BJK · 344-modda

344-modda. Bojxona toʻlovlari toʻlanishini taʼminlash sifatida bank kafolatini qoʻllash

Bojxona toʻlovlari toʻlanishini taʼminlash sifatida Oʻzbekiston Respublikasida bank operatsiyalarini oʻtkazish huquqiga ega boʻlgan bankning kafolati qoʻllanilishi mumkin.

Bank kafolatida koʻrsatilgan bojxona toʻlovlari toʻlanishini taʼminlash summasining miqdori toʻlanishi lozim boʻlgan bojxona toʻlovlarining va foizlarning summasidan kam boʻlmasligi kerak.

Toʻlovchi tomonidan bank kafolati bilan taʼminlangan majburiyat bajarilmagan taqdirda, toʻlanishi lozim boʻlgan bojxona toʻlovlarining summasi va foizlar qonunchilikka muvofiq soʻzsiz tartibda kafolat bergan bankdan bojxona organi tomonidan undirib olinadi.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.