BJK · 235-modda

235-modda. Bojxona tashuvchisi

Bojxona tashuvchisi:

avtomobil transportida yuklarni xalqaro yoʻnalishlar boʻyicha tashish faoliyati uchun litsenziyaga ega boʻlgan;

ushbu Kodeksning 47-bobiga muvofiq bojxona toʻlovlari toʻlanishini taʼminlagan;

ushbu Kodeksning 227-moddasi talablariga muvofiq tovarlarni bojxona plombalari va muhrlari ostida tashish uchun yaroqli avtotransport vositasiga ega boʻlgan;

Oʻzbekiston Respublikasi yuridik shaxsining fuqarolik javobgarligi xavfini sugʻurtalash shartnomasi mavjud boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi yuridik shaxsidir.

Bojxona tashuvchisi bojxona nazorati ostida turgan tovarlarni tashishni bojxona hamrohligida kuzatib borishni qoʻllamagan holda amalga oshiradi.

Bojxona tashuvchilarining tovarlarni joʻnatuvchilar va oluvchilar bilan oʻzaro munosabatlari shartnoma asosida yoʻlga qoʻyiladi.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.