BK · 167-modda

167-modda. Davlat budjetining va davlat maqsadli jamgʻarmalari budjetlarining ijrosi toʻgʻrisidagi yillik hisobotning tashqi auditi hamda uni baholash

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Oʻzbekiston Respublikasining konsolidatsiyalashgan budjeti ijrosi toʻgʻrisidagi yillik hisobotni Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasiga tashqi audit oʻtkazish va baholash uchun hisobot yilidan keyingi yilning 5-martiga qadar yuboradi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjetining, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlarining va budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari jamgʻarmalari ijrosi toʻgʻrisidagi, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan belgilangan shakldagi yillik hisobotni tashqi audit oʻtkazish va baholash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasiga hisobot yilidan keyingi yilning 5-martiga qadar yuboradi.

Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi:

Oʻzbekiston Respublikasining konsolidatsiyalashgan budjeti ijrosi toʻgʻrisidagi yillik hisobotga doir xulosani hisobot yilidan keyingi yilning 10-mayidan kechiktirmay Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga yuboradi;

Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjetining, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlarining va budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari jamgʻarmalari ijrosi toʻgʻrisidagi yillik hisobotga doir tegishli xulosalarni hisobot yilidan keyingi yilning 10-mayidan kechiktirmay Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar, Toshkent shahar hokimliklariga yuboradi.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga Oʻzbekiston Respublikasining konsolidatsiyalashgan budjeti ijrosi toʻgʻrisidagi yillik hisobotni Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasining xulosasi bilan birgalikda hisobot yilidan keyingi yilning 15-mayidan kechiktirmay taqdim etadi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va tegishli hokimliklar Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjetining, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlarining, budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari jamgʻarmalari ijrosi toʻgʻrisidagi yillik hisobotlarni Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasining xulosasi bilan birgalikda tegishincha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesiga, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlariga 15-mayidan kechiktirmay taqdim etadi.

Davlat budjetining va davlat maqsadli jamgʻarmalari budjetlarining ijrosi toʻgʻrisidagi yillik hisobotlarning tashqi auditi va ularni baholash natijalari yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasining xulosalari majburiy ravishda eʼlon qilinadi.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.