BJK · 241-modda

241-modda. Oʻzbekiston Respublikasining naqd milliy valyutasi va naqd chet el valyutasi jismoniy shaxslar tomonidan olib kirilayotganda va olib chiqilayotganda tekshiruvni amalga oshirish

Oʻzbekiston Respublikasining naqd milliy valyutasi va naqd chet el valyutasi olib kirilayotganda va olib chiqilayotganda jismoniy shaxsni tekshirish valyutani tartibga solish toʻgʻrisidagi qonunchilik buzilishining oldini olish, uni aniqlash va unga chek qoʻyish maqsadida amalga oshiriladi.

Oʻzbekiston Respublikasi naqd milliy valyutasi va naqd chet el valyutasi olib kirilayotganda va olib chiqilayotganda quyidagilar tekshiriladi:

olib kirilishiga va olib chiqilishiga ruxsat etilgan summalarning cheklangan normalariga rioya etilishi;

olib kirilishiga va olib chiqilishiga ruxsat etilgan summalarning belgilangan cheklangan normalaridan ortiq boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasining naqd milliy valyutasi va naqd chet el valyutasi olib kirilayotganda va olib chiqilayotganda Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining yoki vakolatli banklarning ruxsatnomasi mavjudligi;

jismoniy shaxsda mavjud boʻlgan summaning bojxona deklaratsiyasida koʻrsatilgan maʼlumotlarga muvofiqligi.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.