PQ-248-son Qaror · 30.12.2005

Xalqaro shartnomani tasdiqlash haqida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Qaror
  • Raqami:PQ-248
  • Qabul qilingan sana:30.12.2005
  • Kuchga kirgan sana:30.12.2005
  • Holati:Amalda

1. 2003-yil 6-noyabr kuni Qohira shahrida (Misr Arab Respublikasi) imzolangan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Misr Arab Respublikasi Hukumati oʻrtasida madaniy hamkorlik toʻgʻrisida Bitim tasdiqlansin.

2. Tashqi ishlar vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan mazkur xalqaro shartnomaning kuchga kirishi uchun zarur boʻlgan davlat ichki tartib-taomillari bajarilganligi toʻgʻrisida tegishli bildirishnoma yuborsin.

3. Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari ushbu xalqaro shartnoma kuchga kirganidan soʻng uning qoidalari bajarilishi ustidan belgilangan tartibda nazoratni taʼminlasin.

4. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov hamda tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi E.M. Ganiyev zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV

Toshkent sh.,

2005-yil 30-dekabr,

PQ-248-son

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.