“Toshshahartransxizmat” uyushmasi hamda Toshkent shahar hokimligi Yoʻlovchi transportining barcha turlari harakatini litsenziyalash va muvofiqlashtirish departamenti faoliyatining samarali tashkil etilishini taʼminlash maqsadida:
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 9-oktabrdagi PQ-2048-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2013-y., 41-son, 545-modda)
2. “Toshshaharyulovchitrans” aksiyadorlik kompaniyasini tugatish boʻyicha komissiya tarkibi 6-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Tugatish komissiyasi ikki oy muddatda belgilangan tartibda “Toshshaharyoʻlovchitrans” aksiyadorlik kompaniyasini tugatish ishlarini amalga oshirsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi Toshkent shahar hokimligi bilan birgalikda bir oy muddatda “Toshavtobustrans” aksiyadorlik kompaniyasi, “Toshelektrotrans” davlat kompaniyasi, “Toshpasremservis” aksiyadorlik kompaniyasi ustav fondini ular tarkibiga kiruvchi korxonalar mulkidagi davlat ulushi qiymati hisobiga shakllantirsin.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 28-avgustdagi PF-5525-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)
5. Toshkent shahar hokimligi va “Toshshahartransxizmat” uyushmasining har bir transport tashkilotida yillik xarajatlar umumiy hajmining 5 foizi miqdori doirasida Ragʻbatlantirish va rivojlantirish jamgʻarmasini (keyingi matnlarda Jamgʻarma deb ataladi) tashkil qilish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Belgilansinki:
Jamgʻarmaning daromadlari ish haqi fondini tejash, yoʻlovchilarni tashishdan tushadigan daromadlar boʻyicha belgilangan prognozni ortigʻi bilan bajarish tufayli hosil boʻladigan mablagʻlar, asosiy boʻlmagan xoʻjalik faoliyati va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga shakllantiriladi;
Jamgʻarma mablagʻlarini tasarruf etish uchun tegishli korxona rahbari boshchiligida va kasaba uyushmasi tashkiloti vakillari ishtirokida har bir transport korxonasi huzurida maxsus Kengashlar tuziladi.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Moliya vazirligi, “Toshshahartransxizmat” uyushmasi bir oy muddatda transport korxonasi haydovchilarini ragʻbatlantirish va moddiy-texnik rivojlantirish mablagʻlaridan foydalanish nisbatini aniqlagan holda Ragʻbatlantirish va rivojlantirish jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizomni, shuningdek, Uyushma va uning tarkibiga kiruvchi korxonalar xodimlarining ish haqi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlasinlar.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilangan tartibda:
7-ilovaga muvofiq bolalar sogʻlomlashtirish oromgohlarini Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi tasarrufiga oʻtkazsin;
Toshkent shahar, Amir Temur koʻchasi, 6-uyda joylashgan bino (mulk va jihozlar)ni “Toshshaharyoʻlovchitrans” aksiyadorlik kompaniyasi balansidan “Toshshahartransxizmat” uyushmasi balansiga oʻtkazsin va mazkur binoga Uyushmaning, “Toshavtobustrans” aksiyadorlik kompaniyasi, “Toshelektrotrans” davlat kompaniyasi va “Toshpasremservis” aksiyadorlik kompaniyasining ijroiya apparati joylashtirilsin.
Mazkur qarorga muvofiq, “Toshshahartransxizmat” uyushmasining balansdan balansga oʻtkaziladigan asosiy vositalari qiymati daromad (foyda) va qoʻshilgan qiymat soliqlari solish obyekti hisoblanmaydi.
8. Shahar yoʻlovchi transportining uzluksiz faoliyat koʻrsatishini taʼminlash maqsadida:
ushbu qaror 2006-yilning 20-fevralidan amalga kiritilsin;
Vazirlar Mahkamasining Kommunal soha, transport, kapital qurilish va qurilish industriyasi masalalari kompleksi, Toshkent shahar hokimligi, “Toshshahartransxizmat” uyushmasi bir oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Toshkent shahrida yoʻlovchi transportini tashkil etish tizimini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida” 2006-yil 11-yanvardagi PF-3713-son Farmoniga va ushbu qarorga qatiy amal qilgan holda jamoat transportini boshqarishning takomillashtirilgan tizimini joriy etishga, shuningdek, transport xizmati jarayoni qatnashchilarining aniq ishlashi va hamkorlik qilishiga yoʻnaltirilgan chora-tadbirlar kompleksini amalga oshirsinlar.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir hafta muddatda Yoʻlovchi transportining barcha turlari harakatini litsenziyalash va muvofiqlashtirish departamenti faoliyati, shuningdek, Toshkent shahrida yoʻlovchilar tashish bozorini tartibga solish bilan bogʻliq normativ hujjatlar tasdiqlanishini hisobga olgan holda ushbu qaror bajarilishini tashkil etish boʻyicha qaror qabul qilsin.
10. Oʻzbekiston Respublikasining baʼzi qonun hujjatlariga 8-ilovaga muvofiq oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin.
11. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2006-yil 18-yanvar,
PQ–262-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 18-yanvardagi PQ-262-son qaroriga 6-ILOVA
“Toshshaharyoʻlovchitrans” aksiyadorlik kompaniyasini tugatish boʻyicha komissiya
Izoh. Komissiya aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangidan tayinlangan shaxslar kiritiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 18-yanvardagi PQ-262-son qaroriga 7-ILOVA
Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi tasarrufiga oʻtkaziladigan bolalar sogʻlomlashtirish oromgohlari
1. “Tramvaychi” bolalar sogʻlomlashtirish oromgohi
2. “Avtomobilchi” bolalar sogʻlomlashtirish oromgohi
3. Strelsov nomidagi bolalar sogʻlomlashtirish oromgohi
(8-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi PF-6218-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 06/21/6218/0398-son)