BJK · 295-modda

295-modda. Bojxona toʻlovlarini toʻlovchilar

Bojxona toʻlovlarini toʻlovchi (bundan buyon matnda toʻlovchi deb yuritiladi) quyidagilardan iborat:

deklarant;

bojxona brokeri, agar deklarant bilan tuzilgan shartnomada bu nazarda tutilgan boʻlsa;

bojxona omborining, erkin omborning, boj olinmaydigan savdo doʻkonining egasi, tashuvchi, ular tomonidan bojxona rejimlarining qoʻllanilish talablari va shartlariga amal qilinmaganda;

xalqaro pochta va kuryerlik joʻnatmalarining pochta aloqasi operatorlari va provayderlari, basharti bojxona nazorati ostida boʻlgan xalqaro pochta va kuryerlik joʻnatmalari yoʻqolsa yoki bojxona nazoratisiz berilsa.

Har qanday manfaatdor shaxs toʻlovchi uchun bojxona toʻlovlarini toʻlashga haqli.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.