FK2 · 813-modda

813-modda. Toʻlovchining majburiyatlari

Chek boʻyicha toʻlovchi chekning haqiqiyligiga, shu jumladan taqdim etuvchi chek boʻyicha vakil qilingan shaxs ekanligiga ham imkoniyatidagi hamma usullar bilan ishonch hosil qilishi kerak.

Inkassolangan chek boʻyicha pul toʻlanganida toʻlovchi indossantlarning imzosini emas, balki indossamentlar toʻgʻriligini tekshirishi shart.

Soxta, oʻgʻirlangan yoki yoʻqotib qoʻyilgan chek boʻyicha toʻlovchi pul toʻlashi oqibatida koʻrilgan zarar kimning aybi bilan yetkazilganligiga qarab, toʻlovchining yoki chek beruvchining zimmasiga yuklatiladi.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.