FK2 · 1111-modda

1111-modda. Tovar chiqarilgan joy nomidan qonunga xilof foydalanganlik uchun javobgarlik

Tovar chiqarilgan joy nomidan foydalanish huquqiga ega boʻlgan shaxs, shuningdek isteʼmolchilar huquqlarini himoya qiluvchi tashkilotlar bu nomdan qonunga xilof foydalanayotgan shaxsdan nomdan foydalanishni toʻxtatish, tovardan, uning idishi va oʻrovidan, blankalar va boshqa hujjatlardan qonunga xilof foydalanilayotgan nomni yoki nom bilan adashtiradigan tarzda juda oʻxshash belgini yoʻqotishni, tayyorlab qoʻyilgan nom tasvirlarini va nom bilan adashtiradigan tarzda oʻxshash belgilarni yoʻq qilib tashlashni, basharti buning iloji boʻlmasa tovarni va (yoki) idish va oʻrovni olib qoʻyish hamda yoʻq qilib tashlashni talab qilishga haqlidir.

Tovar chiqarilgan joy nomidan foydalanish huquqiga ega boʻlgan shaxs bu huquqni buzuvchidan oʻziga yetkazilgan zararning qoplanishini talab qilishga haqlidir.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.