BJK · 242-modda

242-modda. Oʻzbekiston Respublikasining naqd milliy valyutasini va naqd chet el valyutasini noqonuniy olib kirish hamda olib chiqish bilan bogʻliq huquqbuzarliklar aniqlangan taqdirda koʻriladigan choralar

Oʻzbekiston Respublikasining naqd milliy valyutasini va naqd chet el valyutasini noqonuniy olib kirish va olib chiqish bilan bogʻliq huquqbuzarliklar aniqlangan taqdirda bojxona organlari noqonuniy olib kirilayotgan va olib chiqilayotgan Oʻzbekiston Respublikasining naqd milliy valyutasini va naqd chet el valyutasini olib qoʻyadi, tergovga qadar tekshiruv oʻtkazadi, maʼmuriy ish yoki jinoyat ishini qoʻzgʻatadi.

Bojxona organlari Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentiga Oʻzbekiston Respublikasi naqd milliy valyutasi va naqd chet el valyutasi noqonuniy olib kirilganligi va olib chiqilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni taqdim etadi.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.