Davlatlararo muzokaralarda, xalqaro konferensiyalar va kengashlarda qatnashish uchun yoki boshqa rasmiy topshiriqlar bilan Oʻzbekiston Respublikasiga kelayotgan chet davlat vakillariga, parlament va hukumat delegatsiyalari aʼzolariga, shuningdek oʻzaro kelishuv asosida chet davlat delegatsiyalarining aʼzolariga chet davlat diplomatik vakolatxonasining diplomatik agentlari uchun ushbu boʻlimda nazarda tutilgan bojxona imtiyozlari beriladi. Xuddi shunday imtiyozlar mazkur shaxslarga hamroh boʻlib kelgan oila aʼzolariga ham beriladi.
Shu kodeksdagi yaqin moddalar
- 398-moddaChet davlatlarning konsullik muassasalari va ularning xodimlari uchun bojxona imtiyozlari
- 399-moddaChet davlatlarning diplomatik pochtasini va konsullik pochta qoplarini bojxona chegarasi orqali olib oʻtish
- 400-moddaChet davlatlarning diplomatik va konsullik kuryerlari uchun bojxona imtiyozlari
- 402-moddaBojxona hududi orqali tranzit tarzida oʻtadigan diplomatik agentlar, konsullik mansabdor shaxslari, chet davlatlarning vakillari va delegatsiya aʼzolari uchun bojxona imtiyozlari
- 403-moddaXalqaro hukumatlararo va hukumatga qarashli boʻlmagan tashkilotlar, ular huzuridagi chet davlatlar vakolatxonalari, shuningdek ularning xodimlari uchun bojxona imtiyozlari
- 404-moddaOʻzbekiston Respublikasining chet davlatlardagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari uchun bojxona imtiyozlari
Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?
HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.
AI'dan bepul so'rashMatn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.