FK2 · 812-modda

812-modda. Chekni inkasso qilish

Chek saqlovchiga xizmat qiladigan bankka toʻlovni olish uchun chekni inkassoga taqdim etish toʻlovga taqdim etish deb hisoblanadi.

Chek boʻyicha ushbu Kodeksning 805-moddasida belgilab qoʻyilgan tartibda pul toʻlanadi.

Inkassolangan chek boʻyicha mablagʻlarni chek saqlovchining hisobvaragʻiga kiritish, agar chek saqlovchi bilan bank oʻrtasidagi shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, toʻlovchidan toʻlov olinganidan keyin amalga oshiriladi.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.