PF-209-son Farmon · 29.09.2026

Oliy taʼlimda dual taʼlim shaklida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Farmon
  • Raqami:PF-209
  • Qabul qilingan sana:29.09.2026
  • Kuchga kirgan sana:02.10.2026
  • Holati:Amalda
  • Rasmiy nashr:QMMB 06/26/209/0990

Xorijiy davlatlarning dual taʼlim shaklida oʻqitishni tashkil etish boʻyicha ilgʻor tajribalarini oliy taʼlim tizimiga tatbiq etish, mehnat bozori talablariga mos yuqori malakali kadrlarni maqsadli tayyorlash, oliy taʼlim tashkilotlari va ish beruvchilar oʻrtasidagi oʻzaro hamkorlikni yanada kuchaytirish, shuningdek, taʼlim jarayonini ishlab chiqarish bilan uzviy bogʻlash orqali taʼlim sifatini yangi bosqichga olib chiqish maqsadida qaror qilaman:

I. Asosiy maqsad

1. Mazkur Farmonning asosiy maqsadi yuqori malakali kadrlarni dual taʼlim shaklida “korxona — oliygoh — maqsadli kadr” tamoyili asosida tayyorlash orqali ish beruvchilarning taʼlim jarayoniga integratsiyasini oshirish hamda bitiruvchilarni kafolatlangan ish bilan taʼminlash hisoblanadi.

II. Dual taʼlim shaklida kadrlar tayyorlashni yoʻlga qoʻyish

2. Belgilansinki, 2027/2028 oʻquv yilidan boshlab oliy taʼlim tashkilotlarida ish beruvchi korxona (tashkilot)larning buyurtmalari asosida va bitiruvchini ishga qabul qilish sharti bilan dual taʼlim shaklida kadrlar tayyorlashning quyidagi tizimi joriy etiladi:

(a) dual taʼlim shakliga qabul amalga oshiriladigan bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari hamda qabul parametrlari Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan kelishilgan holda oliy taʼlim tashkiloti tomonidan har yili 1-sentabrga qadar belgilanadi;

(b) dual taʼlim shakliga qabul ish beruvchi korxona (tashkilot)lar buyurtmasiga muvofiq toʻlov-kontrakt asosida (bir nafar talabani oʻqitish xarajatidan kam boʻlmagan miqdorda) har yili 1-oktabrga qadar amalga oshiriladi. Bunda:

(i) nomzodlar korxona (tashkilot)ning yoʻllanmasi asosida toʻgʻridan-toʻgʻri imtihonsiz yoki buyurtmasi asosida saralash imtihoni natijasiga koʻra oʻqishga qabul qilinadi;

(ii) texnikumlarning oliy taʼlim bilan integratsiyalashgan oʻrta maxsus kasbiy taʼlim dasturlarini tamomlagan bitiruvchilarga dual taʼlim shaklida mos bakalavriat taʼlim yoʻnalishlarining 2 yoki 3-kursidan oʻqishini davom ettirishga ruxsat beriladi;

(v) dual taʼlim oliy taʼlim tashkiloti, korxona (tashkilot) va talaba oʻrtasida tuziladigan shartnomaga asosan tashkil etiladi. Bunda:

(i) korxona (tashkilot) zimmasiga talabaga oʻqish davri davomida oʻzining budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdoridan kam boʻlmagan miqdorda oylik ish haqi toʻlash;

(ii) talabaning zimmasiga bitirgandan soʻng kamida 2 yil mazkur korxona (tashkilot) yoki uning tizimidagi tashkilotda ishlab berish majburiyatlari yuklanadi;

(g) oʻquv jarayonining nazariy qismi kamida 30 foizni tashkil etadi va bevosita oliy taʼlim tashkilotida olib boriladi, qolgan amaliy qismi korxona (tashkilot)lar bazasida tashkil etiladi va talabalarga murabbiylar biriktiriladi;

(d) dual taʼlim shaklida ishtirok etuvchi korxona (tashkilot)larning reyestri hamda oʻquv jarayonining amaliy qismi monitoringi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining “CareerEdu” platformasida yuritiladi;

(j) davlat va davlat ulushi mavjud boʻlgan korxona (tashkilot)larga dual taʼlim shaklida kadrlar tayyorlash boʻyicha oliy taʼlim tashkilotlariga buyurtma berish hamda ushbu kadrlarni maqsadli tayyorlash xarajatlarini budjetdan tashqari mablagʻlar hisobidan qoplashga ruxsat beriladi;

(z) buyurtmachi korxona (tashkilot)larga dual taʼlimda kadrlar tayyorlash boʻyicha konsorsium tashkil qilishga hamda kadrlarning oʻzaro rotatsiyasini amalga oshirishga ruxsat beriladi;

(i) kunduzgi taʼlim shakliga va muqobil taʼlim shakllariga nisbatan belgilangan talabalar sonining ulushi boʻyicha talab dual taʼlim shakli uchun tatbiq etilmaydi;

(k) talabalar oʻqishini dual taʼlim shaklidan taʼlimning boshqa shakllariga koʻchirishga ruxsat berilmaydi, bunda taʼlim shaklini dual taʼlim shakliga oʻzgartirishga buyurtmachi korxona (tashkilot) bilan tuzilgan shartnoma mavjud boʻlgan taqdirda ruxsat beriladi.

3. Dual taʼlim shaklida tahsil olayotgan talabalarni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha shunday tartib oʻrnatilsinki, unga koʻra:

(a) dual taʼlim shaklida tahsil olayotgan Ijtimoiy reyestrga kiritilgan talabalarga oliy taʼlim tashkilotining budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan ijtimoiy stipendiya toʻlashga ruxsat beriladi;

(b) dual taʼlim shaklida tahsil olayotgan talabalarning ijara huquqi asosida yashashi bilan bogʻliq xarajatlarini qoplash taʼlimning kunduzgi shakli uchun belgilangan tartibda amalga oshiriladi;

(v) muhandislik ishi, ishlab chiqarish va ishlov berish, arxitektura va qurilish, qishloq xoʻjaligi taʼlim sohalari boʻyicha dual taʼlim shaklida tahsil olayotgan talabalarga oʻqishini 2-kursdan boshlab davlat granti kvotalari doirasida davom ettirish imkoniyati yaratiladi. Bunda:

(i) davlat granti kvotalari muayyan oʻquv yili uchun tegishli taʼlim sohalariga ajratilgan davlat buyurtmasi parametrlariga nisbatan qoʻshimcha 25 foiz miqdorida (ushbu taʼlim sohalariga ajratilgan davlat buyurtmasining vakant qolgan qismi va davlat granti asosidagi qoʻshimcha kvotalar hisobidan) belgilanadi;

(ii) davlat granti kvotalarini taqdim etish va qayta taqsimlash dual taʼlim shaklida tahsil olayotgan talabalarning tugallangan oʻquv yili yakuni boʻyicha oʻzlashtirish (GPA) koʻrsatkichi hamda buyurtmachi korxona (tashkilot)ning baholash natijasiga koʻra Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan amalga oshiriladi;

(iii) Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning farzandlari uchun dual taʼlim shaklida oʻqish birinchi kursdan boshlab butun oʻqish davrida Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi;

(iv) davlat granti kvotalari ajratiladigan taʼlim sohalariga, istiqbolda oliy maʼlumotli kadrlarga boʻlgan ehtiyojlardan kelib chiqib, Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan oʻzgartirish va qoʻshimcha kiritilishi mumkin;

(v) davlat granti asosida tahsil olayotgan talabalarga stipendiya toʻlovlari kunduzgi taʼlim shakli uchun qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi;

(g) talabaning dual taʼlim shaklida tahsil olgan davri uning umumiy mehnat stajini hisoblashda inobatga olinadi.

4. Dual taʼlim shaklida taʼlim dasturining amaliy qismi natijadorligini oshirish maqsadida quyidagilarga ruxsat berilsin:

(a) korxona (tashkilot)larga oʻz mablagʻlari hisobidan hamkor taʼlim tashkilotlarida amaliyot bazalarini tashkil etishga;

(b) oliy taʼlim tashkilotlariga kadrlar tayyorlashni yoʻlga qoʻygan korxona (tashkilot)lar bilan toʻgʻridan-toʻgʻri tuziladigan shartnomaga muvofiq tekin foydalanish huquqi asosida boʻsh turgan bino-inshootlari va hududida kadrlar tayyorlash yoʻnalishlariga mos ishlab chiqarish yoki xizmat koʻrsatish faoliyatini tashkil etishga;

(v) oliy taʼlim tashkilotlariga mehnat bozorida talab yuqori boʻlgan sohalar boʻyicha shartnoma asosida kasbga oʻrgatish kurslarini tashkil etishga.

5. Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi:

(a) 2027-yil 1-yanvardan boshlab dual taʼlim shaklida kadrlar tayyorlash istagini bildirgan korxona (tashkilot)lar uchun talabalarga biriktiriladigan murabbiylarni tayyorlash maxsus kurslarini tashkil etsin. Bunda:

(i) maxsus kurslarga jalb etiladigan 30 nafar professor-oʻqituvchi va mentorlarning malakasini dual taʼlim rivojlangan xorijiy davlatlarda oshirish xarajatlari Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan qoplanadi;

(ii) maxsus kurslarni yakunlagan bakalavr darajasiga ega murabbiylarni oliy taʼlim tashkilotlariga pedagog sifatida soatbay asosida (ilmiy darajaga ega boʻlmagan oʻqituvchiga tenglashtirilgan holda) jalb qilishga ruxsat beriladi;

(iii) bir nafar murabbiyga 15 nafardan koʻp boʻlmagan talaba biriktirilib, har bir talaba uchun bir oʻquv yiliga 30 soat ish hajmi hisoblanadi. Bunda murabbiy uchun toʻlov oliy taʼlim tashkilotining budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan qoplanadi va oliy taʼlim tashkilotlarining soatbay ish haqi jamgʻarmasidan tashqari alohida rejalashtiriladi;

(iv) maxsus kursda murabbiylarni oʻqitish xarajatlari Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan qoplanadi;

(b) 2027/2028 oʻquv yili yakunidan boshlab dual taʼlim shakli boʻyicha oliy taʼlim tashkilotlari va buyurtmachi korxona (tashkilot)larning samaradorlik reytingi yuritilishini yoʻlga qoʻysin. Bunda:

(i) reyting yuritishda dual taʼlim bilan qamrab olingan talabalar ulushi, talabalarning oʻrtacha ish haqi miqdori va oʻrtacha oʻzlashtirish koʻrsatkichiga ustuvorlik beriladi;

(ii) eng yuqori natija koʻrsatgan 3 tadan oliy taʼlim tashkiloti va korxona (tashkilot) Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan reytingdagi oʻrniga mos ravishda 1, 2, 3 milliard soʻmdan ragʻbatlantiriladi;

(v) Kasbiy taʼlim agentligi bilan birgalikda 2027/2028 oʻquv yiliga qadar texnikumlarning tegishli mutaxassisliklari boʻyicha oʻrta maxsus kasbiy taʼlim dasturlari mos bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari bilan integratsiyalashgan holda ishlab chiqilishini taʼminlasin;

(g) oliy va kasbiy taʼlim tashkilotlarining moddiy-texnika bazasi, jumladan, mavjud laboratoriya va ustaxonalaridan talaba (oʻquvchi), tadqiqotchi va pedagoglar tomonidan oʻzaro foydalanish tizimini yoʻlga qoʻysin.

6. 2026/2027 oʻquv yilidan boshlab kadrlar tayyorlash yoʻnalishlari va sohalari xususiyatidan kelib chiqib, dual taʼlim tizimi asosida amaliyotlar tashkil etilsin. Bunda:

(a) dual taʼlim tizimi asosida amaliyotlar kadrlar tayyorlash yoʻnalishlari va sohalarning xususiyatlaridan kelib chiqib, 6 oygacha muddatga nazariy taʼlimdan ajralgan holda yoki haftalik oʻquv mashgʻulotlari shaklida (“4+2”, “5+1” “3+3”, “3+2”, “4+1” kabi) tashkil etiladi;

(b) har bir talaba uchun korxona (tashkilot) tomonidan amaliyot rahbari biriktiriladi hamda talaba tomonidan amaliyotni oʻtash jarayoni “CareerEdu” platformasida yuritiladi.

7. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari Savdo-sanoat palatasi bilan birgalikda:

(a) har yili 1-avgustga qadar hududidagi korxona (tashkilot)lar tomonidan dual taʼlim shaklida kadrlar tayyorlash boʻyicha buyurtmalar berilishini tashkil qilsin;

(b) buyurtmachi korxona (tashkilot)larda talabalarning taʼlimning amaliy qismini oʻzlashtirishi uchun yetarli shart-sharoitlar, jumladan, alohida auditoriya tashkil etilishini taʼminlasin;

(v) har yili 1-oktabrga qadar talabalarning dual taʼlim asosidagi amaliyotlarini tashkil etish boʻyicha korxona (tashkilot)lar va oliy taʼlim tashkilotlari oʻrtasida shartnomalar rasmiylashtirilishiga koʻmaklashsin.

8. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlariga dual taʼlimni rivojlantirish masalalari boʻyicha maslahatchi sifatida oliy taʼlim tashkilotlari rektorlari 1-ilovaga muvofiq biriktirilsin.

9. Belgilansinki, biriktirilgan oliy taʼlim tashkilotlari rektorlari tomonidan:

(a) ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari asosida hududning drayver sohalarini belgilash va yangi ish oʻrinlarini yaratish boʻyicha ilmiy asoslangan takliflar ishlab chiqiladi;

(b) hududning iqtisodiy, ijtimoiy holati va mavjud imkoniyatlari tahlil qilinib, dual taʼlim shaklida kadrlar tayyorlash boʻyicha hududning istiqbolli strategiyasi va maqsadli koʻrsatkichlari loyihalari tayyorlanadi;

(v) hududdagi korxona (tashkilot)lar va oliy taʼlim tashkilotlarida mazkur Farmonning mazmun-mohiyati tushuntirish, buyurtmachilar, oliy taʼlim tashkilotlari va talabalar uchun yaratilgan imkoniyatlar boʻyicha seminar-treninglar va uchrashuvlar tashkil qilinadi.

III. Dual taʼlimda kadrlar tayyorlagan korxonalarni moliyaviy qoʻllab-quvvatlash

10. Oliy taʼlim tizimida dual taʼlim shaklida kadrlar tayyorlashda korxona (tashkilot)larning faol ishtirokini qoʻllab-quvvatlash maqsadida 2027-yil 1-yanvardan boshlab:

(a) korxona (tashkilot)larga muhandislik ishi, ishlab chiqarish va ishlov berish, arxitektura va qurilish, qishloq xoʻjaligi taʼlim sohalari va yoʻnalishlarida dual taʼlim shaklida tahsil olayotgan har bir talaba uchun toʻlangan ish haqi xarajatlarining 50 foizi oʻquv yili yakunida subsidiya shaklida Davlat budjeti hisobidan qoplanadi;

(b) korxona (tashkilot)larga dual taʼlim shakliga qabul qilgan talabalar soniga mutanosib ravishda “Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingi” platformasida quyidagi miqdorda qoʻshimcha ballar beriladi:

(i) 5 nafardan 25 nafargacha — 5 ball;

(ii) 25 nafardan 50 nafargacha — 8 ball;

(iii) 50 nafar va undan ortiq boʻlganda — 10 ball;

(v) davlat xaridlarida ishtirokchilar takliflarini baholashda korxona (tashkilot) tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulot (tovar, ish, xizmat)larga dual taʼlim shakliga qabul qilgan talabalar soniga mutanosib ravishda quyidagicha:

(i) 25 nafargacha — 5 foiz;

(ii) 25 nafardan 50 nafargacha — 10 foiz;

(iii) 50 nafar va undan ortiq boʻlganda — 15 foiz miqdorida preferensiya beriladi;

(g) buyurtmachi korxona (tashkilot)lar tomonidan oliy taʼlim tashkiloti hududida dual taʼlim shakli uchun amaliyot bazasini tashkil etish, ishlab chiqarish va xizmat koʻrsatish faoliyatini amalga oshirish uchun olib kelingan jihozlar, uskunalar, laboratoriya jihozlari uchun bojxona boji stavkasi 2030-yil 1-yanvarga qadar 1 foiz etib belgilanadi, amaldagi qonunchilik hujjatlariga asosan bojxona bojidan ozod qilish nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno;

(d) dual taʼlim dasturi boʻyicha amaliy mashgʻulotlar uchun korxona (tashkilot)lar tomonidan xarid qilingan oʻquv uskunalari va jihozlarga nisbatan 3 yil muddatga tezlashtirilgan amortizatsiya qoʻllash huquqi beriladi.

11. Belgilab qoʻyilsinki:

(a) mazkur Farmon bilan tadbirkorlik subyektlariga berilgan imtiyoz (preferensiya)lar notoʻgʻri qoʻllanganligi aniqlangan taqdirda, berilgan imtiyoz (preferensiya) miqdorida moliyaviy jarima qoʻllanadi;

(b) mazkur Farmon ijrosini taʼminlash bilan bogʻliq budjet mablagʻlari hisobidan xarajatlarni moliyalashtirish:

(i) 2026-yilda Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetidan birinchi darajali budjet mablagʻlarini taqsimlovchi sifatida idoraviy mansubligiga koʻra tegishli vazirlik va idoralarga ajratiladigan mablagʻlar doirasida amalga oshiriladi;

(ii) 2027-yildan boshlab Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutiladi.

IV. Farmon ijrosini tashkil etish, taʼminlash va nazorat

12. Quyidagilar:

(a) 2027 — 2030-yillarda Oʻzbekiston Respublikasida dual taʼlimni rivojlantirish boʻyicha chora-tadbirlar dasturi 2-ilovaga muvofiq;

(b) 2027/2028 oʻquv yilida oliy taʼlim tashkilotlarida ustuvor soha yoʻnalishlari boʻyicha dual taʼlim shaklida kadrlar tayyorlashni yoʻlga qoʻyishning prognoz koʻrsatkichlari 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

13. Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.

14. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Rahbarining taʼlimni isloh qilish boʻyicha oʻrinbosari I.T. Siradjev zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV

Toshkent sh.,

2026-yil 29-sentabr,

PF-209-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 29-sentabrdagi PF-209-son Farmoniga1-ILOVA

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlariga dual taʼlimni rivojlantirish masalalari boʻyicha maslahatchi sifatida biriktirilgan oliy taʼlim tashkilotlari rektorlari

T/rHudud rahbarlariBiriktirilgan rektorlarLavozimiF.I.O.LavozimiF.I.O.1.Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi RaisiF. Ermanov“Yangi Oʻzbekiston” universiteti rektoriB. Axmedov2.Andijon viloyati hokimiSh. AbduraxmanovAndijon qishloq xoʻjaligi va agrotexnologiyalar instituti rektori T. Sultanov3.Buxoro viloyati hokimiB. ZaripovBuxoro davlat texnika universiteti rektoriS. Siddiqova4.Jizzax viloyati hokimiU. MustafoyevJizzax politexnika instituti rektoriA. Usmankulov5.Qashqadaryo viloyati hokimiM. AzimovQarshi davlat texnika universiteti rektoriSh. Nematov6.Navoiy viloyati hokimiN. TursunovNavoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti rektoriB. Mardonov7.Namangan viloyati hokimiSh. AbdurazakovNamangan davlat texnika universiteti rektoriO. Ergashev8.Samarqand viloyati hokimiA. BoboyevToshkent davlat transport universiteti rektoriA. Gulamov9.Sirdaryo viloyati hokimiE. TurdimovOʻzbekiston Milliy universiteti rektoriI. Madjidov10.Surxondaryo viloyati hokimiU. QosimovTermiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti rektori R. Toʻrayev11.Toshkent viloyati hokimiZ. MirzayevToshkent davlat agrar universiteti rektoriN. Oblomuradov12.Fargʻona viloyati hokimiX. BozarovFargʻona davlat texnika universiteti rektoriR. Tojiyev13.Xorazm viloyati hokimiJ. RaximovToshkent arxitektura-qurilish universiteti rektoriB. Tulaganov14.Toshkent shahri hokimiSh. UmurzakovToshkent davlat texnika universiteti rektoriS. Turabdjanov

Izoh: hudud rahbarlari, biriktirilgan rektorlar boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning oʻrniga mazkur lavozimga yangidan tayinlangan yoki zimmasiga tegishli vazifalarni bajarish yuklangan shaxs kiritiladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 29-sentabrdagi PF-209-son Farmoniga2-ILOVA

2027 — 2030-yillarda Oʻzbekiston Respublikasida dual taʼlimni rivojlantirish boʻyicha

T/rChora-tadbirlar nomiIjro muddatiMoliyalashtirish manbalariMasʼul ijrochilarI. Respublika oliy taʼlim tizimida dual taʼlimni rivojlantirish1.Oliy taʼlim tizimida dual taʼlim shaklida kadrlar tayyorlashni tashkil etish tartibi boʻyicha normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqib, belgilangan reglamentga muvofiq Vazirlar Mahkamasiga kiritish. Bunda:dual taʼlim shakliga talabalar qabulini amalga oshirish;dual taʼlim shaklida kadrlar tayyorlash mumkin boʻlgan taʼlim yoʻnalishlari roʻyxatini Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan belgilash;buyurtma beruvchi korxona va tashkilotlarga qoʻyiladigan talablar, jumladan, buyurtma sonini uning mavjud salohiyatini inobatga olgan holda belgilash kabi tartiblarni nazarda tutish.2027-yil yanvar-Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,Iqtisodiyot va moliya vazirligi,Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi,Savdo-sanoat palatasi,manfaatdor vazirlik va idoralar2.Talabalarda amaliy koʻnikmalarni rivojlantirish va ilmiy tadqiqotlar oʻtkazish maqsadida ishlab chiqarish sexlarini oʻquv-amaliy malaka, ish koʻnikmasi va tajribani shakllantirish “laboratoriyasi”ga moslashtirish.Zaxirada turadigan konlarni kasbiy va oliy taʼlim tashkilotlari taʼlim oluvchilari uchun oʻquv mashgʻuloti poligoni sifatida foydalanishga sharoit yaratish.2026-yil noyabrKorxona va tashkilotlar mablagʻlariTogʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi,“Olmaliq KMK” AJ,“Navoiy KMK” AJ,“Navoiyuran” DK,“Oʻzmetkombinat” AJ,“Oʻzbekiston TMK” AJ3.Oliy taʼlim tashkilotlari va buyurtmachi korxona (tashkilot)larning Dual taʼlim shaklida kadrlar tayyorlashning samaradorlik reytingi baholash mezonlarini nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish.2027-yil mart-Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,Adliya vazirligi,Iqtisodiyot va moliya vazirligi4.Dual taʼlim shaklida kadrlar tayyorlash boʻyicha:yuqori natijalarga erishgan buyurtmachi korxona va tashkilotlar rahbarlarini davlat mukofotiga nomzod sifatida tavsiya etish;murabbiy (mentor) sifatida namunali faoliyat koʻrsatgan xodimlarni oliy taʼlim tashkilotlarining tavsiyalariga koʻra “Oliy taʼlim aʼlochisi” koʻkrak nishoni bilan taqdirlash.2028 — 2031-yillar-Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,manfaatdor vazirlik va idoralar5.Dual taʼlim asosida kadrlar tayyorlashda taʼlim jarayonini tashkil etish boʻyicha xorijiy adabiyotlarni xarid qilish (mualliflik huquqi), tarjima qilish va chop etib, taʼlim jarayonida foydalanish uchun oliy taʼlim tashkilotlariga yetkazish.2027 — 2031-yillarDavlat budjeti mablagʻlariOliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,Iqtisodiyot va moliya vazirligi,manfaatdor vazirlik va idoralar6.“CareerEdu” platformasida quyidagilarni nazarda tutuvchi modulni yaratish:dual taʼlim jarayonlarini tashkil etish va boshqarish;talabalarning amaliy mashgʻulotlarini baholash va monitoringini amalga oshirish;oliy taʼlim tashkilotlari va buyurtmachi korxona (tashkilot)larning Dual taʼlim shaklida kadrlar tayyorlashning samaradorlik reytingini shakllantirish;korxona (tashkilot)larga imtiyozlarni taqdim etish uchun zarur maʼlumotlarni shakllantirish.2027-yil martOliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining Oliy taʼlim muassasalarini rivojlantirish jamgʻarmasi,Kasbiy taʼlimni rivojlantirish jamgʻarmasiOliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,Raqamli texnologiyalar vazirligi,manfaatdor vazirlik va idoralar7.Oliy taʼlim tizimi kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutida dual taʼlimda kadrlar tayyorlash yoʻlga qoʻyiladigan korxona (tashkilot)lar uchun murabbiylarni tayyorlashni xorijiy tajriba asosida yoʻlga qoʻyish.Bunda:murabbiylar uchun kamida 72 akademik soat hajmida pedagogik, metodik, psixologik va huquqiy bilimlarni qamrab oluvchi offlayn va onlayn shakllarda “murabbiylar tayyorlash” kursini tashkil etish;“murabbiylar tayyorlash” kursini muvaffaqiyatli tamomlagan tinglovchilarga “Dual taʼlim murabbiyi” sertifikatini berish.2027 — 2031-yillar davomidaDavlat budjeti mablagʻlariOliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,Iqtisodiyot va moliya vazirligi,Savdo-sanoat palatasi,manfaatdor vazirlik va idoralar8.“Murabbiylar tayyorlash” kurslarida dars beradigan 30 nafar trener (professor-oʻqituvchi)larning dual taʼlim rivojlangan xorijiy davlatlarda malaka oshirishini tashkil etish.2027-yil davomidaDavlat budjeti mablagʻlariOliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,Iqtisodiyot va moliya vazirligi9.Oliy taʼlim tashkilotlarida dual taʼlim shaklida kadrlar tayyorlash jarayonlarini muvofiqlashtirish maqsadida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi markaziy apparati tuzilmasida shtat birliklarining cheklangan soni doirasida alohida boʻlim tashkil etish.2026-yil oktabr-Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,Iqtisodiyot va moliya vazirligi10.Oliy taʼlim tashkilotlarida dual taʼlim faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha boʻlim tashkil qilish.Bunda:(a) boʻlim boshligʻi — oliy taʼlim tashkilotining fakultet dekaniga;bosh mutaxassis — mos ravishda oliy taʼlim tashkilotining katta oʻqituvchisi bazaviy lavozim maoshiga tenglashtiriladi;(b) dual taʼlim shaklida tahsil olayotgan talabalar soni har 2 ming nafardan oshganda bitta qoʻshimcha bosh mutaxassis shtati ajratiladi.2027-yil iyunDavlat budjeti mablagʻlari,oliy taʼlim tashkilotlarining budjetdan tashqari mablagʻlariOliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,Iqtisodiyot va moliya vazirligi,Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi,tizimida oliy taʼlim tashkilotlari boʻlgan vazirlik va idoralar11.Jismoniy tarbiya va sport sohasidagi taʼlim dasturlari (malaka talablari, oʻquv reja va dasturlari)ni dual taʼlim asosidagi amaliyot tizimiga moslashtirgan holda takomillashtirish.2026-yil noyabrQonunchilikda belgilangan tartibdaSport vazirligi,Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti12.Federal davlat avtonom oliy taʼlim muassasasi “Milliy texnologik tadqiqotlar universiteti “MISiS”ning Olmaliq shahridagi filiali, Geologiya fanlari universiteti, Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti, Olmaliq davlat texnika instituti, Toshkent shahridagi Italiyaning Piza universiteti filialining ilmiy ishlar boʻyicha prorektorlari (direktor oʻrinbosarlari)ni bir vaqtning oʻzida kombinatlar rahbarlariga maslahatchi etib tayinlash va ish haftasining yarmini kombinatlarda oʻtkazish.Ilmiy ishlar yechimlari sanoatda tatbiq etilganiga qarab, ushbu oliy taʼlim tashkilotlari faoliyatiga baho berish tizimini joriy etish.Kombinatlar, tashkilot va idoralar tomonidan olimlarning ilmiy ishlarini keng qamrovli moliyalashtirishni yoʻlga qoʻyish.2027 — 2031-yillarKorxona va tashkilotlar mablagʻlariTogʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi,“Olmaliq KMK” AJ,“Navoiy KMK” AJ,“Navoiyuran” DK,“Oʻzmetkombinat” AJ,“Oʻzbekiston TMK” AJ,Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi13.Togʻ-kon, geologiya, metallurgiya, kimyo, muhandislik, energetika yoʻnalishlaridagi 2 va 3-kurs talabalari taʼlim jarayonining 50 foizini, bakalavriat va magistraturada tahsil olayotgan bitiruvchi kurs talabalari taʼlim jarayonining 100 foizini “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ, “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ, “Navoiyuran” davlat korxonasi, “Oʻzmetkombinat” AJ, “Oʻzbekiston TMK” AJ, “Oʻzkimyosanoat” AJ, Energetika vazirligi tizimidagi va boshqa korxona (tashkilot)larda dual taʼlim bilan qamrab olish. Bunda:(a) taʼlim jarayonini 6 oygacha uzluksiz amaliyot yoki haftaning belgilangan kunlari oliy taʼlim tashkilotida va qolgan kunlari ishlab chiqarishda tashkil etish; (b) bitiruv malakaviy ishlari (magistrlik dissertatsiyalari) mavzularini korxona va tashkilotlar takliflari asosida shakllantirish hamda himoyalarini bevosita ushbu tashkilotlarda oʻtkazishga ustuvorlik berish;(v) eng yaxshi natija koʻrsatgan bitiruvchilarni sinov muddatisiz ishga qabul qilish.2026/2027 oʻquv yilidanAmaliyot tashkil etiladigan korxona (tashkilot)lar mablagʻlariTogʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi,Energetika vazirligi,“Olmaliq KMK” AJ,“Navoiy KMK” AJ,“Navoiyuran” DK,“Oʻzmetkombinat” AJ,“Oʻzbekiston TMK” AJ,“Oʻzkimyosanoat” AJ,Federal davlat avtonom oliy taʼlim muassasasi “Milliy texnologik tadqiqotlar universiteti “MISiS”ning Olmaliq shahridagi filiali,Geologiya fanlari universiteti,Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti,Olmaliq davlat texnika instituti,Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi14.Madaniyat va sanʼat yoʻnalishidagi oliy taʼlim tashkilotlarining soha yoʻnalishlarida tahsil olayotgan talabalarga taniqli ijodkorlarni biriktirib, dual taʼlimni yoʻlga qoʻyish. Bunda:Madaniyat vazirligi,Badiiy akademiya,ularning tizimidagi oliy taʼlim tashkilotlari(a) sanʼat va madaniyat sohasidagi oliy taʼlim tashkilotlarining murojaatlariga muvofiq talabalarning sonidan kelib chiqqan holda, ijodiy faoliyat olib borayotgan taniqli ijodkorlar nomzodlarining manzilli roʻyxatini shakllantirib, tegishli oliy taʼlim tashkilotlariga taqdim etish;Har yili 1-noyabrga qadar-(b) madaniyat va sanʼat yoʻnalishlarida tahsil olayotgan yuqori kurs talabalari roʻyxatini shakllantirib, taniqli ijodkorlarga biriktirish;Har yili 15-noyabrga qadar-(v) ushbu talabalarning dual taʼlim tizimi asosidagi amaliyotlarini bevosita biriktirilgan taniqli ijodkorlar faoliyat yuritayotgan tashkilotlarda tashkil etish;Oʻquv grafigiga muvofiq-(g) biriktirilgan taniqli ijodkorlarni talabalarning dual taʼlim asosidagi amaliyot rahbari etib belgilash;Amaliyot davridaDavlat budjeti mablagʻlari(d) biriktirilgan taniqli ijodkorlarga oliy taʼlim tashkiloti professor-oʻqituvchisiga teng miqdorda haq toʻlash yoki oliy taʼlim tashkilotida dars beradigan boʻlsa, oyligiga 50 foiz ustama toʻlash.15.Kelajak kasblari boʻyicha mutaxassislar tayyorlashda sanoat korxonalarining ehtiyojini alohida oʻrganish.Jumladan, sunʼiy intellekt sohasidagi mutaxassislar, robototexnika muhandislari, yashil energetika va ekologiya mutaxassislari, shuningdek, telemeditsina va bioinjeneriya yoʻnalishida kadrlarga boʻlgan real ehtiyojni aniqlash.2027/2028 oʻquv yiliga qadar-Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,tizimida oliy taʼlim tashkilotlari boʻlgan vazirlik va idoralar,Iqtisodiyot va moliya vazirligi,Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi,manfaatdor vazirlik va idoralar16.Muhandislik sohasidagi tegishli magistratura mutaxassisliklarida buyurtma asosida amaliyotga yoʻnaltirilgan magistrlik dissertatsiyalarini himoya qilish tajribasini yoʻlga qoʻyish.Bunda tadqiqot ishlari mavzularini korxona faoliyati yoki muammolarining yechimiga qaratish.2027 — 2031-yillar-Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi,Savdo-sanoat palatasi17.Mehnat qonunchiligiga dual taʼlim shaklida tahsil olayotgan talabalarning faoliyatini tartibga solish, shu jumladan, taʼlim oluvchi va unga biriktirilgan murabbiyning huquqiy maqomi, ish vaqti davomiyligi va mehnat muhofazasiga oid oʻzgartirish hamda qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish.2026-yil noyabr-Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi18.Ish beruvchilar uchun dual taʼlim modelining afzalliklari boʻyicha doimiy tushuntirish kompaniyasini yoʻlga qoʻyish.Bunda mazkur modelni joriy etib, mehnat unumdorligi va kadrlarni ushlab qolish koʻrsatkichlarini oshirgan kompaniyalarning muvaffaqiyatli tajribalarini yoritish.Doimiy-Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi,Savdo-sanoat palatasi,Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi19.Oliy taʼlim tashkilotlarida mavjud bakalavriat taʼlim yoʻnalishlarida dual taʼlim shakli boʻyicha taʼlim dasturlarini:maxsus akkreditatsiyadan oʻtkazishda baholashda takrorlanishlarni qisqartirish orqali belgilangan yigʻim miqdorini 50 foizga kamaytirish;litsenziyalashda yengilliklar berish.2027-yil 1-martdan-Taʼlim sifatini taʼminlash milliy agentligi,Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,Adliya vazirligiII. Germaniya Federativ Respublikasining tajribasi asosida oliy taʼlim tizimida dual taʼlimni rivojlantirish20.Bavariya bilan hamkorligi yoʻlga qoʻyilgan oliy taʼlim tashkilotlari talabalari uchun Bavariya davlat idoralari va tashkilotlarida amaliyot dasturlarini yoʻlga qoʻyish.2027-yil davomidaTalabalari Bavariyaga yuboriladigan oliy taʼlim tashkilotlarining budjetdan tashqari mablagʻlariOliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,Tashqi ishlar vazirligi,oliy taʼlim tashkilotlari21.Germaniyaning “Bavariya tajribasi” asosida “U10 — Oʻzbekistonning global ilgʻor universitetlari” loyihasini amalga oshirish.2028 — 2031-yillarUshbu maqsadlar uchun ajratilgan mablagʻlarOliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,tizimida oliy taʼlim tashkilotlari boʻlgan vazirlik va idoralar22. “Yangi Oʻzbekiston” universiteti talabalarini Myunxen texnika universitetida bir semestr davomida tahsil olishga yuborish.Hamkor tomon bilan kelishuv asosidaQonunchilikda belgilangan tartibda“Yangi Oʻzbekiston” universiteti,Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,Tashqi ishlar vazirligi,Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi23.“GIZ”, “KFW” banki tomonidan moliyalashtiriladigan loyihalar koʻlamini kengaytirish:texnikumlar uchun Germaniyada stajirovkalarni tashkil etish;Oʻzbekistonda ilgʻor kasbiy mahorat texnikumlarida “kasblar shaharchalari”ni tashkil etish uchun grant ajratish choralarini koʻrish.2027 — 2031-yillarChet el tashkilotlari mablagʻlariKasbiy taʼlim agentligi,Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi,Tashqi ishlar vazirligi24.Germaniya amaliy fanlar universitetlari konsorsiumi bilan Oʻzbekiston — Germaniya amaliy fanlar universitetini tashkil etish boʻyicha normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish.2026-yil dekabrQonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibdaOliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,Iqtisodiyot va moliya vazirligi,Tashqi ishlar vazirligi,Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi25.Germaniyadan Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligiga dual taʼlim boʻyicha maslahatchi jalb etish.2027-yildanOliy taʼlimni rivojlantirish jamgʻarmasiOliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,Tashqi ishlar vazirligi26.Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim tashkilotlarining 100 nafar talabasini Germaniya sanoat korxonalariga amaliyotga yuborish.2027-yil davomidaOliy taʼlim tashkilotlarining budjetdan tashqari mablagʻlariOliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,Tashqi ishlar vazirligi,tizimida oliy taʼlim tashkilotlari boʻlgan vazirlik va idoralar,oliy taʼlim tashkilotlari27.100 ga yaqin Germaniya oliygoh va kompaniyalarining vakillari ishtirokida “Dual taʼlim tizimi: Oʻzbekiston va Germaniya koʻprigi” mavzusida onlayn va offlayn shakllardagi davra suhbatini tashkil etish.2026-yil noyabrKasbiy taʼlimni rivojlantirish jamgʻarmasiOliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,Tashqi ishlar vazirligi,Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi,Savdo-sanoat palatasi28.32 nafar oʻqituvchining Germaniyada stajirovkasini tashkil etish, 50 nafar germaniyalik mutaxassislarni jalb etish.2026/2027 oʻquv yili davomidaOliy taʼlim tashkilotlarining budjetdan tashqari mablagʻlariOliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,Tashqi ishlar vazirligi,tizimida oliy taʼlim tashkilotlari boʻlgan vazirlik va idoralar,oliy taʼlim tashkilotlari29.Toshkent arxitektura-qurilish universitetida Germaniyaning Fraunxofer ilmiy-tadqiqot instituti bilan hamkorlikda Qurilish materiallari va urbanistika markazini tashkil etish.2027-yil sentabrToshkent arxitektura-qurilish universitetining budjetdan tashqari mablagʻlariToshkent arxitektura-qurilish universiteti,Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi30.Dual taʼlimni yoʻlga qoʻyish maqsadida Germaniya va Oʻzbekiston oliy taʼlim tashkilotlari alyansini tashkil etish.2027 mart-Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,Tashqi ishlar vazirligi31.Qurilish materiallari, yashil qurilish, seysmik xavfsizlik, sunʼiy intellekt, madaniy meros, energetika, transport sohalarida qoʻshma tadqiqotlarni amalga oshirishda Germaniya oliy taʼlim tashkilotlari bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyish.2027 — 2031-yillarQonunchilik hujjatlarida belgilangan mablagʻlarOliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,Tashqi ishlar vazirligi,oliy taʼlim tashkilotlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 29-sentabrdagi PF-209-son Farmoniga3-ILOVA

2027/2028 oʻquv yilida oliy taʼlim tashkilotlarida ustuvor soha yoʻnalishlari boʻyicha dual taʼlim shaklida kadrlar tayyorlashni yoʻlga qoʻyishning

T/rOliy taʼlim tashkiloti nomiDual taʼlim yoʻlga qoʻyiladigan taʼlim yoʻnalishi nomiTayyorlanadigan kadrlar soniRespublika boʻyicha jami:6 735Jami:5051.Toshkent davlat transport universitetiTransport vositalari muhandisligi50Energetika muhandisligi (temir yoʻl)50Logistika (temir yoʻl)50Yoʻl muhandisligi (temir yoʻl)50Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish (temir yoʻl)50Yoʻl harakatini tashkil etish (temir yoʻl)50Transport vositalari muhandisligi (metropoliten)9Yoʻl muhandisligi (avtomobil yoʻllari ekspluatatsiyasi)50Yoʻl muhandisligi (avtomobil yoʻllaridagi sunʼiy inshootlar)50Yoʻl muhandisligi (avtomobil yoʻllarini arxitektura-landshaft konstruksiyalash)50Aviasiya muhandisligi46Jami:7022.Toshkent davlat texnika universitetiElektr muhandisligi (elektr mashinalari va apparatlari)25Energetika muhandisligi (elektr taʼminoti)50Energetika muhandisligi (sanoat issiqlik energetikasi)50Energetika muhandisligi (energiyani ishlab chiqarish, uzatish va taqsimlash)10Elektr muhandisligi10Gidroenergetika15Qayta tiklanuvchi energiya manbalari20Elektronika va asbobsozlik30Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish30Mexatronika va robototexnika30Mexanika muhandisligi (energiya mashinasozligi)10Transport vositalari muhandisligi (avtomobil muhandisligi)5Ishlab chiqarish muhandisligi (transport vositalarini ishlab chiqarish)10Barqaror transport5Texnologik mashinalar va jihozlar (oziq-ovqat sanoati)9Materialshunoslik12Metallar texnologiyalari10Metallurgiya muhandisligi25Konchilik ishi20Geologiya-qidiruv ishlari texnikasi va texnologiyasi10Geodeziya va geoinformatika15Konchilik elektr mexanikasi20Gidrogeologiya va muhandislik geologiyasi17Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi22Foydali qazilma konlari geologiyasi, qidiruv va razvedkasi (kon turlari boʻyicha, qattiq foydali qazilmalar) (geolog-muhandis)30Geologiya qidiruv ishlari texnikasi va texnologiyasi (qattiq foydali qazilmalar) (burgʻilovchi muhandis)30Foydali qazilma konlari geologiyasi, qidiruv va razvedkasi (konlarni qidirishning geofizik usullari) (geofizik-muhandis)10Biotexnologiya27Texnologik mashina va jihozlar (gaz jihozlaridan foydalanish va ularga xizmat koʻrsatish)30Neft va gaz ishi (neft va gaz quduqlarini burgʻilash)25Texnologik mashinalar va jihozlar (neft-gaz sanoati mashinava jihozlari)25Neft va gaz ishi (neft va gaz konlarini ishga tushirish va ulardan foydalanish)22Neft va gaz ishi (magistral quvurlar tizimi, neft va gazni saqlash, tashish, inshootlarini loyihalash va ishlatish)20Neft va neft-gazni qayta ishlash texnologiyasi23Jami:6953.Buxoro davlat texnika universitetiKimyo muhandisligi30Energetika muhandisligi30Elektr muhandisligi30Gidroenergetika30Metrologiya va standartlashtirish15Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish30Transport vositalari muhandisligi30Oziq-ovqat texnologiyasi30Texnologik mashinalar va jihozlar30Gazni chuqur qayta ishlash texnologiyasi25Neft va neft-gazni qayta ishlash texnologiyasi25Yengil sanoat muhandisligi30Neft va gaz ishi30Foydali qazilma konlari geologiyasi, qidiruv va razvedkasi30Kadastr30Ishlab chiqarish muhandisligi30Arxitektura20Qurilish muhandisligi25Yoʻl muhandisligi30Gidrotexnika va geotexnika muhandisligi30Qurilish materiallari, buyumlari va konstruksiyalarini ishlab chiqarish15Qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalashtirish30Suv xoʻjaligi va melioratsiya30Gidrotexnika inshootlari va nasos stansiyalaridan foydalanish30Mexanika muhandisligi30Jami:4704.Nukus davlat texnika universitetiEkologiya va atrof-muhit muhofazasi30Telekommunikatsiya texnologiyalari25Televizion texnologiyalar25Kimyo muhandisligi25Energetika muhandisligi30Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish25Biotibbiyot muhandisligi25Metallurgiya muhandisligi30Transport vositalari muhandisligi30Texnologik mashinalar va jihozlar25Neft va neft-gazni qayta ishlash texnologiyasi30Konchilik ishi30Foydali qazilma konlari geologiyasi, qidiruv va razvedkasi30Gidrogeologiya va muhandislik geologiyasi30Yoʻl harakatini tashkil etish30Qayta tiklanuvchi energiya manbalari25Arxitektura25Jami:4605.Fargʻona davlat texnika universitetiKimyo muhandisligi30Energetika muhandisligi30Elektr muhandisligi30Elektronika va asbobsozlik25Metrologiya va standartlashtirish25Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish25Mexatronika va robototexnika30Biotibbiyot muhandisligi25Transport vositalari muhandisligi20Mexanika muhandisligi30Oziq-ovqat texnologiyasi30Texnologik mashinalar va jihozlar30Neft va neft-gazni qayta ishlash texnologiyasi25Yengil sanoat muhandisligi20Qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalashtirish20Qishloq xoʻjalik mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash texnologiyasi25Logistika20Yoʻl harakatini tashkil etish20Jami:4436.Jizzax politexnika institutiTransport vositalari muhandisligi25Mexanika muhandisligi25Qurilish muhandisligi25Yengil sanoat muhandisligi46Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi20Yoʻl muhandisligi30Oziq-ovqat texnologiyasi25Gidrotexnika inshootlari va nasos stansiyalari30Muhandislik kommunikatsiyalari qurilishi va ekspluatatsiyasi25Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi25Elektronika va asbobsozlik25Kimyo muhandisligi32Energetika muhandisligi30Qurilish materiallari, buyumlari va konstruksiyalarini ishlab chiqarish50Elektr muhandisligi30Jami:4367.Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universitetiYoʻl muhandisligi25Konchilik ishi40Konchilik elektr mexanikasi20Ipakchilik va tutchilik20Suv taʼminoti muhandislik tizimlari25Gidrotexnika inshootlari va nasos stansiyalaridan foydalanish50Suv xoʻjaligi va melioratsiya135Energetika muhandisligi15Geodeziya va geoinformatika25Kadastr25Oʻrmonchilik va aholi yashash joylarini koʻkalamzorlashtirish15Agrokimyo va tuproqshunoslik20Oʻsimliklar himoyasi va karantini21Jami:3958.Olmaliq davlat texnika institutiEkologiya, atrof-muhit muhandisligi va mehnat muhofazasi25Konchilik ishi30Foydali qazilma konlari geologiyasi, qidiruv va razvedkasi25Konchilik elektr mexanikasi25Elektr muhandisligi20Energetika muhandisligi20Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish20Kimyo muhandisligi40Neft va neft-gazni qayta ishlash texnologiyasi10Gazni chuqur qayta ishlash texnologiyasi10Texnologik mashinalar va jihozlar30Mexanika muhandisligi12Metallar texnologiyalari34Metallurgiya muhandisligi86Mashinasozlik texnologiyasi, mashinasozlik ishlab chiqarishini jihozlash va avtomatlashtirish8Jami:3579.Andijon davlat texnika institutiIshlab chiqarish muhandisligi15Texnologik mashinalar va jihozlar15Texnologik jarayonlarni va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish70Metallar texnologiyalari15Yoʻl muhandisligi20Yoʻl harakatini tashkil etish20Transport vositalari muhandisligi10Mexatronika va robototexnika10Mexanika muhandisligi15Yengil sanoat muhandisligi85Mexanika muhandisligi5Energetika muhandisligi12Gidroenergetika5Qurilish muhandisligi25Arxitektura10Kadastr25Jami:34010.“Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universitetiEnergetika muhandisligi20Elektr muhandisligi20Suv xoʻjaligi va melioratsiya30Gidrologiya25Gidrotexnika va geotexnika muhandisligi30Gidrotexnika inshootlari va nasos stansiyalaridan foydalanish30Gidrometeorologiya va suv resurslarini boshqarish30Suv taʼminoti muhandislik tizimlari30Gidroenergetika30Qurilish muhandisligi25Geodeziya va geoinformatika30Aerokosmik texnologiyalar10Transport vositalari muhandisligi30Jami:26011.Namangan davlat texnika universitetiYengil sanoat muhandisligi30Metrologiya va standartlashtirish25Energetika muhandisligi25Texnologik mashinalar va jihozlar20Mexanika muhandisligi15Metallar texnologiyalari25Qurilish muhandisligi20Muhandislik kommunikatsiyalari qurilish va ekspluatatsiyasi20Kimyo muhandisligi40Sanoat farmatsiyasi20Matbaa va qadoqlash muhandisligi20Jami:23012.Toshkent davlat agrar universitetiQishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalashtirish50Agronomiya20Qishloq xoʻjaligi ekinlari seleksiyasi va urugʻchiligi20Oʻsimliklar va qishloq xoʻjalik mahsulotlari karantini20Tuproq bonitirovkasi va yer resurslaridan foydalanish20Agrokimyo va tuproqshunoslik30Yer kadastri va yer tuzish15Qishloq xoʻjalik mahsulotlarini saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi20Oziq-ovqat texnologiyasi15Oʻrmonchilik va aholi yashash joylarini koʻkalamzorlashtirish10Issiqxona xoʻjaligini tashkil etish va yuritish10Jami:23013.Qarshi davlat texnika universitetiKimyo muhandisligi25Energetika muhandisligi20Elektr muhandisligi20Agronomiya20Suv xoʻjaligi va melioratsiya25Gidrotexnika inshootlari va nasos stansiyalaridan foydalanish25Yer kadastri va yer tuzish25Agromuhandislik20Gazni chuqur qayta ishlash texnologiyasi25Neft va gaz ishi25Jami:22014.Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yangiyer filialiEnergetika muhandisligi25Kimyo muhandisligi20Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish va boshqarish20Texnologik mashinalar va jihozlar20Neft va gazni qayta ishlash texnologiyasi20Biotexnologiya25Oʻsimliklar himoyasi va karantini20Qishloq xoʻjalik mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash texnologiyasi25Agronomiya20Kompyuter injiniringi25Jami:16015.Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universitetiEnergetika muhandisligi45Elektr muhandisligi30Metallurgiya muhandisligi15Mexanika muhandisligi5Texnologik mashinalar va jihozlar15Konchilik ishi25Konchilik elektr mexanikasi5Noyob va radioaktiv metallar rudalarini qazib olish, qayta ishlash texnikasi va texnologiyasi20Jami:13516.Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat institutiMatbaa va qadoqlash muhandisligi30Kimyo muhandisligi30Yengil sanoat muhandisligi50Ishlab chiqarish muhandisligi25Jami:12517.Geologiya fanlari universitetiGeologiya50Geologiya-qidiruv ishlari texnikasi va texnologiyasi25Geodeziya va geoinformatika25Konchilik ishi25Jami:10018.Andijon qishloq xoʻjaligi va agrotexnologiyalar institutiEkologiya va atrof-muhit muhofazasi (tarmoqlar va sohalar boʻyicha)25Oʻsimliklarni himoya qilish (ekin turlari boʻyicha)25Suv xoʻjaligi va melioratsiya25Gidrotexnika inshootlari va nasos stansiyalaridan foydalanish25Jami:10019.Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetiAgronomiya25Biotexnologiya25Qishloq xoʻjalik mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash texnologiyasi25Veterinariya sanitariya ekspertizasi25Jami:10020.Toshkent farmatsevtika institutiSanoat farmatsiyasi100Jami:7021.Samarqand davlat texnika universitetiKadastr20Elektr muhandisligi50Jami:5522.Toshkent kimyo-texnologiya institutiKimyo muhandisligi20Texnologik mashinalar va jihozlar15Oziq-ovqat texnologiyasi15Biotexnologiya5Jami:5023.Toshkent arxitektura-qurilish universitetiQurilish muhandisligi50Jami:4524.Qoraqalpogʻiston qishloq xoʻjaligi va agrotexnologiyalar institutiSuv xoʻjaligi va melioratsiya25Oʻrmonchilik va aholi yashash joylarini koʻkalamzorlashtirish20Jami:2525.Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar institutiQishloq xoʻjalik mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash texnologiyasi25Jami:1526.Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filialiVeterinariya-sanitariya ekspertizasi15Jami:1227.Oziq-ovqat texnologiyasi va muhandisligi xalqaro institutiOziq-ovqat texnologiyasi4Biotexnologiya4Oʻsimliklar himoyasi va karantini4

Izoh. Ushbu roʻyxat ehtiyojlarni dastlabki oʻrganish asosida shakllantirilgan boʻlib, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan kadrlar buyurtmachilarining ehtiyojlari va takliflariga asosan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilishi mumkin.

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.