FK2 · 793-modda

793-modda. Toʻlov topshiriqnomasini bankning qabul qilish shartlari

Toʻlov topshiriqnomasining hamda u bilan birga taqdim etiladigan hisob-kitob hujjatlarining mazmuni va shakli bank qoidalarida belgilab qoʻyilgan talablarga mos kelishi kerak.

Mijozning topshirigʻi uning hisobvaragʻida mablagʻlar boʻlgan taqdirdagina, agar mijoz bilan bank oʻrtasidagi shartnomada boshqa hol nazarda tutilgan boʻlmasa, bank tomonidan ijroga qabul qilinadi.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.