FK2 · 790-modda

790-modda. Naqd pullar bilan va naqd pulsiz hisob-kitoblar

Fuqarolarning tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishlari bilan bogʻliq boʻlmagan holda ular oʻrtasidagi hisob-kitoblar va fuqarolar ishtirokidagi hisob-kitoblar naqd pullar bilan yoki naqd pulsiz summasi cheklanmagan holda amalga oshirilishi mumkin.

Yuridik shaxslar oʻrtasidagi hisob-kitoblar, shuningdek fuqarolarning tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishi bilan bogʻliq holda ular ishtirokidagi hisob-kitoblar naqd pulsiz tartibda amalga oshiriladi. Koʻrsatib oʻtilgan shaxslar oʻrtasidagi hisob-kitoblar, agar qonunda boshqacha tartib belgilab qoʻyilgan boʻlmasa, naqd pulda ham amalga oshirilishi mumkin.

Agar qonundan boshqacha tartib kelib chiqmasa va bunday tartibni foydalanilayotgan hisob-kitoblar shakli taqozo etmasa, naqd pulsiz hisob-kitoblar ularda qatnashayotgan shaxslarning hisobvaraqlari ochilgan banklar, boshqa kredit tashkilotlari (bundan buyon –– banklar) orqali amalga oshiriladi.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.