FK2 · 1147-modda

1147-modda. Merosdan voz kechish huquqi

Merosxoʻr meros ochilgan kundan eʼtiboran istalgan vaqtda merosdan voz kechishga haqli.

Merosdan voz kechish merosxoʻr tomonidan meros ochilgan joydagi notariusga ariza berish orqali amalga oshiriladi.

Agar ishonchnomada vakil orqali merosdan voz kechish vakolati maxsus nazarda tutilgan boʻlsa, merosdan shu tarzda voz kechilishi mumkin.

Merosdan voz kechish keyinchalik bekor qilinishi yoki qaytarib olinishi mumkin emas.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.