FK2 · 1019-modda

1019-modda. Tovarning, ishning, xizmatning nuqsonlari natijasida yetkazilgan zararni qoplash muddatlari

Tovarning (ishning, xizmatning) nuqsonlari oqibatida yetkazilgan zarar, agar u tovarning (ishning, xizmatning) belgilangan yaroqlilik muddatlari mobaynida yetkazilgan boʻlsa, qoplanishi lozim, mabodo yaroqlilik muddati belgilanmagan boʻlsa, tovar ishlab chiqarilgan (ish, xizmat qabul qilib olingan) kundan boshlab oʻn yil mobaynida qoplanishi lozim.

Ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan muddatlardan tashqari zarar quyidagi hollarda qoplanishi lozim, agar:

qonun talablari buzilib yaroqlilik muddati belgilanmagan boʻlsa;

tovarni sotib olgan, ishni bajartirgan yoki xizmatdan foydalangan shaxs yaroqlilik muddati tugaganidan keyin zarur boʻlgan harakatlarni qilishi toʻgʻrisida va koʻrsatilgan harakatlar bajarilmagan taqdirda kelib chiqishi mumkin boʻlgan oqibatlar toʻgʻrisida ogohlantirilmagan boʻlsa.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.