FK2 · 1114-modda

1114-modda. Umumiy birgalikdagi mulk boʻlgan mol-mulkni meros qilib olish

Umumiy birgalikdagi mulk ishtirokchisining oʻlimi umumiy mol-mulkka boʻlgan huquqdagi uning ulushini aniqlash va ushbu Kodeksning 226-moddasida belgilangan tartibda umumiy mol-mulkni taqsimlash yoxud undan vafot etgan ishtirokchining ulushini ajratish uchun asos boʻladi. Bu holda meros vafot etgan ishtirokchining ulushiga toʻgʻri keladigan umumiy mol-mulkka nisbatan ochiladi, mol-mulkni natura holida taqsimlashning imkoni boʻlmaganida esa — bunday ulushning qiymatiga nisbatan ochiladi.

Umumiy birgalikdagi mulk ishtirokchisi umumiy mol-mulkka boʻlgan huquqdagi oʻz ulushini vasiyat qilishga haqlidir, bu ulush uning vafotidan keyin ushbu moddaning birinchi qismiga muvofiq aniqlanadi.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.