BJK · 268-modda

268-modda. Muvaqqat bojxona yuk deklaratsiyasi

Tovarlar bojxona chegarasi orqali quvur transportida yoxud elektr uzatish liniyalari orqali olib oʻtilayotganda muvaqqat bojxona yuk deklaratsiyasini berish yoʻli bilan tovarlarni dastlabki tarzda deklaratsiyalashga yoʻl qoʻyiladi. Tovarlar bojxona chegarasi orqali bojxona organi tomonidan belgilangan muddatlarda amalda olib oʻtilganidan keyin deklarant yoki bojxona brokeri bojxona yuk deklaratsiyasini berishi shart.

Muvaqqat bojxona yuk deklaratsiyasida tovarlarning chamalangan miqdorida olib oʻtish maqsadlaridan, bojxona chegarasidan olib oʻtish rejalashtirilayotgan tovarlarning miqdoriga va (yoki) tovarning kontrakt (shartnoma, kelishuv) shartlarida nazarda tutilgan bahosini aniqlash tartibiga, shuningdek tovarlarning taxminiy sifatiga koʻra aniqlanadigan shartli bojxona qiymatidan (bahosidan) kelib chiqqan holda maʼlumotlarni bayon etishga yoʻl qoʻyiladi.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.