BJK · 345-modda

345-modda. Bojxona toʻlovlari toʻlanishini taʼminlash sifatida sugʻurta majburiyatini qoʻllash

Bojxona toʻlovlari toʻlanishini taʼminlash sifatida toʻlovchining fuqarolik javobgarligini sugʻurtalash shartnomasiga koʻra sugʻurtalovchining majburiyatlari kuchga kirganligini tasdiqlovchi sugʻurta polisi qoʻllanilishi mumkin.

Sugʻurta polisi bilan tasdiqlanadigan bojxona toʻlovlari toʻlanishini taʼminlash summasining miqdori toʻlanishi lozim boʻlgan bojxona toʻlovlarining va foizlarning summasidan kam boʻlmasligi kerak.

Sugʻurta polisi bilan taʼminlangan majburiyat toʻlovchi tomonidan bajarilmagan taqdirda bojxona toʻlovlarining summasi va foizlar sugʻurta polisini bergan sugʻurtalovchidan bojxona organi tomonidan soʻzsiz tartibda qonunchilikka muvofiq undirib olinadi.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.