FK2 · 1149-modda

1149-modda. Vasiyat majburiyatini qabul qilib olishdan voz kechish huquqi

Vasiyat majburiyati yuzasidan huquq oluvchi vasiyat majburiyatidan voz kechishga haqli. Qisman voz kechishga, izohotlar bilan, shartlar qoʻyib yoki boshqa shaxsning foydasiga voz kechishga yoʻl qoʻyilmaydi.

Ushbu moddada nazarda tutilgan huquq ayni bir paytning oʻzida ham merosxoʻr, ham vasiyat majburiyatini qabul qilib oluvchi hisoblangan shaxsning merosdan voz kechish huquqiga bogʻliq boʻlmaydi.

Agar vasiyat majburiyatini qabul qilib oluvchi ushbu moddada nazarda tutilgan huquqdan foydalangan boʻlsa, zimmasiga vasiyat majburiyati yuklatilgan merosxoʻr bu majburiyatni bajarishdan ozod boʻladi.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.