PF-186-son Farmon · 05.09.2026

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tuzilmasiga Bosh vazirning oʻrinbosari-Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi raisi lavozimini kiritish toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Farmon
  • Raqami:PF-186
  • Qabul qilingan sana:05.09.2026
  • Kuchga kirgan sana:07.09.2026
  • Holati:Amalda
  • Rasmiy nashr:QMMB 06/26/186/0901

Mahalla institutining jamiyatdagi nufuzi va rolini kuchaytirish hamda sohadagi boshqaruvi samaradorligini yanada oshirish maqsadida qaror qilaman:

1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ijro etuvchi tuzilmasida Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi raisi lavozimi kiritilsin.

2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11-avgustdagi PF-133-son Farmoni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasida:

(a) “Bosh vazirning oʻrinbosari — Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi raisi” bloki bilan toʻldirilsin;

(b) izoh qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“Boshqaruv xodimlari soni — 235 nafar”.

3. Adliya vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.

4. Ushbu Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV

Toshkent sh.,

2026-yil 5-sentabr,

PF-186-son

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.