FK2 · 796-modda

796-modda. Akkreditiv boʻyicha hisob-kitoblar haqida umumiy qoidalar

Akkreditiv boʻyicha hisob-kitob qilinganida mijozning (toʻlovchining) topshirigʻi bilan va uning koʻrsatmalariga muvofiq akkreditiv ochgan bank (bank-emitent) mablagʻlarni oluvchi yoki u koʻrsatgan shaxs (bundan keyingi matnda — mablagʻlarni oluvchi) hujjatlarni taqdim etgan va akkreditivda nazarda tutilgan boshqa shartlarni bajargan taqdirda toʻlovni amalga oshirish majburiyatini oladi.

Qoplangan (deponentlangan) akkreditiv ochilgan taqdirda bank-emitent uni ochish vaqtida mijozning oʻz mablagʻlarini yoki unga berilgan kreditni bank emitentning majburiyatlari amal qilib turadigan butun muddatga ijrochi bank ixtiyoriga oʻtkazishi shart.

Qoplanmagan akkreditiv ochilgan taqdirda bank-emitent ijrochi bankka akkreditivning butun summasini bank-emitentning ijrochi bankda yuritilayotgan hisobvaragʻidan oʻchirish huquqini beradi.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.