BJK · 270-modda

270-modda. Davriy bojxona yuk deklaratsiyasi

Davriy bojxona yuk deklaratsiyasi ishlab chiqarilgan mamlakati, fizik xususiyatlari, sifati, ishlab chiqaruvchisi va Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyatining tovar nomenklaturasi boʻyicha tovar kodining oʻnta belgili darajasi bir xil boʻlgan tovarlar ayni bir shaxs tomonidan bojxona chegarasi orqali muntazam ravishda olib oʻtilgan taqdirda qoʻllaniladi.

Ayni bir shaxs tomonidan muntazam ravishda olib oʻtish deganda, mazkur moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan tovarlarning oltmish kalendar kun ichida bir marotabadan koʻp marta bitta yuk joʻnatuvchi manzilidan boshqa yuk qabul qiluvchi manziliga bir kontrakt (shartnoma, kelishuv) asosida bir xil sharoitda bojxona chegarasidan olib oʻtilishi tushuniladi. Bunday hollarda muayyan vaqt ichida bojxona chegarasi orqali olib oʻtiladigan barcha tovarlar uchun bitta bojxona yuk deklaratsiyasi beriladi. Bu tartib vaqtincha tovarlarni saqlashning eng koʻp muddati yoki bojxona toʻlovlarini toʻlash muddatlari buzilishiga olib kelishi mumkin emas.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.