FK2 · 1018-modda

1018-modda. Tovarning, ishning, xizmatning nuqsonlari oqibatida yetkazilgan zarar uchun javobgar shaxslar

Tovarning nuqsonlari oqibatida yetkazilgan zarar jabrlanuvchining tanloviga koʻra tovarning sotuvchisi yoki tayyorlovchisi tomonidan qoplanishi lozim.

Ishning (xizmatning) nuqsoni oqibatida yetkazilgan zarar ishni bajargan yoki xizmatni koʻrsatgan shaxs (ijrochi) tomonidan qoplanishi lozim.

Tovar (ish, xizmat) toʻgʻrisida toʻliq yoki ishonchli maʼlumot bermaganlik oqibatida yetkazilgan zarar ushbu moddaning qoidalariga muvofiq qoplanishi lozim.

Muvofiqlikni baholash qoidalarini buzish natijasida fuqaroning hayoti va sogʻligʻiga zarar yetkazilgan taqdirda, yetkazilgan zararning oʻrnini qoplashda muvofiqlikni baholash organi tovarni (ishni, xizmatni) sotuvchi, tayyorlovchi (ijrochi) bilan birga solidar javobgar boʻladi.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.