1. 2001-yil 7-iyunda Yalta shahrida imzolangan GUUAM Yalta Xartiyasi;
2003-yil 4-iyulda Yalta shahrida imzolangan savdo va yuk tashishga koʻmaklashish boʻyicha GUUAMda qatnashuvchi davlatlar oʻrtasida hamjihatlik toʻgʻrisidagi Memorandum;
2003-yil 4-iyulda Yalta shahrida imzolangan GUUAMda qatnashuvchi davlatlar Hukumatlari oʻrtasida bojxona ishlaridagi oʻzaro yordam va hamkorlik toʻgʻrisidagi Bitim denonsatsiya qilinsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi depozitariyga Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari denonsatsiya qilinganligi toʻgʻrisida tegishli bildirishnomalar yoʻllasin.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2005-yil 21-dekabr,
PQ–241-son