BK · 5-1-modda

5-1-modda. Budjet daromadlarining kamayishini, soliq va bojxona imtiyozlari berilishini yoki bekor qilinishini, shuningdek soliq boʻlmagan tushumlardan budjetga ajratmalarning kamayishini yoki koʻpayishini nazarda tutuvchi normalarni amalga kiritish tartibi *

Moliya yili mobaynida budjet tizimi budjetlari daromadlarining kamayishini, soliq va bojxona imtiyozlari berilishini yoki bekor qilinishini, shuningdek soliq boʻlmagan tushumlardan budjet tizimi budjetlariga ajratmalarning kamayishini yoki koʻpayishini nazarda tutuvchi qonunchilik normalari keyingi moliya yilining 1-yanvaridan eʼtiboran amalga kiritiladi.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.