toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalar va sayyohlar oqimini koʻpaytirish, ushbu yoʻnalishda ilgʻor chet davlatlar tajribalarini mamlakatimizda qoʻllash hamda oʻzaro hamkorlikni kuchaytirish maqsadida qaror qilaman:

1. 2026-yil 1-sentabrdan boshlab Avstraliya, Amerika Qoʻshma Shtatlari, Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligi, Kanada, Koreya Respublikasi, Shengen kelishuvi ishtirokchilari boʻlgan davlatlar, Yangi Zelandiya va Yaponiyaning amaldagi koʻp martalik biznes va turizm toifasidagi kirish vizasiga ega boʻlgan hamda oʻz yoki uchinchi mamlakatga uchish aviachiptasini taqdim qilgan Hindiston Respublikasi fuqarolari uchun ushbu xorijiy vizalardan birining amal qilish muddati mobaynida Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kirgan kundan eʼtiboran 30 kungacha boʻlgan muddatga vizasiz rejim amaliyoti joriy etilsin.

2. Turizm qoʻmitasi Tashqi ishlar vazirligi, boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2027-yil 1-iyulga qadar ushbu Farmonning ijrosi natijalarini, shu jumladan, uning hindistonlik sayyohlar oqimiga taʼsirini chuqur tahlil qilsin hamda mazkur amaliyotni boshqa xorijiy davlatlar fuqarolari uchun ham tatbiq etish yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga taklif kiritsin.

3. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Kreativ iqtisodiyot va turizm boʻyicha departamenti boshligʻi G.O. Umerova zimmasiga yuklatilsin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV

Toshkent sh.,

2026-yil 29-avgust,

PF-180-son

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.