[Koʻchirma]
Sogʻliqni saqlash tizimida amalga oshirilayotgan islohotlarni izchil davom ettirish hamda kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini xalqaro standartlar asosida isloh qilish maqsadida qaror qilaman:
I. Maqsadlar
1. Quyidagilar tibbiyot va farmatsevtika sohasida kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish faoliyatining asosiy maqsadlari etib belgilansin:
(a) sogʻliqni saqlash sohasida kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasi oshirish tizimiga kasbiy koʻnikma va kompetensiyalarga asoslangan oʻqitishning xalqaro standartlarini joriy etish;
(b) tibbiyot taʼlimi va ilm-fani samaradorligini oshirish va sifat nazoratining taʼsirchan vositalarini joriy etish;
(v) tibbiyot oliy taʼlim muassasalari 2030-yilga qadar xalqaro eʼtirof etilgan reyting tashkilotlarining tibbiyot sohasi boʻyicha birinchi 500 talik oliy taʼlim tashkilotlari roʻyxatiga kirishini taʼminlash;
(g) tibbiyot taʼlimi Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti, Butunjahon tibbiyot taʼlimi federatsiyasi standartlariga va boshqa xalqaro tan olingan standartlarga muvofiqligini taʼminlash.
II. Tibbiyot taʼlimini transformatsiya qilish
2. Belgilansinki, 2027/2028 oʻquv yilidan boshlab bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha tibbiyot taʼlimi sohasiga ajratilgan davlat buyurtmasi parametrlari taʼlim yoʻnalishlari kesimida Sogʻliqni saqlash vazirligi (keyingi oʻrinlarda — Vazirlik) tomonidan tasdiqlanadi. Bunda:
(a) Aholi salomatligini tahlil qilish ilmiy-tadqiqot markazi tibbiyot va farmatsevtika kadrlariga boʻlgan joriy va istiqboldagi ehtiyojni oʻrganish boʻyicha asosiy ishchi organ hisoblanadi;
(b) qabul koʻrsatkichlari tibbiyot va farmatsevtika kadrlariga boʻlgan joriy va istiqboldagi ehtiyojdan kelib chiqib, hududlar ehtiyoji, tibbiyot tashkilotlarining ehtiyoji hamda tegishli mutaxassisliklar boʻyicha kadrlar yetishmovchiligini hisobga olgan holda shakllantiriladi.
3. Belgilansinki, 2027/2028 oʻquv yilidan boshlab tibbiyot sohasida kadrlar tayyorlovchi oliy taʼlim tashkilotlarida:
(a) davolash ishi bakalavriat taʼlim yoʻnalishi negizida “5+1” shaklidagi (bitiruvchi kurs talabalari bir yil toʻliq amaliyot oʻtashi shaklida) 6 yillik umumiy tibbiyot bakalavriat taʼlim yoʻnalishi joriy etiladi;
(b) amalda davolash ishi bakalavriat taʼlim yoʻnalishining tegishli bosqichlarida tahsil olayotgan talabalarning oʻquv jarayonlari yangi moslashtirilgan oʻquv reja va dasturlar asosida tashkil etiladi;
(v) umumiy tibbiyot bakalavriat taʼlim yoʻnalishi bitiruvchilari umumiy amaliyot shifokori kvalifikatsiyasiga ega boʻladi va ular belgilangan tartibda oilaviy shifokor lavozimida faoliyat yuritishi mumkin boʻladi;
(g) tibbiyot sohasining barcha bakalavriat taʼlim yoʻnalishlarida bitiruvchi kurs talabalari uchun toʻliq oʻquv yili davomida amaliyot oʻtash tizimi joriy etiladi;
(d) stomatologiya yoʻnalishida talabalarning amaliy mashgʻulotlarini tashkil etish maqsadida tibbiyot oliy taʼlim muassasalariga stomatologiya poliklinikalari biriktirib beriladi.
4. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga koʻra tor soha mutaxassislarini tayyorlashda klinik ordinatura negizida xalqaro standartlar asosida davomiyligi tabaqalashtirilgan rezidentura dasturlari bosqichma-bosqich joriy etiladi. Bunda:
(a) rezidenturada tor soha mutaxassislarini tayyorlash davlat tibbiyot taʼlim tashkilotlari va tibbiyot muassasalarida davlat granti asosida amalga oshiriladi;
(b) 2026/2027 oʻquv yilidan boshlab oilaviy tibbiyot yoʻnalishi boʻyicha rezidentura tashkil etiladi hamda bitiruvchilarga oilaviy shifokor mutaxassisligi beriladi;
(v) 2027/2028 oʻquv yilidan boshlab:
(i) tor soha mutaxassislarini tayyorlash toʻliq rezidentura orqali amalga oshiriladi va ordinaturaga qabul toʻxtatilishi hamda tibbiyot yoʻnalishidagi tor soha mutaxassisliklari boʻyicha magistraturaga umumiy davlat buyurtmasi asosida oʻqishga qabul qilish parametrlarini qisqartirish hisobiga boʻshaydigan mablagʻlar mutaxassislarni rezidenturada tayyorlashga yoʻnaltiriladi. Bunda mazkur kichik bandda nazarda tutilgan tartib amaldagi magistratura va klinik ordinatura dasturlarida taʼlim olayotganlarga nisbatan tatbiq etilmaydi;
(ii) davlat granti asosida rezidenturaga qabul qilingan talabalarga Davlat budjet mablagʻlari hisobidan mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdoriga nisbatan 2,15 koeffitsiyent miqdorida stipendiya toʻlanishini nazarda tutuvchi tartib joriy etiladi;
(iii) rezidenturaga davlat granti asosida qabul koʻrsatkichlari sogʻliqni saqlash sohasiga magistratura va ordinatura uchun ajratilgan umumiy qabul parametrlari hisobidan mutaxassisliklar va taʼlim yoʻnalishlari kesimida Vazirlik tomonidan tasdiqlanadi. Bunda qabul koʻrsatkichlari tibbiyot kadrlariga boʻlgan joriy va istiqboldagi ehtiyojdan kelib chiqib, hududlar ehtiyoji, tibbiyot tashkilotlarining ehtiyoji hamda tegishli mutaxassisliklar boʻyicha kadrlar yetishmovchiligini hisobga olgan holda shakllantiriladi;
(iv) rezidentura taʼlim dasturlarini oʻzlashtirganlarga Taʼlimning xalqaro standart tasniflagichi va Milliy malakalar ramkasining 7-darajasiga mos keluvchi taʼlim toʻgʻrisida davlat namunasidagi diplom beriladi;
(v) tor soha mutaxassisliklari boʻyicha birlamchi va qoʻshimcha ixtisoslashtirish faqat rezidentura orqali amalga oshiriladi;
(vi) magistratura qabul parametrlarining qisqarishiga qadar boʻlgan miqdorining 20 foizgacha qismi magistratura dasturlari uchun saqlanadi;
(vii) tibbiyot sohasida magistratura dasturi orqali tor soha mutaxassislarini tayyorlash amaliyoti bekor qilinadi. Bunda mazkur kichik bandda nazarda tutilgan tartib amaldagi magistratura dasturlarida taʼlim olayotganlarga nisbatan tatbiq etilmaydi;
(viii) magistratura dasturlari boʻyicha oʻqishga oliy maʼlumotga ega nomutaxassis, biroq turdosh sohalarda taʼlim olganlarni ham qabul qilishga ruxsat beriladi;
(ix) magistratura dasturlari ilmiy-pedagogik (nomutaxassislardan faqat ilmiy) va boshqaruv kadrlarini tayyorlashga xizmat qiladi;
(x) tibbiyot muassasalari va taʼlim tashkilotlariga oʻzlarining moliyaviy imkoniyatidan kelib chiqib, budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan qoʻshimcha rezidentura dasturlarini ochishga ruxsat beriladi. Bunda rezidentura dasturlari boʻyicha qabul parametrlari Vazirlik bilan kelishiladi;
(xi) nodavlat tibbiyot va taʼlim tashkilotlariga tor soha mutaxassislariga boʻlgan ehtiyojdan kelib chiqib, tashkilotning oʻz mablagʻlari hisobidan rezidentura dasturlari boʻyicha oʻqishni yoʻlga qoʻyishga ruxsat etiladi. Bunda rezidentura dasturlari boʻyicha qabul parametrlari Vazirlik bilan kelishiladi.
5. Belgilab qoʻyilsinki, oilaviy tibbiyot yoʻnalishi boʻyicha rezidentura talabalari Vazirlik tomonidan tibbiyot oliy taʼlim tashkilotiga biriktiriladigan oilaviy poliklinikalarda tayyorlanadi. Bunda:
(a) oilaviy poliklinikaga biriktirilgan aholiga tibbiy xizmatlar tibbiyot oliy taʼlim tashkiloti professor-oʻqituvchilari hamda rezidentura talabalari tomonidan ham koʻrsatiladi;
(b) oilaviy poliklinikada rezidentura talabalari bir vaqtning oʻzida ham taʼlim oladi, ham amaliyot bilan shugʻullanadi;
(v) tibbiyot oliy taʼlim tashkilotlariga oʻzlariga biriktirilgan tibbiyot muassasalarida rezidentura talabalarining taʼlim olishi hamda amaliy koʻnikmalarni shakllantirishi uchun moliyaviy imkoniyatlardan kelib chiqib, budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan zarur moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga ruxsat beriladi.
6. Tibbiyot sohasida bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari va rezidentura mutaxassisliklarining professor-oʻqituvchi va talabalar nisbati bosqichma-bosqich 1:6 ga yetkazilsin.
III. Tibbiyot va farmatsevtika taʼlimiga qoʻyiladigan umumiy talablar
7. 2027/2028 oʻquv yilidan boshlab tibbiyot va farmatsevtika sohasida kadrlar tayyorlovchi oliy taʼlim tashkilotlarida bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga, shu jumladan, maqsadli qabul parametrlari doirasida talabalikka qabul qilishning minimal chegarasi kirish imtihonlarida toʻplash lozim boʻlgan maksimal ballning 60 foizi etib belgilansin.
Bunda, qonunchilik hujjatlariga muvofiq imtiyoz asosida talabalikka qabul qilinishi belgilangan, biroq qabul kirish imtihonlari natijalari asosida amalga oshiriladigan abituriyentlarga ham mazkur tartib tatbiq etiladi.
8. 2026/2027 oʻquv yilidan boshlab tibbiyot va farmatsevtika sohasida:
(a) bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari, magistratura va rezidentura dasturlari har bir oʻquv modulining akademik koʻrsatkichlarini oʻzlashtirishda, shuningdek, davlat imtihonlarida (oliy taʼlim tashkilotiga kirish imtihonlari bundan mustasno) minimal oʻtish ballari shifokor mutaxassisliklari uchun eng yuqori ballning 70 foizi, oʻrta tibbiyot xodimi mutaxassisliklari uchun 60 foiz etib belgilansin;
(b) qisqa muddatli qayta tayyorlash kurslari yoki dasturlari orqali tor soha mutaxassisliklari boʻyicha (qoʻshimcha) ixtisoslashtirish bekor qilinsin (yoʻnalishi boʻyicha chuqurlashtirilgan tayyorgarlik bundan mustasno);
(v) rezidentura, shu jumladan, qayta tayyorlash dasturlari tibbiyot va farmatsevtika sohasida kadrlar tayyorlovchi oliy taʼlim tashkilotlari, respublika darajasidagi tibbiyot muassasalari tomonidan amalga oshirilsin. Bunda rezidentura va qayta tayyorlash dasturlarini amalga oshiruvchi tashkilotlar ilmiy-pedagogik salohiyati va klinik bazasini inobatga olgan holda Vazirlik tomonidan belgilanadi;
(g) birlamchi maqsadli ixtisoslashtirish kurslari (internatura)ga qabul bekor qilinsin.
IV. Tibbiyot va farmatsevtika taʼlimi tizimida boshqaruvni takomillashtirish
9. Belgilansinki, tibbiyot va farmatsevtika sohasida kadrlar tayyorlovchi nodavlat kasbiy, oliy va oliy taʼlimdan keyingi taʼlim tashkilotlari (keyingi oʻrinlarda — nodavlat tibbiyot va farmatsevtika taʼlim tashkilotlari) faoliyatini yoʻlga qoʻyishning quyidagi yangi tartibi joriy etiladi:
(a) nodavlat tibbiyot va farmatsevtika taʼlim tashkilotlari faoliyatini yoʻlga qoʻyish hamda kadrlar tayyorlash tizimini muvofiqlashtirish boʻyicha Vazirlik huzurida yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan Tibbiyot taʼlimi va ilm-fani kengashi (keyingi oʻrinlarda — Kengash) faoliyati yoʻlga qoʻyiladi;
(b) Kengash kollegial organ hisoblanadi;
(v) Kengash aʼzoligiga tibbiyot va farmatsevtika taʼlimi va ilm-fani sohasida yuqori malakaga, shu jumladan, xorijiy tajribaga hamda ilmiy darajaga ega boʻlgan mutaxassislar jalb etiladi. Bunda sogʻliqni saqlash sohasidagi davlat fuqarolik xizmatining rahbar va boshqaruv xodimlari Kengash tarkibiga kiritilmaydi;
(g) nodavlat tibbiyot va farmatsevtika taʼlim tashkilotlari faoliyati hamda taʼlim yoʻnalishlari va mutaxassisliklarini litsenziyalash Kengashning ijobiy xulosasi asosida amalga oshiriladi;
(d) tibbiyot va farmatsevtika taʼlim yoʻnalishlari hamda mutaxassisliklarini maxsus davlat akkreditatsiyasidan oʻtkazish Kengashning ijobiy xulosasiga muvofiq amalga oshiriladi;
(j) tibbiyot va farmatsevtika sohasidagi taʼlim tashkilotlari zimmasiga oʻzlarining klinikalari va (yoki) klinik bazalari, ilmiy-amaliy tadqiqot laboratoriyalari, simulyatsion markazlari hamda farmatsevtika tashkilotlari bilan hamkorlikda taʼlim jarayonlarini tashkil etish (shu jumladan, shartnoma asosida) majburiyati yuklatiladi.
10. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq 2027-yil 1-martdan boshlab:
(a) mulkchilik shaklidan qatʼi nazar tibbiyot va farmatsevtika sohasida kadrlar tayyorlovchi oliy taʼlim muassasalarining har yilgi qabul parametrlarini belgilashda ularda mavjud moddiy-texnik resurslar hisobga olinadi;
(b) sogʻliqni saqlash sohasida oliy maʼlumotli kadrlarga boʻlgan ehtiyoj yuqori boʻlgan hududlar uchun davlat granti asosida maqsadli qabul parametrlari doirasida talabalikka qabul qilish, talabgorning yashash joyidan qatʼiy nazar, shartnomada belgilangan muddatda mazkur hududda ishlab berish sharti bilan amalga oshiriladi.
11. Belgilansinki, 2027-yil 1-yanvardan boshlab birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari, shuningdek, tuman (shahar) markaziy shifoxonalarida faoliyat yuritayotgan tor soha mutaxassislarini Tibbiyotni rivojlantirish davlat maqsadli jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan xorijga yuborib, qayta tayyorlash va malakasini oshirishning soddalashtirilgan tartibi joriy etiladi.
V. Oʻrta tibbiyot xodimlari maqomini oshirish
12. Belgilansinki, 2027/2028 oʻquv yilidan boshlab hamshiralik ishi kasbiy taʼlim mutaxassisligi negizida tibbiy hamrohlik ishi mutaxassisligi hamda oliy hamshiralik ishi bakalavriat taʼlim yoʻnalishi negizida oliy tibbiy hamrohlik ishi bakalavriat taʼlim yoʻnalishi joriy etiladi. Bunda:
(a) tibbiy hamrohlik ishi mutaxassisligi hamda oliy tibbiy hamrohlik ishi bakalavriat taʼlim yoʻnalishini bitirgan xotin-qizlarga hamshira hamda erkaklarga tibbiyot ogʻasi kvalifikatsiyasi beriladi;
(b) oliy tibbiy hamrohlik ishi bakalavriat taʼlim yoʻnalishida davlat buyurtmasi qabul parametrlari 2030/2031 oʻquv yiliga qadar har yili kamida 20 foizga oshirib boriladi.
13. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:
(a) 2027/2028 oʻquv yilidan boshlab tibbiyot texnikumlarining imtiyozli bitiruvchilariga Vazirlik hamda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan belgilangan tartibga muvofiq faqat oliy tibbiy hamrohlik ishi bakalavriat taʼlim yoʻnalishida ikkinchi kursdan oʻqishini davom ettirish huquqi beriladi;
(b) 2027/2028 oʻquv yilidan boshlab:
(i) oʻrta tibbiyot xodimlarini tayyorlashning ikki yillik oʻquv dasturlariga qabul bekor qilinadi;
(ii) oliy tibbiy hamrohlik ishi bakalavriat taʼlim yoʻnalishi boʻyicha kadrlar tayyorlashda rivojlangan xorijiy davlatlarning oliy taʼlim tashkilotlari bilan hamkorlikda qoʻshma taʼlim dasturlari joriy etiladi. Bunda oʻquv dasturlarining kamida 70 foizini xorijiy oliy taʼlim tashkiloti oʻquv dasturidan oʻzlashtirishga ruxsat beriladi;
(iii) tibbiy hamrohlik ishi mutaxassisligida ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash maqsadida magistratura dasturi yoʻlga qoʻyiladi.
14. 2027/2028 oʻquv yilidan boshlab Hamshiralar akademiyasi negizida Toshkent davlat tibbiyot universitetida xalqaro hamkorlik asosida Ilgʻor tibbiy hamrohlik maktabi tashkil etilsin. Bunda:
(a) Ilgʻor tibbiy hamrohlik maktabi dekan tomonidan boshqarilib, ushbu dekanga universitet prorektori uchun belgilangan vakolatlar beriladi;
(b) Ilgʻor tibbiy hamrohlik maktabida oliy taʼlim, oliy taʼlimdan keyingi taʼlim va malaka oshirish dasturlari yoʻlga qoʻyiladi;
(v) Ilgʻor tibbiy hamrohlik maktabi oliy va kasbiy taʼlimda kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish boʻyicha asosiy muassasa hisoblanadi hamda ushbu yoʻnalishdagi barcha taʼlim tashkilotlariga uslubiy rahbarlik qiladi.
15. 2027-yil 1-yanvardan boshlab tibbiyot, farmatsevtika va pedagog xodimlarning oylik maoshlariga quyidagi miqdorlarda bazaviy tarif stavkasi yoki lavozim maoshiga nisbatan har oylik ustamalar belgilansin:
(a) bakalavriatni tamomlagan hamshiralar va tibbiyot ogʻalariga — mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 1 baravari;
(b) magistraturani tamomlagan hamshiralar va tibbiyot ogʻalariga — mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 2 baravari;
(v) oilaviy tibbiyot boʻyicha rezidenturani tamomlagan oilaviy shifokorlar va shu yoʻnalishda magistraturani tamomlagan pedagog kadrlarga — mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 4 baravari.
VI. Farmatsevtika taʼlimini takomillashtirish
16. 2027/2028 oʻquv yilidan boshlab:
(a) farmatsevtika korxonalari va tashkilotlari talablari asosida mehnat stajiga ega xodimlar uchun asosiy faoliyatidan ajralmagan holda xalqaro taʼlim standartlariga muvofiq dual taʼlim shakllari joriy etilsin;
(b) Toshkent farmatsevtika institutida budjetdan tashqari mablagʻlar hisobidan respublikada farmatsevtika mahsulotlarini tartibga solish borasida xorijiy va mahalliy malakali mutaxassislarni jalb qilgan holda yangi “Farmatsevtika mahsulotining sifatini baholash va tartibga solish”, “Yaxshi laboratoriya amaliyoti (GLP)” va “Farmakonazorat (GVP)” oʻquv kurslari yoʻlga qoʻyilsin;
(v) Toshkent farmatsevtika institutidagi Oʻquv-tajriba ishlab chiqarish majmuasi negizida talabalarda amaliy koʻnikmalarni shakllantirishga qaratilgan xoʻjalik jamiyati shaklida yangi ishlanmalarga asoslangan Farmatsevtika ishlab chiqarish va amaliyot ilmiy-oʻquv markazi “spin-off” korxonasi faoliyati yoʻlga qoʻyilsin. Bunda talabalarning malaka amaliyoti davrida dori vositasining hayotiy siklini (sintez, klinik oldi sinovlari, standartlash) toʻliq yaratish jarayonida ishtirok etishi yoʻlga qoʻyiladi.
VII. Tibbiyot oliy taʼlim muassasalarining klinikalari faoliyatini tashkil etish
17. Belgilansinki, 2026-yil 1-oktabrdan boshlab:
(a) davlat tibbiyot oliy taʼlim muassasalari oʻzlariga biriktirilgan klinikalarning (keyingi oʻrinlarda — klinikalar) muassisi hisoblanadi va ularning faoliyatini muvofiqlashtiradi;
(b) klinikalar yuridik shaxs maqomiga ega boʻlgan davlat muassasasi hisoblanadi;
(v) tibbiyot oliy taʼlim muassasalariga boʻysunuvidagi klinikalarda qurilish-taʼmirlash ishlarini amalga oshirish va jihozlashga ruxsat beriladi;
(g) tibbiyot oliy taʼlim muassasasining bir nechta klinikalari mavjud boʻlganda, har bir klinikada ajratilgan mablagʻlar va shtat birliklari doirasida bosh shifokor lavozimi joriy etiladi hamda ular oliy taʼlim muassasasining davolash ishlari boʻyicha prorektoriga boʻysunadi;
(d) klinikalar bosh shifokori tibbiyot oliy taʼlim muassasasi rektori tomonidan Vazirlik bilan kelishilgan holda lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi;
(j) tibbiyot oliy taʼlim muassasalarining professor-oʻqituvchilari, talabalari, rezidentura talabalari va magistrlari klinikalardagi davolash ishlarida bevosita ishtirok etadi.
VIII. Moliyaviy resurslar
18. Belgilansinki, mazkur Farmon talablariga muvofiq davlat buyurtmasi (davlat granti) asosida kadrlar tayyorlash, shu jumladan, ustamalar toʻlash bilan bogʻliq xarajatlar:
(a) 2026-yilda Vazirlikning asoslantirilgan hisob-kitoblariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetining qoʻshimcha manbalaridan shakllangan mablagʻlar hisobidan moliyalashtiriladi;
(b) 2027-yildan boshlab Davlat budjeti parametrlarini shakllantirishda nazarda tutiladi.
IX. Farmon ijrosini tashkil etish, taʼminlash va nazorat
19. Quyidagilar:
(a) Tibbiyot va farmatsevtika sohasida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish boʻyicha chora-tadbirlar rejasi 1-ilovaga muvofiq;
(b) Tibbiyot oliy taʼlim muassasalari tasarrufiga oʻtkaziladigan stomatologiya muassasalari roʻyxati 2-ilovaga muvofiq;
(v) Tibbiyot va farmatsevtika taʼlimi tizimini takomillashtirishning maqsadli koʻrsatkichlari 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
20. Vazirlik uch oy muddatda:
(a) manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda qonunchilik hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida;
(b) tibbiyot sohasiga ixtisoslashmagan oliy taʼlim muassasalarida mavjud tibbiyotga aloqador oʻquv yoʻnalishlari faoliyatini oʻrganib, sifat koʻrsatkichlari past deb topilganlarini maqbullashtirish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
21. Vazirlik Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan birgalikda 2027-yil 1-mayga qadar 2027/2028 oʻquv yilidan boshlab toʻlov-kontrakt asosida oʻqitish qiymatini bir talaba uchun toʻgʻri keladigan oʻrtacha xarajat miqdorini inobatga olgan holda oshirish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim tashkilotlariga qabul qilish boʻyicha davlat komissiyasiga taklif kiritsin.
22. Vazirlik Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi bilan birgalikda quyidagilarni nazarda tutuvchi tadbirlarni amalga oshirish uchun Jahon bankining ekspertlari va mablagʻlarini jalb qilish choralarini koʻrsin:
(a) kasbiy standartlarni ishlab chiqish va takomillashtirish maqsadida xorijiy ekspertlarni jalb etish;
(b) kompetensiyaga asoslangan oliy taʼlim oʻquv dasturlarini, oʻquv-uslubiy materiallar va raqamli taʼlim resurslarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish, taʼlim jarayonlarini monitoring va nazorat qilish hamda samaradorligini baholash mexanizmlarini ishlab chiqish;
(v) tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining bilimlarini mustaqil baholash tizimini joriy etish. Bunda zamonaviy axborot-resurs majmuasi va oʻquv-simulyatsion bazalar tashkil etish;
(g) tibbiyot va farmatsevtika xodimlari faoliyatini davlat roʻyxatidan oʻtkazish tizimini amaliyotga tatbiq etish;
(d) davlat tibbiyot oliy taʼlim muassasalarining bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari, rezidentura va magistratura mutaxassisliklari boʻyicha taʼlim dasturlarini bosqichma-bosqich Butunjahon tibbiyot taʼlimi federatsiyasi (WFME) akkreditatsiyasidan oʻtkazish;
(j) oʻqituvchilar uchun yetakchi xalqaro tibbiyot taʼlim muassasalarida treninglar, mahorat darslari va kengaytirilgan xorijiy amaliyot dasturini tashkil etish;
(z) tibbiyot xodimlarining barcha toifalari uchun milliy malaka ramkalarini ishlab chiqish.
23. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim hujjatlariga 4-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
24. Mazkur Farmonning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsan javobgar etib sogʻliqni saqlash vaziri E.E. Adilov hamda oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri K.A. Sharipov belgilansin.
25. Farmon ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2026-yil 10-sentabr,
PF-191-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 10-sentabrdagi PF-191-son Farmoniga1-ILOVA
Tibbiyot va farmatsevtika sohasida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish boʻyicha chora-tadbirlar rejasi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 10-sentabrdagi PF-191-son Farmoniga2-ILOVA
Tibbiyot oliy taʼlim muassasalari tasarrufiga oʻtkaziladigan stomatologiya muassasalari roʻyxati
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 10-sentabrdagi PF-191-son Farmoniga3-ILOVA
Tibbiyot va farmatsevtika taʼlimi tizimini takomillashtirishning maqsadli koʻrsatkichlari
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 10-sentabrdagi PF-191-son Farmoniga4-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2003-yil 26-fevraldagi “Sogʻliqni saqlash tizimini yanada isloh qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-3214-son Farmoniga 2-ilovada:
(a) nomidagi “Yuqori texnologik ixtisoslashtirilgan” soʻzlari “Ixtisoslashtirilgan” soʻzi bilan almashtirilsin;
(b) quyidagi mazmundagi 20-band bilan toʻldirilsin:
“20. Inson aʼzolari va toʻqimalarining transplantatsiyasi uchun donorlik qilgan shaxslar”.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 14-noyabrdagi “Tadbirkorlar huquqlari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-184-son Farmonida:
(a) 1-ilovada:
(i) 11-pozitsiya “Nazorat sohasi” ustunidagi “Tibbiy faoliyat ustidan nazorat” soʻzlari “Tibbiy faoliyatni litsenziya olmasdan amalga oshirish holatlarini aniqlash va bartaraf etish ustidan nazorat” soʻzlari bilan almashtirilsin;
(ii) quyidagi mazmundagi 11-2-pozitsiya bilan toʻldirilsin:
(b) 2-ilova quyidagi mazmundagi 1-3-pozitsiya bilan toʻldirilsin:
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 5-maydagi “Taʼlim sifatini taʼminlash va taʼlim xizmatlari koʻrsatish tizimini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-76-son Farmonida:
(a) 2-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Belgilansinki, Agentlik oʻrta maxsus, kasbiy, oliy va oliy taʼlimdan keyingi taʼlim, shuningdek, kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish, malakalarni baholash sohalarida tashqi sifat nazoratini amalga oshiruvchi maxsus vakolatli davlat organi hisoblanadi, bundan tibbiyot va farmatsevtika xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tashkilotlari hamda taʼlim dasturlari mustasno. Mazkur sohada tashqi sifat nazorati hamda kompleks va maxsus davlat akkreditatsiyasini amalga oshirish boʻyicha vakolatli davlat organi Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Uzluksiz kasbiy rivojlanish markazi hisoblanadi”;
(b) 4-band “a” kichik bandining birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“(a) oʻrta maxsus, kasbiy, oliy va oliy taʼlimdan keyingi taʼlim, shuningdek, kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tashkilotlarini (keyingi oʻrinlarda — taʼlim tashkilotlari) kompleks va maxsus davlat akkreditatsiyasidan oʻtkazadi (bundan tibbiyot va farmatsevtika xodimlarini qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirish va ixtisoslashtirish, shuningdek, rezidentura boʻyicha kadrlar tayyorlash faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlar hamda ularning taʼlim dasturlari mustasno). Bunda:”;
(v) 1-ilovaning “a” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“(a) oʻrta maxsus, kasbiy, oliy va oliy taʼlimdan keyingi taʼlim, shuningdek, kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tashkilotlari (keyingi oʻrinlarda — taʼlim tashkilotlari)ni tashqi baholashni amalga oshirish (bundan tibbiyot va farmatsevtika xodimlarini qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirish va ixtisoslashtirish, shuningdek, rezidentura boʻyicha kadrlar tayyorlash faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlar hamda ularning taʼlim dasturlari mustasno)”.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-avgustdagi “Dori vositalari va tibbiy jihozlar muomalasini tartibga solishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-137-son Farmonida:
(a) 2-bandning “a” kichik bandidagi “mazkur Farmon kuchga kirgan sanaga qadar” soʻzlari chiqarib tashlansin;
(b) 1-ilova quyidagi mazmundagi 6-1-pozitsiya bilan toʻldirilsin:
6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-noyabrdagi “Aholi salomatligi va millat genofondini giyohvandlik va narkojinoyatlardan samarali himoya qilish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-207-son Farmoniga 1-ilovaning 21-pozitsiyasi “Ijro muddati” ustunida “2026-yil iyul”, “2026-yil aprel — sentabr” va “2026-yil may” soʻzlari “2026-yil dekabr” soʻzlari bilan almashtirilsin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-maydagi “Tibbiyot sohasida xususiy sektorni qoʻshimcha qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-74-son Farmonida:
(a) 2-bandning “v” kichik bandi quyidagi mazmundagi jumla bilan toʻldirilsin:
“Bunda ixtisoslashtirilgan ambulator tibbiy xizmatlarni koʻrsatish va jarrohlik amaliyotlarini amalga oshirish paketlari hamda ularning narxlari Jamgʻarma Kuzatuv kengashi tomonidan belgilanadi”;
(b) 23-bandning “a” kichik bandi birinchi xatboshisidagi “uch oy muddatda” soʻzlari “2026-yil yakuniga qadar” soʻzlari bilan almashtirilsin.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-maydagi “Sogʻliqni saqlash tizimida boshqaruv samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-77-son Farmoniga 3-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Sogʻliqni saqlash vazirligining tashkiliy tuzilmasi
”.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 6-maydagi “Tibbiyot va farmatsevtika taʼlimi va ilm-fani tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4310-son qarorining 4-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 7-apreldagi “Tibbiy-sanitariya sohasida kadrlarni tayyorlash va uzluksiz kasbiy rivojlantirishning mutlaqo yangi tizimini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida“gi PQ-4666-son qarorida:
(a) 3 band “b” kichik bandining uchinchi xatboshisi chiqarib tashlansin;
(b) 10-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“10. Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Tibbiyot xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutining tuzilmasi Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vaziri tomonidan tasdiqlanadi”;
(v) 14-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“14. Tibbiy-sanitariya va farmatsevtika kadrlari uchun malaka oshirishni nazarda tutuvchi uzluksiz kasbiy taʼlim tizimini joriy etgan tibbiyot oliy taʼlim muassasalari (shu jumladan, nodavlat tibbiyot oliy taʼlim muassasalari), respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlari va ularning filiallari, ilmiy-tadqiqot institutlari, hududiy koʻp tarmoqli tibbiyot markazlari va nodavlat tibbiyot tashkilotlari malaka oshirishdan muvaffaqiyatli oʻtgan mutaxassislarga oʻzlashtirilgan oʻqish kreditlari koʻrsatilgan holda Vazirlik tomonidan tasdiqlanadigan namunadagi sertifikatni Vazirlik tomonidan belgilanadigan axborot tizimi orqali elektron shaklda rasmiylashtirish huquqi berilsin”;
(g) 3-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
(d) 4-ilova quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 7-apreldagi PQ-4666-son qaroriga4-ILOVA
Uzluksiz kasbiy tibbiyot taʼlimida toʻplanadigan kreditlar
* Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan:
davlat tibbiyot va farmatsevtika tashkilotlarida asosiy ish joyi boʻyicha mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan oʻrta tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining har yili 28 kredit toʻplashi bilan bogʻliq uzluksiz kasbiy taʼlim xarajatlari toʻliq qoplanadi;
birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalarida, tuman (shahar) darajasidagi davlat tibbiyot tashkilotlarida, shuningdek, shoshilinch va tez tibbiy yordam tizimida asosiy ish joyi boʻyicha mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan oliy maʼlumotli tibbiyot xodimlarining har yili 25 kredit toʻplashi bilan bogʻliq uzluksiz kasbiy taʼlim xarajatlari qoplanadi.
Uzluksiz kasbiy tibbiyot taʼlimida kreditlarni toʻplash bilan bogʻliq Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan qoplanadigan xarajatlarni moliyalashtirish tartibi va ularning eng yuqori miqdorlari Vazirlar Mahkamasining qarori bilan belgilanadi.
** Kreditlarning jami hajmi besh yil davomida toʻplanadi”.
11. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 19-iyuldagi “Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar faoliyatini yanada takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-5188-son qarorining 8-bandida:
(a) “a” kichik band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
(b) “b” kichik bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“2030-yil 1-yanvarga qadar Prezident maktablari bitiruvchilariga davlat oliy taʼlim tashkilotlarining bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga xalqaro A-Level imtihonlaridan tanlov fanlaridagi yoʻnalishi boʻyicha A*, A va B darajadagi sertifikatlarni qoʻlga kiritgan taqdirda ballar ketma-ketligida 2027/2028 oʻquv yilida ularning 50 foizi, 2028/2029 oʻquv yilidan boshlab 15 foizi umumiy belgilangan davlat granti asosidagi qabul koʻrsatkichlariga nisbatan qoʻshimcha davlat granti asosida, qolgan qismi esa umumiy belgilangan qabul parametrlaridan tashqari bazaviy toʻlov-kontrakt asosida”.
12. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 28-iyuldagi “Sogʻliqni saqlash sohasida ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam koʻrsatish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5199-son qarorida:
(a) 1-band “a” kichik bandining yettinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“yoʻllanma axborot tizimida avtomatik tarzda shakllantiriladi va davlat yoki nodavlat tibbiyot tashkilotlarida tibbiy xizmatlar olish huquqini beradi. Bunda yoʻllanma tasdiqlangandan soʻng 10 kun mobaynida bemor tomonidan tegishli tibbiyot tashkilotiga murojaat qilinmaganda ushbu yoʻllanma oʻz kuchini yoʻqotadi (patologik homiladorlik holatlari, “Vaqf” xayriya jamoat fondi, “Saxovat va koʻmak”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari” jamgʻarmalari, shuningdek, Ijtimoiy himoya davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan davolanish uchun berilgan yoʻllanmalar bundan mustasno)”;
(b) 1-ilovaning izoh qismi quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Respublika ixtisoslashtirilgan ftiziatriya va pulmonologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi 2026-yil 1-oktabrdan boshlab Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan imtiyozli toifaga kiruvchi shaxslarni elektron axborot tizimi orqali hisobga olish va navbat asosida davolanishga yoʻllash tizimidan chiqariladi”.
13. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 25-maydagi “Sogʻliqni saqlash sohasini kompleks rivojlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-5124-son qarori 6-bandi toʻrtinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Belgilansinki, 2026-yil 1-iyundan boshlab tibbiyot muassasalarining IT operatorlariga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 19-fevraldagi “Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5349-son Farmoni 7-bandi “g” kichik bandida nazarda tutilgan ustama tatbiq etiladi hamda tibbiyot muassasalarining IT operatorlariga tibbiyot brigadalari amaliyotchi hamshiralari uchun belgilangan mehnatga haq toʻlash shartlari tatbiq etiladi”.
14. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 16-iyundagi “Aholiga tez tibbiy yordam koʻrsatish tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi PQ-283-son qarorida:
(a) 1-ilovaning 16-pozitsiyasida “Chora-tadbir nomi” ustuni uchinchi xatboshisidagi “2023 — 2025-yillarda” soʻzlari “2027 — 2029-yillarda” soʻzlari bilan almashtirilsin;
(b) 3-ilovaning Izoh qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Izoh: Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan yoʻltanlamas va maxsus avtotransport vositalariga boʻlgan ehtiyoj asosida mazkur roʻyxatga oʻzgartirishlar kiritilishi mumkin”.
15. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 6-iyuldagi “2022 — 2026-yillarda Oʻzbekiston Respublikasining innovatsion rivojlanish strategiyasini amalga oshirish boʻyicha tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-307-son qaroriga 7a-ilovaning 108-pozitsiyasi chiqarib tashlansin.
16. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 26-oktabrdagi “Aholini sifatli dori vositalari va tibbiy buyumlar bilan taʼminlash yuzasidan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-411-son qarorining 2-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“2. Belgilab qoʻyilsinki:
a) qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda vaqtinchalik tanqisligi yuzaga kelgan deb topilgan hamda davlat roʻyxatidan oʻtkazmasdan majburiy sertifikatlashtirish sharti bilan tibbiyot amaliyotida qoʻllash va olib kirishga ruxsat etilgan retsept bilan beriladigan dori vositalariga nisbatan referent narxni shakllantirish tizimi tatbiq etilmaydi;
b) 2025-yil 1-apreldan boshlab referent narxlari qayd etilmagan yoki qayd etilgan narxdan yuqori boʻlgan retsept bilan beriladigan dori vositalarini sertifikatlashtirish taqiqlanadi (ushbu bandning “a” kichik bandida koʻzda tutilgan holatlar bundan mustasno)”.
17. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 20-yanvardagi “2023 — 2026-yillarda ftiziatriya va pulmonologiya xizmatini yanada rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-12-son qarorida:
(a) quyidagi mazmundagi 9-1-band bilan toʻldirilsin:
“9-1. Markaz 2026-yil 1-oktabrdan boshlab Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan imtiyozli toifaga kiruvchi shaxslarni elektron axborot tizimi orqali hisobga olish va navbat asosida davolanishga yoʻllash tizimidan chiqariladi. Bunda Markaz va hududlardagi ftiziatriya va pulmonologiya yoʻnalishidagi tibbiyot muassasalariga Davlat budjeti va boshqa manbalardan ajratiladigan mablagʻlar Davlat tibbiy sugʻurtasi jamgʻarmasi mablagʻlari tarkibida respublika budjeti darajasida alohida jamlanadi hamda tuberkulyoz va nafas olish organlari kasalliklarining oldini olish, erta aniqlash, davolash, reabilitatsiya qilish bilan bogʻliq tadbirlar har bir davolangan holat boʻyicha va boshqa usullarda moliyalashtiriladi”;
(b) 2-ilovada:
(i) 10-pozitsiyada:
“Amalga oshirish mexanizmi” ustunidagi “jami 4 mln nafar” soʻzlari chiqarib tashlansin;
“Muddati” ustunidagi “2023 — 2026-yillar” soʻzlari “2023-yildan boshlab” soʻzlari bilan almashtirilsin;
(ii) 15-pozitsiyada:
“Amalga oshirish mexanizmi” ustuni 1-bandidagi “80 mingta” soʻzlari “Har yili 20 mingtadan” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“Muddati” ustunidagi “2023 — 2026-yillar” soʻzlari “2023-yildan boshlab” soʻzlari bilan almashtirilsin;
(iii) 22-pozitsiyaning “Muddati” ustunidagi “2023 — 2026-yillar” soʻzlari “2023-yildan boshlab” soʻzlari bilan almashtirilsin;
(v) 4-ilovaning izoh qismi quyidagi mazmundagi toʻqqizinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Mazkur ilovada keltirilgan tibbiy jihozlar 2027-yil yakuniga qadar yetkazib beriladi”.
18. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 20-iyundagi “Maʼmuriy islohotlar doirasida sogʻliqni saqlash sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-197-son qarorida:
(a) 8-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“8. Tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining malakasini baholash markazi Toshkent shahri Yashnobod tumani Sultonali Mashhadiy koʻchasi 197-uy manzilidagi binoga operativ boshqaruv huquqi asosida joylashtirilsin”;
(b) 2-ilovaning 3-pozitsiyasi chiqarib tashlansin.
19. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 23-noyabrdagi “Allergik kasalliklarning oldini olish va davolash sifatini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-371-son qarorida:
(a) 2-bandning “a” kichik bandidagi “Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning bemor vakillarini” soʻzlari “nogironligi boʻlgan shaxslarni” soʻzlari bilan almashtirilsin;
(b) 3-banddagi “Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning bemor vakillarini” soʻzlari “nogironligi boʻlgan shaxslarni” soʻzlari bilan almashtirilsin;
(v) 1-ilovaning 7-pozitsiyasi “Chora-tadbirlar nomi” ustunidagi “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimiga yoki Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning bemor vakillariga” soʻzlari “nogironligi boʻlgan shaxslarga” soʻzlari bilan almashtirilsin.
20. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 9-fevraldagi “Qashqadaryo viloyatida aholi salomatligini muhofaza qilish hamda sogʻliqni saqlash tizimini yangi bosqichga koʻtarish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-67-son qaroriga 1-ilovada:
(a) 10-pozitsiyaning “Amalga oshirish muddatlari” ustuni “2024 — 2026-yillar” soʻzlari “2024 — 2027-yillar” soʻzlari bilan almashtirilsin;
(b) 15-pozitsiya chiqarib tashlansin.
21. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 15-maydagi “Uchinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumi va Xorijiy investorlar kengashining navbatdagi yigʻilishi doirasida erishilgan kelishuvlarning ijrosini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-179-son qaroriga 1-ilovaning 43-pozitsiyasida:
(a) “Loyiha nomi” ustunidagi “Xorijiy hamkor: “InterHealth Medical” (Avstraliya)” soʻzlari chiqarib tashlansin;
(b) “Ijro muddati” ustunidagi “2026-yil dekabr” soʻzlari “2028-yil iyul” soʻzlari bilan almashtirilsin.
22. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 22-noyabrdagi “Ayollar orasida onkologik kasalliklarni nazorat qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida“gi PQ-402-son qaroriga 2-ilovada:
(a) quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
(b) ikkinchi — yigirmanchi xatboshilar tegishincha uchinchi — yigirma birinchi xatboshilar deb hisoblansin.
23. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 21-maydagi “Onkologik, gematologik va immunologik kasalliklarga chalingan bolalarga tibbiy yordam koʻrsatishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-183-son qaroriga 4-ilovaning 7-pozitsiyasi “Ijro muddati” ustunidagi “2024-2025-yillar” soʻzlari “2026-2027-yillar” soʻzlari bilan almashtirilsin.
24. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-sentabrdagi “Davlat tibbiy sugʻurtasi mexanizmlarini joriy etishga oid chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-311-son qaroriga 7-ilovada:
(a) 16-bandning oltinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Jamgʻarmaning tasdiqlangan budjeti doirasida maqsadli dasturlar va boshqa chora-tadbirlarni amalga oshirish, shu jumladan, tibbiy xizmatlarni koʻrsatish uchun zarur boʻlgan jihozlarni xarid qilish va taʼmirlash, shuningdek dori va sarflov vositalarini xarid qilish uchun tibbiyot tashkilotlariga qaytarish sharti bilan moliyaviy koʻmak koʻrsatish”;
(b) 23-bandning toʻrtinchi xatboshisi “namunaviy shaklini” soʻzlaridan keyin “, shuningdek, moliyalashtirish usullari va mexanizmlarini” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
(v) 31-bandda “lavozim maoshining” soʻzlaridan keyin “(ragʻbatlantirish koeffitsiyentlarini hisobga olgan holda)” soʻzlari bilan toʻldirilsin.
25. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 29-noyabrdagi “Tibbiyot muassasalarini farmatsevtika mahsulotlari va tibbiy jihozlar bilan taʼminlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-408-son qarori 4-bandining “v” kichik bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
27. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-dekabrdagi “Qoraqalpogʻiston ilmiy-amaliy tibbiyot akademiyasini tashkil etishga oid chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-453-son qarorida:
(a) 2-bandning “j” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“j) Nukus shahri, A. Dosnazarov koʻchasi, 104-uy manzilida joylashgan oʻquv binolarining birinchi, toʻrtinchi va oltinchi korpuslari Akademiyani tashkil etish uchun Xususiy sherikka Bitimning amal qilish muddatiga tasarruf etish huquqisiz egalik qilish va foydalanishga beriladi.
Mazkur korpuslarga biriktirilgan yer uchastkasi Xususiy sherikka ushbu qarorning 6¹-bandida belgilangan tartibda beriladi”;
(b) quyidagi mazmundagi 6-1-band bilan toʻldirilsin:
“6-1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi bir oy muddatda Nukus shahri, A. Dosnazarov koʻchasi, 104-uy manzilida joylashgan, maydoni 13 013 kv.m boʻlgan yer uchastkasini Xususiy sherikka Bitimning amal qilish muddatidan oshmaydigan muddatga vaqtincha egalik qilish va foydalanishga berish toʻgʻrisida belgilangan tartibda qaror qabul qilsin.
Urbanizatsiya va uy-joy bozorini barqaror rivojlantirish milliy qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi Xususiy sherikning mazkur huquqlari belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazilishini taʼminlasin”.
29. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 22-apreldagi “Tibbiyot sohasida kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-149-son qaroriga 1-ilovaning izoh qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Izohlar:
1. Kuzatuv kengashi aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga mazkur lavozimlarga yangidan tayinlangan yoki zimmasiga tegishli vazifalarni bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi;
2. Zarur hollarda, Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan Kuzatuv kengashi tarkibiga oʻzgartirish kiritilishi mumkin”.
30. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-maydagi “2025 — 2030-yillarda bolalar saratoniga qarshi kurashish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi milliy strategiyasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-186-son qarorida:
(a) nomidagi, II va IV boʻlimlarning nomidagi, 2-banddagi, 3-bandning “a” va “b” kichik bandlaridagi, 4, 5, 6, 17, 20, 21 va 22-bandlardagi, 24-bandning “b” kichik bandidagi, 28-banddagi tegishli kelishikdagi “Strategiya” soʻzi tegishli kelishikdagi “Dastur” soʻzi bilan almashtirilsin;
(b) 11-band quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Amerika Qoʻshma Shtatlarining Dana-Farber Cancer institute tashkiloti Markazning asosiy hamkori etib belgilansin”;
(v) 1-ilovada:
(i) nomidagi “strategiyasini” soʻzi “dasturini” soʻzi bilan almashtirilsin;
(ii) 1-pozitsiyaning “Amalga oshirish mexanizmi” ustunidagi “strategiyasi” soʻzi “dasturi” soʻzi bilan almashtirilsin;
(iii) 3-pozitsiyaning “Tadbirlar nomi” va “Amalga oshirish mexanizmi” ustunlaridagi “strategiyasini” soʻzi “dasturini” soʻzi bilan almashtirilsin;
(iv) 7-pozitsiyaning “Tadbirlar nomi” ustunidagi “strategiyasini” soʻzi “dasturini” soʻzi bilan almashtirilsin;
(v) 19-pozitsiyaning “Amalga oshirish mexanizmi” ustunidagi “strategiyasini” soʻzi “dasturini” soʻzi bilan almashtirilsin;
(vi) 23-pozitsiyaning “Amalga oshirish mexanizmi” ustunidagi “Milliy strategiyaning” soʻzlari “Milliy dasturning” soʻzlari bilan almashtirilsin;
(g) 2-ilovaning nomidagi “strategiyasini” soʻzi “dasturini” soʻzi bilan almashtirilsin;
(d) 5-ilovaning nomidagi “strategiyasi” soʻzi “dasturi” soʻzi bilan almashtirilsin.
31. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 8-sentabrdagi “Sud-ekspertlik faoliyatini yanada takomillashtirish va sohaga zamonaviy texnologiyalarni keng joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-270-son qarorida:
(a) 12-bandning “a” kichik bandidagi “2026-yilda” soʻzlari “2027-yilda” soʻzlari bilan almashtirilsin;
(b) 2-ilovaning izoh qismi quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Sogʻliqni saqlash vazirligi Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazi va filiallari uchun belgilangan tibbiy jihozlarning soni hamda turiga oʻzgartirish kiritishi mumkin”.
32. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 8-sentabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Taʼlim sifatini taʼminlash milliy agentligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi PQ-275-son qarorida:
(a) 2-bandning “b” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“(b) Agentlik oʻrta maxsus, kasbiy, oliy va oliy taʼlimdan keyingi taʼlim, shuningdek, kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish, malakalarni baholash sohalarida tashqi sifat nazoratini amalga oshiruvchi maxsus vakolatli davlat organi etib belgilangani (tibbiyot va farmatsevtika xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tashkilotlari hamda taʼlim dasturlari bundan mustasno) maʼlumot uchun qabul qilinsin”;
(b) 2-ilovada:
(i) 2-band quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Agentlikning kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish sohasidagi tashqi sifat nazorati boʻyicha vakolatlari tibbiyot va farmatsevtika xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tashkilotlari hamda taʼlim dasturlariga tatbiq etilmaydi”;
(ii) 10-bandning “a” kichik bandidagi “tashkilotlari (keyingi oʻrinlarda — taʼlim tashkilotlari)da” soʻzlaridan keyin “(bundan tibbiyot va farmatsevtika xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tashkilotlari mustasno)” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
(iii) 11-bandda:
“a” kichik bandning “ii” xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“(ii) idoraviy mansubligi, mulkchilik va tashkiliy-huquqiy shaklidan qatʼi nazar taʼlim tashkilotlarini maxsus va kompleks davlat akkreditatsiyasidan oʻtkazadi, bundan tibbiyot va farmatsevtika xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tashkilotlari hamda taʼlim dasturlari mustasno”;
“j” kichik bandning “i” xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“(i) taʼlim sifati va akkreditatsiya bilan bogʻliq jarayonlarni raqamlashtirish, shu jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Uzluksiz kasbiy rivojlanish markazi tomonidan akkreditatsiyadan oʻtkazilgan tashkilotlar va taʼlim dasturlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni elektron shaklda qabul qilish hamda Davlat akkreditatsiyasi reyestriga kiritish choralarini koʻradi”.
34. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 20-yanvardagi “Oʻtkir yurak-qon tomir va serebrovaskulyar kasalliklarning oldini olish chora-tadbirlarini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi PQ-20-son qaroriga 3-ilovada:
(a) 6.1-pozitsiyaning “Ijro muddatlari” ustunidagi “2026-yil mart” soʻzlari “2026-yil dekabr” soʻzlari bilan almashtirilsin;
(b) 8.1-pozitsiyaning “Ijro muddatlari” ustunidagi “2026-yil mart” soʻzlari “2026-yil dekabr” soʻzlari bilan almashtirilsin.
36. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 24-iyundagi “Saraton kasalliklarining oldini olish, erta aniqlash va davolash chora-tadbirlarini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi PQ-238-son qarorining 15-bandida “Jamgʻarmaga” soʻzi “Sogʻliqni saqlash vazirligiga” soʻzlari bilan almashtirilsin.
37. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 24-iyundagi “Aholiga palliativ tibbiy xizmatlar koʻrsatishni takomillashtirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-239-son qarorida:
(a) 4-bandning “d” kichik bandidagi “kuchli taʼsir qiluvchi” soʻzlari “giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va alohida toifadagi kuchli taʼsir qiluvchi moddalar, jumladan, noinyeksion shakldagi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
(b) 5-bandning “j” kichik bandidagi “bolalar koʻp tarmoqli tibbiyot markazi bosh shifokorining palliativ yordam boʻyicha oʻrinbosari” soʻzlari “sogʻliqni saqlash boshqarmasining bolalar palliativ yordami boʻyicha oʻrinbosari (bunda mazkur lavozim uchun alohida shtat birligi ajratilmaydi hamda Samarqand viloyati sogʻliqni saqlash boshqarmasi hisobidan moliyalashtirilmaydi)” soʻzlari bilan almashtirilsin;
(v) 9-bandning “b” kichik bandidagi “giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning” soʻzlari “giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va alohida toifadagi kuchli taʼsir qiluvchi moddalar, jumladan, noinyeksion shakldagi dori vositalarining” soʻzlari bilan almashtirilsin;
(g) 1-ilovaning 13.1-pozitsiyasi “Muddati” ustunidagi “2026-yil iyul” soʻzlari “2026-yil dekabr” soʻzlari bilan almashtirilsin;
(d) 2-ilovaning 1-pozitsiyasi “Quvvati (oʻrinlar soni)” ustunidagi “20” raqami “15” raqami bilan almashtirilsin.
38. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 27-iyuldagi “Toshkent shahrini 2026-2027-yillarda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-279-son qaroriga 8-ilovaning 21-pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
39. Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 22-iyuldagi 204-son qarori bilan tasdiqlangan Ambulatoriyada davolanishda shaxslarning ayrim toifalarini dori vositalari bilan imtiyozli taʼminlash tartibi toʻgʻrisida nizomda:
(a) 12-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“12. Dorixonalardan dori vositalarini imtiyozli ajratish vrach tomonidan rasmiylashtirilgan elektron retseptlar boʻyicha amalga oshiriladi”;
(b) 15-bandning birinchi xatboshisidagi “davolovchi vrach (umumiy amaliyot vrachi)” soʻzlari “vrachi” soʻzi bilan almashtirilsin.
40. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 24-oktabrdagi “Onkologik xizmatni yanada rivojlantirish va onkologik kasalliklarning kechki bosqichlarini boshidan oʻtkazayotgan bemorlarga tibbiy-psixologik yordam koʻrsatishni takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 892-son qarorida:
(a) 1-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“1. Onkologik xizmatni yanada rivojlantirish va onkologik kasalliklarning kechki bosqichlarini boshidan oʻtkazayotgan bemorlarga tibbiy-psixologik yordam koʻrsatishni takomillashtirish boʻyicha chora-tadbirlar dasturi (keyingi oʻrinlarda — Dastur) 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin”;
(b) 2-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
(v) 8-banddan “, shuningdek, ushbu qaror bilan tasdiqlangan Konsepsiyaning amalga oshirilishini” soʻzlari chiqarib tashlansin;
(g) 2-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
41. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 23-noyabrdagi 943-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi hududida qoʻllanilishi ruxsat etilgan onlayn nazorat-kassa mashinalari, virtual kassa va fiskal modulga qoʻyiladigan texnik talablarda:
(a) 3-bandda:
(i) quyidagi mazmundagi oʻn oltinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“retsept bilan beriladigan dori vositalari faqat elektron retsept rasmiylashtirilgan holdagina realizatsiya qilinishi, elektron retseptni rasmiylashtirish orqali retsept bilan beriladigan dori vositalari realizatsiya qilinganda, chekda elektron retsept raqamini (retsept ID) majburiy aks ettirish talabini eʼlon qilish, ushbu talab bajarilmagan taqdirda chekni shakllantirish imkoniyatini cheklash mexanizmiga ega boʻlishi”;
(ii) oʻn oltinchi — oʻttiz uchinchi xatboshilar tegishlicha oʻn yettinchi — oʻttiz toʻrtinchi xatboshilar deb hisoblansin;
(b) 6-bandda:
(i) quyidagi mazmundagi oʻn uchinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“retsept bilan beriladigan dori vositalari faqat elektron retsept rasmiylashtirilgan holdagini realizatsiya qilinishi, elektron retseptni rasmiylashtirish orqali retsept bilan beriladigan dori vositalari realizatsiya qilinganda, chekda elektron retsept raqamini (retsept ID) majburiy aks ettirish talabini eʼlon qilish, shuningdek, elektron retseptning raqami aks ettirilmagan taqdirda, chekni shakllantirish imkoniyatini cheklash mexanizmiga ega boʻlishi”;
(ii) oʻn uchinchi — yigirma sakkizinchi xatboshilar tegishlicha oʻn toʻrtinchi — yigirma toʻqqizinchi xatboshilar deb hisoblansin.
42. Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 13-oktabrdagi “Gematologik va onkologik kasalliklarga chalingan bemorlarni yanada qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 643-son qarorida:
(a) 7-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Bolalar gematologiyasi, onkologiyasi va klinik immunologiyasi markazi faoliyatini samarali tashkil etish va rivojlantirish, salohiyatli kadrlar bilan taʼminlash hamda jihozlash dasturi (keyingi oʻrinlarda — Dastur) 1-ilovaga muvofiq”;
(b) 1-ilovaning nomidagi va 2-bandidagi tegishli kelishikdagi “konsepsiya” soʻzi tegishli kelishikdagi “dastur” soʻzi bilan almashtirilsin.
43. Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 25-noyabrdagi “Andijon davlat tibbiyot instituti va uning klinikasi faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 713-son qarorining 4-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
44. Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-fevraldagi 80-son qarori bilan tasdiqlangan Maxsus elektron tizim orqali ayrim faoliyat turlarini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisida yagona nizomda:
(a) 2-ilovada:
(i) 5-pozitsiyaning “Nodavlat taʼlim xizmatlarini koʻrsatish faoliyati uchun litsenziya” ustunidagi “II. Oʻrta maxsus, kasbiy, oliy va oliy taʼlimdan keyingi taʼlim xizmatlari uchun” boʻlimi quyidagi mazmundagi “d” kichik band bilan toʻldirilsin:
“d) Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Tibbiyot taʼlimi va fani kengashi xulosasi (tibbiyot va farmatsevtika sohasida taʼlim tashkilotlari uchun)”;
(ii) 9-pozitsiyaning “Oliy taʼlim xizmatlari boʻyicha litsenziya talablari va shartlari” boʻlimi quyidagi mazmundagi 10-pozitsiya bilan toʻldirilsin:
(b) 29-ilovaning 9-pozitsiyasi “Farmatsevtika faoliyati uchun litsenziya” ustunining “a” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“a) retsept bilan beriladigan dori vositalarini chakana realizatsiya qilishda ularning narxini davlat tomonidan tartibga solishning belgilangan tartibiga rioya qilish”.
45. Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 19-sentabrdagi 510-son qarori bilan tasdiqlangan Birlamchi tibbiy-sanitariya muassasalarida faoliyat yuritayotgan shifokorlar oylik ish haqiga qoʻshimcha har oylik ustama toʻlanadigan olis va chekka hududlar roʻyxatining “Olis va chekka hudud nomi” ustunida:
(a) quyidagi mazmundagi 23-1-pozitsiya bilan toʻldirilsin:
“Miskin” OFY”;
(b) quyidagi mazmundagi 30-1-pozitsiya bilan toʻldirilsin:
“Diyxanabad” OFY”;
(v) quyidagi mazmundagi 34-1-pozitsiya bilan toʻldirilsin:
“Taza jol” OFY”;
(g) quyidagi mazmundagi 37-1-pozitsiya bilan toʻldirilsin:
“Bestobe” OFY”.
46. Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 18-sentabrdagi 477-son qarori bilan tasdiqlangan Tibbiyot va farmatsevtika xodimlarini attestatsiyadan oʻtkazish va ularga malaka toifalari berish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentining 21-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“21. Davlat xizmatlari koʻrsatilganligi uchun quyidagi miqdorlarda toʻlov undiriladi:
shifokor va farmatsevtlardan — bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravari miqdorida;
“Oliy tibbiy hamrohlik ishi” mutaxassisligiga ega boʻlgan hamshiralar, oʻrta tibbiyot va oʻrta farmatsevtika xodimlaridan — bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida”.
47. Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 2-oktabrdagi “Kasalliklarni ambulator sharoitda davolashda dori vositalari xarajatlarini qoplash boʻyicha reimbursatsiya dasturi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 619-son qaroriga ilovaning 8-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“8. Reimbursatsiya dasturining budjeti Jamgʻarma budjetining bir qismi hisoblanib, ushbu dasturga kiritilgan dori vositalari, tibbiy buyumlar va sarflov vositalarini aholiga taqdim qilish uchun talab etiladigan mablagʻlar yigʻindisidan iborat boʻladi. Bunda reimbursatsiya dasturi budjeti respublika darajasida alohida jamlanadi”.
48. Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 19-iyundagi 382-son qarori bilan tasdiqlangan Birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalarida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan qoplanadigan tibbiy yordamning kafolatlangan hajmlari doirasida qoʻllanadigan dori vositalari, sarflash materiallari va tibbiy jihozlar roʻyxatida:
(a) III boʻlim quyidagi mazmundagi 44-1-pozitsiya bilan toʻldirilsin:
(b) izoh qismi quyidagi mazmundagi toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“*** Ushbu dori vositasi faqat koronar arteriyalarni stentlash amaliyotidan keyin qoʻllash uchun buyuriladi”.
49. Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 20-iyundagi “Respublikada aholiga birlamchi tibbiy-sanitariya yordamini koʻrsatish tizimini takomillashtirish boʻyicha tajriba-sinov loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 384-son qaroriga 6-ilovaning 12-bandida:
(a) birinchi xatboshidagi “dastlabki bir chorak davomida” soʻzlari chiqarib tashlansin;
(b) beshinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Bunda ushbu ustamalar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-maydagi “Respublikada sogʻliqni saqlash tizimini va aholiga tibbiy xizmat koʻrsatish tamoyillarini takomillashtirish orqali sohani isloh qilishni izchil davom ettirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-88-son Farmoniga muvofiq 2025-yil 1-iyuldan hamda 2026-yil 1-yanvardan boshlab sogʻliqni saqlash tizimini tashkil etishning yangi modeli joriy etilgan hududlardagi tibbiyot muassasalarida 2027-yil 1-yanvarga qadar, boshqa hududlarda sogʻliqni saqlash tizimini tashkil etishning yangi modeli joriy etilgandan keyin dastlabki bir chorak davomida amalda boʻladi”.
50. Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-avgustdagi “Oʻrta maxsus, kasbiy, oliy va oliy taʼlimdan keyingi taʼlim, shuningdek, kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tashkilotlarini kompleks hamda maxsus davlat akkreditatsiyasidan oʻtkazish tizimini joriy etish toʻgʻrisida”gi 498-son qarorida:
(a) 1-bandning “b” kichik bandi uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Agentlik idoraviy mansubligi va tashkiliy-huquqiy shaklidan qatʼi nazar, oʻrta maxsus, kasbiy, oliy va oliy taʼlimdan keyingi taʼlim, shuningdek, kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tashkilotlarini (keyingi oʻrinlarda — taʼlim tashkilotlari) kompleks davlat akkreditatsiyasidan, ularning taʼlim dasturlarini maxsus davlat akkreditatsiyasidan oʻtkazishi hamda taʼlim tashkilotlarini xavfni tahlil qilish asosida navbatdan tashqari oʻrganishi (tibbiyot va farmatsevtika xodimlarini qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirish va ixtisoslashtirish, shuningdek, rezidentura boʻyicha kadrlar tayyorlash faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlar hamda ularning taʼlim dasturlari bundan mustasno)”;
(b) 1-ilovada:
(i) 1-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“1. Ushbu Nizomning amal qilishi tibbiyot va farmatsevtika xodimlarini qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirish va ixtisoslashtirish, shuningdek, rezidentura boʻyicha kadrlar tayyorlash faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlarni hamda ushbu faoliyat doirasidagi taʼlim dasturlarini kompleks va maxsus davlat akkreditatsiyasidan oʻtkazishga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Mazkur tashkilotlar va taʼlim dasturlarini davlat akkreditatsiyasidan oʻtkazish Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi”;
(ii) 2-band quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Tibbiyot va farmatsevtika xodimlarini qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirish va ixtisoslashtirish, shuningdek, rezidentura boʻyicha kadrlar tayyorlash faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlarni kompleks va ularning taʼlim dasturlarini maxsus davlat akkreditatsiyasidan oʻtkazish boʻyicha maxsus vakolatli davlat organi Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi hisoblanadi”;
(iii) 8-band quyidagi mazmundagi toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Bunda tibbiyot va farmatsevtika sohasida faoliyat olib boruvchi taʼlim tashkilotlarini kompleks hamda ularning taʼlim dasturlarini maxsus davlat akkreditatsiyasidan oʻtkazishda Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Tibbiyot taʼlimi va fani kengashining xulosasi olinadi”;
(iv) 50-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“50. Agentlikning rasmiy veb-saytida barcha uchun ochiq boʻlgan Davlat akkreditatsiyasi reyestri yuritiladi. Reyestrga taʼlim tashkilotlari va taʼlim dasturlarining davlat akkreditatsiyasi natijalari, shu jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan akkreditatsiyadan oʻtkazilgan tashkilotlar va taʼlim dasturlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar hamda yakuniy hisobotlar kiritiladi”.
51. Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 4-noyabrdagi 694-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat va nodavlat tibbiyot tashkilotlarida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan tibbiy yordam koʻrsatish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
(a) 9-bandda:
(i) “d” kichik bandning uchinchi xatboshisidan “hudud yoki” soʻzlari chiqarib tashlansin;
(ii) “e” kichik band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“e) bemorning maʼlumotlari bir ish kunida hududiy darajada yoʻnalish boʻyicha TTKlar tomonidan oʻrganilib, tekshiruv va koʻrik natijalari tahlil qilinadi va bemorning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-sentabrdagi “Davlat tibbiy sugʻurtasi mexanizmlarini joriy etishga oid chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-311-son qarori yoki 2021-yil 28-iyuldagi “Sogʻliqni saqlash sohasida ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam koʻrsatish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5199-son qarori doirasida davolanish huquqini beruvchi yoʻllanma elektron axborot tizimida tasdiqlanadi.
Bunda tasdiqlangan kasalliklar roʻyxatiga muvofiq bemorga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-sentabrdagi “Davlat tibbiy sugʻurtasi mexanizmlarini joriy etishga oid chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-311-son qarori boʻyicha hududiy darajadagi tibbiyot tashkilotida statsionar davolanish belgilansa, yoʻllanma tasdiqlashda mazkur Nizomning 9-bandi “n” kichik bandi tatbiq etilmaydi”;
(iii) “j” kichik band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“j) hududiy darajadagi TTKlar tomonidan tasdiqlangan kasalliklar roʻyxatiga muvofiq bemor Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 28-iyuldagi “Sogʻliqni saqlash sohasida ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam koʻrsatish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5199-son qarori doirasida statsionar davolanishi zarur deb topilsa, bemor maʼlumotlari bir ish kunida yoʻnalishlar boʻyicha respublika darajasidagi TTKga yoʻnaltiriladi. Bunda hududiy darajadagi TTK tomonidan zaruratga koʻra bir ish kunida bemorga qoʻshimcha tekshiruv va (yoki) tor soha mutaxassisi koʻrigi belgilanishi mumkin”;
(iv) “m” kichik band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“m) rejali statsionar tibbiy xizmat olish uchun navbatda turgan bemorlarga shakllantirilgan yoʻllanma qabul qiluvchi tibbiyot tashkiloti tomonidan elektron axborot tizimi orqali bemor shifoxonaga yotish uchun taklif qilingan kundan boshlab 10 kun davomida amal qiladi (patologik homiladorlik holatlari, “Vaqf” xayriya jamoat fondi, “Saxovat va koʻmak”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari” jamgʻarmalari, shuningdek, Ijtimoiy himoya davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan davolanish uchun berilgan yoʻllanmalar bundan mustasno)”;
(v) “p” kichik bandning birinchi xatboshisi “Ijtimoiy” soʻzidan oldin “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-yanvardagi “Aholini ijtimoiy himoya qilish tizimini moliyalashtirish tartib-taomillarini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi PF-17-son Farmonining 3 va 4-bandlari doirasida” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
(vi) “m” kichik band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“m) rejali statsionar tibbiy xizmat olish uchun navbatda turgan bemorlarga shakllantirilgan yoʻllanma qabul qiluvchi tibbiyot tashkiloti tomonidan elektron axborot tizimi orqali bemor shifoxonaga yotish uchun taklif qilingan kundan boshlab 10 kun davomida amal qiladi. Bunda homiladorlik davridagi patologiyalari uchun shakllantirilgan imtiyozli yoʻllanmaning amal qilish muddati ushbu homiladorlik davomida cheklanmaydi”;
(b) 16-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“16. Bemorlarda tibbiyot tashkilotiga yotish uchun rasmiylashtirilgan yoʻllanmada koʻrsatilgan tashxisdan boshqa kasallik aniqlanganda yoki patologiya bilan tugʻilgan chaqaloqlarga dastlabki shoshilinch tibbiy yordam koʻrsatilgandan keyin rejali statsionar tibbiy yordamga zarurat tugʻilganda:
a) bemorni qabul qilgan tibbiyot tashkilotida uni davolash imkoniyati mavjud boʻlganda, bemorga shu tibbiyot tashkilotining oʻzida tibbiy yordam koʻrsatilishi mumkin. Bunda:
koʻrsatilgan tibbiy yordam uchun xarajatlar yangi aniqlangan boshqa kasallik yoki holatlar uchun tasdiqlangan bazaviy narxlar doirasida qoplab beriladi;
tibbiy yordam koʻrsatayotgan tibbiyot tashkilotiga aniqlangan kasallik yoki holatlardan kelib chiqib, bemorni davolash uchun qabul qilishga asos boʻlgan yoʻllanmadagi tashxisni elektron axborot tizimida oʻzgartirishga ruxsat beriladi. Mazkur holatlarning asoslangani Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan nazorat qilinadi;
yoʻllanmadagi oʻzgartirilgan tashxis asosida umumiy qiymatga elektron axborot tizimida tegishli oʻzgartirishlar kiritiladi;
b) bemorni birlamchi qabul qilgan tibbiyot tashkilotida davolash imkoniyati mavjud boʻlmaganda, mazkur tibbiyot tashkiloti tomonidan bemorni boshqa tibbiyot tashkilotiga oʻtkazish uchun imtiyozli yoʻllanma rasmiylashtirilib, boshqa tibbiyot tashkilotiga navbatsiz oʻtkaziladi;
v) patologiya bilan tugʻilgan chaqaloqlarga dastlabki shoshilinch tibbiy yordam koʻrsatilgandan keyin rejali statsionar tibbiy yordamga zarurat tugʻilganda ularni boshqa tibbiyot tashkilotiga oʻtkazish uchun yoʻllanma elektron axborot tizimida goʻdak tugʻilgan tibbiyot tashkiloti tomonidan shakllantiriladi va qabul qiluvchi tibbiyot tashkiloti bilan kelishilgan holda toʻgʻridan-toʻgʻri yoʻnaltiriladi va navbatsiz qabul qilinadi”;
(v) quyidagi mazmundagi 17-1-band bilan toʻldirilsin:
“17-1. Ftiziatriya yoʻnalishida bemorlarga tibbiy yordam koʻrsatuvchi tibbiyot tashkilotlariga faol sil kasalligi bilan murojaat qilgan bemorlar, shuningdek, tashxislash jarayonida faol sil kasalligi aniqlangan shaxslar mazkur tibbiyot tashkilotlari tomonidan elektron axborot tizimi orqali yoʻllanma rasmiylashtirilib, toʻgʻridan-toʻgʻri va navbatsiz qabul qilinadi”;
(g) 1-ilovaning “5-bosqich” pozitsiyasi “Ijro muddati” ustunidagi “60 kun davomida” soʻzlari “10 kun davomida” soʻzlari bilan almashtirilsin.