Chet davlatning konsullik muassasalariga va konsullik muassasalarining mansabdor shaxslariga, shuningdek ularning oila aʼzolariga chet davlatning diplomatik vakolatxonalari hamda diplomatik vakolatxonalarining diplomatik agentlari uchun ushbu bobda nazarda tutilgan bojxona imtiyozlari beriladi. Chet davlat konsullik muassasasining boshqa xodimlariga (konsullik xizmatchilariga, xizmat koʻrsatuvchi xodimlarga), shuningdek ularning Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashamaydigan oila aʼzolariga nisbatan har bir chet davlat bilan tuzilgan maxsus kelishuv asosida va shu davlat bilan munosabatlardagi oʻzaro hamjihatlik prinsipidan kelib chiqqan holda chet davlat diplomatik vakolatxonasining tegishli xodimlariga (maʼmuriy-texnik xodimlari va xizmat koʻrsatuvchi xodimlariga) ushbu bobda beriladigan bojxona imtiyozlari tatbiq etilishi mumkin.
Shu kodeksdagi yaqin moddalar
- 395-moddaChet davlat diplomatik vakolatxonasining diplomatik agenti uchun bojxona imtiyozlari
- 396-moddaChet davlat diplomatik vakolatxonasining maʼmuriy-texnik xodimlari uchun bojxona imtiyozlari
- 397-moddaDiplomatik agentlarga beriladigan bojxona imtiyozlarining chet davlat diplomatik vakolatxonasining maʼmuriy-texnik va xizmat koʻrsatuvchi xodimlariga tatbiq etilishi
- 399-moddaChet davlatlarning diplomatik pochtasini va konsullik pochta qoplarini bojxona chegarasi orqali olib oʻtish
- 400-moddaChet davlatlarning diplomatik va konsullik kuryerlari uchun bojxona imtiyozlari
- 401-moddaChet davlatlarning vakillari va delegatsiyalari aʼzolari uchun bojxona imtiyozlari
Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?
HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.
AI'dan bepul so'rashMatn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.